June 8, 2025

Dead End... Ep-4

~ 17 yoshga kirgan kunimga ming la'nat...


~Men o'zimga keldim. Og'riqlarim ancha kamaygan, ammo juda nimjon va zaif edim.
Birinchi bo'lib xonaga qaradim. Shinam va chiroyli edi, unchalik katta emas. Tahminim bo'yicha bir kishi uchun mo'ljallangandi.

So'ng usti-boshimga qaradim. Kiymim almashtirilgan, ustimda jigarrang pijama bor edi. Sochlarim yig'ilgan, ammo hali ham yuvilmagan, qon hidi anqib turardi.

Amallab o'rnimdan turdimu yotoq yonidagi oynaga qaradim. Yuzim ancha dabdala bo'lgandi. Hatto o'zimga rahmim kelib yig'lab yubordim.

O'sha kun tugadim deb o'ylagandim, ammo hayot doimgidek syurprizlarga boy.

β€” Ammo o'sha kuni nima bo'ldi o'zi?

Men oynaga qarab o'zimga shu savolni berarkanman, o'sha kuni ko'rgan so'ngi nigohim va eshitgan so'ngi gapim yodimga tushdi.

Uning chehrasi... Uning gapi..
β€”Ko'zlaring chiroyli ekan!

Ha u menga shunday degandi. So'ng qo'lida hushimni yo'qotgandim.

Uning ko'zlari ham juda boshqacha edi.

β€” Nega men umrimda bunay nigohni uchratmaganman?

O'zimga o'zim savollar berib sekin xona to'g'risidagi deraza oldiga bordim.

Oynadan ko'chaga termuldim. Katta hovli va qator qora mashinalar turardi. Yana qora kiyimli qo'riqchilar ham.

β€” U shunchalik boymi? Kimsan o'zi Yoongi?

Miyamda tinimsiz hayollar aylanardi.

β€” Nega uning nigohini unuta olmayapman? O'sha qisiq gipardning ko'ziga o'xshagan ko'zlar... Uning issiq tafti...

Men muzlayotgan bo'lsamda, hushimni yo'qotishimdan oldin so'ngi his qilgan narsam uning iliqligi edi.

β€” Hoy nega buncha uni o'ylayapman o'zi?

O'zimni biroz koyib sekin eshik tomon yurib tashqariga chiqdim.
Eshikdan chiqarkanman, uzun kalidorda edim. Sekin yurib zina tomon bordim.

To'g'rimda katta zal, huddi besh yuldzuli mehmonxona zaliga o'xshardi. Juda boylikka o'ch bo'lmasamda, uy meni hayratda qoldirishga ulgurgandi.

Sekin zinadan pastga tushdim. Zal ichi bo'm-bo'sh edi.

Biroz hamma yerni tomosha qilib ko'z yugurtirarkanman, to'g'ridagi zinadan yoqimtoygina bir qiz tushib kelyotganini ko'rdim.

Qiz zinadan tushib menga biroz yaqinlashdida, yuzimni ko'rib qo'rqib ketdi.

β€” Hh..hoy, kimsiz?

Men pinagimni ham buzmasdan javob berdim.

β€” Mehmonman kichkintoy!
β€” Men... Kichkintoy emasman!

U duduqlangancha ko'karib ketgan yuzimga qarardi. Qizga biroz tikilib Dora yodimga tushdi. Beixtiyor ko'zimga yosh keldi.
Qiz esa menga qarab turardi, yig'layotganimni sezib menimcha havotir oldi.

β€” Hoy, hafa bo'lmang, men sizni yig'latmoqchimasdim!

Uning yuziga termulib biroz tabassum qildim.

β€” Isming nima?
β€” Bona, Min Bona!
β€” Haa, Yoongiga kim bo'lasan?
β€” Singlisi, sizchi?

Men biroz o'ylab qoldim. Nima deyishni bilmay sal bahona qilib yubordim.

β€” Men mehmonman, akang taklif qilgandi. Yaqinda ketaman!
β€” Haa, ammo... Yuzingiz!

Qizaloq shunday deya to'xtab qoldi. Men kulib unga javob berdim.

