November 21

CRAZED 18+

[12-Epizode] —Bazan yaxshi inson deb bilganlarimiz aksi bo‘lib chiqishi mumkun. Bazan ularni shunday yo‘l tutishiga o‘zimiz sababchi bo‘lib qolamiz

_Minsuning qo‘lidagi telefon titrar, yuragi esa tinimsiz urardi. Hyunsukdan kelgan xabar uni yanada chalkashtirib yubordi. "Nima uchun Mina u bilan? Bu yerda nmadir g‘alati" degan savollar qizni ichida aks-sado berardi.

_Birdan Jungkook yotoqxonaning eshigini ochib ichkariga kirdi. Sochlari biroz nam, kiyinib olgan va qo‘lida ikki piyola kofe bor edi. U asta-sekinlik bilan Minsuga yaqinlashdi.

— Yaxshi uxlab oldingmi, qora ko‘zligim? Mana, sen uchun kofe tayyorladim, — dedi u jilmayib.

_Minsu unga javob berishga shaylanar edi, lekin xayolidagi o‘ylar unga so‘zlashga yo‘l bermadi. Jungkook uning yuzidagi chalkashlikni sezdi.

— Nima bo‘ldi, Minsu? qizni qo‘lidagi telefonga qarab Kimdur biron nma dedimi? — Jungkookning ovozi jiddiylashdi, u qizning qo‘lidagi telefonni olmoqchi bo‘ldi, ammo Minsu telefonni yashirdi.

— Hech narsa... Bu oddiy xabar. Muhim emas, — dedi Minsu, lekin uning tovushidagi noaniqlik Jungkookni qanoatlantirmadi.

— Yolg‘on gapiryapsan. Men seni yaxshi bilaman. Nima bo‘lganini aytmasang, o‘zim bilib olaman, — Jungkookning nigohi sovuq va jiddiy edi.

_Minsu chuqur nafas oldi. Telefonini unga uzatib, Hyunsukdan kelgan xabarni ko‘rsatdi. Jungkook xabarni o‘qib bo‘lgach, yuzidagi tabassum bir zumda yo‘qoldi.

— U yana nimani rejalashtirayapti?

— Bilmayman... Mina qiyin ahvolda bo‘lsa kerak, lekin anniq nma bo‘lganini bilmayman. Balki, men borishim kerakdir... — dedi Minsu, ko‘zlarini pastga tikkancha.

— Hech qayerga bormaysan! — Jungkook keskin javob berdi. — Men seni u odamning atrofida ko‘rishni xohlamayman. Hatto rostan ham Mina u yerdami yoki yo‘q buni ham bilmaymiz

— Jungkook, lekin Mina mening do‘stim. U yordamga muhtoj bo‘lsa-chi? Qo‘ng‘iroq qildim ammo uning telefoni o‘chiq — dedi Minsu, qattiq ohangda.

— Mening sen uchun tashvishlanayotganimni tushun, Minsu. Hyunsukga ishonib bo‘lmaydi.Buni ustiga Mina kech bo‘lganda nega uni yoniga borganini taxmin qilmoqdaman
—Ho‘sh? Nma deb o‘ylaysiz?—Minsu savolli nigoh bilan qarshisidagi yigitga boqgancha javob kutardi.
—Taehyung erta tongdan qo‘ng‘iroq qilib mendan Mina Minsuni oldiga kelmadimi deya so‘ragandi o‘sha payt vaziyatni tushunmagandim ammo endi bari tushunarli—Jungkook so‘zlarini yakunlab labini tishlagancha qarshisidagi Minsuga yuzlanib
—Minsu yaxshisi Taehyung va Mina o‘rtasiga tushmaganimiz maqul. Kel yaxshisi etiborsiz qoldiramiz. Do‘stimni judda yaxshi bilaman u chindan sevadi
—Jungkook borishim kerak. Faqat Mina uchun iltimos—Minsu o‘tinch bilan Jungkookga so‘zladi.
—Yaxshi mayli o‘zim olib boraman! Seni hechqachon o‘sha ablah bilan yolg‘iz qoldirmayman. Aslida bugunga judda ko‘p rejalar bor edi. Nikohdan o‘tishni rejalashtirgandim—Jungkook Minsuni yuzini kaftida tutgancha bosh barmoqlari bilan qizning lablarini silagancha so‘zlar ekan nigohi faqatgina qizning lablarida edi.
—Minsu? Hozirni o‘zida seni yana o‘pishni istayman. Qancha istamay senga to‘yolmayapman
—Jungkook bunday uyaltirmasangizchi—Minsu yuzlari qizargancha o‘zini jungkookdan olib qochdi. Jungkook ayyorona labini chetida kulgancha qizga yanada yaqinlasha boshladi.
—Jungkook iltimos hozir emas tezroq Minani oldiga borishimiz kerak
—Kerak bo‘lsa hamma narsa kutib turadi ammo mening hirsim va senga nisbatan bo‘lgan xoxishim aslo kutmaydi. —Jungkook aqldan ozdiradigan tarzda qizning quloqlariga shivirladi.Minsu qo‘rquvdan ko‘zlarini yumib olgan edi.Bu holatdan Jungkook birdan baland ovozda kulib yubordi. Minsu ensasini qotirgancha tinmay kulayotgan yigitga qarab
—Siz telbasiz Jungkook.
—Meni telba qilgan sen. Dardimni davosi ham o‘zing. Shunday ekan o‘zingni shunga mos tut. Men pastda bo‘laman tayyorlanib tush qora ko‘zligim—Jungkook shunday deb qaynoq lablari bilan Minsuning peshonasidan bo‘sa oldida honani tark etdi. Ushlab turgan nafasini chuqur chiqarib yuborgan qizni yuragi tinmay dukkilab urardi.
Minsu chuqur nafas olib, yuzini sovuq suv bilan yuvdi. Jungkookning oxirgi so‘zlari va uning o‘ziga bo‘lgan iliqligi yuragida notanish hissiyotlarni uyg‘otardi. Ammo hozir uning fikri butkul Mina va Hyunsuk atrofida aylanar edi. Xonasidan chiqib, zinapoyadan pastga tushganida, Jungkook uni eshik oldida kutib turardi.

