Qotilni seva olasanmi...?!
Tungi jimjitlik va Aureusning xonasi
Xona zulmatga burkangan, faqat ochiq derazadan kirgan oyni nuriga ko‘milib turardi. Shift baland, devorlar qop-qora, o‘yinni eslatib turgan shakllar bilan bezatilgan.
Shamol pardalarni asta hilpiratib, xona bo‘ylab sovuq nafasi bilan yugurib o‘tardi. Stolda o‘yinning qattiq yuzasini eslatadigan qora donalar tarqoq joylashgan, ular yonida esa ochilmagan kitoblar yotardi.
Bu joy tashqaridan sovuq va begona bo‘lib tuyulsa-da, ichkari go'yo Aureusning shaxsiy yolg'izlik qasriga aylangan edi.
Deraza oldida Aureus turibdi. Uning ko‘zlari atrofdagi zulmatni yorib tashlashga urinayotgandek, o‘tkir, ammo g‘amgin edi. Sochlari shamol bilan birga o‘ynar, qaltiragan qo‘llari esa deraza tokchasiga suyanib turardi. Nafasi og‘ir, boshida esa o‘ylarning qaynab-toshib oqayotganini sezish mumkin edi.
Bu savol ming bor miyyasida takrorlangan, lekin javob yo‘q. U boshqacha dunyoga tushib qolganday edi – bu dunyoda hayot shunchaki o‘yin, u esa shoh edi. Ammo o‘sha shohning roli...
POV Aureus
Shamolning sovuq nafasi yuzimni siypalar ekan, osmon yulduzlarga to‘la edi. Ammo men bu yulduzlarga emas, ulardan ortida yashirin bo‘lgan zulmatga qarayapman. Hamma joy jim-jit, lekin ichimdagi ovozlar hech tinmaydi.
Ammo qaysidir ma'noda shunchaki shoh emasman. Shunday tuyuladi... xuddi mening bu o‘yinda bo‘lishimning sababini anglashim kerakdek.... Lekin nimani?
Qizning nigohlari zulmat olamni yoritib turgan oyga tushar ekan, xotiralari jonlana boshladi..
Bu Aureus uchun eng yorqin xotiralar edi. O‘sha quvnoq ko‘zlar, ilhom bag‘ishlovchi so‘zlar, va doim yonida turgan holda hech narsadan qo‘rqmaslik hissi.
Taehyung... haa~ meni qutqargan va birinchi marta menga yaxshilik qilgan inson..
O‘sha paytni aniq eslayman. Yig‘laganimda hech bir iltimoslarsiz meni otash bag'ridan olib chiqdi. So'zlar bilan emas, ko'zlari...nigohlari bilan qalbimga nimanidir his qildirgan...
U bilan o‘tkazgan kunlarim hayotimdagi eng yorqin lahzalar edi. Uning kulgisi, gapirayotganda ovozidagi xotirjamlik. Har doim o‘ziga ishongan holda harakat qilardi...maqsadi meni o'ldirish bo'lganiga ishonishim qiyin.
O‘zimga savol bera boshlayman.
Endi nima qilaman..? axir dalillarni ortog'i bilan ko'rdim. Uyga kelgan o'sha ayolning savollariga javob berishga qiynalganining o'zi...isbot emasmi?!
Hatto o'sha Lira ham...
Ammo hozir... boshqa narsalar ham muhim. Daydi hayollar o'rmalab, oilasi tomon keydi.
Uning nafasi og‘irlashdi. Oilasi haqida o‘yladi. Ularning yuzlari asta-sekin xotirasida xira tus oldi. Aureus hayajon bilan eslashga urindi, ammo buning o‘zi ichida qandaydir bo‘shliqni keltirib chiqardi. “Ular meni qidirishganmikan?” Ichidagi zulmat buni ko‘rib turishiga yo‘l qo‘ymasdi.
