November 16

Qotilni seva olasanmi...?!

17-qism

💔

Bino ostidagi qamoqxona...

Og'riq jismonan odamni azoblaydi, ammo qalb og'rig'ichi. U qalbni yemiradi. Ta'siri shunchalar kuchliki, esdan chiqarish deyarli imkonsiz.

Oldin kimdandir eshitgandim "odamlar bir latifani ikki marta eshitsa yana avvalgidek kulmaydi, ammo o'z qayg'ularini eslaganlarida...qayta-qayta yig'laydilar".

Po'lat panjara ortidagi qiz ko'zlaridan marjon to'kgancha hayolga berildi.

Pusan(shaxsan qidirib topdim😌)

POV Lira
Ancha yillar avval, Koreaning Pusan shahrida shunchaki mahalliy kompyuter ustasi bo'lib yashardim. Ota-onamdan alohida yashashni boshlaganimdan keyin, mustaqil hayotimning ilk kunlari edi...

4 yil avval Pusan🔄

May oylarida, havo sovuq va biroz shamolli edi. Odamlar muzlagan qo'llarini cho'ntaklariga suqqancha, ommaviy savdo markazida kezishardi. Ovqat rastalari qatorining oxirida telefon qurolmalari va detallari sotiladigan mo'jazgina butka bor edi.

Ichkarida, ya'ni ichkari deb ham bo'lmaydigan eski telefon butkasida bir qiz kompyuter kovlagancha mijoz kelishini kutib o'tirardi.

Bu oylardagi injiq ob-havo o'zgarib, Pusan ko'chalarida jala quya boshladi.

POV Lira
Ana yomg'ir ham boshladi. Bugun mijoz bo'lmaydi shekilli, kim ham shu havoda ko'chaga chiqardi😮‍💨

Kayfiyati tushgach, holsizgina qo'lini boshi ortiga tashladi. Yengilgina kerishib oldi.

Birdan butka oynasi taqillab, qalin qizil ust kiyimdagi yigit paydo bo'ldi.

Yigit: kechirasiz sizda ekran yoritgichlari bormi?

Yigit shoshib kelgani va tashqarida yomg'ir yog'ayotgani uchun butka ichiga kirishga urundi va qoqilib ketdi. Bo'yi uzun bo'lgani uchun devorni ushlab qolishga ulgurdi.

Halidan beri qizning qilgan yagona harakati ko'zlarini katta qilib ochish bo'ldi.

Hozirgi vaqt🔄

POV Lira
Uni uchratgan kunimga ming lanat bo'lsin!

Lira o'tirgan xona

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Amaru va Aureus ovoz kelgan tomon qarashdi. Ko'p kuttirmay lift eshiklari ochildi.

Han: Ooo.../baland ovozda/uzur yoshlar sizlarga halal berdim chog'i😅🤭

Begona erkakni ko'rgan qiz tezda bu yerdan ketishga chog'landi, yigiitning esa uni ozod qilish niyati yo'qdek...

POV Amaru
Sen yetmay turganding churvaqa😤

Amaru qulog'idan tutun chiqgudek asabiy nigohini lift tomon tashladi. Axir u qiz bilan gaplashmoqchi edi. Aniqrog'i gaplashish bahona u bilan birga vaqt o'tkazmoqchi bo'ldi. Hatto ikki marta... nega doim buni kimdir buzishi kerak...?!

Avval qayerdandir kelgan qiz, keyin manavi qarshisidagi yaramas.. Jin ursin*

Fikrlarini jamlab olgan Amaru, chuqur nafas olib, qizni to'satdan dast ko'tardi.

Aureus: heyy~/norozi g'inshidi qiz

Ammo endi u asabiy emas edi. Vazminlik bilan, shoshilmay Aureusni xona markazidagi o'zining charm kursisiga o'tkazdi.

O'zi kursi ortiga o'tib, Aureusni yelkalarini ikki qo'li bilan mixladi.

Keyingi daqiqalardagi ma'noli ishoralar sabab Han yon atrofdagi stullardan biriga bamaylihotir joylashdi.

Amaru: unga nima bilsang hammasini ayt!/dedi

Han: ishonching komilmi?

Amaru boshi bilan "ha" ishorasini qildi.

Han: yaxshi.../sal baland ohangda qizni e'tiborini jalb qilib/ avvalo o'zimni tanishtirsam. Men Han Jisung... buyurtmachiman... Va seni bu yerda ekanligingni sababchisi ham menman!😎/g'urur bilan maqtandi

POV Aureus
Nimalar deb valdirayapti?🤨🤥

Erkakning oldi-qochti gaplarini eshitish Aureusni va balki Amaruning qulog'iga ham malol kelayotgandi.

Han: bilaman, bilaman savollaring ko'p. Hozir barini boshidan tushuntiraman.

Han turib, xonaning kattagina ekran qo'yilgan qismi tomon bordi. Ekranni bir kichik pult bilan yoqdi. Unda qator 8 ta odamning surati paydo bo'ldi.