β€” Haa, bumii...? E'tibor berma hechnima emas!

Menimcha qizaloq ham urishga qiziqardi. U yuzimga qiziqish bilan termularkan

β€” Nima urushdingizmi?

Men kulib yubordim.
β€” Haa, birozgina!

Bora yuzimga jilmaygancha menga hikoya gapira ketdi.

β€” Vauuv, bilasizmi aslida men ham urishni, pistaletda o'q otishni va otda sayr qilishni juda yoqtiraman, ammo akam doim o'rgataman deb, ishi ko'pligi uchun o'rgatmaydi.

Qiz hayotidan nolib gapirarkan, o'zimga bergan vadam yodimga tushdi.

β€” Qizlarga urushishni o'rgataman va biz ham baxtli yashaymiz!

Men aynan shuni o'zimga vada bergandim, afsuski endi istasam ham uni amalga oshira olmasdim.

Ammo, bu qizcha juda beg'ubor va yoqimtoy edi. Ko'zlari ham huddi akasinikiga o'xshab ketardi.

β€” Senga urishishni o'rgataymi?

Qizaloq gapimdan hursand bo'lib ketdi shekilli

β€” Haa, albattaa!

U qichqirib yubordi. Men hayron qoldim.

Elr Pov-Nahot shunday boy odamning singlisi shu oddiy gap uchun shunchalar baxtli bo'lsa...?

β€” Yaxshi, senga o'rgataman, ammo qattiq sabr va mehnat kerak!
β€” Albatta, men juda sabrli va kuchliman, men akamga o'xshayman!

Qizaloq beg'ubor jilmayib o'zini maqtardi. Men esa bundan zavqlanib uni tomosha qilardim.

Elr Pov- Balki mening ham singlim bo'lganda, shunchalik bahtli bo'larmidim?

Min Bona

~To'g'ri ba'zida kuchli bo'lasiz, chiroyli ham bo'larsiz, boy ham bo'larsiz, ammo baxt degan tuyg'u siz uchun begona bo'lib qolaveradi.
Men doim urushishdan zavq va baxt olardim, ammo bilasizmi, eng kuchli og'riqlarimni faqat shu niqob ostiga berkitardim.

Kecha umrimdagi eng og'ir kaltakni yeb shuni tushundimki, hatto bu soxta baxt ham abadiy emas ekan...!

Biroz yerga qarab hayol surib qolibman. Bona esa hali ham meni javobimni kutib menga jilmayib turgan ekan. Uning mayin ovozi hayolimni buzib yubordi.

β€” Hooy, ismingiz nima o'zi? Mendan kattamisiz?
β€” A, haa! Ismim Elara. 17 yoshman!
β€” Ismingiz chiroyli ekan, men 15 yoshdaman!
β€” Ha, tanishganimdan hursandman, Bona!
β€” Elara yuring sizga uyni ko'rsataman!

Qizaloqning gapi menga biroz bo'lsada qiziq tuyuldi. So'ng uning ortidan ergashdim.

Birinchi qavatni aylanarkanmiz, katta oshxona, qo'shimcha yana o'ngacha mehmonlar uchun, yoki yana nimadirlar uchun tayyorlangan xona bor edi.

So'ng Bona zalning chetroqdagi bir eshikni ochdi. Ortidan qararkanman, katta basseyn bor edi.

Bilganingizdek men muzdek suvni juda sevaman. Ayniqsa hozirgi yonayotgan paytimda ayni muddao edi.

Ammo hali kelganim bir kun bo'lsayu, bezbetlarcha basseynga o'zimni ota olmasdim. Shunday bo'lsada bir qiziqib bu haqida so'rab o'tdim.

β€” Haligiii... Bona, basseynga tushish mumkinmi?
β€” Albattada, siz meni ustozim bo'lyapsizku, sizga hammasi mumkin!
β€” Hooy, qo'ysangchi! Ja oshirvording!

Men qizaloqning beg'uborligidan mazza qilardim. U bilan suhbatlashish chindan yoqimli edi.

Bugun basseynga tushmaslikka qaror qilib, xonamga qaytdim. Yotoqda o'tirarkanman, hozir bosh yuvsam tikilgan boshim yana qonashini o'yladim.
Ammo nega u meni qutqardi o'zi?