Hayollar og'ushidagi qizni, taqillagan eshik ovozi chalg'itdi. Boshini ortga burar ekan, tashqaridan tushayotgan erkak kishi oyoq kiyimining soyasini payqadi.
Amaru: uxlamadingmi..? Bilaman uyg'oqsan... bularmi ko'p o'ylaman. Bo'layotgan voqealar oqibatida o'zingga biror zarar yetkazishingni istamayman. Shunchaki dam ol...
Aytmoqchi bo'lganlarini 10 Dan 1 qismini so'zladi. Ketish uchun shaylanarkan. Qiz ko'rib turgan soya qisqa muddatga yo'qoldi. Soniya o'tmay esa qayta hosil bo'ldi.
Amaru: ....va doim yodimgda tut. Men seni nima bo'lganda ham yoningda bo'laman/oz bo'lsada ko'ngli to'lgan erkak yo'lak bo'ylab yurib ketdi...
O‘zimni undan uzoqlashishga majbur qilganimda ham, u doim yonimda turadimi? Bu o‘yinni boshqa burchakka qarab ko‘radi. U mening zaif tomonlarimni ko‘rgan holda, meni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
“Sening hayoting ular uchun shunchaki o‘yin, lekin men uchun yo‘q,” degani hali ham qulog‘imda jaranglaydi.
Nega u shunchalik ko‘p g‘amxo‘rlik qiladi? Nega u menga ishonadi? Bu ishonchni oqlashim kerakmi? Balki bu savollarni unutishim kerakdir... balki yo‘q.
U o‘zining qat'iyati bilan Aureusning bo‘sh tomonlarini yopib turardi. Qachon bunday so‘zlarni eshitganmi? Qachon uni himoya qilishni va'da bergan odamni uchratganmi?
Aynan shuning uchun qiz bu borada chuqur o'ylayapti.
Aureus pichirladi:
– Nega... nega buni qilishyapti? Nega ular hayotimni o‘yin deb atashyapti?
Shamol uning so‘zlarini yutib yubordi. Ammo ichidagi sovuq ovoz jim emas edi. U hali ham savollarga javob izlaydi. Balki o‘yin shunchaki hayotning boshqacha ko‘rinishi edi. Balki Aureus uchun haqiqiy jang hali boshlanmagandir.
POV Aureus
Men deraza oldida uzoq turaman, shamol to‘xtamay esadi. O‘zimga kelishim uchun vaqt kerak. Lekin bilaman, bu o‘yin davom etadi, va men bu o‘yinda faqat o‘zim emasligimni endi tushuna boshladim.
Yulduzlar xira tus olib borar, lekin Aureusning yuragida nimadir sekin o‘sib borardi. Balki bu qo‘rquv, balki bu kurashga bo‘lgan tayyorlik edi. Faqat bitta narsa aniq: bu jang o‘z-o‘zidan tugamaydi.
Yoongi va Liliya quyosh botayotgan paytda shahar chetidagi manzarali parkda sayr qilish uchun chiqishdi.
Havodan iliqlik sezilib, daraxtlarning sarg‘aygan yaproqlari yengil shamolda to‘kilardi. Yoongi Liliyaning yonida yura turib, uning qizil sharfini yelkasiga chiroyli tarzda o‘rab olganini va sochlari quyosh nurida yaltirayotganini ko‘rib, bir lahza unga tikilib qoldi.
POV Yoongi
“Qanday go‘zal…” /deb o‘yladi u, lekin bu fikrni aytib bera olmasligini sezdi.
Faqatgina o‘zining samimiy tabassumini yashira olmadi.
Ular parkning sokin yo‘laklari bo‘ylab yurishayotganda, Liliya atrofni kuzatib, nimadandir bezovtalanayotganini his qildi. O‘ng tomondagi daraxtlar orasida noaniq qadam tovushlarini eshitib, u bir lahza to‘xtadi va ortiga qaradi. Ammo hech kim ko‘rinmadi.