— Tezroq qani, qora ko‘zligim. — dedi u va avtomobil kalitlarini silkib qo‘ydi.

— Jungkook, siz menga doim mehribon bo‘lgansiz lekin... bu safar men vaziyatni o‘zim hal qilishim kerak. Mina mening eng yaxshi do‘stim va men undan yuz o‘gira olmayman, — dedi Minsu qat’iyat bilan.

Jungkook qizning qat’iyatini ko‘rib, bir lahza jim qoldi. Keyin jilmayib, unga qaradi:

— Demak, o‘zingni yakkama-yakka tashlashni o‘ylayapsanmi? Minsu men ham sen bilan boraman. Lekin yodingda bo‘lsin biror narsa noto‘g‘ri ketadigan bo‘lsa, Hyunsukni sog‘ qo‘ymayman

Ular avtomobilga o‘tirishdi va Hyunsukning manziliga yo‘l olishdi. Yo‘l davomida Minsu telefonini ushlab, Minadan xabar kelishini sabrsizlik bilan kutardi. Jungkook esa rulni mahkam ushlab, bir necha marta chuqur nafas olib qo‘ydi. Uning ichidagi g‘azab va Minsuni himoya qilish istagi o‘zaro kurashayotgan edi.Jungkooni tok urgandek bir nma hayoliga keldida qo‘liga telefonni olib Taehyungga qo‘ng‘iroq qildi
—Alo Taehyung Mina qayerdaligini bilaman va hozir Minsuni u yerga olib ketyapman.
—U qayerda? Axvoli yaxshimi
—Hammasi joyida u o‘tgan kuni tunda Hyunsukni uyiga borgan va o‘sha yerda qolgan. Tongda o‘sha ablah Minsuga habar yuborgan. Agar rostan erishishni istasang kelda begona erkakni uyidan uni ol
—Manzilni tashlab yuborolasanmi hozir o‘sha yerga boraman—deya Taehyung aloqani uzdi. Minsu jiddiy qiyofada asabiy qarshisidagi yigitga
—Shart emas edi. Hozirgi vaziyatda Taehyungni keragi yo‘q axir. Mina qay ahvolda bilmaymiz ham
—Minsu sen dugonangni o‘ylaganin kabi men ham Taehyungni o‘ylayapman.
Nihoyat, ular Hyunsukning turar joyiga yetib kelishdi. Minsu eshik tomon yurishga shoshilardi, ammo Jungkook uni to‘xtatdi.

— Kut. Men birinchi kiraman. Agar u yerda nimadir noto‘g‘ri bo‘lsa, seni ichkariga kiritmayman, — dedi Jungkook qat’iy ovozda.

