𝗕𝗟𝗔𝗖𝗞 𝗦𝗬𝗠𝗣𝗛𝗢𝗡𝗬
Shifoxona. Insonga yoqmaydigan o‘tkir xlor hidlari uning pollaridan kelyapti. Havoga biroz salqinlik yugurgani uchun ham kasalxonaning zax yerlari yanada sovub, o'sha yerdagi stullarning birida oʻtirgan qizning qo'llarini allaqachon muzlatib tashlagan edi. Shoshilib tez bu yerga yetib kelgan qiz hozirda ustidagi yupun ko'ylakka ham etibor berayotgani yo'q. Uning tanasi bundan yarim soat avval suvuqqotib ketgan. O'tirgan stuliga ikki oyog‘ini yig'ib, unga qo'llarini o'ragan Aera boshini qo'llari ustiga qo‘ygan holda ancha vaqtgacha shu holda o'tiribdi. Yomg'ir yoqgani uchun ham uning krasovkasi biroz nam bo'lib ketgandi. Ko'z yoshlari allaqachon havoning salqiniga kipriklarida muzlab qolgan. Burunchasi va ikki yanog'i esa qip-qizil tusda. Ming hayol bilan miyyasidagi chigal ishlar haqida o'ylayotgan qizning hozirda qo'rqadigan ishi onasidan ajralib qolish edi....
*Havotirdaman...onamni yo'qotib qo'yishdan juda qo'rqyapman. Bu dunyoda boshqa suyanchim yo'q ulardan boshqa. Bir o'zi men uchun shuncha harakat qildi. Olti yoshimdan beri men faqat ularni ko'raman. Ular esa meni. Qish kezlarida muzdek qorli havoda ham men uchun, mening kelajagim uchun tinmay harakat qilib ertayu kech ishlagan mehribon onam. Besh oy ilgari mana shu qattiq mehnat onamni butkul holda to'ldirib qo'ydi. Sovuq kunlarda ishlab, kasal bo'lgan vaqtlari davolanmagani uchun oyog'idan o'tgan zaxlar uning yuragini va oyog‘ini tamom qildi. Men uchun harakat qilgan mushtipar onam bundan necha oylar ilgari yiqilib, yurak hurujiga uchradi. Ularning yuragi o'ylovlardan siqilib, qattiq mehnatdan tamom bo'lgan. Yangi yurak ko'chirib o'tkazish kerak. Men o'z jonimni ular uchun berishga tayyorman. Har qaysi vaqt bo'lmasin yuragimni qinidan sug'urib ularning qo'liga tutaman. Biroq oyim bunga rozi bo'lmadilar. Har qancha qaysarlik qilsam ham bunga ko'nmadilar. Shuning uchun ham donor izlab tezroq operatsiya qilish kerak. Men irodali va bardoshli ayol farzadiman. Oyim hech qachon pulga muhtoj ekanligimizda birovdan qarz olgan emas. Balki shuning uchun ham Nikini va Taehyung aytgan takliflarni rad etgandirman. O'z kuchim bilan pul topib, ularni davolatmoqchi edim. Lekin bugungi ishlardan so'ng... Taehyung xonamdan ketganidan so'ng biroz suv ichish uchun oshxonaga borgan edim. Qaytishimda esa oyimdan habar olish uchun borayorganimda ularning xonasidan baland ovoz eshitildi. Yugurib borib neni ko'rayki oyim yerda hushsiz yotardi. Tezda shifoxonaga olib keldim. Nima qilay? Qanday yo'l tutay axir? Qaysi tomonlar men uchun yaxshi? Bilmayapman. Oyimni olib kirib ketishgan xonaning eshigini ochilish ovozidan so'ng oyoqlarimni qayta yerga qo'yib palatadan chiqib kelayotgan doktor tomon oshiqdim.
Aera: oyim? Doktor Van oyimning ahvoli qanday? - men bu doktorni yaxshi bilaman. Oyimni aynan mana shu inson har doim tekshirar va ko'rikdan o'tkazar edi.
-onangizni ahvoli afsuski yaxshi emas Aera. Donor hali ham topilmadimi?
Uning gaplaridan so'ng boshimni pastga egib yengil chayqaganimdan so'ng qarshimdagi yoshi yigirma sakkizlar atrofidagi tajribali yosh doktorning og'ir xo'rsinishini eshitdim.
