π¦π²πΏπ²π»πΆππ
Yotoqda yolg'iz uyg'ongan qiz uyoq buyoqqa qarab eri bo'lmish nusxani izladi ammo topa olmadi. So'ng egnidan yengil ko'rpani olib o'rnidan turishga harakat qildi. Joyidan sal siljishi bilanoq tanasida juda qattiq og'riqni his qilib lablarini qimtigancha ingrab yubordi. Uzun tungi ko'ylak etagi bilan oyoqlaridagi ko'karish izlarini yopdi. Yotoqdan asta asta surilib ahiyri polga oyoqlarini qo'ydi va shu zahoti eshik ruxsatsiz ochildi. Eshikda o'ziga qarab ixcham kiyingan Jungkook paydo bo'ldi va yotoqda unga jahl ko'zlari bilan qarab turgan xotiniga iljayib qaragancha
Jungkook: yolg'iz uyg'onganing uchun jahl qilyapsanmi
Shia: uyg'onganim uchun jahl qilyapman
Jungkook: uyquga to'ymagansan tabiiy olov rafiqam
Shia: ...aksincha hammasidan to'yib bo'ldim
Shia yana bir marta yotoqdan turishga harakat qilib Jungkookning oldida zayif ko'rinmaslik uchun barcha og'riqlarini yutgancha gavdasini ko'tardi. Jungkook uni shunchaki qo'llarini qovushtirgancha juzatar edi. Shia ortiqcha so'zsiz va bir maromda harakatlanib kiyim javonni ochdi va ichidan sochiqlar olib uni yopdi.
Shia: sizdan bir narsa iltimos qilsam bo'ladimi janob Jeon
Jungkook: bemalol Jeon xonim
Shia: menga oqsoch aytib yuboring yuvinishim kerak
Jungkook: oqsoch?... men turgandaya
Jungkook iblisona kulgancha yenglarini shimarib va Shiaga yaqinlasha boshladi. Shianing ingichka ko'zlari kattalashib lablari titradi va
Shia: yo'q menga ayol kishi kerak
Jungkook: ...xohishing
Jungkook maqsadiga erishgancha xonani tark etdi va u ketishidan zum o'tmay oqsoch xonada nozil bo'ldi.
Oqsochdan og'riqlarim uchun malham olib sal epiqiga kelgandek bo'ldim. Tanamdan deyarli og'riqlar ketgandek edi. So'ng xonamdan tushib zinalar tomon yaqinlashdim. Zinalarga yetay deganimda o'ng tomondagi xonadan erkak kishining tahdidi quloqlarimga chalinib etiborimni tortdi. Qiziquvchanligim tutib eshikka yaqinlashib quloq tutdim. Ichkarida qaynotam erimga nimadurlarni aytib tahdid qilardi.
Junghoon: xotiningni so'roq qilasan. Uni gapirtirasan
Jungkook: unga hozirdan bosim o'tkazsak maqsadimizni sezib uydagilariga yetkazishi mumkin.
Junghoon: lattachaynar bo'lib ketyapsan Jungkook. Ulardan tezroq qutilishimiz kerak.
Jungkook: bu ishni menga berdingizmi endi chidashingiz kerak. Men nima qilishimni bilaman
Junghoon: sen nega menga ters gapirib aytganlarimni bajarmayapsan? Nima yoki sen shu qizni sevib qoldingmi?
Jungkook: nima? Albatta yo'q. Men shunchaki ishimni sifatli qilmoqchiman.
Junghoon: sifatli.... senga ishonishim uchun birgina sabab ayt
Jungkook:... men bu turmushni istaganmidim? Bu sabab bo'la olmaydimi? Sizni tushunib Yaponiya uchun hayotimni barbod qilayotganim sabab bo'la olmaydimi?
Junghoon:... senga ishonaman o'g'lim. Lekin tezroq harakat qilishing kerak.
Jungkook: xavotirlanmang ishlarimiz besh bo'ladi. Biz Kimlarni tak tugi bilan yo'q qilamiz.
