November 14

π—˜π—‘π—–π—›π—”π—‘π—§π—˜π—— π—’π—‘π—˜π—¦

Maxluqqa tikansiz atirgul bo'lgan malak qissasi...

{14 episode}

Aytilgan so'zlar va o'rtadagi jimlik. Uning ko'zlaridagi yoshi ikki yanog'idan sirpanib tushib, oyning jilovi ostida durga o'xshab ko'rinmoqda. Qarshisidagi insondan qochishni, u bilan bir joyda qolishni ham istamayotgan qiz oxiri taqdirga tan berib bu saroydan butunlay ketishga qaror qildi. Eshitgan gaplaridan esa yuzi bir zumda o'zgargan yigit uning ikki yelkasidan ushlamoqchi bo'ldi biroq o'zini ortga tashlagan Jehan qayta tilga kirdi.
Jehan: boshqa yo'limni to'smang.....ketaman.
Jungkook: hech qayerga ketmaysan.
Jehan: nega? - bir necha soniyalik sokinlikdan so'ng qiz qayta yigitning oldiga qadam tashladi. Ko'zlarida yosh. Lablari tinmay titrar. Sovuq yegan insondek tanasi qaltirar edi. - bu yerda kimman o'zi Jungkook? Qafasda ushlab turgan qushmi yoki atrofiga har bir qadami uchun odam qo'yiladigan asirami? Ha yo'q! Sizni qoniqtiradigan oddiy bir kanizakman to'g'rimi?
Jungkook: Jehan!
Jehan: NIMA JEHAN? - bu safar ovozini balandlashtirgan qiz qarshisidagi yigitning ko'ksiga ikki qo'lini qo'yib itardi. - GAPIRADIGAN NIMA QOLDI O'ZI? Jungkook siz savolimga javob bering. Nima qilaman men bu yerda? Boshqa kanizaklaringiz bilan kundosh bo'lib yashaymanmi yoki ular tug'gan bolani qo'limda ko'tarib katta qilamanmi? Gapiring!
Bir qo'li yordamida boshini ushlab va boshqasi bilan esa og'zini qo'li bilan to'sgan qiz undan uzoqlashdi. Ko'zidagi yoshlarni chiqarib bir joyga sekin cho'kar ekan keyingi harakati qo'lini ko'ksiga olib bordi. Yuragining atrofida qattiq sanchish his qilganidan so'ng oyoqlari o'ziga bo'ysunmay o'zini yerga tashlab yuborgan qiz gilamga o'tirib qoldi. Tezda uning yoniga kelgan yigit qizning belidan ushlab quchog'iga tortayotganida tanasini huddi ilon chaqqandek seskanib ketgan qiz uni o'zidan siltab tashladi.
Jehan: teginmang menga!
Jungkook: ahvoling og'irlashyapti. Saroy tabibiga olib boraman.
Jehan: sizni otalik bilan tabriklagan ayolning yonigami?
Yigit jim bo'lib qoldi. Jehan yuziga achchiq jilmayish olib bir qo'liga tayangan holda o'rnidan qayta turdi. Qirol ham qaddini ko'targanidan so'ng uning qizarib ketgan ko'zlariga uzoq vaqt termuldi. Jehan qayta uning yonida qolishni istamay qadamlarini deraza tomon yo'naltirganida Jungkook uni bag'riga bor kuchi bilan tortdi. Uning yelka va belidan maxkam quchib yuzini sochlari o'rasiga ko'mdi. Qizning kichik jussasi yanada zaiflashib ketganini endi payqagan yigit uni yanada o'ziga tortdi. Jehan hamon jim. Na unga javob tariqasida quchadi na o'zidan itarib yuziga tarsaki tushiradi. Shunchaki sokinlikni tanlab bir so'z demay haykal misoli qotib qoldi.
Jungkook: seni sevaman Jehan. Mana shu sabab uchun ham seni saroydan ketishingni istamayman.
Qizni hamon bag'rida ushlab o'tirgan yigit unga qilgan izhoriga javob olishni istadimi yoki yo'q, o'zi ham bilmay jimib qoldi. Atrofdagi sokinlikni derazadan kirib kelayotgan shamolning guvillashdi va bir tekisda tebranayotgan pardalarning ovozi quloqqa chalinadi.
Jehan: unda aytingchi.....bir quchoqda ikki gul yashay oladimi?
Qulog'i oldida pichirlab aytilgan bu so'zlar shu qadar yigitning miyyasiga harsang tosh bilan urilgandek tuyildi-yu qizning bag'ridan bo'shatib, uning ko'zlariga qaradi. Jehanning esa yuzida hech qanday o'zgarish yo'q. Hissiz insondek jim turgani uchun hattoki barmog'i ham qimirlamay qoldi. Faqat ko'zlari....oyning nurlaridek yorqin bo'lgan qorachiqlari balki ko'ngil azobidan o'rtanayotgani uchun bejo bo'lib harakatdadir?
Jehan: ayting Jungkook....jim turmang, savolimga javob bering.
Titroq bilan aytilgan jumlalardan so'ng ham jim turgan yigitni ko'rishi bilan ko'ziga qayta yosh quyulib kelayotgan qiz ular bilan birga lablariga alamli tabassum oldi. Lablar kulsa-da, yuzlardan oqayotgan ko'z yoshlar insonni boshqacha ahvolga solib qo'yadi. Yorining bunday yuz ifodasi ko'rgan yigitning qalbi qanchalik o'g'rimasin bo'lib o'tgan ishlar uning yoniga qadam qo'yishga ham, o'zini oqlashga ham izn bermasdi. Turgan joyida tosh qotgan qirol na uni qayta quchog'iga ola oladi na qo'llaridan tutadi. Ortiga qayrilib og'ir qadamlar bilan deraza yoniga borgan qiz osmonda xira nur sochayotgan oyga termuldi.

