November 25

Qotilni seva olasanmi...?!

Aureus o‘girilib chiqib ketarkan, ichidagi his-tuyg‘ular bo‘roni uni yana tinchlikdan uzoqlashtirdi.

Taehyung esa uning ortidan qarab qoldi – uning nigohlarida Aureusni qaytarishni istab, unsiz tikildi.

Amaru zalda sukunatni o‘zining sokin, ammo zaharli so‘zlari bilan yana buzdi. U bir-ikki qadam oldinga yurib, qo‘llarini orqasiga birlashtirgancha Taehyungga tikildi. Yuzida g‘alaba aralash tabassum bilan gap boshladi.

Amaru

Amaru: Mana shu ahmoqligingni kuzatib zerikib ketdim, Taehyung. Sen o‘zingni bir qahramondek ko‘rsatmoqchisanmi? Aureusni qutqaraman, deysanmi? Ammo bilib qo‘y: sen unga dushmandan boshqa narsa emassan. Sen uni aldagansan!

Taehyungning mushtlari qisilgan edi. Lekin u o‘zini bosishga harakat qildi.

Taehyung: Men hech qachon Aureusni aldamaganman../ovoz shu qadar aniq va baland ediki, shu atrofdagi soqchilarni ham sergaklikka chorlay oldi/ Men unga faqat haqiqatni aytdim.

Amaru xoxolab kuldi.

Amaru: "Haqiqat? Qanday haqiqat?! Sen uning ishonchini boy berding. Hozir esa uni himoya qilishga urinyapsanmi? Kech bo‘ldi, bolakay. Aureus endi o‘yinda, va u o‘zining yangi dunyosini qabul qildi/yigitni tushkunlikka tushurishnu mo'ljallagan Amaru niyatiga qadama-qadam yaqinlashardi.

Taehyungning nigohlari qat’iyat bilan yonib turardi, lekin yuragi og‘rirdi.

POV Taehyung
Men uning bu yerda qolishini istamaganman! U bu o‘yinning bir qismi bo‘lishga loyiq emas.

Taehyung: Sen... sen uni chalg‘itding, Amaru. Uning shubhalaridan foydalanding. Sen uchun Aureus faqat bir vosita to‘g‘rimi?

Amaru sovuqqina bosh chayqadi.

Amaru: Vosita? Aureus men uchun shoh. Va shoh o‘z o‘yin maydonida qolishi kerak. Unga o‘z yo‘lini tanlash imkoniyatini berdim.

Bosimni oshirish uchun endi tanqid yo'liga o'tdi erkak.

Amaru: Sen-chi, Taehyung? Sen unga nima berding? Ishonchsizlik va yolg'on! Uni o‘z uyiga qaytarib olib ketaman deb o‘zingni laqillatyapsan, ammo unga eng katta zarar yetkazgan ham o‘zingsan...

Taehyungning nafas olishi og‘irlashdi. G‘azabi qaynardi, lekin u o‘zini nazoratda ushlardi. G'azablanyapti...Ammo o'zidan. Avvalroq Aureusga barini aytganida edi...ko‘zlarida nafrat alanga urib, bir qadam oldinga yurdi.

Taehyung: Shuni unutma... Bir kuni sening rejang buziladi. Va buni men qilgan bo'laman!

Amaru zaharxanda bilan kulib, Taehyungga yaqinlashdi.

Amaru: ho'sh o'sha kun qachon? O'zim aytaman "Hech qachon!"

Shu bilan birga, Amaru Taehyungni turtib yubordi. Taehyung muvozanatini yo‘qotib, bir qadam orqaga tisarildi. Amaru, nigohida sovuq nafrat bilan, zal eshigiga yuzlandi.

POV Amaru
O'yin qoidalariga ko'ra o'yinchilar o'yin donalariga bevosita zarar yetkaza olishmaydi. Iloji bo'lganda seni shu lahzaning o'zida gumdon qilgan bo'lardim..

Amaru: Soqchilar uni yo'qoting.

Amaru eshikni qattiq ochib, tashqariga chiqib ketdi. Taehyung bir necha soniya harakatsiz qoldi. Ko‘zlarida alam va g‘azab to‘la edi. Ammo u o‘zini yig'ib, boshini bir marta chayqadi.

Taehyung (pichirladi): unga nima deyishganini va uqtirishayotganini bilmayman. Ammo...men qaytaman. Bu safar emas. Seni ikkincha marotaba tashlab ketmayman.

Ammo uning so‘zlari havoda soda bermay qoldi. U soqchilar bilan zalni tark etib, qorong‘i yo‘lak bo‘ylab yurib ketdi.

Chorasizlik unga og‘ir yuk bo‘lsa ham, u ichida umid uchqunini saqlab qoldi.

Park

●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●●

Yoongi g‘azab va rashkdan alangalanib, Ye Junni boshqa so‘zlashishiga imkon bermay, Liliyaning bilagidan muloyim, ammo qat’iyat bilan ushlab, uni o‘zi tomon tortdi.

Ye Jun(jahli chiqqanini topolmadim😢)

Yoongi: Endi bu yerda qolishning hojati yo‘q. Ketamiz!/dedi u past ovozda, ammo ovozidagi buyrug‘omuz ohang hech qanday rad javobini qabul qilmasligini bildirardi.