Minsu rozi bo‘lmasa ham, yigitning g‘amxo‘rligini tushunib, bosh irg‘adi. Jungkook eshikni taqillatdi. Bir necha soniya o‘tib, eshik ochildi. Hyunsuk eshikda paydo bo‘ldi va uni ko‘rib, kulimsiradi:

— Oh Jungkook huddi kutganimdek — dedi u masxara ohangida. Minsu eshik oldida Hyunsukni ko‘rdiyu ikki yigit oldiga yaqinlashdi. Qizni ko‘rgan Hyunsukni yuzi yorishib ketdi mayin jilmaygancha
—Hayirli kun Minsu. Axvoling yaxshimi?
—Hyunsuk Mina qayerda? Menga jo‘natgan habaringdan so‘ng qattiq havotirga tushdim
—Hammasi joyida u hozir oshxonada. Nonushta qildingmi? Yoki haliham ertalab nonushta qilmaysanmi? Asti shu odatingni tashlamaysanda —Hyunsuk battar Jungkookning asabiga o‘ynash uchun nigohini Minsudan uzmas edi. Bu holatni anglagan qiz Jungkookning qo‘lidan mahkam ushladida
—Biz nonushta qildik hammasi joyida. —Hyunsukning kulib turgan yuzi birdan jiddiylashdi va qo‘l ishorasi bilan ularni ichkariga boshladi. Oshxonadan Mina baqirgancha chiqdiyu qarshisida qo‘l ushlashgancha turgan Minsu va Jungkookni ko‘rib talvasaga tushib qoldi

—Siz..? Bu uerda nma qilyapsizlar-Mina so‘zlar ekan nigohi Minsu va Jungkookni qo‘llariga tushdi. Minsu hijolat bo‘lgancha qo‘lini Jungkookdan tortib oldida Minani bag‘riga bosdi
—Axx Mina ahvoling yaxshimi? Nega bu yerdasan sendan havotir oldim
—Menimcha Hyunsuk senga habar yuborgan bo‘lsa kerak. Ammo uni ham yetaklab kelishni nma keragi bor edi—Mina kesatiq so‘zlari bilan o‘tkir nigohini Jungkookga qadadi. Jungkook vaziyatdan chiqish bahonasida yuziga soxta kulguni qadab qo‘llarini Minaning yelkasiga qo‘ygancha
—Mina ahvoling yaxshimi? Ko‘zlarin qizargan.
—Sening ishing bo‘lmasin mendan qo‘lingni tort—Mina Jungkookning qo‘lini yelkasidan siltagancha kesatiq ohangda gapirar ekan Minsu Jungkookning bu keskin harakatidan talvasaga tushib qoldi.
Jungkoonni nigohi sovuq tortdi, lekin u o‘zini bosishga harakat qildi. U qo‘lini cho‘ntagiga solib, muloyim tovushda gapira boshladi:

— Mina, biz bu yerga senga zarar yetkazish uchun kelmadik. Faqat Minsu sendan xavotirda edi. Men esa uni yolg‘iz qo‘ymadim. Shunchaki yordam berish uchun keldik.

Mina bir zum Minsuga qaradi.

— Minsu, sen bilan gaplashsam bo‘ladimi? Yakka... — Mina atrofdagi erkaklarni nazarda tutgan holda so‘zini davom ettirdi.

Minsu darhol rozi bo‘ldi:
— Albatta, Mina. Yur, boshqa xonaga o‘tamiz.

Ular boshqa xonaga o‘tishdi. Jungkook esa Hyunsukning sovuq tabassumi va masxaraomuz nigohi ostida qoldi. Hyunsuk o‘tirib, qo‘llarini ko‘ksiga qovushtirdi:
— Sen hammasini yaxshi bajaryapsan! Ammo mening bir so‘zim bilan bari tugashini bilasanmi?

Jungkook jiddiy ohangda javob berdi:
— Sen o‘zingni aqlli tutayotgan odamga o‘xshaysan, lekin ichingda qanday iflosliklar borligini yaxshi bilaman.

Hyunsuk esa battar yovvoyilashdi:
— Nima? Mening iflos niyyatlarim? Balki o‘zingni Minsudan yashirayotgan biror narsang bordur?

Bu so‘zlar Jungkookni ruhan yondirdi. U o‘zini zo‘rg‘a bosib turardi, chunki bu vaziyatda Minsu uchun ham tinch turishni istardi. Ammo Hyunsuk o‘zining kesatiq gaplarini davom ettirar ekan, Jungkookning sabri tugadi.

— Ehtiyot bo‘l, Hyunsuk. Yana bir noto‘g‘ri gap aytsang, natijasi yomon bo‘ladi, — dedi u va pichirlab davom etdi. — Va Minsuga yo‘l topishga urinishni unut.

