πππππ‘π π§ππ π¦π πππ
Taehyung gapini tugatib Riani itarib yubordi. Rianing baqiriq ovozi ppastlagani sari yo'qolib borar ekan Shia qurolni tushurgancha to'siqqa yaqinlashdi. To'siqdan pastga qarar ekan Ria kichrayib yo'qolib borar edi. Shia bor ovozi va kuchi bilan Taehyungga tashlandi. Uning to'g'ri kelgan yeriga yig'lqgancha zarba berar Taehyung esa bunday achchiq va qattiq zarbalarni tishini tishiga qo'yib chidardi. Zarba berishdan charchagan qiz qattiq va kuchli hansiragancha qarshisidagi maxluqdan uzoqlashdi.
- sen iflos odammisan o'zi
- sen meni shu holatga keltirding
- unga bergan shuncha ozorlaring kammidi? Unda qolgan bir necha kunlarni ham tortib olding
- men uni hammasidan qutulishini istadim. O'limni kutib yashagandan ko'ra birdan o'lgan afzal
- senda rahm-shavqat tuyg'usi nega yo'q? Nega senda odamgarchilik yo'q?
- bor edi mendan hammasi sen aytgan har qaysi tuyg'u bor edi. Eshitib qo'y Jeon Shia sen bir paytlar yarim yo'lda tashkab ketgan o'sha Kim Taehyung mana endi qarshingda. Tanib ol uni. Qayta tanish
Taehyung qulochini keng yozib ko'ksini kerib jilmaydi. Shia unga telbaga qaraganday tikilib turib ko'z yoshlarini artib unga maksimal darajada yaqinlashdi.
- seni tashlab ketgan bo'lsam to'g'ri ish qilganman. Sendek maxluq bilan men hayotimni davom eta olmas edim.
- mendek maxluq? Hah... seningcha sen hozir oqko'ngil yaxshi inson bilan yashayapsanmi? - u ham qizga yaqinlashib bo'yini sal egib u bilan tenglashdi. Ko'zlariga tik qaragancha gapini davom etdi.
- sening sevimli ering aynan nima ish qilishidan xabaring bormi?
- meni erim bilan ishing bo'lmasin
- demak uning shirin yolg'onlari ko'zingni ko'r qilgan
- erimni ustidan axlat to'kmoqchi bo'lsang adashasan.
- men hech bir so'z demayman. Senga shunchaki bir haqiqatni ko'rsataman.
Taehyung ayyorona jilmaygancha Shiadan uzoqlashib stolining oldiga borib pastda joylashgan seyfni ochdi. Ichidan qop qora fleshkani chiqarib kompyuteriga ulab Shia tomon o'g'irdi. Ekranda esa video yozuv akslana boshladi.
Jungkookning ko'zi yana endigina ilinganida telefoni yana uni bezovtalab jiringladi. Jungkook uni yoqtirmaygina ko'tardi.
- eshitaman
- Jeon Jungkook
- ha janob
- Kim Taehyungni yo'qotish kerak.
- nega?
- u politsiyachiga hammasini ochib berdi. Yo sen yo u o'lishi kerak.
- janob Kwang ochiqroq gapira olasizmi? Qanaqa politsiyachi?
- bor gap shu u seni ham oshkor qildi. Yo sen uni o'ldir yo u seni o'ldirsin
- tushunarli bajariladi.
- agar qo'lga tushsang bizni sota ko'rma aks holda itning kunini solaman
- xavotirga o'rin yo'q janob Kwan
- ertagacha
Jungkook aloqani uzib Taehyungga qo'ng'iroq qildi ammo aloqa yo'q. Qayta qayta qilaverib faqat bir javob olaverganidan jahli chiqib kiyinishga tushdi. Yotog'idan lablarini birlashtirib og'riqqa chidab turib gavdasini amallab ko'tardi. Xonaning bir burchagidagi shkafga yaqinlashib kiyimlarini oldi. Jarohatlarini binr bilan yaxshilab bog'lab og'riq qoldiruvchi dorilarni ichib kiyimlarini kiydi. Boshiga kepka kiyib endi telefoniga qo'l cho'zganida u jiringlab ekranida o'sha unga javob bermagan odamning ismi ko'rindi.
- qayerdasan
- senga ham hayrli kun
- qayerdasan dedim
- o'z joyimda
- men hozir boraman
- yaxshi kelaver kutaman.