Bulutlar hali hamon oyning nurlarini to'sib turibdi. Atrofni esa zulmat o'rab olgan. Ortidagi yigit u tomon na qadam bosadi va na eshikdan chiqib ketadi. Yurak urishi bir meyorga tushganini payqagan qiz chuqur nafas olib shamolga yuzini tutdi. Qizib turgan tanasini biroz bo'lsada sovutgan shabada unga nacha ta'sir qildi.
Jehan: keting Jungkook....
Uning oxirgi so'zlari shu bo'ldi. Boshqa ortiga qayrilib qaramadi ham. Xona eshigining ochilib yopilishidan so'ng ana endi kaftlarini yuziga bosgan qiz piqillab yig'lab yubordi. Devorga yelkasi bilan turib sekin yergacha sirpanib tushgan qiz oyoqlarini bir joyga yig'ib oldi.

*

Quyosh butun saltanat bo'ylab o'z nurlarini erinmasdan sochmoqda. Qushlarning chig'irlab bir-birining ketidan uchishi va soyda suzib yuradigan oqqushlar istalgan insonni o'ziga jalb qila oladi. Chap etagini ko'tarib mana shu soydan o'rin topgan qiz qo'liga olib kelgan kashtachilik iplari bilan kechagina qolgan nimchasini to'qishga kirishdi. Kecha sevgan yoridan eshitgan yangiligi sabab yaqin oralarda kelmoqchi bo'lgan mehmon uchun nimadir qilishni xohlagan edii. O'tirgan joyidan avval oq va qizil iplarni bir-biri bilan qo'shib boshidan to'qishga kirishdi. Uning nozik barmoqlari yordamida hosil bo'layotgan chiroyli o'ramlarga yana yangilari qo'shilmoqda. Nechchi oylardan so'ng singlisini topishi u uchun katta yangilik va olamga sig'maydigan baxtni tuhfa etdi. Hayollari har yerga ketib qolayotgan qiz bir zum ishidan to'xtab qoldi. Shahzoda Yoongi shu qadar yaxshi insonki, u yori uchun hamma narsaga tayyor va hech qachon uni hafa qilmasligiga kechagi tunda chindan ham amin bo'ldi. Uni o'ylantirgan narsa shahzodaning onasi. Agar Yona yigitga uning onasini qilmishlarini aytib bersa nima bo'ladi? U qizga ishonadimi yoki onasiga? Qizning so'zlariga ishonmay unga bo'lgan mehri birdan yo'qolmaydimi? U shunday masalaga ikkilanmoqda. Haqiqatni oshkor qilsinmi yoki ko'zi ko'r insondek indamay turaversinmi? Lekin qachongacha? Yelkasiga tekkan barmoqlardan seskanib ketgan qiz uning yoniga kelgan sohibjamolni ko'rishi bilan yuziga keng tabassum oldi.
Jehan: qo'rqitib yubordimmi?
Yona: yo'q Jehan. O'tiring.
Yonidan joy ko'rsatgan Yona qizni o'tirishi uchun biroz suruldi. Maysalar ustiga omonatgina o'tirgan qizning ko'zlari birinchi o'rinda o'tlar ustida turgan har xil rangdagi iplarga tushdi. Mo'jizaviy narsa ko'rgandek ko'zlari beg'uborlikdan chaqnab ketgan qiz ulardan birini qo'liga oldi. Kashtachilik ipini uyer buyeriga qarab chiqib qayta yonidagi Yonaga termuldi.
Jehan: bittasini bera olasizmi?
Yona: bemalol. To'qishni bilasizmi?

