October 1

𝗕𝗹𝗮𝗰𝗸 𝘀𝘆𝗺𝗽𝗵𝗼𝗻𝘆

{3 episode}

-shh tinchlan, ohucham...
Uning shivirlagan lekin juda ham sovuq ovozi mening yuzimga tegib qo'rquvimni yanada oshirdi. Hayratdaman! To'g'risi uning qilayotgan ishlari mani chindan hayron qoldiryapti. Bu yigit. Nima uchun menga bu qadar yopishib oldi? Birgina turmush uchunmi hammasi? Lekin nega aynan men? Uning sovuq barmoqlari yelkamga tegishli bilan undan seskanib o'zimni ortga oldim. Hattoki qadam bosishga ham yo'l qo'ymadi u. Qo'llarini bilan meni devorga mixlar ekan o'tli va qora shahvatga to'lgan nigohlari tanamni teshib yuborgudek qaradi. Jin ursin. Tungi ko'ylakda uning qarshisida turibman hozirda. U pastki labini tishlab qayta ko'zlarimga qarar ekan sekin yuzini men tomonga olib keldi. Quloqlarim yoniga kelib issiq nafasi bilan bo'ynimni va chap yuzimni kuydirdi.
Taehyung: men mana shu tanani ostimga olishni xoxlayman.
Quloqlarim yonida pichirlab unga sovuq lablarini bosar ekan ko'zlarim moshdek ochilib uni o'zimdan itarishga karakat qildim. Bo'lmayapti! Ming lanat unga kuchim yetmayapti. Tungi ko'ylagimning xarir xalati yelkamdan biroz tushib turibdi. Qattiq nafas olib chiqarganim uchun ko'krak qafasim pastga tushib harakatlanar ekan u ko'zini ikki oldim*dan uzmay meni zavq bilan kuzatardi. Oxiri chiday olmay uni o'zimdan itara oldim.
Aera: qanday qilib uyimga kirdingiz? Nima uchun bunchalik menga zulukdek yopishib oldingiz?- Jahlim chiqqani uchun ivozimni biroz balandlashtirib yubordim. Bu telbaning dastidan men ham jinni bo'lyapman.- bo'ldida, yetar endi.

Unga qarab gapirar ekanman birdan qornim yonimda muzdek metallni his qildim. Ey Hudoyim. Bu nima bo'ldi? Yonimdagi yigit bir yelkamdan ushlab meni o’ziga tortgan holda suvoq qurolini tanamga tiradi.
Taehyung: ovozingni chiqarsang quroldagi o'qni biqiningga joylab qo'yaman.
Undan chinakamiga qo'rqaman. Buni tan olishni istamasam ham tanam, ruhim doimo undan hayiqadi. Taniganimga bir necha kun bo'lgan bu yigitni nimasiga bunchalar cho'chiyman, hayronman ochig'i. U qo'rqqanimdan yuzimga ter tomchilari chiqganini bildi chog'i qornimdagi qurolni olib xonamdagi kursiga borib o'tirdi. Boshdan oyoq meni tanamni sinchiklab qaragan yigitdan uyalib, tungi kiyim xalatini yanada ustimga o'radim.
Aera: mendan nima hohlaysiz o'zi? Bog'zimga kelib kettingizku.
Taehyung: aytganimdek menga rafiqa bo'lasan Yiye Aera.
Aera: men buni istamayman. Nega tushunmayapsiz? Har kuni uyim oldiga kelib o'g'ridek poylab meni kuzatasiz. Ortimga odam qo'yasiz, har bir qadamimni poylaysiz.
Taehyung: niyatim seni o'zimniki qilish. Kechqurun mushukchadek uxlar ekansan. Qoyil hatto lablaringdan totganimda ham sezmading.