Junghoon: barakalla
Eshitgan gaplarimdan tahlikaga tushib qoldim. Bular qanaqa razil insonlsr o'zi? Nega o'z vatanlariga yordam bermay kelgindi zolimlar uchun kuyib pishishmoqda. Vatan degan tushunha naxot ularda yo'q. Ona tuprog'iga, eliga, yurtiga, qardoshlariga oyoq qo'yish ularni yakson qilish naxotki shunchalar oson? Yo'q bo'lmaydi... senlarning rejalaring amalga oshmaydi. O'lsam o'lamanki senlarni yo'q qilmay bu dunyodan o'tmayman. Gar shunday bo'lsa senlar kabi iflos razil kimsalarni o'zim bilan jahannamga olib ketaman.
Eshik ortidan qadam tovushlarini eshitib yashin tezligiga orqaroqqa yurib xuddiki endi xonadan chiqqandek yura boshladim. Yengimdagi manjitni o'ynab o'ynab xuddiki hech nima bo'lmagandek Jungkookni ham ko'rmagandek o'tib ketdim. Zinalardan sekinlik bilan tushar ekanman ko'rishni istab turgan erim menga hamroh bo'ldi
Jungkook: nega sekin tushyapsan
Shia: vaqtim ko'pligi esimga tushib qoldi - ensa qotirgancha
Jungkook: bu tungacha vaqtingni shunday o'tkazasanmi zerikmaslik uchun
Shia zinalarda to'xtab Jungkookka o'girildi. Unga yaqin kelgancha qo'llarini qovushtirib bir qoshini ko'targancha
Shia: siz bilan endi qiladigan ishimiz qolmadi. Er-xotin sifatida hammasini qilib bo'ldik. Endi siz o'zingizni yo'lingizdan men esa o'zimnikidan ketamiz. Tushunarlimi Janob Jeon?
Jungkook:.... buni vaqt ko'rsatadi. Oldimga o'zing kelasan
Ortiq u bilan pachakilashib o'tirmay zinalarda biroz qadamimni tezlatgancha tushib ketdim. Kecha to'yim bo'lgan katta maydonda endi 4 kishilik stol nonushta uchun bezatilgan edi....
Shu tariqa kunlarim zerikarli tarzda o'ta boshladi. Mana shu holatda 1 haftamni erimni uyida o'tkazib anchagina zerikdim. Yangi kelinligim tufayli ko'chaga chiqishimga qaynonam ruxsat bermadi. Hech bo'lmaganda uydan bir haftacha chiqma deb meni uyda qamab o'tirdi. Men ham ilojsizlikdan unga ko'ndim. Hayolimda haligacha qaynotam va Jungkookning gaplari aylanar edi. Nimadur qilishimiz kerak. Eshitganlarim haqida tezroq akam va otamni ogohlantirishim kerak. Kelinligimdagi 3 kunda Jungkook mendan anchagina gap olishga urundi ammo udasidan chiqolmay Yaponiyaga ish bilan ketdi. Bugun uni turqini ko'rmaganimga 4 kun bo'ldi...
Bugun ko'chaga chiqishim mumkin va men qaynonamni rozi qilgancha uydan chiqib ketdim. Jeonlar mashinasida Tashkilotga kelib xaydovchiga javob berib yubordim. Tashkilot ostonasiga qadam bosganimda hamma meni iliq qarshi olib atrofinga yig'ilishdi. O'z yaqinlaring bilan diydor qanchalar yoqimli. Hamma bilan so'rashib bo'lganimdan so'ng akamning xonasiga yo'l oldim. Akamni birinchi marta qog'ozlar ustida gangib turganini ko'rib kulib yubordim. Chunki doim qog'oz ishlari menga tegishli bo'lgan.
