September 24

𝗘𝘃𝗲𝗿𝘆𝗼𝗻𝗲 𝗵𝗮𝘁𝗲𝘀 𝗯𝘂𝘁 𝘆𝗼𝘂

Pov Minsa: oʻsha voqeadan keyin nimalar yuz berdi bilmayman. Oradan qancha vaqt oʻtgani ham menga nomaʼlum... Lekin bir narsani sezyapman, hali men tirikman... Barmoqlarimni qimirlata olyapman. Oʻshandan keyin barchasi tugadi deb oʻylagandim, lekin unday emasga oʻxshaydi, balki shundaydir. Balki men hayolimda tirikdirman...
Yoʻq, men tirikman. Sekinlik bilan koʻzlarimni ochishni boshladim. Birinchi xira holda oppoq shift va chiroq koʻzimga koʻrindi. Ozroq tanamni koʻtarishga harakat qildim, boʻlmadi. Qovoqlarim endilikda butunlay ochildi. Xonani koʻzdan kechirar ekanman bu yer umuman boshqacha edi, men shifoxonadaman. Yana hamma narsa zamonaviy holatda edi. Nazarimda, men yana oʻz olamimga qaytgan ko'rinaman. Lekin nega shifoxonada paydo boʻlib qoldim? Ayni paytda miyyamda oʻz javobini izlayotgan ming xil savollar mavjud. Xotiramni ishga solib boshqa olamga tushishimdan oldingi soʻngi voqealarni eslashga urindim... Avtohalokat. Soʻngi marta avtohalokatga uchragan edik. Men va Jimin. Oʻsha voqeadan soʻng men oʻzga dunyoga tushib qolgan edim. Lekin Jimin qayerda??? Nimalar boʻlyapti oʻzi? Oʻz hayollarim qurshovida savollarimga javob izlarkanman yerga tushib quloqqa yoqmaydigan ovoz chiqargan shisha parchalari eʼtiborimni tortdi. Nigohimni eshik tomonga yoʻnaltirar ekanman menga shok holatga tushib qolgan hamshira baqrayib turganini koʻrdim. Nega menga u bunday qarayapti?
Minsa: m...men qachondan beri bu yerdaman? Menga nimalar boʻlganini bilsangiz tushuntiring. Iltimos. – undan nimadir bilib olish maqsadida savol berar ekanman u savollarimni etiborsiz qoldirib, " hozir bosh shifokorni chaqirib kelaman" deya koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Doktor: nihoyat uyg'ondingiz Minsa xonim. – menga qarab turgan doktor mamnuniyat ila soʻzida davom etdi.
Doktor: ahvolingiz ancha yaxshi, tashxis natijalariga koʻra siz tuzalgansiz. Buguncha sizga tomchi ukol qilamiz va ertadan agar hech qanday muammo yuz bermasa ketishingiz mumkin boʻladi. – qoʻlidagi hujjatlardan nimadirlarni oʻqiyotgan doktor oxirgi jumlalar bilan gapini yakunadi.
Minsa: hozir qaysi oy va nechinchi sana? – doktor gapini yakunlarkan miyyamga kelgan ketma ket savollarni men ham birma bir berishni boshladim.
Doktor: bugun 12–sentyabr 2024-yil.
Minsa: Nima???
Doktor: ha Minsa xonim, avtohalokatdan soʻng siz deyarli 5 oy davomida komada edingiz. – doktorni aytayotgan gaplaridan hayratga tushayotgan qiz ichida boʻlgan voqealarni tahlil qila boshladi.
Minsa: J...Jimin, Jimin qayerda??? U ham avtohalokatda men bilan birga edi! – miyyamga birdan urilgan hayollardan yetarlicha xavotirga tushgandim. Doktordan Jimin haqida soʻrar ekanman, u boshini pastga egib gapida davom etdi.
Doktor: eringiz afsuski hali ham koma holatida. Qachon uygʻonishi esa aniq emas. Bizning qoʻlimizdan esa umid qilishdan boshqa narsa kelmaydi.
Minsa: bu nima deganingiz??? Qanaqasiga? Axir sizlar doktorsizlar! Sizlar buni qila olishingiz kerak!