Bu jinni nimalar deyapti o'zi? Nima u..u mendan bo'sa olishga ham ulgurdimi? Menga qarab turgan yigit stuldan turib yonimga kelar ekan bu safar undan qochishni o'zimga ep ko'rmadim.
Taehyung: qarshilik qilaversanversang bilib qo'y...majburlab bo'lsa ham senga uylanaman.
U shunchalar o’ziga ishonib gapirdiki, bir zumda tanamda uchmagan joyim qolmadi. U yana sekin men tomonga yurib kelar ekan oyoq yonalishini devorga emas, yotoq tomon burdi. Esim o'zimga kelib endi undan nari ketmoqchi edim...lekin endi hammasi kech. U meni yotoqqa qulatib, o'zi tizzasiga tayangan holda men tomonga egildi. Uni o'zimdan itarib turib keta olmayapman. Tanam o'zimga bo'ysunmayapti. Qarshimdagi yigitning qorachiqlariga asir bo'lganga o'xshaydi ko'zlarim...tungi kiyimimning xalatining bog'ichini ushlab sekin ularni ajratdi. Yelka qismimni ochar ekan boshini sochlarim orasiga ko'mib chuqur nafas olganini sezdim. Qarshilik qilib uning yelkasidan itarmoqchi edim lekin uning kaftlari qo'llarimni maxkam ushlab oldi.
Taehyung: tezroq qaroringni ayt! Bo'lmasa har kuni kuni mehmoning bo'laveraman.
U bosh barmog'ini pastki labiga artib, so'ng mening lablarimga surtdi. Bunday shahvoniy qiliqlardan so'ng bo'shashib ketdim. Mendan uzoqlashgan yigit bo'lsa dezrazadan sakrashidan oldin men tomonga so'nggi bor qaradi.
Taehyung: qizil rang senga yarashar ekan. Ayniqsa u tungi kiyim bo'lsa.

*

Kecha ishdan oyligini olgan qiz bugun uning teng yarmini yetimxona mudirasining qo'liga tutkazdi. Bu bemehr ayol hech qachon pul degan narsadan tortinmaydi. Shuning uchun ham Jehan unga har oy olib kelgan maoshini qurtdek sanab oladi. Mana hozir ham qiz bergan pullarni sanar ekan ora orada yuziga kulgu olib kelardi. Ishini tugatgandan so'ng esa yonidagi qizga jirkanch kulgusi bilan qaragan Min xonim qo'lidagi pullarni xonasining stol tortmasining ichiga soldi. Jehanga ketishini aytar ekan qiz eshikka bormasidan oldin unga murojaat qildi.
Min xonim: Jehan sen allaqachon o'n yetti yoshni to'ldirib yangi yoshga yani o'n sakkizga qadam qo'yasan. Bilasan bu yerdagilar o'n sakkizga kirgandan so'ng ortiq yetimxonada yashay olishmaydi. Shuning uchun harakatingni yaxshiroq qil.
Mudiraning xonasidan chiqqan qiz bir muddat joyida qolib, uzoq o'yga toldi. Min xonimning aytgan gaplari "ko'ch to'roningni yig'ishtirib tezroq o'rningni bo'shat" degandek uning yuziga tarsaki tushurgandek bo'ldi. Jehan bir kun kelib albatta bu yerdan ketadi. U balki o‘zini eplar, yashashi uchun bir ilojini topar...lekin faqatgina bir tomonni o'ylab bo'lmaydi. Sojun...uning ukasi bor. U mana shu narsadan tashvishda edi. U bu yerlardan ketganidan so'ng, ukasi kim bilan qoladi? Olib ketaman desa, qizning sharoiti yaxshi bo’lmagani uchun davlat yetimxonasi Sojunni hech qachon unga bermaydi ham. Qiz mana shundan havotirda. Bugun yakshanba bo'lgani uchun Jehan ishga bormadi. Yo'lini o'g'il bolalar binosida yo'naltirmoqchi edi lekin bundan bir necha daqiqa ilgari bo'lib o'tgan ishlar, o'ylar va gaplar uning ko'ziga yoshlarini keltirdi. U hozirda oʻzining ham xonasiga kira olmaydi. Chunki uning xonadoshlari...Jehan ularning yonida hech qachon yiglamaslikka ont ichgan. Bunga arzirli sabablarga ko'ra albatta.
U vaqtlar Jehan juda kichkina edi. Ota-onasidan endigina ayrilgan bolalar yetimxona ostonasiga kirishar ekan qizning qo'lini qattiq ushlab olgan mitti kaftchalar allaqachon sovuqdan muzlab ketgan. Mashina eshigini qayta yopib, o'z ukasining farzandlarini yomg'irli kunda yetimxonaga tashlab ketgan ayol ularga achinib ham o'tirmadi. O'sha kundan besh kun o'tib esa Jehanning xonadoshlari uning kechga yaqin yig'lab, mitti qo'lchalarida turgan taqinchiqni uning kaftidan yulib olishdi. Bu qizning onasidan qolgan estalik. U faqat onasini sog'ingani mana shu taqinchoq bilan ovunadi. U hali yangi kelganligi uchun xonasida birga turadigan qizlar uni chiqishtirishmadi. Ular taqinchoqni kapalak tushurilgan toshchasini buzib tashlashdi. Shundan keyin Jehan uni qayta o'xshatdi, lekin bo'ynidan bir zum bo'lsa ham yechmadi. Shu shu bo'lgan voqelardan so'ng esa qiz hech qachon boshqalarning yonida yig'lamaydigan bo'ldi. Achchiq alamli xotiralarni yodga olgan Jehan qadamlarini yatimxona hovlisiga burdida toza havodan to'yib nafas oldi. U har doim shunaqa qiladi. Yig'lagisi kelgan paytlar toza yoki yomg'ir, shamolli havoga chiqib chuqur nafas olishni boshlaydi. U shu turishidan bir necha daqiqa ko'zlarini yumib tin oldi. Ko'zlarini ochganda esa...uzoqdagi qora rangdagi mashina oynalarini qayta yuqorilatib bu yerdan uzoqlashayotganini ko'rdi.
Jehan: yana o'sha mashina. "1997 JK"...

*

Bugun ishga bormaganim uchun ukam bilan yaxshi vaqt o'tkazdim. U ko'proq berkinmachoq o'ynashni yaxshi ko‘radi. Har doim qayerlargadir yashirib olganidan bazi vaqtlar uni qildirib topa olmayman. Tan olishim kerak u bunday o'yinlarga usta. Sojun...mening yolg'iz qolgan jigarim aynan u. Har doim unga qarasam ota-onamdan qolgan yodgorlik bo'lib ko'rinadi ko'zimga. Uning yuz tuzilishi xuddi dadamning o'zginasi. Faqatgina ko'zlari oyimniki. Uni shu qadar yaxshi ko'ramanki, oddiy qo'liga zirapcha kirsa ham men azob chekaman. Bugun u bilan yaxshigina vaqt o'tkazib, kechga yaqin u yaxshi ko'radigan shirinliklarni olish uchun do'konga chiqgan edim. Qo'limdagi paketlar bilan ortimga qaytar ekanman yonimdan shiddat bilan o'tgan mashina mendan besh olti qadam narida to'xtadi. O'sha qora mashina. Undan tushgan yigit ham xuddi o'zi.

Bu yigitni men ertalab ham ko'rgan edim. Lekin nima uchun u bu yerlarda o'ralashib qoldi. Unga ahamiyat bermay ketmoqchi edim lekin uning aytgan gaplari meni joyimda tosh qotdirdi.
Jungkook: demak, Kim Jehanman degin.
Uning aytgan gaplaridan hayratlandim. Qanaqasiga? Unga kecha boshqa ism aytgan edimku. Lekin hozirda qarshimda turgan bu yigit men o'z ismimni aytdi. Yonimga sekin yurib kelgan yigit cho'ntagidan segaret chiqarib uni og'ziga olar ekan yondirgich bilan uni yoqdi. Chuqur tortib yuzimga qarata purkadi. To'g'risini aytaman. Men segaret hidini narkotik odamlar qanday qilib qora doriga oshiq bo'lsa, men uning hidiga shunchalar mastman. Lekin buni qarshimdagi yigitga sezdirmadim. U ko'zlarimga qarab turar ekan yuzimga tushib turgan soch tolamni biroz chetga surdi. Kim bo'ldi o'zi bu? Qilgan ishini yoqtirmay qo'lini nari surib tashladim. U bo'lsa miyig'ida kulib menga qarab kuldi.

Jungkook: nima uchun menga o'z ismingni aytmading go'zalim?
Jehan: shuni hohladim.
Jungkook: shunaqami? - u atrofimda aylanishni boshladi - o'n yoshiga yetmasi Ota-onasidan yetim qolgan Kim Jehan. Aytgancha sening ukang ham bor. Ismi Sojun. U hozir o'n yoshda shundaymi? Shunday...hech qayerda o'qimayotganingni ham bilaman. O'ninchi sinfni bitirib maktabda o'qishni to'xtatgansan. Bu yerda bir necha ko'cha narida Xvan Jonsuk degan insonning do'konida ishlaysan va hozirda o'n yetti yoshdagi go'zal qizaloqsan.
Endi chindan ham hayratdaman. U nima uchun va qanday qilib men haqimdagi gaplarni bilishi mumkin? U qayta qarshimga chiqar ekan tugab qolgan segaretini yerga tashlab oyoqlari bilan uni ezg'iladi.
Jungkook: bu hali hammasi emas. Men sen haqingdan hattoki sen bilmagan ma’lumotlarni ham bilaman.
Jehan: nega? - u meni yuzimga bir zum shunday tikilib qoldi - nima uchun men haqimdagi gaplarni izladingiz? Siz kimsiz o'zi? Kecha meni shunchaki ko'cha qizlaridan qutqatib qolgan oddiy bir insonsiz xolos. Boshqa bu yerga kelmang.
Uning yonidan o'tib ketib, tez tez yurishni boshladim. Bir necha daqiqaga ham yetmay mashinaning motori va uning yonimdan o'tib ketganini ko'rdim. Mashinadagi inson uning derazasidan qo'lini chiqarib uni silkitar ekan "yana ko'rishamiz" degandek ko'zini qisib qo'ydi.

