ππ‘ππππ‘π§ππ π’π‘ππ¦
Ko'zlarimni qorong'u bo'lgan xonada ochdim. Atrof salqin edi. Birinchi ko'rgan narsam xonaning shifti. Allaqayerdandir yorug'lik kelayotganini aniq sezdim. G'ira-shira ochilgan ko'zlarimni yanada kengaytirib ularni xona bo'ylab yurgazdim. O'z xonamda ekanligimni andi anglab yetar ekanman qorachiqlarimni derazaning ochiqligi va undan kirayotgan sovuq shamolga qaratdim. Osmondagi kemtik oy xira nur sochar, lekin mana shu ozgina yorug'lik ham zulmat bosgan atrofimni yoritardi. Tomog'im qahrab ketgan, nuqul boshim aylanib ko'nglim aynir edi. Ustimga yopilgan ko'rpani olayotganimda belimda juda qattiq og'riq turgani sabab qayta boshimni yostiqqa qo'ydim. Boshim, qornim va belim og'riyotgan edi. Ko'zlarimni qayta yumganimdan keyingina barchasi esladim. Bugungi tunda bo'lgan ishlarni. Avval ko'z oldimda yuz bergan juftlikning sevgi to'la daqiqalari...g'ashimga tegishga uringan qizning zinadan o'zini tashlab yuborishi...undan so'ng eshikdan kirib qizning yoniga yugurgan yigit va...va uning yolg'oniga ishonib meni aybdorga chiqargan maxluq. Hushimdan ketganimda saroyning pastki qavatida edim. Bu yerga meni u olib kelmagani aniq. Buni undan kutmayman ham. O'zi shu ahvolga keltirib yana g'amxo'rlik qilishini hayolimga keltirmayman ham istamayman ham. Kipriklarimni bir-biridan ajratib, ming mashaqqat bilan bo'lsa-da o'rnimdan turishga urindim. Chap qo'limni belimga qo'yib, narigi kaftlarim bilan yotoqni ushlab yurishni boshladim. Ko'nglim ayniyapti. Toza havo kerak menga. Qadamlarimni mayda qilib bosib deraza tomon borar ekanman hadeb yig'lagim kelar, bog'zimga tiqilgan og'ir narsani yutishga qiynalardim. Nega axir? Deraza oldiga yetib kelishim bilan ikki qo'limni ham uning oldiga qo'yib, tanamni yiqilib ketmasligi uchun tiradim. Beixtiyor yuzim samodagi oyga qaradi. Qorachiqlarim oyning dog'lari bo'lsada porlab turgan nurlaridan bahra olgandek ularni undan uza olmadim. U yorug'lik bag'sh etsada, lekin bu nurlari qandaydir bejo, g'amdan taralgandek tuyular edi. Yanog'larim bilan birga sochlarimni erkalayotgan mayin shamol ko'zlarimda qurib qolgan yoshlarimni qayta keltirar edi. Chiday olmayapman. Bo'lmayapti! Qalbim shu qadar og'rir ediki, kipriklarimni namlatgan yoshlar yana ko'zimning chetidan oqib tushganini sezdim. "Tuhmat"...menga qilingan eng nohaqliklardan biri bo'ldi. Eng achinarlisi esa menga "seni sevaman" degan yigit o'zgasiga ishongani. Bot-bot berilgan izhor va chiroyli atashlar...hammasi yolg'on edi shundaymi? Alam qilyapti. Dilimda qolib ketgan alamimni esa chiqara olmayapman. Nega? Ko'nglimda unga bo'lgan ishonch, umid va eng asosiysi muhabbat yo'q ediku. Unda nega bunchalik bo'lgan voqealardan tasirlanyapman? Ketishni istayman. Bu yerlardan nari yerlarga. Mani shu saroyda majburlab ushlab o'tirgan qiroldan qochishni xohlayman. Qafasga solib, mitti qushchani istalgan vaqt o'ynaydigan va azob beradigan ovchidan ketishni istayman. Tikansiz atirgulni olovda yoqqan va uni yaproqlarsiz qoldirgan maxluqdan qutilishni shu qadar xohlaymanki, oyoqlarim va qo'llarim meni mana shu balandlikdan o'zimni tashlash uchun undamoqda. Qalbim