Liliya bir lahza hayratda qoldi. U biror so‘z aytishga ulgurmasidan Yoongi uni park yo‘lagi bo‘ylab yetaklab ketdi.

U ortida qolayotgan Ye Junning sovuq nigohini sezgan bo‘lsa-da, Yoongining harakatlaridan hayratda edi.

Ular mashinaga yetib kelishgach, Yoongi eshikni ochib, Liliyaga o'tirishni ishora qildi.

Uning yuzidagi jiddiylik Liliyaga ortiqcha gapirishga yo‘l qo‘ymadi. Mashina ichida sukunat hukm surdi.

Liliya

POV Liliya
Yoongi avtomobilni boshqarar ekan, rulni mahkam siqib olgan, yuzida esa anglab bo'lmas ifoda bor edi.

Liliya azaldan odamlar ustida bosim va manipulatsiyani qo'llash orqali ularni boshqargan. Aynan qo'rquv bunda asosiy qo'shimcha...

Va bu vaziyat...qiz og'iz ochishga ham botina olmayapti. Uni nima ushlab turgani esa mavhum. Oradagi sukunat esa "seni yeyman" degandek tahlikaga solardi.

Liliya bu jimlikka bardosh bera olmay, ohista so‘z boshladi.

Liliya: Yoongi...nega bunday qildingiz.Ye Jun... u faqat gaplashmoqchi edi. Nega siz…

Yoongi uning so‘zini bo‘ldi, ovozi qattiq va aniqlik bilan jarangladi:

Yoongi: Bu yigit o‘zingizga yaqinlashtiradigan odam emas😠

Liliya Yoongiga tik qarab, bir lahza jim qoldi. Ammo uning ichidagi savollar to‘xtamasdi.

Liliya: Sizga nima bo‘ldi, Yoongi? Bu qanday munosabat? Biz faqat eski tanishlarmiz. Bu masalada sizga nisbatan hech qanday tushuntirish berishga majbur emasman.

Yoongining taranglashayotgan asablari yanada siqilib qoldi. O'sha yigit Liliya yaqinlashganini o'zida alangalanayotgan yuragi esa yonib ketdi. Yigit u bilan yomon holiday yuz berishini istamadi va Liliyani u yerdan olib ketdi. Qiz esa hozir uni yonini olyapti va aralashmasligini aytyaptimi🔥

Yoongi to‘satdan mashinani chetga olib, to‘xtatdi. Gavdasini ko'tarib, soyasi bilan qizni kichik jussasini tamomila quyoshdan berkitdi. U yuzini Liliyaga burib, ko‘zlariga tik qaradi. Uning nigohida rashk, tushunarsiz his-tuyg‘ular va chuqur g‘azab bor edi.

Yoongi: Siz meni tushunmaysiz, shundaymi? O‘sha yigitning sizni qanday qarash bilan kuzatayotganini sezmadimmi? Liliya, u sizga faqat eski tanish emas. U sizga nimadir his qiladi, bu ochiq-oydinku!

Liliya uning bu qadar ta’sirlanib gapirayotganini ko‘rib, yoqasini ushlab qoldi.

Liliya: agar shunday bo'lganda ham..sizga nima?

Yoongi bir lahza o‘zining ichki tuyg‘ulari bilan kurashdi. Rashk va g‘azab uni chulg‘ab olgan, lekin u hamma narsani aytib qo‘yishdan qo‘rqardi. Ammo shunday bo‘lsa-da, o‘zini ushlab tura olmadi.

Yoongi: Chunki men sizni kim bilan gaplashayotganingni nazorat qilishni xohlayman, Liliya!

POV Yoongi
Chunki… men seni o‘zimga yaqin his qilaman. Chunki men seni yo‘qotishni xohlamayman!

Liliya bu so‘zlardan hayratda qoldi. Yoongi birinchi marta ochiqchasiga o‘z tuyg‘ularini shunday ifoda qilgan edi. Bunda rashkdan ko'ra egalik hissi yaqqol sezilib turardi.

Liliya: Yoongi…/ dedi u ohista, lekin boshqa nima deyishni bilmasdi.

Yoongi esa yanada egilib, deyarli qizni yelkasiga boshini qo'yib, chuqur nafas oldi. U o‘zini yo‘qotganidan bilib, so‘zlarini davom ettirdi

Yoongi: Men bilaman, bu noto‘g‘ri. Lekin unga o'xshagan va o'xshamagan har qanday kimsani sizga yaqinlashtirmoqchi emasman. Hech qachon...

Liliya uning yuzidagi qayg‘u va ichki kurashni ko‘rib, bu holatni qanday boshqarishni bilmay qoldi.

Yoongining bu qadar rashk qilishi unga ta’sir qilgan bo‘lsa-da, bu ularning munosabatlariga qanday ta’sir qilishini tushunolmasdi. U o‘zining ham his-tuyg‘ulari bilan kurashayotgan edi.

Mashina ichidagi bu taranglik uzoq davom etdi. Yoongi asta-sekin mashinani yurgizdi va ularni uyga olib ketdi. Uning ichidagi qaynoqlik hamon tinchimagan edi...

Shunaqaroq sahna😜

19 qism tamom.

Kxm yoqimli mutolaa~😘❤️