*

Ochiq deraza. Uning tepasiga ilinga pardalar esa mayin shamoldan bir maromda tebranmoqda. Yotoqda shirin uxlab yotgan qizning yoniga oʻtirgan yigit uning yuziga bir necha muddat tikilib qoldi. U hali hamon dushmanining sevgilisi shu qadar go'zallikiga ishongisi kelmas edi. U bir tarafdan xursand. Chunki bu qiz Taehyungga turmush chiqishi har tamonlama aniq. U Aerani shu qadar o'rab oldiki, endi qizning roziligini kutsa bo'ldi. Qiz butun umr uniki. U yotoqda uxlab yotgan qizning qizil g'uncha lablariga tikilib ulardan bo'sa olish uchun yuzini qizning yuzi tomon egdi. Oʻzining sovuq lablarini qizning muloyim va issiq g'unchalari bilan birlashtirar ekan o'zida cheksiz hissiyot tuyib ularni galma galdan o'pishni boshladi. Har lablarini harakatga keltirib asirdagi lablarni shimar ekan ichidagi kelayotgan kuchli hohishni bosishga urinib qizning lablaridan qattiq tishlab oldi. Noqulaylikdan uyg'ongan qiz tepasida undan bo'sa olayotgan yigitni ko'rib uyqusi bir deganda o'chib ketdi. Aeraning ko'zlari ochilganini ko'rgan yigit bo'lsa u hozir qarshilik qilishini payqab ikki qo'lini tepaga ko'targan holda ishini davom ettirdi.
Taehyung: to'xtab tur. To'yib olay.
U shu yo'sinda qizdan bo'sa olib bo'lib qaddini ko'tardi. Aera bo'lsa tungi kiyimini oldini yaxshilab yopib, qaddini rostladi.
Aera: bu yerda nima qilyapsiz? Qanday qilib kirdingiz? Axir deraza...
Qiz xonasidagi deraza tomon qarar ekan uxlashidan oldin uni berkitgani aniq yodida edi. Lekin hozir u ochiq. Bu albatta yonidagi yigitning ishi. Qorong'ulikdan Taehyungni yuzini ko'rish biroz qiyin bo'lsada, uning shahvatga yongan qorachiqlarini ko'rish ancha oson edi. Yotoqdan turmoqchi bo'lgan Aeraning yelkalarini Taehyung ushlab uni joyiga o‘tkazdi. O'zi ham yoniga oʻtirgan holda unga uzoqdan uzoq tikildi.
Taehyung: turmush qurganimizdan so'ng qanday qilib yonimdan yotasan? Man shuni tekshirmoqchiman.

Aera: yana qanaqa turmush? Men sizga hali rozilik berganim yo'q. Qolaversa, bu nikohga butunlay qarshilik berib bo'lganman. Keyin bilib qo'ying....men boshqadan pul olaman. Lekin sizdan emas.
Miyig'ida kulib qo'ygan yigit uning yuzi tomon qayta egilib uning ko'zlarini sinchiklab tekshirdi.
Taehyung: tirrancha Nikidanmi? Agar u o'sha vaqtgacha yashasa albatta.
Aera: Nikiga hech narsa qila olmaysiz. U....u bunga yo'l qo'ymaydi.
Taehyung: sen shunday deb o'ylaysan. Meni qo'limdan kelgan ishlarni sen hali o'ndan birini ham ko'rganing yo'q go'zalim. Shaytondan battar yomonliklar qo'limdan keladi.
Gaplarini tugatgan yigit lablarini qizning yanog'iga bosib, yotoqdan turdi. Bu yerda ketish uchun chog'lanar ekan so'nggi bir shok holatda turgan qizga o'lim nigohlarini qadadi.
Taehyung: Aera.....eslab qol. Agar o'sha iflosdan pul olsang birinchi navbatda sening o'sha pullarga tekgan qo'llaringni chopaman keyin esa o'sha qog'ozlar bilan birga tirranchaning o‘zini olovda yoqaman!
Shu bilan jimjitlik....

~
Yoqimli mutolaa
By: Jehan💗