- Aera....vaziyat jiddiy. Bu besh yoki to'rt oy oldingi kuzatishlar va natijalar emas. Oyingizni yuragi tamom bo'lgan. Tezroq donor topish zarur. Men operatsiyagacha bo'lgan barcha ko'riklarni qilaman va donor ham qidiraman. Siz ham izlashni kuchaytiring.
Aera: oyimni yonlariga kirsam bo'ladimi?
- ular hozirda dam olishlari kerak. Keyinroq o'zlariga kelganida kirishingiz mumkin.
Aera: raxmat doktor
- salomat bo'ling
U gaplarini tugatganidan so'ng yonimdan o'tib kalidor bo'ylab yurib ketayotgan shifokorga qaradim. Nigohlarimni oyim yotgan palataga qaratar ekanman sekin astalik bilan shifoxona pollariga cho'kdim. Endi nima qilaman? Oyim....ular yashashi kerak axir. Ey hayot qanday sinovlaring bor yana? Dunyoda yagona bo'lgan suyanchim, borligim onamni tortib olma mendan.
Niki...undan qarz ola olmayman. U shunchaki do'stim. Ishxonam esa unday katta miqdordagi pulni hech qachon menga bermaydi. Nima qilaman? Nahotki, menda boshqa yo'l qolmadi? Oyim uchun...ularning yashashi uchun, qayta oyoqqa turib barcha azoblardan qutilishlari uchun ham uning taklifiga rozi bo'lishim kerak. Barchasi oyim uchun. Ularning hayoti mening kelajagimdan muhim!
Qorung'u xona. Kursida esa tamaki chekib o'tirgan yigit. Segaretini lablariga olib kelib uni chuqur tortar ekan o'pkasida bir necha vaqt uni uchlab turgach og'zi va burnidan uning tutunlari chiqarar edi. Oyoqlarini chalishtirib qaddini butkul stulning suyanchig'iga tashladi. Hayollarida bir jononaning yuzlari, qizil rangdagi chiroyli lablari, ohudek go'zal ko'zlari va bir necha marotaba oʻzining olib qochishlari eslagan yigit ko'zlarini bir necha daqiqaga yumib lablarini tishladi. Ichidan kelayotgan kuchli xohish qizni qanchalar istamasin, hozirda sabr qilishdan boshqa chorasi yo'q uning. Qizning eng zaif tomonini topib uning har bir yo'lini o'rab qo'ygani uchun undan baxtli inson yo'q hozirda unga. Ertami kechmi albatta qiz bu shartga ko'nadi va yigitga o‘zini topshiradi.
Taehyung: axxx Aera....hurkak ohucham mening. Yana qancha kutay seni ayt jonim.
O'zining gaplariga o'zi kulib, shahvoniy ko'zlarini qisgan Taehyung bu safar xonaga olib kirilgan chalajondagi yigitni ko'rib kulgusi yanada kengaydi. Yuziga qarab bo'lmas darajada do'pposlangan yigitning ikki yelkasida ushlab turgan qo'riqchilar uni xonaga siltalatib olib kirishdi. Stulda o'tirgan yigitning qarshisida uni tiz cho'ktirishar ekan Taehyung oyoqlarini tushurib qo'liga viski solingan qadahini oldi.
Taehyung: Nikining itisan demak.
U yigitning sochlaridan changallab yuzini o’ziga qaratdi. Do'pposlangan yigit uni ko'zlariga tik boqar ekan bunday jasoratni ko'rgan Taehyung lab uchida kulib qo'ydi.
Taehyung: ayt! Egang qayerda?
- aytmayman
Taehyung: Mmm, shundaymi? Menimcha hali yaxshi kaltaklanmagansan. Yaxshilikcha gapir. Tirrancha Niki qayerda?
-......
Sabr toqati tugagan Taehyung asablarini bazo'r jilovlar ekan tugagan segaretini asabiy yerga tashlab oyog'i bilan ezg'iladi. Yerda cho'kkalab o'tirgan yigitning ikki jog'idan ushlab olovga to'lgan ko'zlari bilan unga qaradi.
Taehyung: menga qara. Pachakilashib o'tiradigan sabr yo'q menda. Seni iflos xo'jayining meniki bo'lishi kerak bo'lgan insondan uzoqlashmayapti haligacha. Men juda koʻp uni ogohlantirdim. Boshida shunchaki qurollar saqlanadigan omborimga o'grilikka tushdi. So'ng qora bozordagi bir necha millart dollor turadigan qoradorilarimni o'mardi. Men shunchasiga bardosh bera oldim. Lekin....men aytayotgan qizdan uzoq yurishi shart! Bo'lmasa o'zim uni jonini sug'urib olaman.
