CRAZED 18+
[11-Epizode]
Qarshimdasan ammo sevgan insonim bo‘lib emas
Nafratlangan insonim sifatida namoyonsan.
~Javob ber Hyunsuk nega boshidan meni aldadin? