𝗕𝗟𝗔𝗖𝗞 𝗦𝗬𝗠𝗣𝗛𝗢𝗡𝗬
Ko'zlarimni ochganimda ular birinchi navbatda belimdan o'ralgan ulkan kaftlarni ko'rdi. So'ng yuzim va bo'ynimga urilayotgan qaynoq nafas va ortimdagi erkak kishining yalang tanasini his etdim. Tanamda esa kuchli og'riq...har bir qismi qaqshab og'riyapti. Belimdan changallab olgan kuchli qo'llardan halos bo'lib, ming mashaqqat bilan qaddimni yotoqdan ko'tardim. Yerda yotgan kiyimlarimni ko'rib esa kechagi voqealar va bo'lib o'tgan ishlar miyyamni chulg'ab oldi. O‘tkir zahardek ich etimni tirnayotgan bu ojizalik hissini tatib bu kiyimlarga, xonaga va so'ng yonimda uxlab yotgan yigitga nafrat bilan qaradim. O’ziga tobe qilishning eng oson yo'lini tanlagan Kim Taehyung! Avval chorasizligimdan foydalanib uylanmoqchi bo'lding menga va mana shunday pastkashlik yo'li bilan kecha kechqurun yana bir bor kuchli nafratimga duchor bo'lding. Shu yo'l bilan balki tanam senikidir lekin shuni bilib qo'yki, qalbimdagi o‘tkir nafrat egasi ham aynan sensan! Bu yigitga ortiq qarashni istamay o'rnimdan turmoqchi edim lekin egnimda hech qanday kiyim yo'qligini ko'rib joyimda qotdim. Pastel bilan old tomonimni yopib yerda yotgan kiyimim tomon egildim. Uni olib tog'irlamoqchi bo'lganimda eshikni ochilib yopilishini eshitib nigohimni o'sha tomonga burdim. Taxminan to'rt besh yoshlar atrofidagi kichkinagina bolakay xonaga mo'ralab kirdi. Bu kim? Balki shu uyda ishlaydigan odamlarning o'g'lidir? Birozdan so'ng o'ylarimdan tarqatib yuborgan bu bolaning so'zlari tanamni seskantirib yubordi.
Jay: dadajon....
D..dada? Q..qanaqasiga? Taehyung....uning farzandi bormi? Taajjublanib eshik yonida turgan bolaga qarar ekanman yonimdagi yigitning uyg'onganini ko'rdim. U bir menga va bir eshik yonida turgan bolaga qarab, shoshilmay egniga futbolkasini kiydi. Uning shimi bor ekan. Yonimga biroz surulib quloqlarim yoniga kelib gapirdi.
Taehyung: egningga tezroq qo'lingdagini il!
Eshitgan gaplarimdan so'ng tezda ortimga burulib qo'limdagi ko'ylakni kiydim. Yotoqdan turib boyagina uni "dada" deb chaqirgan bolani oldiga bordi va uning bo'yi qatori engashdi.
Taehyung: o'g'lim sen pastga tushaver men hozir.
U....u bu bolani "og'lim" dedi. Demak, chindan ham uning farzandi bor. Bu bola esa uniki.
Jay: bu oyimmi? Ular qaytdilarmi? Qachon dada?
Bola undan nari ketib men tomonga kelayotganida Taehyung uning yelkasidan ushlab qoldi.
Taehyung: Jay og'lim pastga tushib turgin men ham hozir tushaman.
Jay: oyim hammi?
Taehyung: ha, oying ham.
Bola mendan ko'z uzmagan holda xonani tark etdi. Yotoqdan turib boshimni qattiq changallab oldim. Nimalar bo'lyapti o'zi? Avval umuman tanimagan insonim hayotimga kirdi. Keyin meni tutib zo'rlik bilan qora dunyosiga olib keldi va endi uning farzandi. Kimlarga o'ralashib qoldim men? Xonada uning chuqur xo'rsinishini eshitdim. Bas! Ortiq chiday olmayman. Ko'zlarim ochganimda esa u men tomonga yurib kelayotganini ko'rdim. Qo'lim bilan "kelmang" ishorasini qilib ortimga qadam bosdim. Uning ko'zlari esa meni taqib etgan holda ustimga bostirib kelaverdi.
Taehyung: hozir hammasini tushuntirib beraman.
Aera: yetar endi! - meni ham sabr kosam tugab endi baqirishga o'tdim - gapiradigan nima qoldi Taehyung?
