O'ldirish istagi❤️🔥
Tokyo shahriga qish kirib keldi. Havo savuq va qorning kun ora yog'ib turishi shaharga o'zgacha muhit tuxfa etardi. Shunday bo'lsada bu yerda hayot qaynamoqda. Shaharning katta ko'chalarida o'rnatilgan ulkan ekranlarda esa Tokyodagi eng mashxur dizayner Yui Akumadan olinayotgan interyu ko'rsatilardi.
2 yil ichida sal kam 56 ta davlatda mashhur bo'lishga ulgurgan yosh dizaynerdan olinayotgan interyuni deyarli butun mamlakat aholisi kuzatib turardi.
Studiya ishchilarining bu ko'rsatuv uchun qattiq tayyorlanganlari bu yerdagi muhitdan yaqqol sezilib turardi.
👩🏻💼-Yui xonim bugun sizni studiyamizda ko'rib turganimdan bag'oyatda hursandman/yoshi taxminan 26larda, o'rtacha uzunlikdagi ko'k yupka va kastyum kiygan, sochlari och rangdagi qora, tekis yuzi odamda yoqimlilik tuyg'usini uyg'otadigan ayol tabassum bilan aytdi.
Studiyadagi shishadan yasalgan qadah timsolidagi stulda huddi kapalak singari nozik va bir qarashda mukammal joylashib o'tirgan Yui to'q qizil rangli ko'zlarini unga qaratdi.
Yaponiyaning Tokyo shahrida yashaydi. Yoshi 19 da. Kambag'al oilada tug'ilgan.
Hozirda mashhur dizayner✨
👩🏻💼-Ruxsatingiz bilan savollarni berishni boshlasam...
👩🏻💼-biz bilamizki siz san'at asarlarini yaratishda shishadan foydalanasiz. Nega aynan shishani tanlagansiz?/qo'lidagi konvert ichidagi qog'ozdan o'qiy boshladi.
👩🏻💼- sizni ijodingizni muxlisasi sifatida bu men uchun ham qiziq/qo'shimcha qildi.
👸🏻-shisha.../ko'zlarini fikr yuritayotgandek bir ikki harakatlantirib, ko'rsatgich barmog'ini buklab pastki labiga olib keldi. So'ng nigohini boshlovchiga qaratdi.
👸🏻-u ko'rinishi bilan kayfiyatni ko'taradigan, jilvakor va jozibali material. Kerakli ishlov berish orqali yanada mukammalashtirish mumkin. Shisha chiroyli...va yana... u biz o'ylagandanda havfli. Bu jihatlari bilan ham betakrordir.
👩🏻💼-ajoyib tarif bo'ldi/yosh qizning chuqur ma'noga ega gaplarini tinglab jilmaydi
👩🏻💼-keyingi savol, bu biroz shaxsiy.... unda siz linzalardan foydalanasizmi yoki yo'qmi shuni so'rashgan.
👸🏻-aminmanki bu savol ko'zlarim rangi haqida.
👸🏻-men linzalardan foydalanmayman. Ko'zlarimning rangi tug'ilganimdan beri shunday.
Jonli efirni shu mamlakatning boshqa axolisi singari tomosha qilayotgan yigit ko'zlariga ishonmasdi.
Ammo u bu efirni o'z uyida o'tirgancha emas, kichkina va chang bosgan xohishaxonaning bir xonasidan turib ko'rardi.
Uning sochlari oppoq, xonadagi yotoqqa suyanib, o'zi yerda o'tirirardi. Gavdasi katta va deyarli sochlari kabi oppoq. Ko'zlari jigarrang. Yotoq ustida unga kecha hizmat qilgan ayol yotardi.
Deyarli 2 yildan beri chehrasini ko'rmagan xotinini yoki sobiq xotinini ko'rib turarkan o'tmishdagi voqealar esiga tusha boshladi.
Tokyodagi ko'p yillik shajaraga ega zodagon oila farzandi. Yoshi 24 da.
Hozirda kichik qurilish kompaniyasi boshlig'i
Eski yaponiya odatiga ko'ra yuzi berkitilgan qizil libosdagi kichik kelin marosim o'tkaziladigan uyga yaqinlari hamrohligida kirib keldi.
Eshik oldida kutib turgan kuyov va uni yaqinlari esa ularga kibr bilan mag'rur boqishardi. Kuyov bu nikohdan mamnun emasligi yaqqol bilinib turardi.
Kelinni ularga topshirishgandan keyin kuyovning otasi ularga atalgan 3 o'ram pulni yerga uloqtirdi. Qizini o'zlari mo'ljallaganda narxdan qimmatroqqa sotgan ayol va erkak qayta-qayta tazim qilgancha chiqib ketishdi.
Yigit telefonini o'chirib, o'rnidan turdi. Kiyimlarini kiydi va javoncha ustida pul qoldirib xonadan chiqib ketdi.
Tashqarida kun bo'tib bo'lgandi. Havo ham sovuq. Ko'prik chetida yolg'iz ketayotgan yigit to'xtab pastga, daryoga qaradi. Qorong'ulik tufayli suv ham qora rangda ko'rinardi. Biroz isinish maqsadida cho'ntagidan bir dona sigareta olib yondirdi. Ostonga qarab bu ma'nosiz hayotini nima uchun yashayotgani haqida uzoq o'yladi.......Toki boshiga kelib tushdan zarba sabab hushdan ketmaguncha.