Taehyung go'shakni qo'yib divanda boshini changallab turgan qizni oldiga o'tirib gap boshladi.
- ering kelyapti.
- bizga alohida xona ber
- xohishing go'zalim
Jungkook kasalxonadan amallab chiqib taksi to'xtatib Taehyungning oldiga yo'l oldi. Yo'l tirband bo'lmagani sababli u yerga yarim soatga hormay yetib oldi. Yuqori qavatli bino eshigiga yaqinlashganida Taehyungdan sms keldi.
Sms - 20-qavat 13- xona shu yerga kir
- yuqori qavatdan to'satdan tushib ketib o'lib qolasan chamanda
Jungkook telefonini cho'ntagiga joylab liftga qadam qo'ydi. Jungkook yuqorilagan sari ko'nglida nimadur noxushlik yuz beradigandek bezovtalik uyg'ondi. Ammo bunga e'tibor bermay yashirib olib yurgan to'pponchasini chiqarib tepkisini sozlab qayta shimini orqasiga qistirib kiyimlarini to'g'irladi. Lift kerakli qavatga to'xtaganidan so'ng undan tushib xabardagi xonani izlashga tushdi. Xonani topib ichkariga kirdi ammo xona bo'sh. Ichkarida hech kim yo'q. Bundan hayron bo'lgancha qoshlarini chimirib telefonini qayta cho'ntagidan chiqarib Taehyungga qo'ng'iroq qildi. 2ta chaqiruvdan so'ng ortidan ayol kishining ovozi yangradi.
Jungkookning qorachiqlari kengayib ko'z kosalari ham kattalashdi. Quloqlari ostida jaranglagan ovoz egasini hech shubhasiz tanib oldi. Bir og'ir yutunib sekin-astalik bilan ortiga o'girildi. Eshik ostonasida Shiani ko'rib tanasi muzlab qoldi. Tili gapga kelmay duduqlangancha gap boshladi.
- s.sevgilim bu yerda nima qilyapsan?
- seningcha nima qilyapman?
- Taehyung seni ham bu yerga chaqirdimi?
- nega Taehyung meni chaqirgan bo'lishi kerak?
-... - Jungkook nima deyishni bilmay tipirchilagancha ko'zlarini olib qocha boshladi.
- nega ko'zlaringni olib qochyapsan? Yoki.... Uning gaplari rostmi?
- Shia men senga hammasini tushuntiraman. Meni eshitgin...
- ESHITMAYMAN MEN SENI ENDI HECH QACHON ESHITMAYMANπ£
Shia Jungkookka qarab bor ovozida o'shqirgancha uning oldida tezlikda yurib kelib yelkasiga urgancha zarba bera boshladi. Gapini davom etar ekan ovozi balandlatgancha gapini davom etdi.
- men sen iflosga ishondim. Sendan shubha qilmadim. Ishlaringga aralashmadim. Seni oqko'ngil gunoh qilmaydigan vijdonli yigit deya bilib yuragimni berdim. Lekin sen g'irt shaytonning o'zi ekansan.π£
- senga tushuntirib beray izn berπ£
- SENI GAPIRISHGA HAM HAQQING YO'Q IFLOS.