Bu orada boshqa xonada Mina va Minsu gaplashardi. Minsu Mina qo‘lidan tutib, muloyim so‘zladi:
— Mina, menga ayt, bu yerda nimadir noto‘g‘ri bo‘lyaptimi? Hyunsuk bilan nimaga qolding?
—Siz... Ikkingiz ancha yaqin bo‘lib qolganga o‘xshaysiz? Minsu bu holat menga yoqmayapti?
—Aynan nma?
—Uni qo‘lidan ushlab olganing? Minsu sal avval u menga qanday qaraganini ko‘rdingmi? U seni baxtli qilolmaydi. U yo‘lida uchragan ayollarga ko‘z tashlaydigan yengil tabiatlardan
—Bu yerga o‘zimni muhokama qilish uchun kelmadim. Sendan havotir olib keldim. Mina meni vaziyatimni yaxshi bilasan hamma tinch bo‘lishi uchun ham men Jungkookga imkon berdim. U meni sevishiga ishonaman.
—Minsu buncha sodda bo‘lma axir. U seni sevmaydi. Seni yaxshi ko‘raman shuning uchun ham aytaman ertaga uning ortidan qandaydir iflos ishi kelib chiqadi o‘shanda yana siqilgan azoblangan sen bo‘lasan. Shunday ekan unga ishonib qolma iltimos
—Mina senda hammasi yaxshiga o‘xshaydi. Hyunsuk ikkingiz bekorga meni chaqirmagansiz shundaymi? Negadir shunday deya taxmin qilyapman. Taehyung bilan orangiz qanday?—Minsuning oxirgi savoli Minani o‘ylantirib qo‘ydi. Taehyung ismini eshitishi bilan o‘zini noo‘rin tutgan qiz ohangi titray boshladi
—Tt..aehyung u haqida gaplashiahni istamayman.U ham huddi Jungkook kabi jirkanch.
—Axir Taehyungni sevishingni aytgan eding.
—Minsu kel shu mavzuni ochmaymiz. Yaxshisi sen gapir nma uchun Hyunsuk bilan orani ochiq qildingiz? U seni Jungkookni changalidan olgan odam
—U boshidan yolg‘on so‘zladi.
—Axir bu arzimas narsaku. U menga hammasini so‘zlab berdi. Hattoki ota onangdan ham kechirim so‘radi barini chuntirib berdi. Hyunsuk seni sevadi Jungkook emas ayan Hyunsuk seni imkon berishinga arziydi

—Mina sen bilmaydigan narsalar bor kel yaxshisi bu haqida gaplashmaymiz. Men qilgan qarorimdan afsuslanmayman.
Bu payt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Ikkisi bir-biriga hayrat bilan qaradi. Bir necha lahza o‘tmay, eshikni Hyunsuk ochdi. Qarshisida Taehyungni ko‘rib, yuzida tabassum noaniqlik bo‘ldi. Ammo Taehyung bir zumda uning yoqasidan oldi.

— Seni o‘ldiraman! Mina bilan nima qilmoqchi eding? — Taehyung g‘azab bilan baqirdi.

Hyunsuk esa kulimsiragancha:
— Men nima qildim Taehyung? Faqatgina Mina mendan yordam so‘radi

Janjal ovozini eshitib, Mina va Minsu xonadan chiqdi. Mina birdan oldinga intilib Taehyungni to‘xtatmoqchi bo‘ldi:
— Taehyung, bas qil! Uni qo‘yib yubor.... Hoziroq—Minaning qichqiriq ohangida yangragan so‘zlari Taehyungni qilayotgan ishidan to‘xtadi siltagancha Hyunsukni yoqasini qo‘yib yubordi. Mina tund nigohini yonida turgan Minsuga qadadi
—Uni ham sen yetaklab keldingmi? Minsu seni taniyolmayapman
—Mina me.. Men bu tasodifan..—Minsu gapini yakunlamasidan uni ortidan kelib quchgan qo‘llar uni jim qolishga majbur qildi. Jungkook minsuni bag‘riga olgancha
—Ko‘rib turibmanki biz bu yerda ortiqchamiz shundaymi? Minsu qani qora ko‘zligim bu yerdan ketamiz.
—Jungkook men..
—Minsu ketamiz dedim! —Jungkook sovuq nigoh bilan qatiyan gapirganidan so‘ng Minsu ortiq qarshilik qilolmadi. Jungkook Minsuni qolidan tutgancha ketar ekan astalik bilan do‘sti Taehyungni qulog‘iga shivirlab
—Chindan sevsang majburan bo‘lsa ham erish. Uni begona erkak uyida qolishiga qo‘yib beradigan darajadagi axmoqlardan emassan to‘g‘rimi-Jungkookning aytgan so‘zlari Taehyungni g‘azabi battar olov sepganday bo‘ldi. Jungkook mamnun kulgancha Minsu bilan uyni tark etdi. Anniq vaziyatni tushunolmagan Minsu majbudlikdan u yerni tark etdi

Davomi bor.......

Bu qism oz bo‘lib qoldi ammo sizdan coment kutib qolaman