Taehyung: yolg'on gapirmayman. Shunchaki hammasini aytaman. Ko'rganlaringni hammasi haqiqat. Mening farzandim bor.
U bu gaplarni shunchalar oson aytdiki, hech narsaga hatto ahamiyat ham bermayotganligini ko'rib jaxlim chiqib ketdi.
Aera: unda nima uchun menga uylanmoqchi bo'ldingiz'? Hozir pastga olib tushib xotingiz bilan meni tanishtirsangiz ham hayron qolmayman.
Taehyung: yo'q! Senga uylanmoqchi bo'lganimning asl sababi o'g'limga onalik qilishing.
Yonimda turgan yigitning bu so'zlari miyyamga harsangtosh bilan urgandek tuyildi. Qanday qilib boshqaning bolasiga onalik qilaman men?
Aera: Men birovdan orttirgan xaromingga ona bo'lmayman.
Gaplarimni tugatganimdan so'ng kuchli tarsakidan o'ng yuzimda achishish his qildim. Qanday qilib yotoqqa qulaganimni bilmayman. Bu iblis bo'lsa, yotoqqa bir tizzasi bilan tayanib men tomonga egildi. Bu safar esa uning ulkan kaftlari bo'ynimni changallar ekan nafas olishim keskin o'zgardi. Ko'zlarida har doim mavj urib turadigan shahvat alangalari yo'q. O‘rnini g'azab va jahl qamrab olgan. Bo'ynidagi va meni hozirgina bo'g'ib turgan mushakdor qo'llaridagi tomirlar bo'rtib ketgan edi.
Taehyung: Yana bir marta o'g'limni shunday deb atasang bilib qo'y.....shu zahotiyoq seni o'ldiraman.
Bo'ynimni qattiq qisib turgan kuchlik kaftlar sekin astalik bilan bo'shaldi. Butunlay undan halos bo'lganimdan so'ng esa yonga burulib qattiq yo'taldim. Chuqur chuqur nafas olganimdan so'ng esa qayta sochlarimdan changallab olgan yigit meni o’ziga kuch bilan tortdi. Og'riqdan ingrab ko'zimdagi yoshlarni chiqarib yubordim.
Taehyung: hozir o'zingni epaqaga keltirib men bilan pastga tushasan. Agar o'g'limni yonida hunar ko'rsatadigan bo'lsang kechagidan battar ahvolga solaman.
Siltalatib meni itarib yuborgan yigitning o'zi yuvinish xonasiga kirib ketdi. Egnimdagi deyarli kiyim deyishga ham erzimay qolgan ko'ylakka qaradim. Yelkamning bir ikki joylari yirtilib, old tugmalari yo'q edi. Bundan keyingi hayotim qanday bo'ladi endi? Birovning bolasiga onalik qilish va mana bu vaxshiyning asirasi bo'lamanmi? Endi o'rnimdan turmoqchi bo'lganimda qo'rnimning pastki qismida kuchli og'riqni sezib joyimda egilib qoldim. Kechagi ishlardan* so'ng tanam zirqirab og'riyapti.
Taehyung: hali ham o'tiribsanmi?
Allaqachon qo'lida sochiq bilan vannadan chiqqan yigit menga o'tli ko'zlarini tikdi. Unga qanday aytaman? Hammasi seni aybdorsan o'zi. Meni shu holga solib qo'ygan. Qo'limni yotoq yonida turgan tumbaga tirab bazo'r turdim. Og'riqdan qoshlarim uyulib biroz inqillab yuborganimni u ham eshitdi menimcha yonimga kelib yelkamdan ushladi.
Taehyung: qattiq og'riyaptimi?
Og'riq zo'ridan qanday qilib unga qarab bosh silkiganimni bilmayman. Ko'zimdagi yoshlar yanog'larimdan oqib tushayotganida issiq barmoqlar uni yuzimga singdirib yuborganini sezdim. Kutilmaganda meni kelin uslubida ko'tarib olgan yigit qadamlarini to'g'ri yuvinish xonasi tomonga burdi.
Aera: tushuring o'zim yuraman.
Taehyung: ikki qadam bosmasingdan yiqilasan.
Qancha qarshilik qilmay, u meni qo'lidan tushurmadi. Yuvinish xonasiga kirganimizda meni sekin qo'lidan qo'ydi, oynadan ko'rinayotgan ikkimizning ko'zlarimiz bir-biriga to'qnashdi. Qo'llarini kiyimimga olib borib undan bir urinishda meni halos qilish barobarida ham nigohlarini mendan uzgani yo'q. Butunlay kiyimsiz qolgan tanamga qarab ko'kargan va tish izlariga to'lib ketgan joylarni ko'rdim. Uning bo'yi menikidan ancha baland ekan buni endi payqadim. U ham faqatgina futbolkasini yechib tashlab, tepamizdagi dushni yoqdi. Mushaklari esa juda katta va yelkalari keng. Lekin men u tomonga hali bir marta bo'lsa ham burulganim yo'q, ko'zlarim oynadagi akslarimizda. Tanalarimizga tushayotgan iliq suv o'rtamizdagi masofali tafni olov qilib yondirdi. Iliq suvlar bilan birgalikda bo'ynimga tekkan ho'l o'pichlarni his qilib tanam seskanib ketdi. Ortimda turgan yigit lablarini quloqlarim yoniga keltirib ularni tishlab qo'yganida og'riqdan ingrab yubordim. Tanalarimiz bir-biriga yaqin bo'lganligi uchun ortimdagi yigitning taranglashganini bildim. Oddiy tovush va ishlar uchun ham inson....ey Xudoyim. Mendan sekin uzoqlashganidan so'ng eshikdan chiqib ketayotganida men tomonga oxirgi bor qaradi.
Taehyung: javonda yangi kiyimlar bor. Tezroq chiq!
Vannadan chiqqanimdan so'ng u qo'limga qanaqadir dori tutkazdi. Aytishicha tanamdagi og'riqlarni qoldirar ekan. Xonadan chiqqanimizda esa zinalardan birinchi qavatga tushdik. Uzun dasturxon atrofida yolg'iz nonushta qilib o'tirgan bolani ko'rdim. U ham bizni ko'rdi chamamda stulidan sakrab tushib biz tomonga yugurib keldi. Bola oyoqlarimdan quchib olganida nima qilishni bilmay qoldim.
Men ham uni quchaymi yoki o'zimdan itaraymi? Yonimda turgan yigit biqinimdan qattiq ushlab quloqlarim yoniga egildi.
Taehyung: aslo o'zingni ortga olma!
Uning aytgan gaplaridan ham cho'chib, meni quchib turgan bolaning bo'yi barobar egildim. Sochlari tim qora va jingalak bo'lgan bu bolaning ko'zlari va lablari Taehyungning o'zginasi edi. Hattoki uni burnining uchida ham holi bor ekan. Bola ham otasiga shunchalar o'xshaydimi? Yuzimga mitti qo'lchalarini qo'yib meni maroq bilan kuzatayotgan bola yonimga yanada yaqin keldi.
Jay: oyijon endi ketib qolmaysizmi?
Taehyung: oying hech qayerga ketmaydi arslonim. U endi biz bilan yashaydi.
Meni o'rnimga javob bergan yigitga qarar ekanman bo'ynimdan qo'llarini aylantirib olgan bolani bu safar javoban men ham yengil quchib qo'ydim. U meni qo'limga jajji qo'lchalarini qo'yib o'zi bilan birga stol atrofiga olib ketdi.
Nonushtadan keyin u menga xonaga borishimni aytganidan so'ng qayta zinalardan ko'tarilib o'sha xonaga kirdim. Uning og'li esa meni yonimda edi. Bu mitti go'dakning onasi kim? Qayerda? Nima uchun Taehyung bilan yashamaydi va bu bola nechi oy balki yildan beri onasiz yashamoqda? Uning ko'zlaridan ona mehriga qanchalik talpinayotganini sezyapman. Qo'limni kichkina kaftchasi bilan maxkam ushlab olgan. Xonaga kirganimizdan so'ng ham mendan ajralmay ko'ylagimning etagini ushlab oldi. Uning bo'yi qatori egilib chiroyli ko'zlariga tikildim. Beg'ubor qorachiqlar.
Jay: oyijon endi ketmaysiz to'g'rimi?
Boshimni chetga silkatib "yo'q" dedim. Taehyungning lablariga o'xshagan uning ham to'rtburchak shakldagi lablari keng yoyildi. Kaftlarini yanog'larimga qo'yib sekin silaganida esa bolalardan keladigan ajib bir hid atrofimni o'rab oldi. Chindan ham juda yoqimtoy bola.
Jay: sizni qancha kutganimni bilsangiz edi.
Aera: qancha kutding?
Jay: mana buuuncha.
U lablarini chuzib qulochini keng yozib menga qancha vaqt kutganini ko'rsatdi. Bu safar men ham jilmayib yuzimda turgan mitti qo'lchalarni ushlab o'pdim.
Jay: dadam sizni boshqa davlatga ketganingizni aytgan edilar. Ishingiz ko'payib ketganligi uchun men bilan telefon qo'ng'iroqda ham gaplasha olmas ekansiz. Ko'p odamlarni qutqarib qoldingizmi oyi?
Aera: nima?
Jay: siz shifokorsizku. Dadam shunday degan edilar.
Aera: ha..haa to'g'ri.
Uning lo'ppi yuzidan o'pib, qadamlarimni derazaning yoniga burdim. Men bilan galma gal qadam tashlayotgan bolaga qarab nim tabassum qildim. Ochiq derazaning yoniga kelib atrofga nazar tashladim. Keng bog'. Osmonda esa qora bulutlar hali ham bor edi. Yomg'ir esa maydalab o'z tomchilarini yerga hadya etmoqda. Qo'limni ularga cho'zganimda kaftimga tushgan namlikdan etim uvushdi. Menga bir qarab qolgan Jay esa ortimdan huddi menga o'xshab mitti qo'lchalarini yomg'irga tutdi. Uning harakatlaridan kulib sochlarini siladim. Pastda esa birdan o'q ovozini eshitganimizdan so'ng Jayni qattiq quchoqlab oldim. O'q ovozi bir necha marta eshitildi. Bolaning qulog'iga ikki qo'limni qo'yib ovozlarni eshitmasligi uchun ularni yopdim va derazadan uzoqlashdik. Uning qo'rqqanini aniq bildim. Tumbaning ustida turgan billur idishdagi suvdan ozgina ichirib qayta bag'rimga bosdim. Taehyung.....u Nikini o'ldirdimi? Ko'zlarimga kelgan yoshlarni sezdim. Ular yuzimdan oqib tushaverdi.
Jay: oyijon, yig'lamang.
Aera: yig'lamadim.
Tez tez yoshlarimni artib tashlaganimdan so'ng xonaning eshigi qattiq ochilganini ko'rib qo'rqib ketdim. Eshik yonida turgan yigit shu qadar menga nafrat bilan qarar ediki, yonimdagi bolani yanada quchib ortga tisarildim. Uning o'lim nigohlari menga qaratilgan holda biz tomonga yurib kelishni boshladi. Jayni bag'rimdan yulib olarkan bolaning qo'li qattiq etagimni ushlab oldi. Nimalar bulyapti?
Taehyung: Jay tashqariga chiq!
Jay: yo'q dada....oyim bilan qolaman.
Qo'llarimni bolaga yaqin olib borganimda men tomonga qaragan yigitning nigohlaridan muzlab qoldim. U Jayning qo'lini etagimdan yulib oldi. Yig'lashga tayyor turgan bolaga qarab rahmim kelib ketdi.
Aera: Taehyung bolani....
Taehyung: sen uningni chiqarma! Gapirishga umuman haqqing yo'q! Jay chiq xonadan.
Jay: dada lekin..
Taehyung: jaxlimni chiqyapti qara og'lim. Kel shunchaki xonadan chiq.
Bolaning jim o'tirganini ko'rgan Taehyung oxiri pachakilashib o'tirmay uni qo'liga ko'tarib xonadan olib chiqib ketdi. Besh daqiqaga qolmay ortiga qaytib kelgan Taehyung bu safar eshikning qulgini o‘tkazib men tomonga kelishni boshladi.
Aera: uyda o'g'lingiz bor edi. Nega quroldan foydalana...
Birdam sochlarimdan qattiq buragani uchun og'riqdan ingrab yubordim. Yuzimni o'zinkiga yaqin olib kelib tishlari orasida qo‘rqinchli vishilladi.
Taehyung: O'ynashing qayerda?
U nimalar deyapti? Nima haqida gapirayotganini bilmayapman. Lekin ko'zlarida chaqnab turgan olovli uchqunlarni deb undan qo'rqishni boshladim. Chindan ham undan juda qo'rqaman.
Aera: nima haqida gapiryapsiz?
Taehyung: iflos Niki qayerda Aera? Javob ber! Qaysi go'rga daf bo'ldi bu maraz?!
Uning gaplaridan shuni tushundimki, Niki qochib keta olgan. Bundan hursandmas ochig'i. Meni deb bir inson jabr ko'rishidan vijdonim og'riyotgan edi. Lekin u qanday qilib qochib qutula oldi? Bu jahannamdan qaysi yo'l bilan qochdi?