og'riyapti axir. Qancha unutishga, eslamaslikka urinmay qayta-qayta miyyamni chirmab tashlagan o'y va savollar, ularning tajovuzlari va qilingan ayblovlarini menga ko'rsatavermoqda. O'qigan asarim, men sevgan romanimdek tugasa nahot hayotim? "Maxluqning atirguli"...lekin Jungkook o'limimdan so'ng o'zini bu dunyoga ravo ko'rmasligiga ishona olmayman. Unda axir suyukli boshqa bir yor va shirin farzand bo'ladi. Romanni hayotimga qiyoslasa, faqatgina shu voqelar hato ketar ekan. Qizib ketayotgan tanamni va unga qo'shib yonayotgan yuragimni sovutyotgan shabadaga qarab ko'zlarimni yumdim. Boshim hamon og'rir, lekin ko'nglim og'darilishi yo'q edi. Tomog'imga tiralib, tiqilgan narsani hech yuta olmayapman. Bog'zim achib ketdi. Bir necha daqiqa shunday holatda turdim. Keyingi soniyalarda esa eshik taqillamadi, aksincha, u o'z-o'zidan ochildi. Bu kim yoki nima bilmayman. Qirolmi? Hech qachon. U kelmaydi. Yuzimni burib ko'rib kim kelganini anglashga urindim.
Hira bo'lib tushgan chiroq yog'dulari ko'zlarimni qamashtirib, qorong'u xonani yoritdi. Eshik yonida turgan ikki soqchini ko'rishim bilan nima bo'layotganini avval anglay olmadim. Biroq ular xonamga kirishi bilan vujudimni qamrab olgan qo'rquvni deb ortimdagi derazaga suyanib oyoqlarimni bazo'r ortga tashladim. Bu ikkisi bo'lsa hech ikkilanishsiz qarshimga bostirib kelyapti. Qanaqasiga? Soqchilar chetda tursin oddiy xizmatchi ham xonamga kira olmaydi-ku axir? Nimalar bo'lyapti? Ikkisi kelib bir o'ng qo'limdan va narigi barzangi chap yelkamdan ushlab eshik tomonga sudrashga urinishdi.
Jehan: n..nima qilyapsizlar? Qo'yib yuboring meni.
- qirol shuni istadi. Uni xuzuriga borasan!
Endi tushunib yetdim. Jungkook...u meni chaqirtirgan. Yana jazo uchun. Xonadan chiqqanimizdan so'ng zinalardan tushishni boshladik. Bu ikkisi ushlab turgan yelkalarim og'rib ketar, ulardan xalos bo'lish uchun esa men tipirchilardim. Har zina qavatiga oyoq bosganimda holim qochar va belimdagi og'riq avj olib borardi. Tanam o'zimga bo'ysunmay yiqilib ketay deyapti. Oyoqlarim holsiz, ko'nglimda g'ashlik esa tobora ortib bormoqda. Biz umuman saroyning boshqa tarafiga buruldik. Menimcha, avval bu qismga o'tmagan edim. Shiftgacha uzunligi bo'lgan ulkan eshik ochilar ekan bu taxt turgan xona ekanligi endi bildim. Chunki o'sha taxtda ko'rishga ham arzimaydigan inson o'tirar edi. Jungkook! Qirol Jeon Jungkook! Hayotimni barbod qilgan vaxshiy maxluq. Sendan butun umr nafratlanaman. Qalbimdagi senga bo'lgan gunafshalar g'uncha urayotganida o'zing, o'z qo'ling bilan ularni payhon qilding. Olovda yondirding, ildiziga bolta urding. Ikki soqchi ham meni uning yoniga sudrab olib borishar ekan qiroldan bir necha qadam narida to'xtadi. Taxtda o'tirgan Jungkook esa shoshilmay o'rnidan turib biz yomonga yurib kelayotgan edi. U avval to'xtab biroz jim turdi. Kutilmaganda yuzimga kelib tushgan tarsakini deb yiqilishimga sal qoldi, lekin ikki yonimda ushlab turgan bu barzangi soqchilarni deb hali hamon tik oyoqda edim. Chap tomonga qarab qolgan yuzimni arang u tarafga burdim. Bu nechinchi tarsaki o'zi? Shunchalik ham odamni xo'rlash mumkinmi?