Jungkook Shiani bir siltab ikki qo'lidan ham qattiq siqib ushlab oldi. O'ziga yaqin olib kelgancha undanda balandroq o'shqirib
- MEN SENGA MUNOSIB BO'LISHNI ISTADIM. SENING OBRO'YINGGA TO'G'RI KELISH UCHUN SHU ISHLARNI QILDIM. BOY VA OBRO'LI XONADON QIZI HECH QACHON KAMBAG'AL YETIMGA QARAMASLIGINI JUDA YAXSHI BILAR EDIM. MEN BULARNI HAMMASINI SEN UCHUN MANA SHU LA'NATI PUL UCHUN QILDIMπ£
- BUNI SENDAN SO'RAMAGAN EDIM. BIROVLARNI HAYOTI EVAZIGA KWLADIGAN XAROM PULLARNI SENDAN SO'RAMAGAN EDIMπ£
Shia Jungkookni itarib undan siltanib chiqdi. Ko'zlaridan oqayorgan yoshlarini artgancha sochlarini orqaga tarab yerga cho'kkaladi. Qo'llari orasida boshini changallab baqirib ichini bo'shatmoqchi bo'ldi ammo foydasiz. Qayta o'rnidan turib
- QANDAY QO'LING BORDI. SHUNCHA ODAMNI O'LDIRISHGA SHUNCHA QIZLARNI NOMUSINI TOPTASHGA QANDAY QO'LING BORDI. ULARNI BIR BUYUMDEK SOTISHGA QANDAY QO'LLARING BORDI GAPIRπ£
- istamagandim... majbur bo'ldim
- NEGA UNDA MENI HAM SOTIB YUBORMADING. HUDDI ULARGA KO'Z YUMGANDEK MENGA HAM KO'Z YUMMADING. SENI BU ISHLARINGDAN KO'RGANDAN KO'RA BOSHQA ERKAKLARNI TAGIDA O'LIB KETGANIM YAXSHI EDIπ£
- ASLO... BU GAPLARNI AYTA KO'RMA ILTIMOS... MEN SENI SEVAMANπ£
- TUPURDIM SEVGINGGA SENIπ£
Jungkook joyida qotib qoldi. Shiaga qarar ekan uni ko'zlarida o'ziga bo'lgan bir chimdimgina mehr va sevgini topishga intilar ekan ammo yo'q. Ko'zlarida qon to'lgan qizning ko'zlarida faqatgina g'azab va nafrat aks etib turar edi.
Ularni kameradan kuzatib turgan Taehyung miyig'ida jilmaygancha kreslosiga suyandi.
- agarda meni tanlaganingda edi hozir bu ahvolda bo'lmas eding.
Taehyung o'tirgan ko'yida yana bir narsani o'ylab o'rnidna turdi va Shia va Jungkookni kirgazgan xonasiga yo'l oldi. Eshik ostonasiga kelib ochiq turgan eshikdan ichkariga bosh suqdi. Ichkarida Jungkook biir nuqtaga qarab qotib turar Shia esa yuzini to'sgancha chuqur chuqur nafas olar edi.
Taehyung ichkariga kirib qo'lini ortiga birlashtirib tomoq qirgancha gap boshladi.
- Shia bilaman hozir senga qiyin. Seni battar qiynamoqchi emasman. Lekin shuni aytishim kerakki... balkim imkon berarsan... men sen uchun o'zgarishga tayyorman. Jungkook endi hech qachon o'zgarmaydi.
- sen nimalar deyapsan iflosπ£
Jungkook bor g'azabini bir mushtiga tugib Taehyungga yaqinlashar ekan xonada o'q ovozi yangradi. Jungkook kelayotgan joyida to'xtab qolib to'pponcha egasiga qaradi. Shia o'ylab o'tirmay Taehyungni otib toshladi. Taehyung ko'ksidan otilayotgan qonga qaragancha yerga yuz tuban yiqildi va shu ko'yi boshqa turmadi.
Shia to'pponchasini qayta cho'ntagiga solishi bilan politsiya xodimlari hamma yerni o'rab olishdi. Ularni boshlab kelgan Seokjin Shiani oldiga keldi.
- yaxshimisizlar? Jungkook bu yerda nima qilyapti?
- menga kishaningni ber
- nima?
- aytganimni qil.
Seokjin bir Jungkookka bir Shiaga qaragancha o'ylanib turib kishanlarni Shiaga uzatdi. Shia kishanlarni olib uni ohib Jungkookka yaqinlasha boshladi. Uni qo'llarini bir nuqtaga yig'ib qo'llariga kishanni joylash barobarida
- Jeon Jungkook siz odam savdosi jinoyati bo'yicha ayblanasiz. Sukut saqlash huquqiga egasiz. Zotan har bir ishlatgan so'zingiz o'zingizga qarshi sudda ishlatiladi.
- meni kechir
Shia indamay Jungkookdan uzoqlashdi. Seokjinning qarshisiga turib xarin holatini egallab qo'llarini tekis ushlab ches berib xisobot topshira boshladi.
- bugun 23-noyabr soat 23:00da odam savdosi ishi yakunlandi. Hamma dalillarni taqdim etilgan holda ishni yopishingizni so'rayman. Odam savdosining boshlig'i bo'lmish Kwang Sunwon ertaga erta tongda xibsga olinadi. Xisobot yakunlandi.
