October 29

𝗘𝗻𝗰𝗵𝗮𝗻𝘁𝗲𝗱 𝗼𝗻𝗲𝘀

Maxluqqa tikansiz atirgul bo'lgan malak qissasi....

{12 episode}

Ko'zlarimga tushayotgan iliq va nurli yorug'likdan ularni ochdim. Derazadan kirayotgan mayin shamol bilan qorishgan bu nurlarni ko'rib quyosh borliqqa endi chiqqan deb o'ylaysan. Osmonda qushlar sayraydi, asalarilar uylariga bol terishadi, barcha jonzotlar esa oilasi bag'rida. Lekin men....tanamda og'riqlar kundan kunga zo'raymoqda. Biri sehrdan bo'lsa ikkinchisi ayovsiz aloqa*dan. Kecha tundagi voqealarni birma-bir eslab chiqdim. U chindan ham Ryeonni o'ldirdimi? Meni deb jabr ko'rgan birinchi inson. Men kecha xato yo'ldan yurdim chog'i menga yordam bergan yigit ham men ham bu maxluqning jazosini oldik. Belimdan aylanga yo'g'on va baquvvat qo'llarni endi payqadim. Ko'zlarim qornimni qattiq qisib olgan ulkan kaftlarni ko'rishi bilan tanamdagi og'riqdan yuzim burishdi. Bo'ynim va yanog'imga urulayotgan issiq nafasdan seskanib yuzimni ortga biroz burdim. Yonimda meni quchib yotgan yigitni ko'rib meni kecha qanday ahvolga solgani qayta hayolimda keldi-yu undan yanada nafratlanib o'rnimdan turmoqchi bo'ldim. Belim va qornimni pastki qismnidagi joyim juda qattiq og'riyapti. Bir amallab tanamni changallab olgan qo'llardan halos bo'lib qaddimni rostladim. U hamon uyquda. Qattiq uxlab yotgan edi. Maxluq! Menga desa bir umr uyg'onma! Egnimda kiyim yo'qligini ko'rib pastelni qisdim. Uning yonida tun bo'yi shunday yalang'och yotdimmi? Jin ursin* Yerda yotgan kiyimimni ko'rishim bilan u tomonga qo'l cho'zib sekin gilam ustidan oldim. U bilan yalang tanamni yopar ekanman yotoqdan pastga tushib xona bo'ylab ko'z yugurtirdim. Ulkam toshoynaga aksim tushishi bilan chap yuzimda qizarib qolgan kaft izini ko'rdim. Kecha tunda tushurilgan tarsaki hamon yanog'imda turibdi. Bu qilingan ish faqatgina yuzimni emas, qalbimda ham o'chmas iz bo'lib muhrlandi Qirol Jungkook! Oynaning yonidagi derazadan kunning yoyilayotganini ko'rdim. Saroy bog'ini, keng ko'lni va unda suzib yurayotgan oqqushlarni. Qora va oq ranglardan iborat bo'lgan mo'jizaviy qushlar. Men bu ikki oqqushni juda yaxshi bilaman. Har doim ko'lga borganimda aynan ahu ikkisini berilib tomosha qilar edim. To'g'risi ulardan birisida men o'zimni ko'raman. Oq rangga ega bo'lgan qush. Uning yonidagi qorasini esa yoqtirmasligimni sababi u har doim men sevgan qushni cho'qir edi. Ya'ni uning qanoti yoki bo'lmasa bo'ynidan cho'qib olardi. Dunyo qiziq a? Menning hayotim mana shu oqqushlarga o'xshaydi. Xuddi shunday zolimliklar va qo'rquvga to'lgan umrim.
Shu oqqushlar misoli bo'ldi hayotim.
Ucholmadim quladim jarlik bag'riga.
Bundan keyin kulmadi bu mayus ko'zim
Bolaverdim men asir o'sha maxluqqa.