Jungkook: barchasini barbod qilding! Eshityapsanmi, seni deb bo'ldi barchasi!!!
Yana bir zarba. Yanog'im qizib achisada yig'lashdan o'zimni tiyib, qarshimdagi shavqatsiz qirol ya'ni yovuz maxluqqa tikildim. Kaftini bilan jag' suyagimdan qattiq qisganidan so'ng og'riqni bosish uchun ko'zlarimni chirt yumdim.
Jungkook: senga nima yetmagan edi? Qanday qilib qo'ling bordi bunday ifloslikka?
Meni aybdor sanayapti. Qilinmagan aybim uchun menga hamon tazyiq o'tkazyapti. U barzangilarga o'lim nigohlarini tikkanida ikkisi ham mendan uzoqlashdi. Bir o'zim uning oldida turibman. Sochlarim to'zib ketgan edi. Ko'z oldimga tushib turgan tola sochlarimni deb buni bildim. Lekin nega endi meni aybdor qila olar ekansiz? Jonimga tegib ketdi hammasi!
Jehan: meni aybim yo'q! Men hech narsa qilmadim.
Jungkook: o'chir uningni! Gapirishga umuman haqqing yo'q! - u ikki jag'imdan qattiq qisib olganida og'riqdan ko'zlarimni chirt yumdim. U esa yuzini yuzim oldiga yaqin olib keldi - seni deb bolamga biror zarar takkan bo'lsa bilib qo'y Jehan...hayotingni do'zaxga aylantiraman.
Negadir kulgim keldi. Chindan kulgim kelyapti. Hayotim do'zaxga aylanib bo'lganku o'zi? Yana qanaqa jahannam haqida gapiryapti bu? Alam bilan kuldim. Chindan chunki juda alam qilayotgan edi. Telba insonga qaragandek menga boqqan yigitga qarab so'zladim.
Jehan: qanaqa do'zax haqida gapiryapsiz Jungkook? Hayotim barbod bo'lib, jahannada yonayotganimga uch oy bo'lyapti. Sizni uchratganimdan beri, mana shu lanati saroyga kelganimdan beri tinch hayot va uyqu menga xarom bo'ldi. Tushunyapsizmi? Yana qanaqa do'zaxli hayot haqida gapiryapsiz menga?
U hissiz insondek menga tikildi. Hech narsani his qilmayapman. Ko'zlarimda yosh qalqib tursa-da, ularni tashqari chiqarmaslik uchun tirishib harqancha urunmay ular yanog'imdan oqib tushdi. Bo'lmadi. Eplay olmayapman. Uning bu nigohlari ham menga hech qachon bunday boqmagan edi.
U mendan bir necha qadam uzoqlashib so'zladi. Bu so'zi qanchalik yurak bagrimni ezmasiz men ham hissizdek turaverdim.
Jungkook: jahannam yonib kul bo'l!
Ishonmadi. Menga ishonmadi....yana. Yana tuhmat ostida qoldim. O'tgan gal xiyonatda ayblagan yigit bu safar ham menga emas, aksincha, boshqa insonga ishondi. Alam qilyapti. Chindan ham bunday ayblovlarga chiday olmayapman. Men ham ikki ko'zimdan sizib tushgan yoshlarni kaftimning orti bilan artib tashladim. Huddi u menga qanday qarab tursa men ham huddi shunday unga tikildim.
Jehan: istasangiz o'ldirib yuboring. Menga endi baribir.