Shia: qog'ozbozlik sizga anchagina yarashibdi yosh janob
Taehyung: sizga ham kelinlik yarashganidek Jeon xonim
Akam doimgidek salomga ysrasha alik oladi. Hech qachon yon bermaydi. Akamni sog'inib ketganim tufayli hech ikkilanishsiz uni bag'rimga bosdim. Jigarim qondoshimning issiq bag'rida yana o'zimni his qilib anchagina yengil tortdim. Sog'inchlarimizni qondirganimizdan so'ng akam bilan o'rindiqqa joylashdik.
Taehyung: ahvollaring qalay? Qiynalmayapsanmi?
Shia: yo'q hammasi joyida
Taehyung: anavi nusxa senga tazyiq o'tqazmayaptimi? Agar nimadur bo'lsa menga darhol xabar qil
Shia: u hozir uyda emas. Menga ham hech narsa qilgani yo'q
Taehyung: yaxshi... nimadur yangilik bormi
Shia: ha... ularning maqsadi bizni yo'q qilish. Menimcha ular bizning ishlarimizdan oz-moz xabardor
Taehyung: qanday bilding
Shia: qaynotam va Jungkookning suxbatini eshitib qoldim. Uning menga uylanishidan maqsadi ham aynan shu. Ular Tashkilot haqida bilishmoqchi. Jungkook bir necha kun meni siquvga olmoqchi bo'ldi
Taehyung:... tashkilotni ko'chirish kerak
Shia: ha shunday. Ammo bu shubha uyg'otishi mumkin
Taehyung:... sekinlikda ko'chiramiz. Buni otam bilan maslahatlashamiz
Shia: ha shunday qilamiz.
Taehyung: unda sen qo'rg'onga boraver meni ishlarim bor
Shia: men ham ishlamoqchiman uyda zerikdim. Otamning oldilariga birga boramiz
Taehyung:... unda mana ol o'zingni ishlaringni.
Shia:... men aldagandim
Taehyung: menga farqi yo'q. Bu qog'ozlar miyamni aljitib tashladi.
Akamning jinnicha yangragan ovozidan jilmaygancha qog'ozlarni olib o'z xonga yo'l oldim.
Xonamga kirishim bilanoq kimdir belimdan qattiq tortib devorga yopishtirib lablarim ustida kaftlarini qo'ydi. Jahlim chiqqancha bu surbet kimligini bilish uchun endi unga e'tibor qaratib qotib qoldim. Qarshimda menga avval mehr bilan boqqan ko'zlar endilikda g'azab alam bilan tikilardi. U astalik bilan kaftini lablarim ustidan olib masofani uzmagancha shunchaki menga tikilib turardi. Go'yoki hammasi yolg'onmidi? Nega meni aldading degandek menga o'tinch g'azab nomus bilan qarab turardi. Ha men uni sindirdim. Yuragini tilka pora qildim. G'ururini yer bilan bitta qildim.
Unga qadalgan ko'zlarim unung ko'zlaridagi qorong'ulikka asr tushgandek hech qanday harakatsiz qotib qoldim. Hayolimni yig'ishga sabab bo'lgan ovoz - eshikning qulflanishidan chiqadigan tovush bo'ldi. Eshil tomonga boshimni burganimda uning kaftlari yuzimdan ushlab o'ziga qaratdi va gspira boshladi.
Jihoon: osonmidi?... bizdan... sevgimizdan kechish shunchalar osonmidi? Nega ketding? Bizni tashlab nega ketding?... Ketar ekansan nega hayotimga kirding?... Nega ko'z o'ngimda boshqasini qo'lidan tutding?... Mendan nima istading?... Qo'lidan faqat seva olish keladigan nochor yigitdan nima xohlading?... Gapir
Shia:... kechir
Jihoon: kechir? Sen xudbinsan... yana osonlikcha kechirim so'rayapsan... Bilasanmi mana bu yerim nima deyapti... qo'y unga indama, qiynama, men haliyam uni sevaman deyapti. Unga ozor berma. U yig'lamasin azoblanmasin deyapti. Eshityapsanmi sen ikkiga bo'lgan yuragim yans seni deya urib kuyinyapti.