Aera: men...men qayerdan bilaman uni? Kecha kechqurun mana shu xonaga kirib meni zo'rlab tashlagan siz edingizku. Uni qayerdan bilishim mumkin.
Men siltalab o'zidan uzoqlashtirgan yigit xonani u chetidan bu yeriga yurishni boshladi. Asabi va jahli yuqori cho'qqisiga chiqdi chamanda ikki qo'lini boshiga qo'yib ularni qattiq qisdi. Har bir qadam tashlashida turli haqoratli so'zlarni ogʻzidan chiqarar ekan men shunchaki bir chetda uni tomosha qilishdan nariga o'tmadim. Keyin hayolimga oyim keldi. Ey yo'q! Ular qayerda hozir. Niki qochib qutulgan lekin oyim qayerda?
Aera: men ketishim kerak.
Oyim hayolimga kelganidan so'ng bu yerdan ketishni istadim. Qanday bo'lmasin Nikini topib, ularni yoniga borishim kerakligini aytishim kerak. Ogʻzimdan chiqqan gaplarni eshitishi bilan men tomonga tezda qaragan yigit yo'limni to'sdi.
Taehyung: hech qayerga ketmaysan!
Aera: nega? Nima uchun? Meni bu uyda asira qilib o'tira olmaysiz Taehyung! Hali to'y bo'lgani yo'q. Men bu yerda qolmayman.
Taehyung: men senga ketmaysan dedim Aera.
Aera: men esa ketaman dedim. Qoching yo'limdan.
Taehyung: jimgina o'tirib meni qaytishimni kut!
Aera: bu yerda qolmayman.
Taehyung: HECH QAYERGA KETMAYSAN AERA! O'SHA IFLOS OZODLIKDA EKAN BU YERDAN BIR QADAM HAM KO'CHAGA CHIQMAYSAN! UNI GO'RGA TIQMAGUNIMCHA MANA SHU UYDAN KERAK BO'LSA UMRBOD KO'CHAGA HATLAMAYSAN!
Uning baqirishlaridan qo'rqib o'zimni chetga oldim. Bo'yin va qo'l tomirlari bo'rtib chiqib ketganini ko'rib u chindan ham asabiylashayotganiga amin bo'ldim. Yelkamdan qattiq ushlab olgan qo'llari birdan meni qo'yib yubordi. Sochlarini ortga taragan yigit so'nggi bor menga qaraganidan so'ng izsiz bu xonadan g'oyib bo'ldi.
*
Kecha tunda uzoq vaqt yomg'irda qolib ketgan qiz bugun shamollagani natijasida do'kondagi ishiga ham bora olmadi. Kechasi bilan istmalab chiqqani uchun bugun kun bo'yi ko'rpaga o'ranib yotdi. Limon choy va bir nechta tabletka dorilardan so'ng sal o'ziga kelib qolgan Jehan yonidagi stul ustida turgan kurtkaga qarab qoldi. Hayoliga charx urib kelgan yigitni eslashi bilan kecha uning dudoqlaridan olingan bo'sani eslab ikki yanog'i qizil rangga kirdi. Umri davomida biror bir yigit bilan yaqin bo'lib, munosabat qurmagan bu qizning hayotiga Jungkook tashrif buyurdi. Ajib tanishuvdan yaralgan bu voqelar uning hayolida birma bir mavj urib jonlarar ekan qo'lini cho'zib kurtkani yoniga oldi. Tanasiga issiqlik yugurgandek o'rnidan tezda turgan qiz derazani ochib xonaga sovuq iqlimni olib kirdi. Shamol uning qo'ngiroqdek sochlarini silab erkatar ekan yuziga urilayotgan muzdek salqinlikdan eti jimirladi. Bugun ham quyosh borliqqa nurlarini tarata olmagani uchun osmondagi bulutlardan kech tushib qolganini anglasa bo'lar edi. Jehan qayta derazani yopmoqchi bo'lganida yetimxona darvozasi yonida turgan mashinani ko'rib joyida to'xtadi. U uchun deyarli tanish bo'lib qolgan bu qora mashina doimo uning diqqatini tortadi.
Jehan: "1997 JK".....u buyerda nima qilyapti?