- salomatlik tilayman
Seokjin ham harbiycha holatni egallab xisobotni qabul qildi. So'ng Shiaga erkin buyrug'ini berganidan so'ng u Jungkookka bir qarab
- balki o'ylab ko'rarsan
- hamma qonun oldida teng
Shia Jungkookka qayrilib ham qaramay voqea joyini tark etdi. Pastga tushganida tez yordam mashinasiga joylanayotgan jasadni ko'rib u yerga bordi. Jasad yuzini ochtirib Riani ochiq qolgan ko'zlarini qayta yopib
- jannatda uchrashamiz. Va'damda tura olmaganim uchun kechir.
Shia Riaga yana bir muddat qarab turganidan so'ng ularga ketishga ruxsat berdi. So'ng mashinasiga o'tirib uyiga yo'l oldi.
Shia uyiga kelib to'g'ri xonasiga chiqib ketdi. O'zini kiyimlari birga dush tagiga tashladi. Ilq suv badanini yuvib tushar ekan uni ostida ko'z yoshlarini to'ka boshladi. Yum yum alamdan yig'lar ekan ich ichidan hammasiga o'zini aybdor sanay boshladi. Qo'llari bilan og'zini to'sib bir necha soatlar davomida u dushdan chiqmadi...
Erta tongdan xunuk xabar eshitgan janob Kwang o'z jonini asrash payiga tushdi. Tezlikda narsalarini pullarini yig'ib ketishga tayyorgarlik ko'rayotganida uni qarorgohini politsiya xodinlari Seokjin boshchiligida bosib uni ushlashdi. Kwang hammasini inkor etib baqiqar ekan Shianing uyidagi josus Aera ham u bilan birga mashinada kutar edi. Janob Kwan uni ko'rib unga birdan tashlandi.
- sen yalmog'iz seni deb bo'ldi
- men aytilganini aytilgandek qildim meni ayblay olmaysiz
- sen sotgansan
- men sotmadim.
Aera uni o'zidan itarib qayta eshikka suyandi. Uning ko'ngli xotirjam chunki u hozirda Changwookka ishonmoqda...
Aera yarim kecha Shia kelganidan so'ng Taehyungga qo'ng'iroq qilar ekan u go'shakka javob bermas edi. Undan xavotir olgancha xonani uyogxidan buyog'iga yurardi.
- nega go'shakni ko'tarmaysan Taehyung
- ...u o'ldi.
Aerani anchadan beri kuzatib yurgan Changwook tahminlari to'g'ri chiqqanidan mamnunligicha uni xonasiga bostirib kirdi. Eshikni ichkatidan yopib unga suyandi va qo'llarini ko'kragi ustidan bog'lab
- demak o'sha josus sensan
- nimalar deyayotganingizni tushunmayapman
- hammasini balodek tushunib turibsan o'zingdan jinnini yoqma
- men haligi
- jinoyatga sheriklik o'sha jinoyatni qilgan hisoblanadi. Buni bilasanmi? Ular qancha o'tirishsa senam o'shancha o'tirasan
-... men... men ularga ishondim. Chunki ular hammani birin ketin o'ldira boshlashdi... hamma birin ketin o'la boshladi. Men o'lishni istamadim. Hayotim uchun kurashdim. Ularga yon bosishga unga yaxshi gapirib o'ynash bo'lishgayam rozi bo'ldim... men hayotni tanladim
- agar shularni oldinroq bizga aytganingda edi hozir ularni hech biri o'lmas edi.
- men qanday ayta olaman. Taehyungdan ham yuqorida turadigan odam uyda edi.
- nima? Kim u?
-...
- ayt kim u?
- ... Shianing eri... Jungkook
-... iflos... boshlig'ingiz kim
- Kwang Sunwon ismli yoshi 40dan oshgan erkak
- uni ko'rganmisan
- faqat bir marta
- ertaga uni qo'lga olamiz sen ham birga borasan
- endi men ham qamalamanmi
- senga o'zim yordam beraman... qochishni hayolingga ham keltirma. Baribir qocha olmaysan
Shia yotog'ida yostig'ini kuchib derazaga qarab quyoshga tikilib yotardi. Ko'zlaridan miltillab yosh oqar mitti burunchasi qizarib turardi. Har zamonda burnini tortib yotar ekan eshik taqqilladi. Shia gavdasini istamaygina ko'tarib eshikka kirish uchun ruxsat berdi. Xonaga kirgan Janob Ji qizini oldiga yaqinroq o'tirib uni bag'riga oldi. Yotoqqa qizi kabi suyanib cho'zildi. Shia ham otasini pinjiga kirib ko'ksiga bosh qo'ygancha ko'zlarini yumdi. Janob Ji muhim noxushxabarni aytishi kerak lekin ayta olmayapti. Qo'llari qaltiragancha qizni sochini silar ekan ularni eshikdan kuzatib turgan Ji xonim lablarini to'sgancha eshikdan uzoqlashdi. Ahiyri yurak yutib Janob Ji gap boshladi.