Yoongi: Biror narsa bo‘ldimi?/ deb so‘radi Yoongi, uning qattiqroq ushlagan qo‘lidan xavotir bilan qarab.
Liliya: Yo‘q, hech narsa emas,/dedi Liliya, lekin ichida bir narsa noto‘g‘ri ekanligini his qilardi.
Yoongi biroz muddatga sotuv do'koni tomon ketdi.
Ko‘p o‘tmay, daraxtlar orasidan bir yigit chiqib keldi. Kostyum-shim kiygan yigit yuzida odatiy noaniqlik bilan qarab turardi.
Ye Jun: Sen hali ham hushyorsan/ dedi u past ovozda, salomlashish o‘rniga. Uning ko‘zlarida bir tomondan sovuqlik, ikkinchi tomondan esa nimadir chuqur his-tuyg‘u bor edi.
Yoongi ularni uzoqdan ko'rdi. Ichiga o't tushkandek bo'ldi.
POV Yoongi
Hatto yaqin do'sti ham emasman. Unga munosabatim...Bu shunchaki simpatiyami? Lekin bu yoqimsiz tuyg'u nima???
Qisqa fursatda yetib kelgan Yoongi darhol hushyor tortdi.
Yoongi: Bu kim?/ deb so‘radi u qattiq ohangda. Ye Junni ko‘zdan kechirarkan.
Liliya: Biz bir-birimizni ilgari bilardik./dedi Liliya qisqa va sovuq ohangda.
Ye Jun: Faqat bilish emas/ dedi Ye Jun, bir qadam yaqinlashib/balki undan ancha yaqinroq. Lekin ba'zan do‘stlik ham dushmanlikka aylanar ekan/ ko‘zlarini Liliyadan uzmas edi.
Yoongi uning qarashlaridan qoniqmay, Liliyani tezda yaqinroq tortdi.
Yoongi: Nima istayapsan?/ deb so‘radi u. Ichida g‘ayri ixtiyoriy rashkni his qilayotgan bo‘lsa ham, Liliyani himoya qilish istagi bundan ham kuchli edi.
Ye Jun: Bu bizning gapimiz/ dedi Ye Jun, Yoongini mensimagandek qarab/Senga tegishli emas.
Yoongi: U bilan bog'liq hamma narsa menga ham tegishli /dedi Yoongi qat'iyat bilan. Uning ovozida jiddiylik paydo bo‘ldi, ko‘zlari esa Ye Junning har bir harakatini kuzatar edi.
Yoongi hozir Ye Junni Liliyadan uzoqroq tutish uchun barcha narsaga tayyor edi.
Yoongi Liliyani yana o‘ziga yaqinroq tortib, qattiqroq qo‘lidan ushladi. Uning ko‘zlari o‘tkir, harakati esa qattiq edi. Ichidan chiqqan rashk to‘lqini uning ovozida aks etdi
Ye Jun: biz yolg'iz gaplashib olsak bo'lardi./Liliyaga qarab
Yoongi bu gapni eshitib, sabrini butunlay yo‘qotdi. Uning yuzida qaynoq rashk bilan aralash g‘azab ko‘rinib turardi.
Yoongi:Gaplashish? Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? U sen bilan gaplashishga majbur emas! Agar gaplashmoqchi bo‘lsang, avval mendan ruxsat so‘rashing kerak!
Ye Jun: ho'sh nima uchun? Sen kimsanki, men buni qilishim kerak.. ?!
Liliya ularning ikkalasiga ham qarab, vaziyatni yumshatishga harakat qildi.
Liliya: Yoongi, tinchlaning. Ye Jun faqat gaplashmoqchi. Hech narsani bo'lmaydi.
Biroq, Yoongi qizg‘in ohangda gapini davom ettirdi.
Yoongi: hech narsa bo'lmaydi? Axir siz hamma narsani juda oddiy qabul qilyapsiz Liliya! Bu yigit ko‘z o‘ngimizda shunchaki gaplashmoqchiman' deb da’vo qilyapti, lekin niyati boshqa ekanini hammamiz bilamiz!