O'zimga faqat shunday savollar berardim. Xonamda hayol surib o'tirarkanman, Bona sekingina kirib keldi. Qo'lida maz va bir ikkita dori bor edi.

β€” Bona, tinchlikmi?
β€” Ha, men sizga dori olib keldim! ko'kargan joylaringiz tezroq bitishi uchun va og'riq kamaytiruvchi tabletkalar ham.
β€” Hooy, shart emas, men dori ichmayman!
β€” Hech qachon, meni rad etmang! Tezroq tuzalib men bilan mashq qilishingiz kerak!

Qizaloq juda qaysar edi. Yo'q desam labini burib hafa bo'lishga tushayotgandi. Noiloj mayli dedim. Ammo Bonaga qaraganimda uning siymosida kechagi chehra jonlanaverardi. Unga tikilib yana hayol surib qoldim.
Yana uning gapi yodimga tushdi.

β€” Ko'zlaring chiroyli ekan!

Ahh, u kim edi o'zi. Hozir yarim tun, nega uyiga kelmayapti ekanaa? Yana qachon uni ko'raman!?

β€” Hooy, nega buncha hayol surasiz, yo sevib qoldingizmi?

Bonaning gapi meni yanada o'ylantirdi.

Pov-Nima, men sevib qoldimmi? Nahot shunchalar tez? Bu bir ko'rishda muhabbatmi!?

So'ng biroz boshimni ko'tarib Bonaga ahmoqona savol berdim.

β€” Bona sen bir ko'rishdagi sevgiga ishonasanmi?

Bona biroz menga termuldida, yana jilmayib yuzimga maz surgancha gapirdi.

β€” Bilasizmi, bir marta men ham sevib qolgandim. Klubda edik, 15 yoshga kirgan kunimni nishonlash uchun dugonalarim bilan borgandik. O'shanda birinchi bor sevib qolgandim. Unga bir qarashda oshiq bo'lgandim. Ammo bilasizmi...?

Qizaloqning ko'zlari yoshlandi. Men esa tezda o'zimni to'gi'rlab ko'zyoshini artdim.

β€” Hoosh, nima keyin, aytaver!
β€” Akam sevib qolganimni bilib, uni o'ldirdi.
β€” Nimaa, ahmoqmi uuu?

Bona sekin yonimga o'tirdi. So'ng ko'karib yotgan ochiq yelkamga maz sura boshladi.

β€” Bilasizmi, sevishni maslahat bermayman. Sevgi sizga faqat og'riq keltiradi. Umuman olganda men sevgan yigitning ham sevgilisi bor edi...!

Qizaloq shunday deya menga mo'ltirab qaradi. Men esa uning gapidan juda ta'sirlandim. Undan katta bo'lsamda hamon men bu hisni tuyib ko'rmagandim. Men unga yanada ahmoqona, ammo menga eng kerakli savolni berdim.

β€” O'shanda yuraging qanchalik og'rigan?

Qiz birdagina yig'lab yubordi. Uni bag'rimga bosmoqchi edim, ammo tanamga nimadir tegsa qovjirab og'riydigan darajada edi. Hatto mendan qon hidi kelib turardi.
Shuning uchun uni qo'llarini mahkam siqimlab, tasalli berdim.

β€” Bilasanmi, hayot insonni har xil sinaydi. Seni sevgi bilan sinapti, meni esa oila bilan sinagan!

Bona menga hayron bo'lib qaradiyu, ko'zyoshini yoshini artdi.

β€” Nima oilangiz yo'qmi?

Men birovning oldida yig'lashni yoqtirmayman, shuning uchun o'zimni biroz nazoratga olib gap boshladim.

β€” Ha mittivoy, meni oilam yo'q. Hatto ularni ko'rmaganman. Ko'rishni ham istamasdim. Shunday ekan, har bir narsadan tafakkur qilishni o'rgan. Bilasanmi, bir maqol bor. Har bir yomon ishda bir hikmat bor!

Bona boshini ko'tarib menga qaradi.