*Deyarli oradan bir soat vaqt o'tgan bo'lsa ham uning mashinasi joyidan jilgani yo'q. Ko'zlarimni o'sha yerga qaratib o'tiribman. Havo ancha salqinlanib qolgan va osmondan tushayotgan yomg'irlarni deb yerda ko'lmakchalar hosil bo'lgan edi. Uning kurtkasini qaytarib berishim kerak. U axir shu yerda bo'lsa. Javondan o'zimning ustki kiyimimni kiyib, bo'ynimni sharf bilan o'rab oldim. Menimcha yana istmam chiqmoqda. Boshim ham biroz og'rigandek. Qo'limga maxkam ushlab olgan koja kurtkaga qarab soyabonni ham olishni unutmadim. Hozir shamollaganim uchun yomg'irdan biroz chetga chiqishim zarur. Yetimxona bog'iga chiqishim bilan soyabonni ochdim va mashinadan tushgan yigitni ko'rdim. U qo'llari cho'ntagiga solgan holda menga qarab o'tiribdi. Qadamlarimni bosib darvoza tomon bordim. Yetimxona mudirasi ko'rib qolmagan bo'lsa bo'ldi edi. Bo'lmasa boshim baloga qoladi. Darvoza qoravuli ham joyida yo'q ekan bu ishimni yengillashtirdi. Chiqishim bilan men tomonga kelgan yigit hech narsa demasdan avval qo'llarimdan ushlab meni mashinasi tomon olib ketdi. Birinchi meni mashinaning orqa tomoniga o'tirgizib, so'ng o'zi ro'lga joylashdi. Hech narsa demay uni yugazar ekan bu ko'chadan burulib boshqa yo'lga chiqqanimizda mashinani chetga to'xtatib mashinadan tushdi va qayta orqa o'rindiqqa ya'ni yonimga joylashdi. Uning ivib ketgan sochlarini ko'rdim va xo'l bo'lgan kiyimlarini. Qo'limdagi kurtkani unga qaytarib berar ekanman u kaftlarimni nari surib yanada menga yaqinlashdi.
Jungkook: bugun ishga ham bormading....nima bo'ldi senga?
U mening yuzim tomon egilib yanog'larimga sovuq kaftlarini qo'ydi. Muzdek barmoqlardan tanam jimirlab uning ko'zlariga qarab qoldim. Tatu tushurilgan qo'lini belimdan aylantib o’ziga yanada yaqin tortdi. Avval lablarini peshonamga tekkizdi. Lablarining sovuqligi isib yotgan peshonamga tegishi bilan ko'zlarimni yumdim.
Jungkook: juda qaynoqsan.
Shivirlab aytgan so'zlaridan so'ng undan uzoqlashishga harakat qildim biroq belimdagi kuchli qo'llar bunga to'sqinlik qildi. U narigi qo'llari bilan jizillab yotgan bo'ynimni ushlab lablarini yanog'imga ko'chirdi. O'zining harorati mening issiq etimga tegar ekan keyingi harakatlarini yuzimdan to'g'ri lablarimga olib keldi. Xo'l o'pichlar bilan olinayotgan bu bo'sa uzoqqa cho'zilmadi. Faqatgina sekin va yumshoqlik bilan tepa va pastki labimni shimib ularni ozorgina tishlab qo'ydi. Yanada pastlashib bo'ynimga oʻzining kichik dog'chasini qoldirayotganini ko'rib uni o'zimdan uzoqlashtirdim. Bu safar u qarshilik qilmay mendan ajraldi.
Jungkook: senga aytgan edim shamollaysan deb. Istmalab yotibsan. Shuning uchun bugun kun bo'yi ko'chaga chiqmadingmi?
Jim bo'lib aybdorona boshimni pastga egib oldim. U old o'rindiqqa cho'zilib qandaydir paketni olib yonimga qo'ydi. Uni ochaganidan so'ng esa qip-qizil rangdagi olmani artib qo'limga tutkazdi.
Jungkook: olma mevasini yaxshi ko'rishingni bilaman.
Hayratlandim. U qayerdan biladi buni? Qo'limdagi olmaga temulib so'ng u tomonga qaradim. U bugun boshqachadek. Qo'llarini tinmay qaltirayotganini ko'ryapman. Avvaligi bu sovuqdan deb o'yladim. Lekin uning keyingi harakatlari ko'rib hayratlandim. Qo'llari qaltirab cho'ntagidan boshqacha tabletga olib ichgan Jungkook ko'zimga boshqacha bir inson bo'lib ko'rindi. Harakatlari ham boshqacha. Qanday dori istemol qilganiga qiziqib uzoq vaqt unga qarab qoldim.