- sen Aerani aytayapsan Shundaymi? Yiye Aerani. Niki undan hech qachon vos kechmaydi. Shuni bilib qo'y! Qaydan bilasan balki u allaqachon qizni sendan oldin o'ziniki qilgandir? U bilan allaqachon tun* o‘tkazib bo'lgan.
Taehyung: O'CHIR OVOZINGNI🗣
Jahldan ko'zlari qisilib, qizarib ketgan Taehyung qo'lidagi viski solingan qadahni yerga tizzasi bilan o'tirgan yigitning boshiga urib sindirdi. Kuchli zarbadan boshi chayqalib ketgan yigit og'zidagi qonni tupurib yubordi. Taehyung jinni bo'lgan insondek boshining chakkasini ikki qo'li bilan qisar ekan stol ustida turgan qurolini olib yerda yotgan yigitning tanasiga qarata to'rt besh marta to'xtovsiz o'q otdi. Shu bilan butun xona jimjitlikka cho'kdi va asabiy yurgan Taehyung qo'lidagi qurolni yerga qarata uloqtirdi.
Taehyung: bu ko'ppakning tanasini qo'l oyog'idan ajratib egasiga yubolaring.
Jahldan qattiq nafas olib chiqargan Taehyungning hayoliga Niki bilan Aeraning kechasi* haqidagi jirkanch o'y hayollar o'rnashib qoldi. Balki qiz shuning uchun uning taklifiga rozi bo'lmayotgandir? Oʻzini begona yigitning ostiga otib, uni qo'yniga allaqachon kirib bo'lgandir? Mana shunaqa javobsiz savollar uning miyyasini yeb tashlayapti.
Taehyung: agar.....agar chindan ham o'sha maraz bilan birga* bo'lgan bo'lsang bilib qo'y Yiye Aera....seni o'z qo'llarim bilan nimatalab tashlayman.
Bugun ishga qiz sherigim kelmagani uchun ertalabdan to hozirgacha o'zim ishladim. Janob Xvan ham menga biroz bo'lsa ham yordam berdi. Ishim unchalik ham qiyin emas. Shunchaki do'kon rastalariga narsalarni taxlab, uning u yer buyerini artaman. Lekin bu safar kassada o'tirishimga ham to'g'ri keldi. Quyosh allaqachon botgan. Bugungi ish kunim uzoq cho'ziladiganga o'xshaydi. Janob Xvan yangi olib kelinadigan mahsulotlarga buyurtma berish uchun ketgan. Kassaning yonida o'tirib eskirib, bir cheti singan telefonimni qo'limga oldim. Men uncha ko'p uni ishlatmayman. Faqat zerikkan vaqtimda biroz musiqa tinglayman xolos. Do'kon oldiga kelib to'xtagan qimmat rusumdagi qora mashinani ko'rdim. Jin ursin. Yana o'sha raqamli avtomobil. Mashinaning eshigini ochib undan tushgan yigit bu safar yolg'iz emas edi. Mashinaning narigi eshigini ochib undan tushgan qiz kelib uning bo'ynidan osilib oldi. Ko'chaning o‘rtasida hech ikkilanish va uyalishlarsiz behayolarcha bir biri bilan og'iz burun o'pishayotgan bu ikki insondan jirkanib yuzimni ulardan boshqa yerga burdim. Do'kon eshigi ochilib qiz va yigitning xandon otib kulib kirishini eshitib ularga ahamiyat bermaslikka urundim. Lekin tepamga kelib turib olgan yigitni ko'rib men ham ko'zimni u bilan to'qnashtirdim.
-oppa senga har doimgisimi?
Uning yoniga yurib kelgan o'sha qiz menga bir necha kun oldin ismini Jungkook deb tanishtirgan yigitning yoniga keldi.
Jungkook: sen olaver men hozir.
Qiz qayta rastalar orasiga kirib ketganidan so'ng qarshimdagi inson stol artofida qator terilib turgan segaretlarga qaradi.
Jungkook: nima deb o'ylaysan bularning qay biri yaxshi?
U qo'lining ko'rsatgich barmog'i bilan segaretlarni imo qilar ekan ko'zlarini meniki bilan bog'ladi.
Jehan: o'zingizga yoqqanini olavering
Jungkook: mmm men seni taklifingni bilmoqchiman.
Jehan: men chekmayman. Shuning uchun taklif berolmayman mazur tutasiz.
- oppa eng kuchlisidan oldim kettikmi?