*

Tezda chaqiruvdan shoshib saroy yo'llaridan deyarli yugurgudek yurayotgan qiz ikki kaftini bir-biriga qattiq bo'sib yuragiga qo'rquv oralayotgan edi. Kechagi qilgan ishlarini birma-bir tahlil qilib o'ylar ekan hozir yoniga borayotgan ayoldan hayiqayotgan edi. Saroy oshxonasidan qizni chaqirtirib olgan Min xonim tezda yoniga kelishini buyurib o'zining odamini Yonaning yoniga yuborgan edi. Zinalardan ko'tarilayotgan qiz yuragiga qo'rquvni sherik qilib ulardan ko'tarilar ekan yonalishini to'g'ri har doim cho'chib o'tadigan xona tomon yo'latdi. Bir ikki eshikni taqillatganidan so'ng ichkasiga kirish uchun ruxsat olgan Yona ko'k rangli eshik dastasini burab xonaga kirdi. Xonaning bir kursisida viqor bilan oʻtirgan ayol uni yoniga ildamlab chaqirdi. Sekin qadamlar bilan boshini pastga egib gilamlardan yurgan qiz ko'zlari ayolning etagini ko'rishi bilan sekin tazim bajo keltirib unga quloq soldi.
Min xonim: qirol Jungkook kecha kechqurun bazmda hushidan ketmadi azizam. Aksincha, bugun tongda ham suyuklisining quchog'ida tong ottirdi. Shuni bilasanmi?
Qizning ko'zlari tezda ayolga qaratilar ekan hayrat bilan unga tikilib qoldi. Min xonim o’ziga qaratilgan ikki juft qorachiqlarga uzoq muddat tikilib shaxdam o'rnidan turdi-yu yonidagi qizning yuziga bor kuchi bilan tarsaki tushurdi. Yanog'ida achishishni his qilgan Yona o'ng qo'lini yuziga o'lib borar ekan ko'zlaridagi yoshlar allaqachon yuzaga chiqib bo'lgan edi. Ayol egilib qolgan qizning yuzini o’ziga qaratib uning iyagini oʻzining bosh barmog'i bilan ushladi.
Min xonim: meni aytganimni qilmagan sen bir yalangoyoq...qanday hadding sig'di? Nima uchun qirol hali hamon tirik?
Achchig'idan alam bilan qichqirayotgan ayol bu safargi iflos ishlari yana qo'l kelmagani uchun ichida o't yoqib, asabiy qizning narigi yuziga ham urdi. Bu safargi tarsakidan yerga o'tirib qolgan qiz yonidagi ayoldan qo'rqqani uchun ham tishini tishiga qo'yib yana o'rnidan turdi.
Min xonim: gapir! Nimaga aytgan ishimni bajara olmading? Kecha qulay fursatdan nega foydalana olmading lanati?
Yona: m..men siz aytgan hamma ishni bajardim x..xonim. Bergan idishingizdagi zaharni aytganingizdek qirolning qadahiga qo'shdim.
Min xonim: unda nima uchun u o'lmadi?
Yona: m..men bilmayman. Hamma aytganlaringizni qildim. Agar ishonmasangiz men bilan borgan qizdan so'rashingiz mumkin.
Ayol eshik yonida turgan qizga qaraganidan so'ng Yonaning oldida kecha oqshom turganini va idishchadagi suyuqlikni qadahga solganini bosh chayqab tasdiqlar ekan Min xonim ikki qo'li bilan boshini ushlab stuliga qayta o'tirdi.
Min xonim: boshqa...boshqa yo'l topamiz endi...lekin nima uchun zahardan Jungkook o'lmasligi mumkin?
Ayoldan o’ziga kerakli ishonchni olgan qiz ortiga qadam tashlagan holda tazim qilib bu xonadan chiqib ketdi. Eshik ortida turganidan so'ng bu yerdan tezroq ketishni istab o'zining xonasi tomon yo'l oldi. Saroy yo'llaridan yana yuraverishda kecha bo'lib o'tgan ishlarni qayta o'ylar ekan bunday chigal masaladan qutilgani uchun ko'ngli biroz bo'lsada taskin topdi. Muhimi u qo'lga tushmaganligi. Yona yuzidagi qizarishni saroyga ildirilgan oynadan ko'rganidan so'ng uning yanog'i urgan qo'llardan yana bir bor nafratlandi. Faqatgina shahzoda va singlisi uchun chidab yurgan qiz aksiga qaragan holda chuqur xo'rsindi.
_Flashback_
Saroy bog'ida oʻtirgan qizga qarab qo'yib ortiga o'girilgan Yona bir necha qadamdan so'ng o'zi mana shu maysalar ustiga o'tirdi. Qo'lidagi shishachani maxkam siqar ekan osmonga qarab chuqur uxx tortdi. Dunyo uning boshiga bunday jirkanch ishni solgani uchun qalbi o'ksib ko'zlarini har yerga qaratdi. Bir ilojini qilib bo'lsa ham bu ishni bajarmasligini sezgan qiz qizil rangga ega bo'lgan zaharga qarab chuqur o'yladi. Uning hayoliga kelgan o'ydan birdan jonlangan Yona uni amalga oshirishni istab shishachaning ichidagi suyuqlikni yerga to'kib tashladi. Qumlarga singib ketgan bu zahar o'zidan qizg'ish dog' hosil qilar ekan qiz atrofga qarab tezda o'rnidan turdi. Uni har doim kuzatib yuradigan ya'ni Min xonim uning ortidan qo'ygan qiz bu safar ko'rinmadi.

Shuning uchun tezroq harakat qilishni ayni payti ekanligini sezgan Yona bo'lsa o'zini saroy oshxonasiga urib qo'lidagi shishachani avval yaxshilab yuvdi va so'ng xuddi zaharning qizg'ish ranggiga o'xshagan sharob bilan idishchani to'ldirdi.
_Comeback_
Bo'lib o'tgan ishlarini o'ylagan qiz kaftini yuragiga bosib uni yana tinchlantirdi. Qo'lga tushib qolmagani uchun va bir odamning o'limiga sababchi inson bo’lmagani uchun ko'ngli tinchigan qiz yanog'ida sal oldin tushurilgan tarsakiga qarab mag'rur tikildi.
Yona: bu oddiy tarsakini men og'ir gunohdan qutilganim uchun oldim. Agar pok bo'lish uchun shunday urushlar bolar ekan aybim va gunohimdan qutulish uchun bunday millionlab zulmlarga tayyorman.

*
Qorong'u xona. Saroy zindoni. Panjaralar bilan o'ralgan alohida zax xonachalar. Mana shunday sovuq joyning bir xonasida oʻtirgan yigit boshini quyi solgan holda uzoq hayol surmoqda. Kecha unga qo'yilgan katta ayblov va og'ir jazosini kutayotgan bu yigit hayoliga kelgan qizning jamolini eslashi bilan tarqab ketdi. Nechchi oydan buyon boshqa insonniki bo'lishga qaramay bir suluv qizga pinhona oshiq bo'lgan Ryeon ancha vaqtdan beri uning visoliga yeta olmayotgan edi. Saroyga kelgan kunidan boshlab toki shu vaqtgacha uni yoqtirib har ko'rganida yuragida ajib bir hissiyot paydo bo'lishini u sezar va har doim qiz azob chekib ko'zidagi yoshlari oqqanida esa qalbini o‘tkir zaharli chayon chaqib olgandek og'rirdi. To'g'ri qiz aslida boshqa bir kishi, kimsan qirolniki ekanligiga ahamiyat bermagan holda qizni suydi. Ryeon Jehanni sehrlangan ekanligini boshidayoq sezgan edi. U uchun qanchalik hafa bo'lib jon kuydirmasin qo‘lidan hech qanday ish kelmayotganligi uni o'ksitardi. Bir kun u xattoki qirolga qarshi chiqmoqchi ham bo'ldi. Albatta u qizni sevgani uchun. Sababi, Jungkook uni majburlab o'ziniki qilgani va zo'rlab jinsiy sherik* qilgani uchun uning qahri kelgan edi. Lekin shunda ham jim bo'lib chidagan yigit oxiri qizdan uzoqlashish uchun uni ko'rmaydigan bo'ldi. Qirolga qarshi borib bo'lmasligi va bunday yo'l qizni ham o'zini ham shunchaki o'lib ketishiga olib kelishini sezib ortiga chekinmoqchi edi. Biroq yurak amri hamma qatori uni ham o’ziga bo'ysundirdi. Bazm vaqtida qizga yordam berib o'zi ham butunlay bu saroydan qochib ketmoqchi bo'lgan yigitning harakatlari zoye ketdi. Qirol Jungkook bu ikkisi uchun ham jazo bergan albatta. Ryeon o'zining qilgan ishi uchun qanday jazo olishini bilmasa ham Jehanning azoblanishini bilar edi. Albatta shavqatsiz tun* bilan badal to'lganini hayoliga kechadan buyon keltirmaslikka tirishgan yigit endi bu haqida o'ylashi bilan ikki qo'lini musht holatga keltirdi. Kecha uni xonaga olib kirishganida Jehanni majburlab o'z tizzasiga o'tirgizib qo'ygan qirolni qayta eslab ko'zlaridan o't chaqnadi.