- qizim
- ha dada
- Jungkook...
- eshitishniyam istamayman uni ismini dada. Iltimos gaplashmaylik
- lekin gaplashmasak bo'lmaydi.
- undan nafratlanaman dada. Uni hech qachon kechirmayman. U odam emas.
- qizim... buni senga qanday aytaman bilmayman... ammo bilishing kerak
- nima bo'ldi?
- Jungkook.... o'z joniga qasd qilibdi.
Shia nafas olishdan to'xtagandek harakatdan to'xtadi. Quloqlari ostida esa otaning jumlalari uzoq uzoqlardan eshitilar u boshqa hech narsani eshitmas edi. Ich ichidan dunyolar qulab patchalangan yuragi uvvos solib yig'lar buni faqatgina uning o'zi eshitar edi. Gavdasini sekinlikda ko'tarib o'rnidan turib dadasiga qarab
- yolg'on-a bu dada. Iltimos qilaman dadajon yolg'on deng. U seni oldiga chaqirish uchun seni kechrishing uchun shunday qildi deng dadajon
- o'zingni qo'lga ol bardam bo'l
Shia otasini qo'llarini sekinlikda qo'yib yuborib sekinlasjgan ko'zyoshlari batar ikki barobar ko'payib oqa boshladi. Yotoqda tezlikda turib ketib xonani ostin ustun qildi. Dadasini unga tasalli berishga harakat qilar ekan hech qanday o'zgarish yo'q. Aqldan ozayotgan qizini bag'riga qattiq bosib oldi. Shia tipirchilab chiqishga harakat qilar ekan quloqllni qomatga keltirib faryod solgancha yig'lar edi.
- dada nimaga unday qiladi? Nega meni tashlab ketadi? Shunchalar osonmi? Meni tashlab ketishi shunchalar osonmi dadajon?
- o'zingni bos yolvoraman qizalog'im o'zingga kel. Dadangni kechir. Seni oilangni saqlab qola olmagan noshur otangni kechir.
Shia otasining bag'rida ko'zyoshlarini chiqarib qoldi. Oradan bir necha soatlar o'tganidan so'ng Shia bir ahvolda morg tomon yo'l olishdi. Janob Ji qizini suyagancha sovuq yo'lak bo'ylab olib o'tib ketar edi. Shia atrofda ola-zarang qarar ekan u uchun oddiy holat bo'lib tuyulgan bu sovuqlik endi uni yutmoqda. Huddi shu devorlar kabi Shia ham muzlamoqda. Uni isitadigan yagona inson ham hayotdan ko'z yumdi.
Yo'lak tugab ular ichkariga kirishdi. Bir nechta jasadlardan keyingi kravatdagi jasadni ko'rsatgan shifokor Janob Jini yelkasiga hamdardman degancha qoqib qo'yib ularni yolg'iz qoldirdi. Bechora ota qizini bu holatiga fosh bera olmay unga orqa o'girdi. Shia sekinlikda maxsus paketga o'ralgan jasadga yaqinlasha boshladi. Paket ustidan qo'lini qo'yib sekin yerga cho'kdi. Uni yuzini ochishga yuragi div bermay yurak qaridan chiqayotgan faryodli qaynoq yoshlar jning yuziga yo'lak tushurib yuvdi.
- meni tashlab ketish shunchalar osonmidi sen uchun. Menga nimalar degan eding. Menga qanday vadalar bergan eding. Seni endi umrim oxirigacha kechirmayman yolg'onchi... sendan nafratlanaman rost... lekin seni sevaman... eshityapsanmi seni sevaman.
- ha eshityapman.