Boshini "ha" degan ma'noda tez tez silkatgan qiz avvalgi yillarini qayta yodiga oldi. Uning birinchi marotaba kashtalikdan qilgan sharfi. Hali endi o'n ikki yoshga to'lgan vaqtlarini qayta esladi u. O'sha kezlari kuchli qish kelganligi uchun dugonasining tug'ilgan kuniga o'z qo'li bilan to'qigan birinchi sharfi. O'ziga yoqqan rangdan barpo etgan, bir hafta ichida uzun va chiroyli sharfni to'qib bitkazgan vaqtlarini yodga oldi. Mana hozir ham oq rangdagi ipga termulib turar ekan uzoqdan kelgan kulgu ovozini deb yuzini o'sha tomonga burdi. Qirolning yonida turgan qiz osmonga qarab kular va yigitning qo'lidan ushlab uni otining yonigacha kuzatib borayotgan edi. Bu hodisalar uning ko'ziga qanchalik og'ir bo'lib ko'rinsa-da, ularni yuzaga chiqarmaslik uchun qorachiqlarini u yerda olib qochdi.

*
Zinalardan yuqorilayotgan qiz har doimgidek devorlarda ilingan suratlarni tomosha qilib ketmoqda edi. Qizil gilamlardan yurib, tezda o'ziga kerakli qavatda to'xtaganidan so'ng ortida ismini chaqirilganini eshitib boshini qayta pastga burdi. Mag'rur qadamlar bilan bittama bitta zinalardan sekinlik bilan chiqayotgan qizni ko'rishi bilan ko'zlarini yumib og'ir nafas chiqardi. Uning yoniga yaqin kelgan Hesu pisand nazaridek boshdan oyoq unga termular ekan oxiri uning yuziga termulib lab uchida kulib qo'ydi.
Hesu: xonangga ketyapsanmi?
Jehan: biror muammo bormi?
Hesu: yo'q. Shunchaki qirolim va mendan qochib yurayotganingni bilaman. Shunga senga maslahat uchun keldim. Huddi opalardek. Kel, o'sha xonangdan umuman chiqma. Bir oylab, kerak bo'lsa yillar o'tsada o'sha to'rt devor ichida qamalib o'tir. Chunki baribir seni quvsada bu saroydan ketmas ekansan.
Jehan: menga qara Hesu. Tilingga ehtiyot bo'l! Seni so'nggi bor ogohlantirishim. Boshqa yo'limdan chiqa ko'rma.

Hesu: aslida sen ehtiyot bo'l yalangoyoq! Menga nima ham qila olar eding. Qirolning farzandini vujudimda ko'tarib yuribman. Hech bo'lmasa shahzodam dunyoga kelgunicha qorangni ko'rmay!
Jehan: menga desa o'nta farzand tug'ib bermaysanmi suyukli qirolingga. Lekin meni yonimga qaytib kelma. Turqingni ko'rgim yo'q.
Hayratdan og'zini ochilib qolgan qizning yonidan o'tib ketgan Jehan o'z xonasiga kirishi bilan eshikni yaxshilab yopdi. Asab tolalari yaxshigina uzilganini bilganidan so'ng borib xona kursisiga o'tirar ekan hayoliga kelgan jinnicha harakatdan so'ng uni amalga oshirish kerak yoki yo'qligi haqida ikkilanib qoldi. Bir zum jim bo'lib qolganidan so'ng axiyri jasorat to'play olib eshik tomon yugurdi. Xizmatchi qizlardan xonasiga bir shisha sharob olib kelishlarini aytib qayta xonasiga kirdi. Derazaning yoniga borganidan so'ng quyosh botyotganini va osmonda yulduzlar o'z jilosini yoritmoqchi ekanligini ko'rdi.
Jehan: bir marta sinab ko'rsa zarari yo'q.

