Qotilni seva olasanmi...?!
Biror bir so'z aytmagan erkak vazmin harakat qilgancha uni qayta o'z xonasiga olib kurdi. Manzilga yetishgach qizni yerga sekinlik bilan qo'ydi.
Ayni damda yetarlicha jazavasi tutayotgan qizga bular qiziq emasdi. Asl bolalarcha fe'l atvorini namoyish qilayotgsn Aureus, qarshisida kim turganini ham unutgandi.
Aureus: istamayman! Xohlamayman! Lira qani?! Uni bering😤 uyga ketaman
Amaru ko'zlari ko'rib turgan salkam bog'cha yoshidagi qizcha kabi harakat qilayotgan Aureusga hafsalasiz qaradi. Haa hozir unga gap gapirishdan ko'ra devor bilan suhbatlashish yaxshiroq. Har holda devor eshitib jim turishini mumkin. Bu esa....
Amaru yo'g'on qo'lini qizning hibcha beliga o'rnatdiyu, bir deganda uni o'ziga mahkamladi.
Boyadan beri og'zi yumilmagan Aureus talqon yutgandek bo'ldi.
Amaru: demak gaplashishni istamaysan hmm kel unda boshqa narsalar bilan shug'ullanamiz...
Aureus, qarshisidagi sovuq va qat’iy ko‘zlardan qo‘rqib, xuddi gapirishdan hayiqayotgandek jim qoldi u...
Aureus, Amaruning qo‘lida qotib qolgancha, qo‘rqinch va ichki norozilik o‘rtasida qolgan edi. U chuqur nafas oldi va o‘zini tutishga harakat qildi, lekin ich-ichida Amaruning qo‘llaridan xalos bo‘lish, tezroq bu yerdan qochish istagi yonardi.
Shunda, u o‘zidagi barcha jasoratni yig‘ib, oxirgi marta harakat qilishga urindi.
Aureus: Sen meni hech qachon ushlab tura olmaysan! Men... men seni yomon ko‘raman! /katta qat’iyat bilan
Bu so‘zlar Amaruni bir lahza hayratiga sabab bo'ldi, lekin u asta kulib, Aureusning yuziga qaradi. Ko‘zlaridagi sovuq yiltirash uning o‘yini davom ettirishga tayyorligini bildirardi.
Amaru: Yomon ko‘rsang ham, bu sening qochib ketishingga yordam bermaydi, mening aziz hazinam. Sen shu yerda qolasan! Yo o'z hohishing bilan yoki meniki bilan!😈/kulimsirab
Aureusning ko‘zlari xavotir va achchiq ko‘z yoshlari bilan to‘ldi. U ortga tisarildi, lekin Amaruning kuchli qo‘llaridan chiqib keta olmadi.
Bir payt eshik bilan bir bo'lgan lift ovozi eshitildi...
Katta bino yoqasida kichik oq mashina to'xtadi. Mashina kichik bo'lishiga qaramay, deyarli quyosh nurida olmosdek yarqirardi.
Mashinadan bir yigit tushib keldi. Shoshilmay mashina eshigini yopdiyu, qo'llarini cho'ntagiga joylagancha, bino tomon yo'naldi.
Eshik oldidagi va bino yaqinidagi hech kim unga qarshilik qilmadi. Ko'rinib turibdiki uni tanishadi.
Yaqinda binoga hisobot topshirish uchun kelgan Erika yigitni ko'rib u bilan quyuq salomlashdi.
Erika: salom janob Han/ko'z ostiga yigitga qarab
POV Erika
Hamma baloni boshlagan maraz!
Yaxshi kayfiyatda bo'lgan yigit qo'li bilan ishora qildi.
Keyin Han yo'lini davom ettirdi.
POV Han
Bu yerni yaxshi ko'raman!
Liftdagi tugmalar ichidan ikkilanishlarsiz Amaruning shaxsiy qavati tugmasini bosdi. Lift eshiklari yopilib, yuqoriga ko'tarila boshlandi.