U ketganidan so'ng qizning qanday jazo olishi aniq. Zero qirol Jungkook uni ikki dunyoda ham o'ldirmaydi va bu degani kecha* Jehan uchun ancha qiyin o'tgan. O'z sevgan qizi birovning ostida ingrab, uning chinqirishini huddi eshitgandek asabiylashayotgan yigit mushtini devorga urdi. Shunda ham qulog'i yonida kelayotgan bunday tovushlar uni telbaga aylantirib qoymoqchi edi. Panjarali eshikka qulf solinishi va uning ochilishini eshitgan Ryeon tezda nigihlarini u yerga burdi. Avv ikki soqchi kelib uning qo'llaridan ushlab o'zini yerga tizzasi bilan o'tirgizar ekan bu safar eshikdan qirol Jungkookni o'zi kirib keldi. Uni ko'rishi bilna battar asabi taranglashgan yigit hozirning o'zida turib yoqtirgan qiziga tegingani uchun uni o'ldirishga ham tayyor edi.
Jungkook: sen it! Jazoyingni olish vaqti keldi. Lekin avval savollarimga javob berasan - Qirol uning yoniga kelgan holda yuzi bilan Ryeon tomonga engashar ekan o'zining qahrli ko'zlarini unga tikdi - nima uchun Jehanga yordam berding? Nega uni qochirtirmoqchi eding iflos?!
Ryeon: avval sen menga ayt Qirol Jeon Jungkook....u hozir qayerda? Jehanga nima qilding?
Har doim hurmat bilan murojaat qilgan bu yigit endigi navbatda qarshisidagi qirolni senlab gapirar ekan uning bergan bu savoli Jungkookning biroz shubhalantirdi.

Jungkook: menga qara hoy it! Sen Jehan uchun kimsan o'zi? Kim bo'libsanki meniki bo'lgan bir kanizak seni bunchalik qiziqtiradi?
Ryeon: unga nima qilding?....q..qanday jazo qo'llading u uchun?
Bu savoldan so'ng lablari keng yoyilgan qirol o'ynoqi ko'zlari bilan sekin pichirladi.
Jungkook: nahotki qanday chora ko'rganimni hech o'ylamagan bo'lsang? Nima sherigingdan havotirdamisan?
Savol ustiga bunday savoldan tez xulosa chiqarib javon topgan yigit bor kuchi bilan silkinib tepasidagi ikki barzangi soqchilardan halos bo'lishga urindi. Lekin qilgan harakatlari foyda bermayotganini sezganidan so'ng irrilab yonida qirolga tikildi.
Jungkook: bu gapim senga og'ir botdimi? Lekin nima uchun Ryeon? - endi qirolning ham hayoliga kelgan bemani o'y uning ko'ngliga g'ulg'ula solar ekan qoshlari bir chiziqqa uyulib jahl bilan shivirladi - sen....sevasanmi uni?
Jimjitlik. Yigitning hech narsa demay sukut saqlashidan hamma narsani anglab ketgan qirol o'zini boshqara olmay uning yuziga bor kuchi bilan musht tushirdi. Ko'zlarini olovli parda o'rab uni ko'r qilib qo‘yar ekan miyyasini yeb bitirib tashlayotgan ming xil o'ylarni deb jim tura olmayotgan edi.
Jungkook: qanday qilib? Nima haqqing bor edi unga ko'z o'laytirishga? Uning tanasiga ham suqlanib qaragan edingmi iflos?
Ketma ket tushurilgan zarbalardan og'zi burni qon bo'lib ketgan yigitni hali ham urishdan to'xtamagan qirol oxiri jahlini jilovlay olmadi. Tezda yonidagi soqchining xanjarini olib yerdagi yigitning bog'ziga tortib yuborganini hattoki sezmadi ham. Yuziga va kiyimiga sachragan qonga ahamiyat ham bermay o'rnidan turdi. Yerdagi yigitning murdasiga qarab uning tanasiga tupurgan yigit hech kimga qaramay tezdq bu yerni tark etdi. Zindondan chiqqan qirol birinchi navbatda qo'lidagi va yuziga sachragan dog'larni ishqalab yuvar ekan keyingi hayol miyyasiga urilganidan so'ng ishidan to'xtab qoldi.
Jungkook: Jehan ham uni yoqtirganmi?

*
Quyosh deyarli uzoqdagi tog'lar ortiga berkinmoqda. Shafaqning qizg'ish tusga kirib uning ranglari osmonga ajib bir ko'rinish bermoqda edi. Mayin esayotgan shamol esa ko'ylagimning harir halati bilan birga sochlarimni ham uchurib yuzimni erkalamoqda. Osmonda uchib yurgan qushlar ham kamaygan. Deraza yonida turib uzoq o'yga toldim. Sababi, bu yerda ko'rinadigan uzoqdagi qasrimga ko'zlarim yana to'qnashdi. O'tgan kunlarim va yillarimni eslab chiqdim. Yonimga uchib kelib atrofimda aylanayotgan kichik oq rangdagi kapalakni ko'rdim. U shunchalar chiroyli qanot qoqib uchmoqda ediki, inson bir ko'rsa yana qayta tomosha qilgisi keladi. Qo'limni u tomonga cho'zishim bilan ko'rsatgich barmog'imga qo'ngan kapalakdan hayratlanib bir tarafdan xursand bo'ldim. Chiroyli....uning har bir yerini maroq bilan tomosha qildim. Mitti barmog'imga chirmashib olgan oyoqchalaridam tortib chiroyli oq qanotlarigacha. Dugonam Heyi bilan mana shu hashorat tushurilgan taqinchog'imiz bolar edi. Huddi mana shu oq rangdagi kapalakga o'xshab uning ham ranggi oq edi. Ikkimizning do'stlik ramzimiz bo'lgan chiroyli taqinchoq edi u. Uni menga Heyining o'zi bergan edi do'stligimiz bir yil bo'lgan vaqti. Ayshshsh Heyi har doim seni eslaganimda hayolimga o'sha aytgan jumboqli savoling keladi.
"Oʻzing juda goʻzalsan lek yuzingda dogʻ
Xaritadan yurasan huddiki bir bogʻ
Eslatadi uni senga bitta hashorat
Adashib ham ketardik esingdami bu holat"
Birinchi qatordagi gaplarni topdim. Oy edi u. Lekin qolganichi? Barmog'imda turgan kapalak qayta qanotini qoqib samo tomon uchib ketdi. Uning ortidan qarab qolar ekanman hayolimga kelgan gapdan shokka tushib qoldim. Nahotki?....jumboqli savolning uchinchi misrasidagi gaplar.
"Eslatadi uni senga bitta hashorat" bu "kapalak". Heyi ikkimizning do'stlik ramzimiz bo'lgan taqinchoqni aytgan. Taqinchoqlarga tushutilgan chiroyli juft kapalakni nazarda tutgan u. Nahotki yana bir savolning javobini topdim. Xursandchiligim ichimga sig'may qo'llarimni bir-biriga qarsak uqib chalib sakrab ketdim. Men topdim yo Hudoyim! Kutilmaganda eshikning qattiq ochilishidan uchib tushib ortimga o'girildim. Vajohati bilan doimo meni qo'rqitgan bu zolim bu safar ham cho'chishimga sabab bo'ldi. Boshimni balosi nima kerak senga yana? Qanday sovuq gaping bilan hozirgi kayfiyatimni buzmoqchisan o'zi? U eshikni yopib sekin asta yonimga yurib kelishni boshladi. Men hattoki uning qanday qilib yurishigacha ko'zlagan maqsadini bilib oldim. Bo'ldida endi! Jonimga tegib kettiku. U qorachiqlarini menga tikib yonimga kelganda to'xtadi