U jim edi. Hech narsa degani yo'q. Na gapimga javob qaytardi va na yonimga keldi. Nima oldingga kelib, qo'lingdan tutishini o'ylayapsanmi tentak qiz? Bu safar undan emas o'zimdan jaxlim chiqayotgan edi. Ko'nglimda unga nisbatan ozgina bo'lsada chechak ochganimdan g'azabda edim. Ming afsus. Pushaymonman. Bundan so'ng qalbimda senga nisbatan nafratdan boshqa hissiyot yo'q Qirol Jeon Jungkook! Yonimga kelgan yana o'sha barzangi ikki soqchini ko'rishim bilan keyingi voqealar nima bo'lishini allaqachon tushunib yetdim. Endi ular yana qaytib yelkamni ushlashganida qo'limni to'xtashlariga ishora qilib, o'zim borishimni aytdim. Albatta meni hozir olib borib qamashadi. Jungkook meni o'ldira olmaydi. Buni hozirgina menga tikkan ko'zlaridan bildim. Lekin bu endi men uchun qanchalik ahamiyatli?
Jehan: afsuslanasiz hali!
Boshqa gap aytmadim. Ayta olmadim. Bu yerda qolishni istamayman chunki. Uning yonida bo'lishni, ko'zlariga qarashni xohlamayman. Aytgan so'zlarim unga hatto ta'sir ham qilgani ya'ni hech qanaqa ahamiyat bermay yuzini og'irdi. Menchi? Hali ham shu yerda turgan o'zim ahmoqman. Ortimga o'girilishimdan oldin so'nggi bor uning boshqa eshik tomon yurib ketayotganini ko'rdim. Qayerga ketayotgani aniq. O'sha, menga tuhmat qilgan joriyasidan habar olish uchun ketayotganini sezib turibman. Ketdi...yuragim og'rib ketyapti. Yuzimni eshikdan burib qadamlarimni sekin astalik bilan bosishni boshladim. Har qadam tashlaganimda o'zimni tashlab yuborgudek his qilardim, tanam yiqilishidan cho'chir edim. Yuzimga sal oldin tushurilgan tarsakilarning o'rni achishar lekin ko'zlarimda yosh yo'q edi. Ular allaqachon kipriklarim ustida qurib qolgan. Bu xonadan o'tib umuman boshqa tomonlarga burulishni boshladik. Ortimdan kelayotgan ikki soqchi galma-gal men bilan birga qadam tashlar edi. Saroyning butkul boshqa burchagiga kelganimizda to'xtadik. Ular avval eshikni ochib berdi. Yerto'laga o'xshagan qorong'ulukda zinalar bor. Ularga qadam bosishim bilan sovuq havo tanamni muzlatdi. G'ishtli devorlarga osilgan olovli chiroqlar va uzun bo'lgan panjaralar. Men haq ekanman. U meni o'ldira olmas edi. Ikki soqchi meni o'sha yerdagi bitta panjaraga kirgazib eshikni yopdi. Ana endi chindan ham qafasga solib qo'yilgan mitti qushcha bo'ldim. Yerga sekin cho'kish barobariga oyoqlarim sovuqqotganini sezdim. Endi bilsam ustim yupun ekan. Hayollarim tarqoq. Balki Jungkookning qarorlari to'g'ridir? Har qalay uning kanizagining vujudida bolasi bor edi. Farzandidan havotir olishi tabiiy albatta. Lekin....bunaqa ish qo'limdan kelmasligiga u ishonmadi. Meni oddiy shamoldan ham qizg'anadigan yigit meni bugun majburlab huzuriga chaqirdi. Sevimligimsan deya qafas ortiga soldi, ishonmadi. Demak, muhabbati ham yolg'on. Sevgisi yolg'on bo'lgan uning.