Jungkook: maslahatim bu doriga uzoq qarana va qiziqma. O'rganib qolasan.
Jehan: bu....
Nima ekanligini endi tushunib boshimni yon tomonga bordim. Demak u narkoman. Bir necha soniyadan so'ng yondirgichni ovozi eshitildi va menga yoqadigan hid mashina saloni bo'ylab taraldi. Segaret hidi. U yuzini oynaga qaratgan holda uni chekishni boshladi. Men esa hamon qo'limdagi olmaga termulib o'tiribman. U nima uchun bu yo'lga kirib qolgan? Ya'ni nega bu dorilarni istemol qiladi. Men o'n sakkiz yoshga yaqinlashtib qolgan kap katta qizman. Bunaqa narsalalarni tushunishga aqlim yetadi. Uzoq vaqt hayol surib qoldim chog'i nigohimni u tomonga qaratganimda meni kuzatib turgan qorachiqlarini ko'rdim. Segaretini mashina oynasini ochib uni tashlab yubordi. Qayta koʻtarilgan oynalardan so'ng og'ir sukunat o'rtaga tushdi. Meni yeb yuborgudek tuyulayotgan bu jimjitlikdan charchab ko'z osti bilan unga qaradim.
U meni kuzatib o'tiribdi. Tanamga g'alati qo'rquvchanlik hissi uyg'ondi. Ketishim kerak. Unga kurtkasini qaytardim. Endi bu yerda qolishimdan maqsad yo'q. U tomonga burulgan edimhamki meni mashina oynasiga tirab lablarimga ochlikdek yopishgan yigitdan qo'rqib ketdim. Qo'limni oʻzining kaftlariga olib o'rindiqqa qattiq tiradi. Sal oldin uning olgan oddiy o'pichi hozirda ancha vaxshiylashgan. Tishlari lablarimga botirib jonimni og'ritib yubordi. U avval bunday ishlar qilmas edi ya'ni mendan bunchalik bo'sa olmagan edi. Tilini tanglayimgacha kiritib o'g'iz bo'shlig'imni sayr qilayotganini bilib oxiri chiday olmadim. Ham og'riq va ham boshqacha hissiyot bilan yig'lab yubordim. Ko'zlarimdan oqayotgan yoshlarni ko'rishi bilan miyig'ida kulib qo'ygan yigit so'nggi bor pastki labimni qattiq shimib tortdi. Nafasimni tezlashtirib undan yuzimni burib oldim. Unga qarashni istamayman. Uning kulayotgan ovozini eshitib asablarim chiqib ketdi va ko'zimdagi yoshlarni artib soyabonimni qo'limga qayta oldim.
Jehan: men ketdim.
Qo'limdan maxkam ushlab olgan yigitning kulgusi hamon to'xtamagan edi.
Jungkook: o'zim eltib qo'yaman.
Jehan: yo'q o'zim ketaman.
Bir kuch bilan meni qayta o'rindiqqa o'tirgizib qo'ygan yigit o'zi mashinaning old o'rindig'iga qayta joylashdi. Yonimdan ketganligi uchun men ham jim bo'ldim. Uning esa kulgusi to'xtamaganini ko'rib eshikni ochmoqchi edim biroq uning qulflanganini ko'rib taajjublanib qoldim.
Jungkook: jimgina o'tir. Hech narsa qilmayman.
Mashinani harakatga keltirilganidan so'ng yuzimni oyna tomonga burib oldim. Yomg'ir tomchilari bilan bir xilda jaranglayotgan yigitning kulgusi mashina saloniga keng yoyildi.
Jungkook: shumtaka......qaysar.
*
Ancha kech tushib qoldi. Yonimdagi bolaning sochlaridan silab derazadan osmonga tikilib o'tiribman. Taehyung shu ketgani bo'yi hali qaytib kelmadi. Kechki ovqatdan so'ng Jay bilan biroz suhbatlashdik. Unga turli ertaklar aytib berdim. Bola mendan bir soniyaga ham uzoqlashmadi. Hozir ham bir qo'limni maxkam quchib olib pishillab uxlab yotibdi. Ko'rpani ustiga yanada qulay qilib yopib qo'ydim. Shunda eshikning sekin ochilishini ko'rib ko'zlarimni o'sha tomonga qaratdim. Bu Taehyung edi. Xonaga kiraverishidayoq uni ichkilik ichganini sezdim. Mast holda chayqalib yotoq tomonga kelayotganidan so'ng o'zimni ortga olmoqchi edim lekin qo'limdan qattiq ushlab olgan yigit o'g'lining yoniga egilib uning peshonasidan o'pib qo'yayotganini ko'rdim. Taehyung chindan ham Jayni jonidan ortiq yaxshi ko‘radi. Bir necha daqiqa unga tikilganidan so'ng men tomonga qarab qaddini ko'tardi.