Jungkook: xiyonat?....Jehan senga nima bera olmadim?
Nima? U nimalar deb aytayapti? Qanaqa xiyonat? Kim bilan?
Jehan: nimalar deyapsiz Jungkook? Qanaqa xiyonat haqida gapiryapsiz o'zi?
Jungkook: o'zingni ahmoqlikka solma Jehan....Ryeon bilan pinhona muhabbatingni aytayapman.
Jehan: Ryeon? U bilan o'rtamizda hech nima yo'q edi. Tilingizdan chiqayotgan gaplarni qulog'ingiz eshityaptimi? Nimada ayblayapsiz meni?
Jungkook: chunki sening qilayotgan harakatlaring meni shunga o'ylantiryapti. 🗣 Birinchi saroyga kelganingda senga yaxshi munosabatda bo'ldim. Lekin sen nima qilding? Gapir Jehan! Mendan qochding. Yetmaganiga meni aldading! Shunda ham men senga yaxshi gapirdimmm. Tushunyapsanmi? Meni aldaganingga qaramay seni sevishda davom etdim. Lekin yana nima ko'rdim men? O'zingni olib qochaverding. Kamiga o'tgan bazmda saroy odami bilna til biriktirib yana qochishga urunding! Men nima qildim aytaymi? O'sha iflosni o'ldirdim. Hozirgina o'sha itning xarom qoniga qo'limni beladim!
Uning o'shqirib aytayotgan gaplaridan hayiqib o'zimni ortga oldim. Lekin ikki yelkamdan qattiq ushlab olgan yigit meni o'zidan uzoqlashtirishga yo'l qo'ymadi.
Jungkook: u maraz seni sevar ekan eshityapsanmi? Meniki ekanligingga qaramay seni sevgan! Qilayotgan harakatlaring esa u tarafda ekangligingni ko'rsatib bermoqda. Ayt Jehan! Gapir hozir bir nima qilib qo'yaman seni! Miyyamdagi chirkin o'ylardan halos qil meni! Ayt dedim!🗣
U ikki yelkamdan siqimlab o'zimni siltab tashladi.

Jehan: m..men hech kim bilan uchrashib yurganim yo'q Jungkook....ishoning menga. Ryeonning ko'nglida borligimni ham endi sizdan eshityapman. Meni yagona istagim lanati jodudan halos bo'lib dugonamni tezroq hayotga qaytarish.
Gapirganimda hiqillab to'xtab sekin astalik bilan so'zladim. Bugun ko'rgan uning vajohati, g'azabi aytgan gaplari meni chinakamiga cho'chitdi. U chuqur xo'rsinib ikki yanog'imni kaftiga olar ekan peshonasini meniki bilan birlashtirib, ko'zlarimdam oqqan yoshlarimni artib tashladi.
Jungkook: sendan o'tingan yagona narsa xiyonat qilmaslik Jehan. Men shu vaqtgacha ko'p sotqinlik va xiyonatga uchradim. Buning oxirida esa meni sotgan odamlarni birma-bir yo'q qildim. Jehanim.....seni yo'qotishni istamayman. Iltimos meni o'zingdan aslo sovutib qo'yma....

~
Yoqimli mutolaa guys🫠
Restga chiqqan bolishimga qaramay otgan fflarimga va umuman olganda fikr bildirgan insonlarga kattakon raxmat. Aera onnim sog' bolsinlar fikr bildirgan har bir insonning gaplarini manga tashlab berdila. Oqib juda xursand boldim🥹 fanficlarim siarga yoqayotgan bolsa man xursandman angels. Man sizlarni qadrliman va yaxshi koraman. Yaxwi ham borsizla🫠 qaytganimdan so'ng fikr bildirgan har bir insonga atvet qaytaman. Chin sozim🥹 yana bir bor rahmat💗
Author: Kim Jehan🦢