Eshikdan chiqqan qirol bir muddat jimib qoldi. Ya'ni u hozirgina qirollik zalidan chiqishi bilan bir joyda turar ekan o'ylari uni tinch qo'ymay, har xil yerlarga olib ketaverdi. Ko'z olidagi haligini ko'z oldilari qizarib, yoshlari kipriklarida qurib qolgan qiz keldi. Uning tinmay titragan holda lablaridan chiqqan so'zlar, tanasining qaltirashi va g'amgin ko'zlarini uning o'y hayollarini qoplab olar ekan qalbi otash misoli yonayotgan edi. Nahotki? U chindan ham malagiga emas, o'zga ayolga ishongan bo'lsa? Nega? Nima uchun? Qancha vaqtdan buyon qizga zarra tikan kirsa, azob ko'radigan yigit bu gal uni o'zi qo'l ko'tarsa, ko'ksidan itarsa? Balki bu jahl ustida qilinadigan so'zlardir biroq uning ko'nglidagi g'am nimadan? U qadam bosyapti, yurayotgan edi. Lekin qayerga ketayotganini va qanday qadam tashlayotganini sezmas, ko'z o'ngiga faqat yorining mungli ko'zlari kelardi. Qirol bundan yarim soatlar oldin qo'lida ko'tarib kelgan hushsiz qiz yotgan xonaga kirar ekan avval xona ichidagi beshga yaqin xizmatchi qizlar unga ta'zim qiishdi. Jungkook hozir ularga ahamiyat beradigan darajada emas, chunki uning bir tashvishi yotoqda hushsiz yotgan qizda edi. Qadamlarini o'sha tomonga yo'naltirar ekan Hesuni davolayotgan tabib ayol uning boshini qon bo'lgan qismini artayotgan edi. Bu boshqa tabib ayol. Doim Hesuni nazorat qiladigan va uning homilasini tekshiradigan tabib ayol xizmatchi qizlarning aytishi bo'yicha bugun tobi yo'qligi uchun kelmagan ekan. Uning o'rniga boshqa tabibni ko'rgan Jungkook bunga e'tibor bermay shunchaki uning ishini kuzatdi. U yotoqda ko'zlari yumiq holda uxlab yotgan qizdan ko'zlarini uzgani yo'q. Ayol uning boshini qonagan qismini o'rab qo'yib, qo'lini uning biqin tarafiga olib bordi. Ana endi Jungkookning bor diqqati o'sha tomonga qaratildi. Ayol avval uning chap biqinini bosib tekshirib ko'rar, nimanidir sezgandek og'ir xo'rsindi. So'ng qaddini ko'tarib ulardan bir necha qadam uzoqlikdagi yigitni ko'rar ekan bu safar u ham ta'zim qilib so'ng tilga kurdi.
- Hesu xonimning o'ng qo'li shikastlangan qirolim. Zinalardan yiqilgani uchun ham boshining bir cheti yorilgan. Ularning qorin sohasini tekshirib ko'rdim, biroz ich azolarga shikast yetgan bo'lishi mumkin. Agar jarohatlari kuchli bo'lmasa, xonim ikki haftaga qolmay oyoqqa turadilar.
Tabib ayolning gaplarini tinglar ekan lekin o'ziga kerakli ma'lumot aytilmayotganidan sabri chiday olmay o'zi bu haqida so'z ochdi.
Jungkook: bolachi? U yaxshimi yoki...?
-bola? Qanaqa bola haqida gapiryapsiz qirolim?
Karaxt ahvolga kelgan Jungkook hech nimaga tushunmay qoldi. Ayolning og'zidan chiqqan jumlalarni eshitib miyyasida kuchli taranglik ovozi har tomondan jaranglar ekan hattoki kiprik ham qoqmay qo'ydi.
Jungkook: n..nima?
- bola? Hesu xonim homlador emas.
Bu gapni u eshitdi yoki yo'q o'zi ham anglay olmadi. Quloqlariga kirgan so'zlar uning miyyasini yeb tashlayotgandek bo'lar, ko'zlari esa hamon tinch uxlayotgan qizda edi. Haligina yuragiga turgan g'amlik nahot shunga bo'lsa? U hech nima demadi. Ortiga qadam tashlab bu yerdan chiqib ketdi. Nima uchun? Hayoliga kelgan qiz sabab. Mana shu yolg'onchi joriyasi sabab u sevgan insoniga qo'l ko'targanmidi? Hali mavjud ham bo'lmagan bola uchun nahot qizni shu ko'yga solgan bo'lsa? Ichidan tirnab kelgan og'ir bir hissiyot uning og'ziga mum soldi. Qadamlari sekin harakatlanar ekan yoniga kelgan kichkina qizni payqamadi ham. Emery. Bu u edi. Qiz yigitning sovub ketgan barmoqlarino ushlashi bilan Jungkook ko'zlarini unga qaratdi. Tongda ko'rgan bu qizaloq uning yoniga yanada yaqin kelar ekan yigit uning bo'yi bilan barobar bo'lish maqsadida bir tizzasi bilan cho'kkaladi.