Ye Jun Yoongiga sovuq nigoh bilan qarab, endi sabridan chiqdi.
Ye Jun: unga kim bo'lasan o'zi/ochiqchasiga o'shqirdi.
Yoongi: uning yigiti/aniq qilib aytdi.
Yoongi bu gapni ataylab aytgandi. Uning ichidagi rashk har qanday chegaradan oshib, Liliyaning dushmanidan o‘zini ustunroq ko‘rsatishga undagan edi.
Liliya esa bu gapni eshitib, bir lahza hayron bo‘lib qoldi.
Liliya: Yoongi!/dedi u qattiqroq ovozda. /Bu endi ortiqcha!
Yoongi: Agar Liliya bilan muloqot qilmoqchi bo‘lsang, buni men bilan hisoblashib qilasan. Lekin men bu gapni oxirigacha yetkazishga tayyorman. Uning yonida men bo‘laman, sen emas.
Ye Jun bu gaplardan yanada g‘azablandi, lekin ichida nimadir uni to‘xtatib turardi...
Tong asta-sekin o‘rmonni uyg‘otayotgan edi. Daraxtlarning uchlarida quyoshning birinchi nurlari jilvalanib, qalin barglarning orasidan yerga oltin chiziqlarni yoydi. Shudring bilan qoplangan butalar sovuq tongning nafasi bilan hayotga to‘lgan edi.
Fonda qushlarning xonishlari eshitilar, ular uzoq-uzoqlardan kelayotgan qora mashinaning motor ovoziga qo‘shilib, o‘rmonning tinchligini buzardi. Yo‘l tor va burilishlarga boy edi. Mashina shiddat bilan oldinga yurib, daraxtlar orasidagi changni havoga ko‘tardi.
Mashinani boshqarayotgan Taehyung edi. Ikki kunlik qidiruvning charchog‘i uning ko‘zlari ostidagi qora halqachalardan bilinardi, ammo u to‘xtashni o‘ylamasdi.
Oldidagi xaritada belgilangan joy oxirgi umidi edi.
Bino o‘rmonning qoq markazida joylashgan edi. Taehyung mashinasidan tushganida, uning nigohiga qora ulkan bino ko‘rinib qoldi.
Qalin daraxtlar orasida, go‘yo bu joy boshqa dunyoning bir qismi edi. Bino o‘zining yirtqich bir narsani eslatadigan arxitekturasi bilan daxshat uyg‘otardi.
Taehyung mashinani ancha uzoqda to'xtatdi. Shubha uyg'otmaslik uchun...
Tashqarida, binoni himoya qilayotgan bir necha qo‘riqchi bor edi. Ular qalin qora zirh kiygan, yuzlari niqob bilan yopilgan edi. Ularning har biri xuddi o‘zining soyasiga aylangan insondek edi –sokin, ammo o‘ta xavfli.
Taehyung ehtiyotkorlik bilan daraxtlar orasidan binoga yaqinlashdi. Uning har bir qadami sekin va aniq edi.
POV Taehyung
Bino katta. Boshqa payt bo'lganida bino xaritasini uskunalarim orqali tuzib, kerakli joyga borardim. Bu yerda esa internetni ishlatishni iloji yo'q. Shunday ekan...boshqa yo'lni sinab ko'ramiz😅
U juda yaqinga kelganida, qo‘riqchilardan biri uning harakatini payqab qoldi.
Ogohlantiruvchi signal taralganida, bir necha soniya ichida Taehyungning atrofini qora zirhli odamlar o‘rab olishdi.
U qarshilik ko‘rsatishga urinmadi. Aksincha, sovuqqon nigohlarini ularga tikdi. Shunday qilib, uni binoning ichkarisiga olib kirishdi.