Aureus endi payqadiki, bu shunchaki suratlar emas. Bu ma'lumotnolar.

Han: sodda qilib aytganda sen o'yin ichidasan..."Qonli shaxmat" Aytishim kerakki anchagina shavqatsiz🙂‍↕️

POV Aureus
Bu...bu axir Lira... va/ma'lumotnomalarning vertikal qatoridangi keyingi suratga qaradi/....Taehyung😳

Han: ko'rib turganlaring esa o'yin figuralari. Tog'rirog'i bu shunchaki senga tanish va tanish bo'lmagan odamlar emas/qizni yuzidagi o'zgarishga e'tibor berdi/ Ha ha adashmading... bu o'sha...

Amaru: maqsadga o't/vaqtni safrlashni istamay dedi erkak

Amaru

Han: O'yinning maqsadi yo'q.... Bu butun dunyo siyosatchilari, boylar va hukmronlikka ega bo'lgan kim bo'lsa o'sha insonlar tomonidan tashkil qilingan qimor. O'yin donalari oq va qora guruhlarga ajratiladi. O'yin tashkilotchilari tomonidan yutgan tomon uchun pul tikiladi. Keyin ular o'rtasida jang bo'lib o'tadi. Qaysi tomon kuchli kelsa yutadi...

POV Aureus
Qanaqa o'yin? Shunchalar vaxshiy bo'lish mumkinmi axir...

Aureus: yutqizgan tomonga nima bo'ladi...?/hadik aralash ikkilanib so'radi

Aureusni holati(kxm Ryoni ijodi mahsuli~)

Aureusni havotirga qo'yayotgan narsa...."u" edi

Han: hech narsa/o'zgarishsiz yuzni namoyish qilib

Aureus: bularni menga bog'liqlik tomoni nima?

Chindan hatto bu g‘alati qimor o'yini noqonuniy o'ynalayotgan taqdirda ham, buni Aureusga nima ahamiyati bor...

Han: aynan.../to'nini ko'tarib, tasdiqladi/ bu o'yin shaxmatdagi bir qonunga amal qiladi. "Shox va mot". Agar bir tomon qarshi tomon shohini yo'q qilsa, o'yin tugaydi va g'olib bo'lishadi./Aureusga tikilib qaradi/Shuning uchun ham ularning shaxsi oshkor etilmaydi va ular o'yin tashkilotchilari tomonidan tanlanadi.

Aureus: bu meni savolimga javob emas/dedi jahl bilan qarshisidagi ezmaga

Amaru: Sen qora tomon shohisan. Shuning uchun boshidan beri seni har kim o'g'irlashga urunyapti./kursini kuch bilan o'zi tomon o'girdi. O'tkir nigohi bilan jovdiragan ko'zlarni tutdiyu, masofani keskin qisqartirdi./O'sha foydasiz chuvalchangni unut. Uni maqsadi g'alaba. U seni qora shoh ekaningni aniqlashtirayotgandi holos.

U aldagan...

Qiz Taehyungni sevib qolganmi yo uning mehribonligiga o'rganib qoldimi bilmaydi. Ammo o'zini huddi xiyonatga uchragandek his qilayapti.

Qizni yuzidagi chalkashlik va ko'z yoshlar qirg'oqqa yaqinlashib, tashqaridan iztirob chekayotgan hiyofaga duch kelgan Amaru, boshqa siquvga olishni istamay kursini qayta oldinga o'girdi.

Boshqa tomonda esa Han siqara chekishni boshlab yuborgandi.

Amaru unga tanali qaradi.

Han: nima?🤷🏻 hali uzoq suhbat qurasiz deb o'yladim./ensa qotirdi

Tanali nigoh👀

Han: Qara... bu o'yinda barcha qoidalar shavqatsiz. O'zingni himoya qilishing uchun yagona imkon – kuchli bo'lish va qora tomon yetakchisi sifatida o'z o'rningni himoya qilish. Lekin bil, buni uddalay olmasang, o'yin tugashi bilan... qora donalar qirib tashlanadi. Hususan...sen ham.

POV Aureus
Shu gaplardan so‘ng, dunyo boshimga ag‘darilgandek bo‘ldi. Qora tomonning shohi ekanmanmi?! Kim meni tanlagan? Nega aynan men?! Shunchalik ahamiyatlimanmi yoki tasodifiy qurbonmi...?

Aureus: Bu shunchaki tasodif emas, to‘g‘rimi? /Aureusning ovozida titroq va g‘azab ohangi bor edi

Han: Maqsad? Yo‘q.... bu tasodif emas. Ammo maqsadlarni qidirishdan foyda yo‘q. Bu o‘yinda sening hayoting ham, qalbing ham faqat bir narsa uchun – raqib tomonning shohini yo‘q qilish uchun ishlatiladi.

POV Amaru
Aureusning nigohidagi chalkashlik meni battar g‘azablantirdi. U ikkilanyapti. Nima uchunligini bilganim uchun ham....g'azabdaman.