Emery: sizga bir gap aytishim kerak....boya bo'lgan voqeani va gaplaringizni eshitib qoldim. Jehan opa haligi ayol bilan suhbatlashayotganida ayol o'zini zinadan tashlab yubordi. Men o'sha yerda edim.
Tamom. Bari Jungkook uchun tugadi. Eshitgan gaplarini tahlil qilishga ulgurmay oyoqlari majolsiz yiqildi. U qarshisidagi qizga termulib turar lekin hayollari boshqa joylarda edi.
Qorachiqlari bejo harakatlanib, ular uzoqdagi boshqa eshiklarga qaratildi. O'n besh, yigirma daqiqa oldin qilgan uning gunohi qanchalar og'ir? Aybdorlik hissi qancha? Quloqlari oldida yorining "Afsuslanasiz" degan so'zlari necga marotaba takrorlanib, uni deyarli kar qilib qo'yay dedi?! Yana hayol va o'y. Qizning qancha yolvorgani, hech qanday aybi yo'qligini bod-bod takrorlashi uning miyyasidan chiqib keta olmadi. Tarsakichi? Nechchi marota u qizning yuzlarini qizartirdi, ko'ksidan itardi? Titrab ketayotgan lablarini muzlatdi? Bir vaqtlar o'sha yanog'lardan silab, issiq lablarini bosishni istagan yigit nahot shu bo'lsa? Bag'riga bosib yurakchasimon dudoqlardan bo'sa olishni astoydil xohlagan Majnun shumi? O'rtadagi ishonch hissi qani unda? Oddiy qilingan va behuda chiqarilgan qarorlar sabab hozir qiz undan nafratlandi. Barchasiga aslida ham o'zi sababchi-ku?! U bazo'r qadam qo'ydi. Yana va yana oyoqlarini saroy bo'ylab yurgazdi. Har bir bosgan qadami quloqlari orasiga qizning aytgan so'zlari eshitilar va ko'z oldiga o'sha oydek porlab turgan ko'zlarining yoshlari mavjlanardi. O'ziga kerakli o'sha sovuq eshiklarga barmog'ini qo'yishi bilan ular titrab ketdi. Qorong'u va muzdek zindon. Jungkook uning zinalaridan tushaverishida yuragini hovuchlab birma-bir har qaysi temirlar bilan o'ralgan joylarga qarab borardi. Bir kichkina jussa yerga muk tushib o'tirganini ko'rishi bilan ko'ngli yana ezildi. O'zining yorini, o'zining malagini nahotki u shu ko'yga solgan bo'lsa? Jehan o'tirgan ko'yi ko'zlari bir joyga qadalgan. Tizzasiga o'rab olgan qo'li bilan yelkasini ortidagi devorga berib o'tirar edi. U hattoki Jungkookni kelganini ham sezmadi. Hissiz... Shunchaki hech nimani sezmagan insondek bir nuqtaga qarab uzoq vaqt o'ylanib qolgan. Jungkook uning yonida...nari borsa besh qadan uzoqlikda turgan edi. Qizni ko'rganidan so'ng aybdorlik hissi uni qiynar ekan og'zidan hech qanday jumla, so'z chiqara olmayotgan edi. Har gapirish uchun og'iz ochayotganidan tili aylanmay faqat havo yutish bilan cheklanib qoldi. Birinchi qadam. Ikkinchi va uchinchisi...muzdek temirlarga qo'yilgan uning barmoqlari nafaqat qo'lini balki qalbini ham sovuqqotirib ketdi.
Jungkook: Jehan...
~
Xixixix davominiga qiziqepsizlarmi yorobun π cunki ozimam qizepmanπ reaksiya va fikr kutib qolaman. Blaslaku bu manga motivatsiyaπββοΈπ«
Yoqimli mutolaa
Author: Jehan