β€” Bu nima deganingiz?
β€” Bu gapning manosi shuki, balki akang o'sha bolani o'ldirmaganda u senga yanada azob berardi. Balki seni aldashi ham mumkin edi. Hullas yana bir dunyo ishlar qilishi mumkin edi. Demak akang ham seni jonidan ortiq yaxshi ko'rarkan!
β€” Hechamda! U menga qaramaydi ham. Doim ishlari bilan yuradi.

Bonaning o'jarliklari juda yoqimli edi.

Pov- qani edi men ham kimdirga shunday erkalik qila olsam! Meni ham doim jilmayib eshtadigan bir insonim bo'lsa...!

Doimgidek hayol surib qolibman. Bona hali ham menga dardini aytib noliyotgan ekan!

β€” Bilasizmi, aslida akamni yaxshiko'raman, ammo o'ziga aytgim kelmaydi. Aytsam taltayib ketadi deymanda!

Uning gapiga so'zsiz kulib yubordim. So'ng hozir yuvinmasam bo'lmasligini tushundim.

β€” Bona, vannaxona qayerda?
β€” Pastda, basseyli xona oxirida ikkita vanna bor! Istaganingizga kirishingiz mumkin!
β€” Haa, aytgancha menga kiyim bera olasanmi?
β€” Albatta, yuring sizga gardirobimni ko'rsataman!

Biz bonaning xonasiga bordik. Uning tahminan o'n shkaf to'la kiymi bor edi. Men shunchaki hayratda qoldim.

Uning bo'yi ham men bilan deyarli teng ekan. Kiyimlari menga bemalol to'g'ri kelardi. Kiyimlar ichidan kalta va chiroyli ko'ylak tanlan olib hammomga kirdim.

Yuvinayotib boshimga suv quyganimda og'riqdan dodlab yuboray dedim. Boshimda qotib qolgan qonlar suvda oqib tushardi. Hatto sochimni ishqalab yuva olmadim ham. Amallab yuvinib chiqdim.

Ustimga sochiq o'rab oynaga qararkanman, tanamni ko'rib, bechoraga rahmim keldi. Hatto chiroyli tanam va yuzimdan uzr so'radim. Ularni asramaganim uchun.

Amallab ikki soat deganda sochimni quritdim. Bona ham yordam berdi. So'ng yuzimdagi ko'karishlarni berkitish uchun biroz pardoz qilmoqchi bo'ldim.

Unchalik berkitmadiyu, ammo har qalay go'zalligim biroz qaytgandek bo'ldi.

Bona ham menga qarab turib

β€” Elara, sizga hatto yuzingizdagi ko'karish ham yarashib turibdi.
β€” Vauuv, rostdanmi?

Ikkimiz hazillashib Bonaning xonasida biroz suhbatlashdik. Soat millari esa allaqachon tungi ikkini ko'rsatardi.

Men negadir o'sha chehra egasini kutardim. Hatto pardozimni ham u uchun qilgandim. Ammo u kelmagach biroz asabiylashgandek bo'lib, yuzimni artib tashladim. Bona hayron savol bera boshladi.

β€” Hoy yaxshi turgandi, nega artyapsiz?
β€” Bona, undan ko'ra maz suraylik, ertagacha shishgani qaytadi. Pardoz berkitishi mumkin, ammo tuzatmaydi.
β€” Ha, mayli.... Keling maz surib qo'yaman!

Ko'kargan joylarimga Bona ikkimiz eng qimmat yara yo'qotadigan mazlardan surib chiqdik.

β€” Hoy Bona, bu ahvolda aniq ertagacha hamma yaram yo'qolib ketadi. Kamroq sur ozgina urushdan esdalik qolsin!
β€” Hooy ,qo'ysangizchi bitsa yaxshiku!

Hullas qizaloq bilan hazillashib, o'sha yerda uhlab qolibmiz!

~Chunchondagi hotelda ertalab soat 7 da uyg'ondim. Yuvinib kiymimni alishtirdim. Bugungi ishlar uchun tayyorlandim.

To'satdan hayolimga kechagi qizaloqning ayanchli tanasi va sehrli tim qora ko'zlari yodimga tushdi. Bir oz hayol surdim.

β€” U hozir qay ahvolda ekan, yoki uyiga ketibdimikin?

Shunday deya telefonimni ochib uydagi kameralarga bir bir qarab chiqdim.

β€” U Bona bilan birga uhlayapti?!

Men hayron qoldim. Bona odatda qizlarni yomon ko'rardi.

β€”Ammo qanday qilib?

Uning ko'kargan yuzidan qanday qiz ekanligi aniq bilinib turardi. Menimcha uni yaxshi urushishini bilgan. Ahh, Bona! U o'ziga mos dugona topishni eplapti! Aqlli singlim.

β€” Urushishni o'rgating demaganmikin ish qilib? Yoki uni Bonaga tansoqchi qilsammikin?

Hullas o'zimga bir dunyo bemani savollar bergancha, mehmonxonani tark etdim.

Ishlarimni bitirib uyga qaytaman degunimcha soat ham kechki sakkizni ko'rsatyotgandi.

Yoongi Xonadoni~

β€” Kechasi uchda uhlashning oqibati shuda! Endi hech nimaga ulgura olmaysan! O'qishdan ham qolib ketding!

β€” Hechqisi yo'q! Har qalay siz bilan mazza qilyapman! Menga o'qish uncha qiziqmas!

β€” Yaxshi, hozir mashg'ulotlarni davom ettiramiz! Menga diqqat bilan qara. Birinchi bo'lib doim raqibingning nozik joylarini qidir!

β€” Aynan qanday nozik joy?πŸ€¦β€β™€

β€” Bonaa, men u yerni nazarda tutmadim. Kulgimni keltirma.

β€” Yaxshi, hazillashdim! Ammo u ham yaxshi variantku!

β€”Lekin bu gaping ham to'g'ri!

Bona~
Men odatda qizlar bilan uncha chiqishmasdim. Ammo Elarani bir ko'rishdayoq boshqa qizlarga o'xshamasligini tushungandim. Uning har bir harakatida jasurlikni ko'raman va o'zimga mativatsya olaman. U juda boshqacha qiz. Hatto uyatsiz hazil qilsam ham ko'taraveradi.
Qani edi meni ham shunday opam bo'lsa...!!

~Hullas Bona bilan mazza qilib mashq qildik. Uyda mashq qilish uchun juda katta zal bor ekan. G'irt bemani hazillar qildik. U juda aqlli qiz. Hamma aytganlarimni tezda miyasiga ilib oladi.

U bilan og'riqlarim va yolg'izligimni ancha unutdim. Ora-orada Dora yodimga tushardi. Uni bir marta ko'rgan bo'lsam-da, so'ngi nafasimgacha unuta olmayman.
Unga qilingan har bir ish uchun birma bir tovon to'lashadi...

Men qasos haqida hayol surib, qiziy boshladim. Ko'z oldimga kechagi basseyn keldi.

β€” Bona, basseynga tushmaysanmi?
β€” Yo'q men suzishni bilmayman, u yer chuqurroq, ammo istasangiz tushavering. Men yoningizda suhbatdosh bo'lib turaman.
β€” Hmm, mayli! Kettik unda!

Basseynli zalga borib kalta cho'milish kiymini kiyarkanman, shu zahoti o'zimni suvga otdim. Bona cho'chib ketdi.

β€” Hooy, shunchalik shoshilish shartmi?
β€” Ahh, mazza! Sen buni his qila olmaysan Bonashi!
β€” Hoy Elara, yuzingiz ancha yaxshi bo'lipti, qarang! Sizga maz olib kelaman, ungacha rohatlanib turing! Chiqqaningizda yana dori surishimiz kerak!
β€” Yaxshi Bonashi, boraqol!

Men basseyn ichida uzun sochlarim suvda yoyilgancha suv parisidek suza boshladim. Ammo boshimning yorilgani mutlaqo esimdan chiqib ketipti.

Ikki daqiqa o'tmay, miyamda kuchli og'riq turdi. Men qaltirab muzlay boshladim. So'ng yana bir daqiqa o'tar- o'tmas oyoqlarim ham harakatdan to'xtay deyotgandi.

Oradan ko'p vaqt o'tmay, suvda tipirchilay boshladim. Men haqiqatdan cho'kayotgandim. Ko'z oldim qorong'ulashishni boshlagandi...

~ Uyga keldimda, xonamga kirib ostimda shortik kiydim. Tepamga esa odatda kiyim kiymayman, doim kechki payt dush qabul qilaman.

Zalga chiqib qizlarni qidirdim, so'ng xonasida deb o'ylab o'zim vanna tomon yo'l oldim.

Eshikni ochib ne ko'z bilan qarasam, kimdir basseynda cho'kayotgandi. Men Bona deb o'ylab yugurib bordim. O'zimni tezda basseynga otdim.

Bona emasdi... Bu o'sha ahmoq qizaloq edi. U suv ichida tinmay o'layotgan baliqchadek tipirchilardi. Bellaridan ko'tarib basseyndan chiqazib oldim. Ustida cho'milish kiymi bor edi. Deyarli butun tanasi ko'rinardi. Ammo badani ko'karib ketganidan hatto tanasi qanday rangda ekanini ham bila olmadim.

U yerda o'tirib tizzasini quchgancha tinmay qaltirardi. Tezda sochiq olib ustiga yopdimda, ko'tarib xonasiga olib kirdim.

Jin ursin u yotgan xonada hech qanday kiyim ham yo'q edi. Ammo u sovuqdan muzlab o'lay deyotgandi. Tezda xonamga yugurdimu, o'zimning qanaqadir fudolkamni olib chiqdim.

Ustidagi kiymini ikkilanmay yechib tashladim. Endi ostiga qo'l tekkizaman deganimda u biroz jonlanib qo'limni ushladi. Men esa to'xtab uning yuziga qaradim.

β€” Hoy, tegma!

U juda past ovozda gapirdi. Unga nisbatan adovatim yo'q edi, hatto tegishni ham istamagandim, shunchaki ichimdan nimadir uni qutqar deb baqirdi.

Men qo'limni sekin tortib sochlarimni tartiblagancha sovuqroq ohangda so'radim.

β€” Ahvoling yaxshimi?

U sekin ha degandek bosh irg'adi. So'ng menga barmog'i bilan eshikka ishora qildi.

β€” Bu nima degani?
β€” Chiqib tur, iltimos!

Men ham biroz g'alati bo'ldim. Odatda qiz bola zotiga bunday yaqinlik qilmaganman. Ammo uning nimasidir meni o'ziga ohangrabodek tortardi. Indamasdan xonadan chiqib o'z xonamga kirdim.

So'ng ish stulimda biroz hayol surib o'tirdim. Uning kiyimsiz tanasi hayolimdan hech ketmasdi.

β€” Nega men uni ilk bor bunchalar g'alati holda uchratdim. Hatto ikkinchi uchrashuvim ham g'alati bo'ldi. Bu qanday bemani tasodif?

β€’β€’β€’
β€” Elaraaa! Hoooy qayerdasiiiz? Qayerda qoldi bu qiz. Yaxshiyam 5 daqiqaga ketipman, tovbaa!

Bona baqirgancha zal bo'ylab yurib qizning ismini takrorlardi.

~Men suv ichida baqirolmas darajada qaltirab qoldim. Nafas yetishmay cho'ka boshlagandim. Endi aniq o'ldim deb o'ylagandim. Afsus, yana meni qutqarishdi. Men qiyin ahvolda yana o'sha chehrani ko'rdim.

Nima u menga taqdirning sovg'asimi? Yoki haloskorimmi? U hatto mening tanamga ilk bora tekkan inson!

Hayol surib o'tirarkanman, xonamga Bona kirib keldi.

β€” Hooy, ustingizdagi akamning kiymimi?
β€” Ha, Bona men cho'kib ketayotgandim. Yoongi meni qutqardi.

Zo'rg'a qaltirab gapirarkanman, Bona havotirlanib oldimga o'tirdi. Qo'limni iliq qo'llari bilan siqdi. Mening qo'lim esa muzlab qolgandi. Hayolimda esa faqat o'sha Yoongi edi.

Qanday qilib, bu qanday his o'zi? Qiynalib ketyapman!