Kaftimni yuragiga bosgancha alam bilan gapirayotgan sevgilimga qarab ortiq o'zimni ushlab o'tirma olmadim. Uning alam bilan aytayotgan jumlalari sababli ko'zlarimdan yosh tomchilashni boshladi. Men uni qattiq qiynadim. Juda qattiq azob berdim... lekin endi afsuslanishga haqqim yo'q... men yo'limni tanlab bo'ldim...
Jihoon mendan nimadur deyishimni kutar edi. Bilaman u nima deyishimni istashini... yana unga sevishimni aytishimni istaydi. Hoziroq uning quchog'iga kirib uzur so'rab u bilan birga bu yerlarni tark etish taklifini berishimni istaydi... ammo yo'q... mendan javob eshitmagach yelkalarimdan siqib
Jihoon: nimadur de. Iltimos Shia. Meni yana azoblama. O'tinaman
Shia:... endi hech narsa avvalgidek bo'lmaydi... meni kechir Jihoon. Mendan umidingni uz...
Jihoon:... yo'q... yo'q... hech qachon. Sen menikisan. Ering kim bo'lishidan qat'iy nazar.
Jihooning ko'zlaridan yosh chiqib yuzlarini nam qildi. Yosh to'la ko'zlarini ko'zlarimdan olib pastlasha boshladi va nigohini lablarimda to'xtatdi. Titrayotgan lablarimga tezlikda o'z lablarini bosib meni yanada devorga tiragancha bo'sa ola boshladi. To'satdan sodir bo'layotgan hodisa tufayli gangib qotib qoldim. Jihoon esa mendan havo tortib olayotgandek lablarimni shimib o'par edi. Bir qo'li belimda ikkinchi esa bo'ynimda. Unga qarshilik qilib yelkasidan itara boshladim. Ammo uni joyidan siljitib bo'lmas edi. Unga javob qaytarmaslikka bor vujudim bilan harakat qildim va uddaladim. Mendan javob ololmagan Jihoon lablarini lablarimdan uzib bo'ynimga boylashib so'rib o'pishni boshladi. Yoqamni pastga tushirgancha yuzini borligicha bo'ynimga ko'mdi. Uning labpari tegayotgan joy juda qattiq achishib og'riq berdi. Bor kuchimni yig'gancha oyog'imni ko'tarib qorniga zarba berib o'zimdan itarib yubordim. Bo'ynimga qo'limga etganimda terim bir achishib og'riq berdi.
Shia: sen aqldan ozdingmi?
Jihoon: sen tufayli... sen meni shunday qilding
Shia: hoziroq ket... chiqib ketπ£
Jungkook:... Shiaπ£
Eshik ortidan Jungkookning ovozini eshitib birdan muzlab qoldim. Ichkarida men Jihoon bilan yolg'iz... u aniq bu safar uni o'ldiradi. Jihoon esa menga kulib qaragancha o'rindiqqa joylashdi.
Jihoon: eshikni och ering keldi
Shia: Jihoon nimaga bunday bo'lib qolding. Iltimos ket. O'zingga muammo orttirma
Jihoon: menga qiziq... sen eringga qanday javob berasan
Jihoon qay paytda bunchalar o'zgarganini anglay olmay qoldim. Nega u bunday qilyapti? Nahootki u hali Jungkookni nimalarda qodirligini anglamadi. Og'ir yutungancha eshikka qaradim. Jungkook eshik ortida meni ismimni bot bot takrorlardi. So'ng to'satdan eshikni zarb bilan taqqillata boshladi. Men bir eshikka bir Jihoonga qarab tursr edim. Eshik taqqillashi endilikda kuchaya boshladi. Jungkook ichkaridan javob ola olmagach eshikni tepib sinfirishga harakat qila boshladi va uni uddaladi. Jungkook eshikni buzib ichkariga kirdi.
7-qism tugadi.
#Jeon_Shia
@Gold_fanfics