Allaqachon kech tushib bo'lgan. Osmonda yana qora bulutlar va millionlab yulduzlar biroz bo'lsada inson ko'ziga ko'rina oladi. Qora saman otini saroy darvozlaridan olib kirgan yigit undan tushgan ko'yi uning ichkarisiga kirib ketdi. Bugun har doimgidan ham ko'ra ko'proq charchagani bois zinalardan sekin astalik bilan o'z xonasi tomon ko'tarilmoqda. Yetib kelgan qavatiga ko'z tashlar ekan eng uzoqda bo'lgan oq rangli eshikka uzoq vaqt termulib qoldi. Agar hozir uning yoniga kirsa, yana hafa qilib qo'yishi yoki bo'lmasa uni yig'lashini ko'z oldiga keltirdi-yu jimgina xonasiga kirib ketdi. Birinchi qiladigan ishi qirollikning og'ir liboslaridan halos bo'lgan yigit ularni xona ichkarisidagi uzun divanga qo'ydi. Ko'zlari nogahon deraza yonida turgan suratni ko'rar ekan qadamlarini o'sha yerga yo'naltirib rasm yoniga borganida to'xtadi. Suratda aks etgan go'zal malak unga doimo kulib turgan yuz bilan qaraydi. Lekin hayotdachi? Uch oy bu saltanatga kelgan bo'lsa-da qiz hali biror marta qirolga jilmayib qaragani yo'q. Jungkook uning kulishini faqat uzoqdan ko'ra olgan holos. Yorining tabassumini u shu qadar yaxshi ko'radi-ki, uning oddiy jilmayishi uchun dunyoning barcha oltin-u javohirlarni to'kishga rozi. Biroq uning ko'rgan narsasi doimo yig'i va mayus ko'zlar. Barmoqlarini uning surati yoniga olib borib o'sha jilmayib turgan lablari va yanog'laridan siladi.
Jungkook: shu kaftlarim bilan kulib turgan yuzingni silasam qani edi Jehanim....
Og'ir xo'rsingan qirol ba'zi bir qirollik ishlari qolgani uchun suratdan nari ketib xonaning stuliga o'tirdi. Bir nechta varoqlarni ko'zdan kechirib, ularning ayrimlariga muhr tushurgan qirolning diqqatini eshikning taqillagan ovozi eshitildi. Yarim kechasi kim uni bezovta qilayotganini bilmoqchi bo'lgan qirol ichkariga kirish uchun ruxsat berar ekan boshini eshikdan suqqan qizni ko'rishi bilan og'zi ochilib qoldi.
Jehan: qirol Jungkookni xonasi shu yermi?
Xonaga endi butun tanasi bilan kirgan qiz chalqanchalab yurgani bois ba'zi qadamlarida yiqilib tushmoqchi bo'lgan odamdek yurishni boshladi. U bir qo'lida qadah ushlab olgan va boshqa qo'li bilan boshini ushlan ko'zlarini qattiq yumib ochayotgan edi.
Jungkook: Jehan?
O'rnidan ko'tarilgan yigit mast bo'lib ulgurgan qizning yoniga kelib uning ikki yelkasidan ushlab oldi. Ko'zlari suzulib, yumilib ketay deb turgan qizga kulib qaradi.
Jungkook: sarhushtmisan? Sharob ichdingmi nima?
Jehan: ha ichdim. Nima edi? Ichgim keldi totib ko'rdim. Boshida achchiqlik qildi..... Lekin men yoqdi buuu
Qo'lida qolgan sharobni ham lablariga olib kelgan Jehan ularni endi simirayotganida qarshisidagi yigit uning qo'lidan ichimlikni tortib oldi.
Jehan: hoooy! Bu meniki. Qaytarib bering.
Jungkook: allaqachon mast bo'lib ulguribsan. Bo'ldi. Yetadi.
Qizning lablari burilib yig'lashga shay bo'lib turganida birdan uning yuzi o'zgardi. Yonidagi yigitni bir chetga nari surib deraza yonidagi surat tomon intildi.
Jehan: bu menmi? Jungkook bu go'zal qiz chindan menmi?
Uning qiqirlab kulishini tomosha qilib o'tirgan yigit o'zining ham yuziga tabassum olib uning yoniga bordi.
Jungkook: sensan. Qara buni chap yuzingdagi kuldirgichdan ham bilsang bo'ladi.
Yigit aynan qizning o'sha yanog'iga qo'lini qo'yib ularni sekin siladi. Sarhushtligi sabab tinmay kulayotgan qiz ham uni bu safar o'zidan itarmadi. Aksincha, jim turgan holda ko'zlarini yumib lablarini keng yoydi. Uning uzun va qayrilib turgan kipriklarida yoshlarni ko'rgan Jungkook havotir bilan narigi qo'lini ham uning yuziga qo'ydi.
Jungkook: Jehan.....nima bo'ldi?
Kipriklarini pirpiratib ochgan qizning ko'zlari yoshga to'lib ketganini ko'rar ekan Jehan o'zining kaftlarini uning barmoqlariga olib bordi.
Jehan: nega Jungkook? - o'rtaga og'ir sukunat cho'mar ekan qizning keyingi titroq bilan aytgan jumlalari xonada jarangladi - meni qasrimga qaytaring o'tinaman....ko'rmayapsizmi axir...sehrdan ham qurila olmayapman.
Yana jimlik. Qiz uning barmoqlari ustidan qattiq ushlab olgan holda ko'zlariga o'tinch bilan tikildi.