Yonimizga kelgan qizning qo'lidagi o‘tkir viskiga qaradim. Jungkook bo'lsa segaretlar ichidan eng qimmatini olib kassaga qo'ydi. Yaramas biladi qanaqasidan chekishni. Xarid qilgan narsalarni hisoblagunimcha tepamda turgan bu ikkisi hech ikkilanmasdan bir biriga suyuqlanib yotibdi. Uyatsizlar!
- oppaaa~ bas qilsangchi. Hali dorixonaga kirib ko'karishga qarshi gel olishim kerak. Shundoq ham hamma joyimni ko'kartirib tashlading. Ko'kraklarimdagilar hech ketmayapti.
Qanday qilib bu qiz hech ikkilanish va ochiqchasiga bu so’zlarni aytyapti? Bularning qilgan ishlari va aytgan gaplaridan ijirg'anib ketdim. Hisobni aytganimdan so'ng cho'ntagidan bir qancha dollar chiqarib stolga tashlagan yigit qizning bo'ynidan qo'lini o‘tkazib menga ko'z qisgan holda bu yerni tark etdi. Tavba!
Do'konning eshigi qayta ochilib bu safar Janob Xvan keldi. Ish vaqtim tugagani va ketishimni aytgani uchun egnimga ustki kiyimimni kiyib men ham do'kondan chiqdim. Havo ancha salqinlab qolibdi. Yo'lda ketaverishimda uzoqda turgan mashinani ko'rib yurishdan to'xtadim. Bu yigit men bilan o'yin qilyaptimi nima? Bu safar shunchaki jim qarab turar ekanmanmi? Men ham laqillatishni bilaman. Qadamlarimni boshqa ko'cha tomon burib yo'limda davom etdim. Biroz uzoqroq bo'lsa ham har xolda anavi insonni ko'rmayman. Hayol surib ketayotganimda kimdir qo'limdan tortib bir burchakka tiraganini ham anglay olmadim. Ming lanat! Ikki yelkamdan ushlab meni devorga mixlagan yigit ko'zlarimga uzoq vaqt tikildi.
Jehan: qo'yib yuboring.
Tipirchilab undan xalos olmoqchi edim lekin u yanada qo'limni qattiq qisib oldi.
Jehan: og'rityapsiz!
Jungkook: haqiqiy og'riqni hali his qilmagansan.
U asta qo'llarini yelkamdan olib men tomonga g'alati tikildi. Yo'limni davom ettirish uchun yurmoqchi bo'lganimda esa devorga qo'lini qo'yib meni to'sdi. Cho'natgidan boyagina xarid qilgan tamakisini olib uni yondirar ekan lablariga qistirgan holda uni tortdi. Lablaridan tutunni chiqarib yuzimga qarata puflaganidan so'ng ko'zlarimni yumib uning hidini chuqur hidladim. Tan olaman. Segaret hidini chindan ham yaxshi ko'raman.
Jungkook: demak, tamaki hidini yoqtirar ekansanda.
Ko'zlarimni ochib uning qorachiqlariga tikildim. Bilib qoldi. Lekin menga farqi yo'q.
Jungkook: yana taklif berolmayman deysan! Xoxlaysanmi shu segaretning hidini ich ichingdan his qildiraman.
U nimalar degani tushunmadim ochig'i. Jim bo'lib turganimdan so'ng esa qo'lidagi segaretni bu safar chuqur tortgan yigit uni yerga tashladida bir qo'lini belimga va bir qo'lini yuzimga qo'yib lablarini meniki bilan birlashtirdi. Nima bo'lganini tushumay qoldim. Uning lablarigacha kelgan tutunni hidi burnim va bog'zimgacha his qildim. Mevali hid. Lablarini harakatlandirib tilini tanglayimda his qilganimdan so'ng uni o'zimdan itarishga harakat qildim. Lekin uni uzoqlshtirib bo'lmas edi. Yanada lablarimni shimib tilini qattiq botirganida so'ng mendan sekin o'zi ajraldi. Nafasim qaytib hansirab toza havoni ichimga yutar ekanman menga tikilib qolgan yigitni ko'ksidan itardim.
Jehan: jinnimisiz? Bu nima qiliq yana?
Jungkook: aytdimku yaxshiroq his qildiraman segaret hidini deb.
Jehan: telba!
Uni chetga surib yo'limda yurayotganimda yana begona qo'llar asirasiga aylandim.
Jungkook: men bilan ketasan!
Jehan: nima? Nima uchun?
Jungkook: gap tamom Jehan men bilan ketasan!