Binoning ichkarisi tashqaridanda qorong‘i edi. Yo‘laklar tor va baland devorlardan iborat bo‘lib, xuddi oxirgi manzilga olib borayotgandek tuyulardi.(huddi boyagi avtobuslardek🤣)
Soqchilar uni umuman boshqa yo'l orqali olib ketishdi.
Har bir burchakdan zaif sham singari yoritish chiroqlari yonib turar, ular baland shiftlardan tushib turgan qalin qandilni yoritardi. Ular yo'lakkaga qandaydir sirli va qo‘rqinchli muhit berardi.
Taehyungni temir qora eshik oldiga olib kelishdi. Qo‘riqchilardan biri eshikni ochdi va uni ichkariga kiritdi. Xona keng, deyarli butunlay zulmatga cho‘mgan edi. Faqat markazda, yirik shaxmat uchun mo'ljallangan stol va uning orqasida Amaru o‘tirardi.
Amaru oldidagi kitobni yopib, xotirjam bir ohangda gapirdi:
Amaru: Men kutilmagan va taklif qilnmagan mehmonlarni yoqtirmayman!
Taehyung bir necha soniya sukut qildi. Keyin bir qadam oldinga yurib, sovuqqonlik bilan javob berdi.
Taehyung: Nima uchun kelganimni bilasan... Unga ziyon yetkazadigan har qanday o‘yinda men faqat tomoshabin bo‘lib o‘tirolmayman.
Amaru kulib yubordi. Uning kulgusi zaldagi jimjitlikni buzib, devorlardan aks-sado berdi. U o‘rnidan turib, Taehyungga qaradi.
Amaru: Uning taqdiri sening qo‘lingda emas. Lekin men seni sabringni sinashdan charchamayman. Hozircha bu joyda, mening hududimda nima ham qila olarding?😏
Taehyungning ko‘zlarida g‘azab uchqunlari paydo bo‘ldi. Biroq u ovozini baland qilmadi.
Taehyung:Masalan...Aureusni qo‘lingdan tortib olib, bu o‘yinni sen uchun tugataman!😠
Ularning ko‘zlari o‘tkir qilichlar kabi bir-biriga tikildi.
Zalda tarqalgan og‘ir atmosfera qo‘riqchilarni ham, Taehyungni ham qattiq taranglikda ushlab turardi.
Amaruning nigohlari Taehyungga qarab yondi. Uning ovozi go‘yoki teran jarlikdan kelayotgandek o‘tkir aks sado edi.
Amaru: Sen Aureusni meni qo‘limdan tortib olaman deysanmi? Qiziq... o‘ylab ko‘raychi: bu jur’atmi yoki ahmoqlik?
Taehyung javob berdi, ovozida qat’iyat sezilar edi
Taehyung:na jur’at, na ahmoqlik. Bu haqiqat. Sen Aureusni qandaydir shoh qilding, ammo men uni inson sifatida ko‘raman.
POV Amaru
Nimani ham bilarding...
Aslida Amaru ham Aureusni o'yindagi himoya qilish kerak bo'lgan "shoh" dan ko'ra ko'proq qadrlaydi. Lekin his-tuyg'ularning o'zgalarga oshkor etilishi, kelajakda o'ziga qarshi ishlashini bilgan holda teskasi harakat qilardi.
Inson qiziq jonzod. Qalbidan boshqa tilidan esa butkul boshqa narsa eshitiladi.
Amaru:Aureus... inson? Yo‘q, Taehyung. U o‘yinning bir qismi. Hayot va o‘lim maydonida shohning o‘z yeri bor. Agar sen uni o‘z dunyoyinga tortmoqchi bo‘lsang, bu faqat sening zavoling bo'ladi!
Shu lahzada eshik qarsillab ochildi, va Aureus yo‘lakdan ichkariga qadam tashladi. Unga og‘ir ko‘zlar tikildi. Taehyung darhol unga o‘girildi.
Taehyung:Aureus! /Uning ovozida quvonch va yengillik bor edi.