β€” Hoy, ahvolingiz yaxshimi? Ostingizdagi kiyim xo'l ekan, uni yeching. Men sizga kiyim olib kelaman!

β€” Yaxshi!

Amallab cho'milish kiymini yechdim. Ustimdagi futbolka menga keng va uzun turardi. Bona tezda menga shortiklar olib keldi.

β€” Xo'sh qaysi yoqsa tanlab kiying!
β€” Rahmat Bona!

Shunday qilib futbolkaga mos qora sonimdan keladigan shortik kiydim. Bona bilan bir soatcha suhbatlashdik.

Juda uyqum keldi. Menimcha qonim ancha kamaygandi.

β€” Bona, endi sen ham boraqol, damingni ol!
β€”Hech qachon, avval tanangizga maz suramiz. Ungacha ketmayman!
β€”Aysh, qaysar qizchayey! Ha mayli kelaqol!

Bona bilan badanimga va yuzimga dori surib, nihoyat uni ham xonasiga jo'natdim. Ammo yana uyqum qochib ketdi.

Toza havoga chiqqim keldi. Avval o'rnimdan turib oynaga qaradim. Yuzimda deyarli ko'karish qolmagandi. Ammo badanim hali ham dabdala edi.

Boshim biroz aylangancha pastga tushdim. Havo juda yaxshi edi. Kuzning salqin havosi!

Tashqariga chiqarkanman, qorong'uda uzoqroqdan kimningdir sharpasi ko'rindi. Men shu yerda ham tinch tura olmay o'sha tomonga yurdim.

Biroz yaqinlashdim. Menimcha u meni sezib qoldi. So'ng ortga qarab yugura boshladim. Tezda yetib menga yetib olib belimdan qo'lini o'tkazdi.

Bir sakrab tushdimu, ortga o'grilib yuziga musht tushirdim.

β€”Ahh, jin ursin...

U shunday derkan, ovozidan Yoongi ekanini bilib oqarib ketdim.

β€” Yoongiii!!
β€” Ahmoq qiz kunim bitdi deyaver!

Men ortga qaramay yugurdim. U ham ortimdan kelardi. Xonam eshigiga yetay deganda meni tutib oldi.

Bilagimdan bir siltab o'ziga tortdi. Men esa ko'zlarim kattalashgancha uning burni usti biroz ko'karganini ko'rdim.

~Uyqum kelmay tashqariga chekish uchun chiqqandim. Kimdir ortimdan kelib, meni ko'rdiyu qochib ketdi. Tezda ortidan yugurdim. Uni tutdim deganda yuzimga yaxshigina musht yedim.

Menga shu paytgacha hechkim qo'l ko'tarishga jur'at qilmagandi. Uni aniq azobli o'lim kutishi kerak edi.

Ammo ne ko'z bilan qarasam, yana o'sha ahmoq qiz. U meni ko'rib ko'zlari katta katta bo'lgancha ortiga qaramay yugurdi. Xonasiga yetay deganda tutib oldim.

β€”Janob Yoongi ming bor uzur! Men shunchaki qo'rqib ketdim! Qasam ichaman, sizligingizni bilamdim!

Qizaloq qop qora ko'zlarini mo'ltiratgancha menga o'zini oqlardi. Qattiq jahlim chiqdi, ammo qizlarga qo'l ko'tarmayman. Yetmaganiga unga nimadir qilsam Bona miyamni yeyishi aniq.

Zo'rg'a o'zimni bosib, uni qo'yib yubordimda, ortimga qaytdim.

β€”Janob Yoongii!

Uning yoqimli ovozi yana meni to'xtashga majbur qildi.
Bu qiz mendan nima istaydi o'zi?
Noiloj yana ortimga qaradim.

β€” Yuzingiz ko'karibti. Unga maz surish kerak!

Biroz uning gapidan hayratda qoldim.
Avval menga musht tushirib, endi dori surmoqchimi?
Lekin nimagadir iltimosini rad qilgim kelmadi.

β€” Yaxshi, hovlida bo'laman...

4-qism tugadi

Muallif: Aurea

E'tiboringiz uchun rahmat!