Doktor: xonim koma holatida uygʻonish uygʻonmasligi insonni oʻziga bogʻliq boʻladi. Biz bu borada hech narsa qilolmaymiz.
Minsa: qancha davom etadi bu???
Doktor: Bir necha kun, oy, yil, balki, umrbodga boʻlishi ham mumkin. Men aniq nimadir deyolmayman.
Pov Minsa: doktorni gaplarini miyyamda tahlil qilib ulgurmasimdan eshikdan kirib kelgan oyim va dadam meni koʻrib jilmaygan holda yonimga kelib joylashishdi.
Una xonim: qizalogʻim nihoyat uygʻonding. Bu damlarni men qancha kutdim axir... – koʻzlarida yosh bilan qizini bagʻriga bosgan ayol, Minsani sochlaridan silab chuqur hidladi.
Minsa: oyijon men ham sizni sogʻindim, endi koʻp siqilmang. Men ancha yaxshiman, – meni quchoqlab turgan oyimni tinchlantirish maqsadida taskin berarkanman dadam ham gap boshladi.
Janob Jun: xotin boyadan beri quchoqlashib turipsizlar, endi meni navbatim. Men ham qizimni sogʻindim axir. – ayoli va qiziga qarata hazil qilgan erkak ham ular safidan joy oldi.

Pov Minsa: men xursandman, yana oilam bilan birgaman. Haqiqiy oilam bilan. Ular meni yaxshi koʻrishadi, har qanday vaziyatda ham tashlab ketishmaydi. Bunday oilam borligidan faxrlanaman. Lekin men haligacha boshqa olamga qanday tushib qolganimni anglab yetolmayapman. U yerda menga yaqin boʻlgan Jehan bor edi... Hyunjin bor edi. Toʻgʻri, u hozir ham bor, lekin yonimda emas... Hammasidan ham koʻra Jiminni sogʻindim... Qiziq, agar uygʻonsa u ham oramizdagi shuncha boʻlgan ishlarni bilarmikin? Agar hech qanday voqea yuz bermaganida biz farzandlik boʻlishimizni bilarmikin..? Uygʻonganida yana avvalgidek qoʻpol Jimin boʻlib qolsachi? Bu hayollar meni adoyi tamom qilmasa boʻldi...
Doktor: boʻldi Minsani charchatmanglar, hali endigina uygʻongan boʻlsa...
Minsa: Jiminni koʻrsam boʻladimi? – hayolimga kelgan birinchi gapni oʻylab oʻtirmasdan aytdim. Menga hozir u kerak.
Doktor: ha albatta uni koʻrishing mumkin.
Una xonim: qizim dadangni kompaniyada ishlari bor, men esa yoningda qolaman.
Minsa: yoʻq oyi siz ham ketavering. Men yaxshiman. Axir uyga kim qaraydi?
Una xonim: yaxshi unda men kechqurun senga oʻzim pishirgan ovqatlar bilan yana kelaman.
Minsa: hop yaxshi boringlar...
***
Pov Minsa: Jimin yotgan xona eshigi oldida turarkanman, kirishim kerakmi yoki yoʻq deya oʻylanmoqdaman... Qachon uygʻonar ekan... Ortiq turmasdan eshik dastagini burab ichkariga kirdim, va u yotgan yotoq yonidagi stulga oʻrnashib oldim... U hali hamon qimirlamasdan yotibdi.
Minsa: salom, meni eshitmayotganingni bilaman, ammo mayli... Eshitmasang ham his qilsang boʻlgani... Men uygʻondim, bilasanmi men koma holatida boʻlganimda boshqa olamga tushib qoldim... Nega bunday boʻlganini haligacha aniqlay olmayapman... Lekin bir narsani aytishim kerak, biz... biz sen bilan juda baxtli edik. Balki bularning bari tushdir, muhimi sen ham men seni sevganimdek sevarding... Hattoki biz farzandli boʻlish arafasida edik. Lekin boʻlmadi... Har doim sen bilan birga boʻlishga uringanimda nimadir sodir boʻladi va hammasi yana boshidan boshlanadi... Men bilmayman, balki sen ham men koʻrgan narsalarni koʻrgandirsan yoki umuman aksi. Agar uygʻonsang yana avvalgi holatingga qaytishingni sezyapman. Biz yana ayrilamiz. Hattoki butun umrga ayrilamiz. Agar menga tanlov imkoni berilganda men tush koʻrganimdagi olamda qolishni afzal koʻrardim. Chunki u yerda baxtli edim, hozirgiga nisbatan. Biz ajralsak ham bir narsani bilishingni istardim, men seni bir marta ham sevishdan toʻxtamadim. Koʻp gapirib yuborganga oʻxshayman. Seni ham charchatib qoʻygan boʻlsam kerak. Mayli, men hozir ketaman. Lekin iltimos... Uygʻon Jimin. Birga boʻlmasakda bu olamda yashayotganingni bilsam kifoya. Seni sevaman.
Koʻzlaridan oqqan tomchi yoshlarini artgan Minsa sekinlik bilan xonani tark etdi. Hali butkul oʻziga kelmagani tufayli devorni ushlab ketarkan unga turtilib ketgan kimsani sezmay qoldi. Qattiq turtilish natijasida yerga yiqilgan Minsani koʻrgan qiz tezlikda uning oldiga choʻkkaladi.
– hoy hoy ahvolingiz yaxshimi? Ming bor uzr. Meni kechiring men koʻrmay qoldim.
Minsa: J...Jehan? – endigina boshini yuqoriga koʻtargan Minsa Jehanni koʻrib hayratga tushib qoldi.
Jehan: k..kechirasiz? Meni taniysizmi? Lekin sizni eslay olmadim xonim. – uni tanimagan Jehan ham Minsaga bir qoshini chimirgan holda tikildi.
Minsa: ha yoʻq, uzr. Sizni bir tanishimga oʻxshatdim. – Jehanni hech narsani eslay olmayotganini anglagan Minsa buni shunchaki eʼtiborsiz qoldirishga qaror qildi. Yaqin dugonasi boʻlmasa ham bu olamga mavjud. Muhimi shu Minsa uchun.
***
3 haftadan soʻng
Qahvaxona oynasidan koʻchani tomosha qilayotgan qiz ora orada qahvasidan simirib qoʻyishni ham unutmasdi.
Hayollarga choʻmib ketgan Minsa ortidan kelib koʻzlarini yumgan kimsani payqamay qoldi. Qizni koʻzlarini qoʻllari bilan yumgan kimsa jim turaverdi.

Minsa: hoy kim bu? – koʻzlarida turgan qoʻllarni olib tashlashga harakat qilayotgan qizni endilikda jahli chiqishni boshlagandi.
– saloooom – birdan qizni oldidagi oʻrindiqqa oʻtirgan yigit jilmaygan holda Minsaga tikildi.
Minsa: Hyunjin? Sen bu yerda nima qilyapsan? – hayratini yashira olmay yigitni savolga tutdi qiz.
Hyunjin: men shu qahvaxonada qahva ichayotgan edim, qarasam sen ham shu yerda ekansan. Ahvollar qanday?
Minsa: nima balo taqdir hamma bilan birma bir uchrashtiryaptimi? – oʻziga eshitiladigan darajada pichirlab qoʻydi qiz. – menda hammasi joyida. oʻzing qandaysan?

Hyunjin: yaxshi. Shu desang senga bir taklifim bor.
Minsa: eshitaman.
Hyunjin: shu seni Mystic & Pine kompaniyang borku...
Minsa: xoʻsh?
Hyunjin: xullas, senga yangi hamkor topdim.
Minsa: kim ekan?
Hyunjin: mana u, qarshingda turipti. – qoʻllari bilan oʻzini koʻrsatgan yigit yana bir marta jilmayib qoʻydi.
Minsa: sen men bilan ishlamoqchimisan?
Hyunjin: albattada, buni nimasi yomon?
Minsa: hoy kompaniyada asosiy boshliq men emas, erim.
Hyunjin: axir menga kompaniya hissalari teng ikkiga boʻlingan degan edingku?
Minsa: shunday lekin rasmiy boshliq u.
Hyunjin: hech qsi yoʻq, seni ham haqqing bor.
Minsa: yaxshi, koʻndirding. Ertaga kel. Hujjatlarni koʻrib chiqib, shartnoma belgilaymiz.
Hyunjin: ajoyib. Boʻpti unda ertagacha koʻrishguncha, Hamkor. – oʻrnidan turib qizga qoʻl uzatgan boʻldi Hyunjin.
Minsa: ertagacha – javoban qoʻl uzatgan qiz ham doʻsti bilan hayrlashdi.
***
Shifoxonaga kirib kelgan Minsa oʻziga kerakli boʻlgan xonaga kelgach ichkariga kirdi. Har doimgidek stul olib erining yoniga joylashib sukut saqlab turdi.
Minsa: hayrli kun. – gap boshladi qiz. – ahvoling yaxshimi? Men yaxshiman. Bugun ham har doimgidek oʻzimga oʻzim gapirib ketadiganga oʻxshayman. Bugungi kunim ham deyarli kompaniyada oʻtdi. Butun bir katta kompaniyani boshqarish ozroq qiyinchilik tug'dirishini aytmaganda menda hammasi joyida. Sen boʻlganingda yanayam yaxshi boʻlardi... Ha mayli, qachon boʻlsa ham uygʻonsang boʻlgani. Boʻldida endi... Qachon uygʻonasan??? Yetmaydimi shuncha yotganing??? – xuddi Jimin uygʻoq va Minsani eshitayotgandek qiz eriga tanbeh berardi... Tushkun holatga tushgan qizni koʻzlaridan yana bir necha tomchi koʻz yoshlari oqa boshladi.
Jimin: menimcha yetadi shuncha yotganim... – koʻzlarini ochganidan xotiniga termulgan yigit jilmayib qoʻydi.
Minsa: NIMA??? Sen...siz... Uygʻondingiz? Qachon turdingiz??? – hayratdan koʻzlari katta-katta boʻlib ketgan qiz nima deyishini bilmay duduqlanib qoldi.
Jimin: meni boyadan beri sensirayotgan eding, nima boʻldi?
Minsa: m..men men shunchaki, adashib ketdim. Kechiring.
Jimin: hech qsi yoʻq.
Minsa: hozir doktorni chaqiraman.
***
Oradan 1 hafta oʻtdi.
Pov Minsa: bugun sud boʻladi. Oʻsha kundan soʻng, Jiminga ajrashamiz deganimda shunchaki "menga farqi yoʻq, seni qaroring" dedi xolos. Men umid qilgandim. U ajrashmaydi, biz yana birga boʻlamiz deb umid qilgandim. Lekin boʻlmadi... Har doimgidek boʻlmadi! Bundan keyin ham boʻlmaydi. Biz birga boʻlsak baxtli emasmiz! Boʻlolmaymiz ham! Balki ajrashsak u baxtli boʻlar... Yuragimga uni sevma boshqa! Bas! Deya uqtirolmayapman... Qoʻlimdan kelmayapti... Lekin boshqa ilojim yoʻq! Hammasi tugasin tezroq. Balki vaqt oʻtib uni unutarman... Lekin kompaniyada har kuni koʻramanku uni. Nima qilishni ham bilmayman... Hayollarim chalkash... Nima boʻlsa boʻldi. Hammasini endi taqdirga qoʻyib berdim.
Sud zaliga kirarkanman u allaqachon shu yerda edi. Nima? shunchalar tezroq men bilan ajrashishni xohlaydimi? Unga eʼtibor bermay oʻzimni oʻrnimga borib joylashdim. Hech qancha vaqt oʻtmay sudiya ham kirib keldi. Biz Jimin bilan qarama qarshi oʻtirarkanmiz u har zamonda menga qarab qoʻyardi. Lekin endi bu qarashlardan foyda yoʻq!
Sudiya bir qancha hujjatlarni koʻrib chiqib biz bilan bir necha savol javoblarni amalga oshirdi. Ular oʻtgandan keyin asosiy ish qoldi. Shunchaki "ha" yoki "yoʻq" deyish bilan barchasi hal boʻladi.
Sudiya: Park Jimin, siz turmush oʻrtogʻingiz boʻlmish Park Minsa bilan ajrashishga rozimisiz?
Jimin: ......Ha.

Pov Minsa: "Ha" birgina soʻz va hammasi tugadi. Nahotki biz ajraldik? Bu haqiqat boʻlsada bunga ishonishni xohlamayman... Men haqiqatdan ham umid qilgandim, u "yoʻq" deyishini kutgandim. Lekin yoʻq. U bu soʻzning aksini aytdi. Endi rostdan ham barchasi tugadi... Endi men Park Minsa emas balki, Lee Minsaman!