Jehan: seni sevaman deysiz. Lekin nima uchun - bog'ziga qattiq narsa tiqilgandek bazo'r tomoq yutgan qiz ko'zlarini ochib yumdi - nega boshqasi bilan yotib turasiz? Undan farzand ko'rasiz? Sevman deysiz lekin nega menga azob berasiz. Muhabbatim chin deb takrorlaysiz ammo nechun saroyda qafaslab o'tirasiz? Malagimsan deysiz biroq nega menga ishonmay xiyonatda ayblaysiz? Gapiring Jungkook?
Ko'zlari so'lib borayotgan qiz bu gal uning kiyimi yoqasini ushlab oldi. Uning og'izdan bir jumla chiqishini shu qadar istayotgan ediki, yigitning mum turishi ko'rib battar alami kelar edi.
Jehan: men bilmayapman tushunyapsizmi? Yuragimni sizga ochay desam meni uloqtirishingizdan cho'chyapman. Lekin nega sizni yoqtirmasamda boshqa birovni qo'yningizga olsangiz tanam o't bo'lib yonyapti? Bu nima?
Jimlikdan boshqasini ko'rmayotgan qiz yigitning yonidan nari ketib, qadamlarini yotoq tomon yo'latdi. Sekin uning bir chetiga suyanar ekan ikki qo'li bilan ortiga tayandi. Uning shundoq ham ochiq tungi kiyimi yigitning ko'ziga boshqacha bo'lib ko'rinib ketar ekan qizning og'zidan chiqqan jumlalardan so'ng qizning ko'ziga tik boqdi.
Jehan: yonimga keling Jungkook..

Uning gaplarini eshitgan qirol qadamlarini yotoq tomon burib, qizning yoniga tizzasi bilan tayandi. Ko'zlar tinimsiz bir-birini ta'qib etmoqda. Yurak urish ritmi buzulgan. Ikkising qaynoq nafasi yuzlarga urib etlarni hattoki xonq atmosferasiga ta'sir qildi. Qiz uning bo'yniga ikki qo'lini qo'yib o'ziga tortganidan so'nggina yigit tilga kirdi.
Jungkook: hozir sarhushtsan Jehan.
Jehan: demak, men bilan bo'lishdan ko'ra ko'proq o'sha Hesuni tanlaysiz shundaymi?
Jungkook: sen hech kimdek emassan.....seni istashim minglab hissiytlardan kuchli. Buni hattoki tasavvur ham qilishga qodir emassan Jehanim.
Shivirlab aytilgan oddiy so'zlardan hma taranglikni o'zida sezgan yigit qizning dudoqlariga o'zining xo'l lablarini bosdi.

~
Yoqimli mutolaa
Author: Jehan