Ammo Aureus Taehyungning ko‘zlariga qaramadi. Nigohlari Amarudan Taehyungga, keyin esa polga qarab qochdi.
Aureus:Bu yerda nima qilayapsiz? – dedi Aureus titroq ovoz bilan, qo‘llari yonida musht qilib tugildi.
Taehyung unga yaqinlashmoqchi bo‘ldi, lekin Aureus bir qadam orqaga tisarildi. Uning ko‘nglida shubha va ikkilanishning yotardi.
Taehyung sekin ovozda gapirdi.
Taehyung: Men seni izladim, Aureus. Seni bu joydan olib ketishga keldim. Bu bino, bu o‘yin – sen bunga tegishli emassan.
Aureus qattiq yutindi. Uning yuragi Taehyungning so‘zlariga ishongisi kelardi, ammo miyasi buni qabul qilmasdi.
Aureus: nega meni olib chiqmoqchisiz? / so‘radi Aureus, ko‘zlarida shubha bilan. /siz dushman tomondansiz, Taehyung. Balki bularni o‘yin faqat o'z g‘alabangiz uchun aytayotgandirsiz?
Taehyung chuqur nafas oldi, og‘riqli bir tabassum bilan javob berdi
Taehyung:Men hech qachon sening dushmaning bo‘lmaganman, Aureus. Agar dushman bo‘lganimda, shu yerda gaplashish o‘rniga, sening o‘yiningni tugatgan bo‘lardim. Lekin men bu yerga seni himoya qilish uchun keldim.
Aureusning nigohlari titroq ichida edi.
Aureus: Himoya qilish? Meni? Nega?! Men bu yerda shohman, va bu yerda menga tahdid qiladigan hech kim yo'q.
Taehyung bir qadam oldinga yurib, Aureusning ko‘zlariga tikildi. Uning ovozi yumshoq, ammo qat’iy edi.
Taehyung: Senga manavi nimalar dedi bilmayman/ko'rsatgich barmog'i bilan Amaruni ko'rsatib/sen.. faqat shoh emassan. Sen o‘z uyingga qaytishing kerak, Aureus. Bu o‘yin seni yo‘q qiladi. Men esa bunga yo‘l qo‘ymayman.
Aureus orqaga bir qadam tashladi, qattiq nafas olib, boshini chayqadi.
Aureus:Men... ishonmayman. Siz dushman tomondan keldingiz. Balki bu sizning hiylangdir. Meni olib chiqib, so‘ng o‘ldirish niyatingiz bordir./dastlabki ikkilanish ohangi tobora kinoya aylanardi.
Zaldagi muhit yana ham sovuqlashdi. Qandilning soyasi devor bo‘ylab harakatlanib, ulkan qora yirtqichga o‘xshab ketdi.
Amaruning nigohi bularning barchasini jim kuzatar, yuzida mamnun bir tabassum bilan barchasi uning rejasiga mos ketayotgan edi.
Qo‘riqchilar esa sukut saqlashar, faqat ularning nafas olishlari eshitilar edi.
Aureus: Men o‘z yo‘limni o‘zim tanlashim kerak. Agar bu o‘yin hayotimning uzviy ma’nosi bo‘lsa, demak, men oxirigacha boraman.
Taehyung sukutda qoldi. Uning ko‘zlarida og‘riq aks etdi, lekin u yana bir so‘z aytmadi. Amaruning ovozi zaldagi sukunatni buzdi:
Amaru: Bu jang maydoni ikki taraf uchun ham qiyin bo‘ladi. Lekin... men hech qachon o‘yin qoidalarini buzmayman. Hozircha bu erda qaror Aureusniki!
Aureus o‘girilib chiqib ketarkan, ichidagi his-tuyg‘ular bo‘roni uni yana tinchlikdan uzoqlashtirdi. Taehyung esa uning ortidan qarab qoldi – uning nigohlarida Aureusni qaytarishni istab, unsiz tikildi.