Taehyung: yur!
Qo'limdan ushlagan holda o'zi bilan birgalikda meni xonadan olib chiqib ketdi. Hech narsa demasdan meni qayta kechagi xonaga olib kirib eshikni yopdi. Lekin chiroqni yoqgani yo'q. Men tomonga yurib kelayotganini ko'rib men ham ortga qadam tashladim. Bir ikki qadamdayoq menga yetib olganidan so'ng belimdan qo'llarini aylantirib o’ziga yaqinlashtirdi. Dimog'imga o‘tkir viski hidi urilganidan keyin yuzimni chetga burdim. Bo'ynimdan ushlab qorachiqlarini mening ko'zim bilan birga bog'lar ekan to'rtburchak lablarini meniki bilan birlashtirdi. Xonani bo'sa tovushlari egallab oldi. Uning tili meniki bilan o'ynashayotganida ichkilik tamini sezdim. Daqiqalarga ham bormagan bo'sani o'zi buzgan Taehyung menga afsuslanishdek qaradi.
Taehyung: nega hech qachon javob qaytarmaysan?
U mendan uzoqlashib ustidagi kostyumini yechib xona kursisiga uloqtirdi. O'zi esa yotoqqa suyanib men tomonga tikildi. Yotoqning bir chetini qo'li bilan urganidan so'ng kelishimni va o'tirishimga ishora qilib yoniga chaqirdi. Qadamlarimni sekin astalik bilan uning oldiga olib bordib omonatgina aytgan joyiga cho'kdim.
Taehyung: mastlik vaqtim ham hushim o'zimda bo'ladi. Nima savoling bor?
Endi ichimni tirnab yotgan gaplarni aytmasam bo'lmaydi.
Aera: oyim....ular qayerda?
Taehyung: oying ishonchli joyda ohucham havotir olma. Nikini bilan seni tutgan kunimdayoq oyingni ishonchli odamlarimga topshirganman.
Aera: ularni ko'rishni istayman.
Taehyung: albatta ko'rasan faqatgina to'y kuni. Haa aytgancha, unutay debman ikki kundan keyin mening qonuniy rafiqam bo'lasan va keyin oyingni operatsiyasi uchun ularni chet elga yuboramiz. Birgalikda.
U yonimga kelib boshini tizzalarimga qo'yib oldi. Ko'zlarini yumib yotar ekan bu yigitning yana qanday sir asrorlari borligiga qiziqdim. Miyyamda hali savollar ko'p. Niki qanday qilib qochib ketdi va hozir qayerda? Jayning onasichi? Oyimchi?
Aera: Jayning onasi qayerda Taehyung?
Aytgan gaplarimdan so'ng ko'zlarini ochgan yigit hech narsa demasdan shiftga qarab yotaverdi. Lekin bir necha soniyadan so'ng aytgan so'zlari esa hushimni o'zimdan uchirib yubordi.
Taehyung: u o'lgan.....ya'ni uni otib tashlaganman.
Karaxt ahvolga kelib qoldim. Q..qanday qilib o'z farzandining onasini oltirib yuborishi mumkin? Miyyamdagi o'ylar va savollar kundan kunga ko'payib ketyapti. Qayerlarga kelib kimlarning orasida yuribman? Yonimdagi yigit bo'lsa qayta ko'zlarini yumib og'ir tin oldi.
Aera: Qanaqa insonsiz Taehyung? Kimsiz? Dunyoyingiz, aslingiz qanday?
Taehyung: bu mening hayotim....mening qora simfoniyam.
~
Yoqimli mutolaa angels🫠
Fanficni oqib fikr bildirayotgam hammalarizga kattakon rahmat. Man hammalarizni fikrlarizni oqib ciqyapman va ozimni shaxsiy kanalimga eng saralarini tashlab boryapman. Chindan ham bolayotgan voqelar umumna olganda fanficni ozi sizlarga yoqayotgan bolsa man hursandman.💗
Author: Jehan🦢