Manavi pandavaqining har bir so‘zi xazimanning hayotini yutqazilgan jang sifatida ko‘rsatishga urinyapti. Lekin men bunga yo‘l qo‘ymayman.

Amaru: Aureus... /ningohi qattiq, ovozi past, lekin ta’sirli edi./ Senga shuni aytmoqchimanki, bu o‘yin seni yo‘q qilishni maqsad qilganlarning maydoni. Lekin men buni sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman. Sen ular uchun bir shoh bo‘lsang ham, men uchun sen... undan ham muhimroqsan.

Aureus: Ammo.. /so‘zi bir lahzaga tilidan tushib ketdi. U bu gaplarni kutmagandi.

POV Aureus
Tushunmayapman... nega voqealar bu tarzda o'zgarib ketdi. Avval u dushman...endi esa himoyachi...

Han: Vaqtingizni his-tuyg‘ularga sarflashdan to‘xtang, yoshlar. O‘yinning boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. Qaysi tomon birinchi yurishni boshlashini aniqlash kerak.

Amaru: Agar yana ortiqcha gapiradigan bo‘lsang, Han, sening ham o‘yin tugashidan yo'qqilaman. /uning ohangida qora aura bor edi.

POV Aureus
Bu o‘yinda faqat hayot va o‘lim bor. Balki men shunchaki shoh emasdirman... balki bu yerda yana bir sabab topa olarman. Lekin bu jang maydonida omon qolish uchun hali ko‘p narsani o‘rganishim kerak..

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Liliya Yoongining uyida yashay boshladi. "Albatta jarohati tuzalguncha" bahonasi bilan Yoongi uni olib qoldi.

Shu kunlar ichida....

1-kun.
Birinchi kunning murakkabligi

O'sha kundan keyin

Yoongi: /Liliyaning jarohatiga qarab/ ko‘p harakat qilmasligingiz kerak. Men har qanday narsaga yordam beraman./tushuntirdi

Liliya: /kulgini arang tiyar/ Ha, yordam berasiz, albatta. Chunki men sizni himoya qilish hissiyotingizning “maxsus nishoniman" to‘g‘rimi?

Yoongi: /qizarib/ Men... bu... qiziqarli jarayon bo‘lsa kerak.

Liliya: Siz menga uydagi asosiy qoidalarni aytmaguningizcha, joyimdan turmayman.

Yoongi: /noqulaylik bilan/ Qoidalar? Hmm, yaxshi...

Qoidalar oddiy: oshxonaga yaqinlashmaysiz, sababi o'tgan safar deyarli o'zingizni kuydirib olgan edingiz. Ikkinchidan, faqat o‘zim bilan birga yurishingizga ruxsat, va nihoyat — o‘zingizni xavfga qo‘ymaysiz.

Liliya: /kulimsirab/ Qoidalarim shunchalik qiziqki, buni qamoqxona deb atash mumkin!/o'xshatish qildi qiz

Jarohat bintini almashtirish barobarida dedi.

Yoongi: /qo‘lida bint va dori-darmon bilan/ Men shunchaki ehtiyotkor bo‘lishni xohlayman....

POV Liliya
Bu mehribonlikka o'rganim qolmasam bas

2-kun.
Oddiy kun

Yoongi: Bu yerda o‘tirib, shunchaki televizor ko‘rishingiz mumkin. Yana biror nima kerakmi?

Liliya: Televizor va issiq qahva bo‘lsa, mening “qamoqxonam”ga mos bo‘lardi.

Yoongi unga qahva olib kelarkan, Liliyaning o‘tkir nigohlari bilan unga qarashini his qildi.

Liliya oradagi sukutni buzdi.

Liliya: Siz menga shunchaki "himoya" qilishni istaydigan yigit emasdek ko‘rinyapsiz.

Yoongi: /uning ko‘ziga qaramaslikka harakat qilarkan/ Nima demoqchisiz?

Liliya: Men sizning ichki dunyoyingizni bilmoqchiman. Sizning harakatlaringiz ortida qandaydir chuqurroq narsa yashiringandek go'yo/ochiqchasiga ta'rif berdi

Yoongi: /bir lahza o‘ylanib/ Men shunchaki o‘z ishimni qilaman, xolos.

Liliya: Balki siz buni o‘zingizga ham tan olmayotgandirsiz....

3-kun.
Munosabatning iliqlashuvi

Liliya: Bu yerda boshqa hech kim yashamaydi?

Yoongi: Onam uzoqda yashaydi, men esa ish sababli bu yerga ko‘chib o‘tdim.

Liliya: Demak, yolg‘iz yashaysiz. Shuning uchun ham hislaringizni birovga ochiq ifoda qilish qiyin...

Yoongi: Ba'zida menga siz men haqimda juda ko‘p narsani biladigandek tuyulasiz...

Liliya kulimsiradi va bu gaplarni qiziqishga o‘xshagan bir his bilan tingladi.

Yoqimli mutolaa~

"TO'YMADIM" degan jumlani ko'zim ko'rmasin!