***
Erta tongdan turib dush qilib chiqqan qiz garderobiga kirib bugungi yana bir maʼnosiz kun uchun kiyim tanlay boshladi.
***
Kompaniyaga kirib kelgan qiz liftdagi yuqoriga chiqish tugmasini bosarkan, bir necha daqiqa oʻtmasdan eshiklar ochildi. Ichkariga kirgan qiz eshik yopilishini kutarkan, endi yopilaman degan eshik boshqa qoʻllar ushlab qolgani tufayli qaytadan ochildi.
Hyunjin: hayrli tong. – lift ichiga kirgan Hyunjin yana oʻsha tabassumi bilan qizga yuzlandi
Minsa: senga ham. – qisqagina javob qildi Minsa. – aytgancha, nega ertalabdan bu yerdasan?
Hyunjin: kecha bir ikki hujjatlar qolib ketibdi. Shularni olishga keldim. Axir ikkita kompaniyada birdan ishlash oson emas.
Minsa: ha shunday.
Lift eshiklari kerakli qavatga kelib ochilarkan undan birinchi boʻlib chiqqan qiz poshnali oyoq kiyimi bilan xonasi tomon yura boshladi. Hyunjinning ham xonasi Minsaga yaqin boʻlgani tufayli qizni ortidan ketayotgan yigit ora orada gapirishni ham esdan chiqarmasdi. Uzun yoʻlakdan yurayotgan qiz, baland poshnalari tufayli bir pasda sodir boʻlgan voqeani anglolmay qoldi hatto. Oyogʻi sirgʻalib ortga yiqilayotgan Minsani tutib qolgan yigit yana unga jilmayib turardi. Hyunjinning bir qoʻli Minsani belidan oʻralgan boʻlsa, ikkinchisi uni tutish maqsadida yelkasidan ushlagan edi.
Endigina xonasidan chiqqan Jimin ularni bu holatda koʻrarkan, qoʻllari musht holatga kelganini hatto oʻzi ham sezmay qoldi.
Oʻziga kelgan qiz tezda Hyunjinni qoʻlidan ozod boʻlarkan, boʻlgan voqeadan ikkisi bir vaqtda kulib yuborishdi. Bularni kuzatishda ortiq sabri tugagan yigit, Minsa tomon katta katta qadamlari bilan yaqinlashdi.
Jimin: Bu nima ahvol? Sizlar ishxonadasizlar!
Hyunjin: kechirasiz. Bu tasodifan sodir boʻldi.
Jimin: shunga kulib oʻtirish kerakmi??!
Minsa: uzr soʻradiku!?
Jimin: sen jim boʻl!

Minsa: ertalabdan chap tomoningiz bilan turdingizmi deyman?! Kettik Hyunjin. – Hyunjinning tirsagidan qoʻlini aylantirgan qiz yigitni endi olib ketmoqchi boʻlganda boshqa qoʻllar qizning qoʻlidan ushlab duch kelgan xonaga olib kirarkan, keyingi daqiqalarda oʻsha xonaning eshiklari qulflangani ovozi eshitildi.
Minsa: tushunmadim? Bu rashkmi? Nima qilmoqchi boʻlyapsiz oʻzi?
Jimin: sen nimalar qilib yuripsan?
Minsa: sizga nima? Men bilan ishingiz boʻlmasin! Oramizdagi aloqalar allaqachon tugatilgan! Meni tinch qoʻying.
Qiz gaplarini yakunlagan koʻyi xonadan chiqish maqsadida eshik dastagiga qoʻl urgan payt ortidan kelib tortgan baquvvat qoʻllar tufayli yana yigitning quchogʻida paydo boʻldi. Undan uzoqlashmoqchi boʻlgan Minsa tinmay tipirchilarkan Jiminning keyingi harakatidan karaxt ahvolga keldi. Yigit qizning lablarini qontalash holatga keltirgancha tinmay soʻrib tortarkan, qizni qarshilik qilayotgan qoʻllarini bir deganda tepaga koʻtarib eshikka tirab ishida davom etdi.