Eshikka birdan qaragan Janob Ji ularni kuzatib turgan Jungkookni ko'rib yengil nafas olib chiqardi. Shia quloqlari ostida jaranglagan ovozdan o'sha tomonga qarar ekan Jungkook eshik oldida Shiaga ko'zyosh to'la nigohi bilan jilmayib qarab turar edi. Shia aqldan ozganlardek harakat qilib yugurib kelib uni bag'riga bosdi. Jungkookni qattiq qattiq quchib yuz ko'zini tekshirar ekan haligacha ishonmas edi.
- sen tiriksan-a? Ha sen tiriksan tiriksan... yo tangrim o'zingga shukur
Shiani Jungkookdan ajratib olgan Janob Ji Jungkookni yuziga musht tushurdi. Jungkook bir eshikdan bir Janob Jidan yemishini yeb og'riyotgan joylarini silay boshladi.
- sen iflosni deb qizim qancha yosh to'kkanini bilasanmiπ£ uni bu holatidan qancha xavotirga tushganimni uni yo'qotishim munkinligini o'ylab qanchalar qo'rqqanimni bilasanmi? Yolg'onchi iblis kettik Shia
- dadajon iltimos shoshmang. Sizga hammasini tushuntirib beraman. Men shunchaki Shia mendan uzoqlashmasligini istab qaynakamdan yordam so'radim xolos. Men qizingizni chin dildan sevaman.
- haa qo'rqoq meni ham sotti. Sotmayman degan edingku yaramas.
Orqadan kelgan Changwook aybdorona otasini qarshisida turib bpsh egib turdi. Jungkookni belidan turtib unga so'kingandek og'iz qimirlatdi.
- seni ishingligini sezgandim. Ertadan kazarmaga daf bo'lasan Changwook
- lekin dada men allaqachon xizmatni tugatganman
- qaytadan 1 yarim yil xizmat qilasan
- ammo nega
- manavingq qo'shilib qamalmayotganingga shukur qil. Qizimni ko'zlaridan daryoni oqirding sen ikkalang. Manaviniyam joyiga qaytarib senam daf bo'l. Ketdik qizim
Janob ji jahl qilgancha qizini yelkasidan qayta quchdi. Shia Jungkookk qarab turib
- u bilan yolg'iz gaplashib olay
-... seni tashqarida kutaman unda
- ho'p
Janob Ji va Changwook Jungkook va Shiani yolg'iz qoldirishdi. Shia Jungkookka yaqinlashib uni qarshisiga turdi. Jungkook xotining ko'ziga qaray olmay yerga qarab boshini egdi.
- sen baribir jazoyingni olasan bilasanmi?
- kechirsang bas men hammasiga tayyorman. Sen uchun barcha barchasiga tayyorman
- seni muddatingdan oldin chiqarib olmayman
- roziman
- lekin bu qo'pol haziling uchun senga yana 5 yil qo'shtiraman
- faqat bu emas iltimos Shia... bilaman yaxshi ish qilmadim... bu ifloslik edi. Xatoyimdan afsusdaman sevgilim... men shunchaki senga yaxshi hayot va kelajak bermoqchi bo'ldim
- ... baxt pulda emas. Sen meni sevsang bo'ldi edi. Sendan boshqa hech narsa kutmayman
- ... meni kechir...
-... unda sen bilan qamoqxonadan jazoyingni olganingdan so'ng gaplashamiz
-... men sen bilam yama bo'la olamanmi?
-... buni o'ylab ko'ramiz... hayr
- seni sevaman
-... men ham
Shia Jungkookka tikilib turib morgni tark etdi. Shia chiqqanidan so'ng Jungkookni ham ushlab qamoqxonaga olib kerishdi. Uni sudi bo'ldi va unga 12 yil muddat berishdi. Jungkookni chiqarib olishga hech kim harakat qilmadi. Janob Ji uni chiqarib olmoqchi bo'ldi ammo bunga Shia yo'l qo'ymadi. Oradna 10 yil o'tganidan so'ng Jungkookni odobli xulqni sababli muddatdan avval ozod qilishdi. Hda hozirda u Shiani ko'nglini ovlash bilan band....
Tamom.
E'tiboringiz uchun rahmat
#Jeon_Shia
@Glamour_fanfic
Fanficimiz.o'z nihoyasiga yetdi. Sizga yoqdi degan umiddaman. Comentarylarda sizdan fikr kutib qolaman.
Agar tugaganidan so'ng o'qiyman deganlar bo'lsa iltimos tugatganingizsan so'ng fikr qoldiring. Bu men uchun o'ta muhimβ€οΈπ«