Jehan: siz bilan o'yin o'ynashga vaqtim yo'q. Kech bo'ldi. Uyga ketmoqchiman qo'yib yuboring.
Jungkook: yaxshi hozir qo'yib yuboraman lekin bir necha metrlar yurganingdan so'ng bezori qizlarga duch kelganingda meni ogohlantirmagan edingiz dema!
Jim bo'lib qoldim. Nima rostan ham shundaymi? Sekin ortimga boshimni burib ko'cha tomonga qaradim.
Jungkook: ortimda yur. Seni eltib qo'yaman.
Jehan: haligi qiz ham bo'lsa mashinaga chiqmayman!
Mashinasi tomon yurayotgan yigit ortiga o'girilib kuldida qo'li bilan yur degan ishorani qildi.
Jungkook: U qiz allaqachon ketdi.
Yarim tun. Osmonni qoplab olgan qora bulutlardan yomg'ir yog'ishni boshlagan. Atrofga taralgan yer hidi va tomlarga chirsillab urilayotgan yomg'ir tomchilari inson qalbiga sokinlik hadya qiladi. Ochiq turgan derazadan birinchi o'ng oyog'ini xonaning ichiga kirgazgan yigit keyingisini ham gilamga qo'ydi. Qorong'u xona. Har doim pishillab uxlab yotgan qizning o'rni hozirda bo'sh. Yigit hayratlanib yotoqqa qarar ekan miyyasiga birinchi navbatda yana o'sha bemani o'ylar kela boshladi. Ko'zlari qisilib qo'lini musht qilib tuggan yigit mayin ovozdan sekin ortiga o'girildi.
Aera: shu yerdaman.
Qorong'u xonaning bir burchagida oʻtirgan qiz sekin qaddini ko'tarib deraza yonida turgan yigit tomon keldi. Ko'zlari birinchi navbatda qizning yig'idan shishib ketgan lablari va qizargan ko'zlariga tushdi.
Aera: siz bilan gaplashib olmoqchiman.
Taehyung: qulog'im senda.
Yigit unga yanada yaqinlashdi lekin Aera bu safar ortiga chekinmadi. Qarshisida turgan Taehyung qorachiqlariga tikilgandan so'ng kipriklari sekin pirpiratib so’zlarini aytdi.
Aera: men roziman. - bir sukutlik jimlikdan so'ng Taehyung unga g'alati tikilar ekan qiz qayta gaplarini aytdi - men roziman Taehyung. Taklifingizga. Oyim uchun. Faqatgina oyimning yashashi uchun bu shartingizga roziman.
Bir necha soniya ichida yuziga keng tabassum ulashgan Taehyung o'z maqsadiga bunchalar oson yetishganini kutgan emasdi. Qizdan taralayotgan mayin iforga ortiq bardosh bera olmagani sabab uning ikki yanog'idan ushlab issiq lablar bilan o'zinikini birlashtirdi. U oldin ham qizdan bo'sa olgan lekin u vaqtlar Aera uxlayotgan edi. Hozirgisi esa kuchli hohish bilan yuzaga kelib, uning lablarini shimar ekan karaxt ahvolda qolgan qiz nima qilarini bilmay qolgan edi. Yomg'irning ovozi bilan qorishib ketgan yigitning bo'sasi atrofga yoyildi. Qizning belidan maxkam ushlab o’ziga yanada tortgan yigit uning lablaridan uzulib sochlari orasiga yuzini ko'mdi. Chuqur hidlar ekan qizdan kelayotgan shirin iforga yanada sarxusht bo'lib uning bo'yinlariga lablarini bosdi. Titrashdan seskangan qiz uni o'zidan itarib devor yoniga bordi.
Aera: lekin.... Lekin meni ham shartim bor. O'zim rozi bolmagunimcha menga teginmaysiz.
Taehyung: bu yana qanaqasi?
Qoshlari o'zidan o'zi uyulgan yigit qizga yanada yaqin keldi.
Aera: men shuni hohlayman. Men faqat oyim uchun bu taklifingizga rozilik bildiryapman.
Qizni bir deganda bellaridan ushlagan Taehyung uning quloqlari tomon egilar ekan qisqa qulog'ining yonidan olingan o'pich va ho'l tilni sezgan qiz entikib ketdi. Qizning titrashini payqagan yigit bo'lsa miyig'ida kulib uni yanada tanasiga jipslashtirdi.
Taehyung: shhhh tinchlan....bu turmush ikkimiz uchun ham foydali bo'ladi. Ishonaver.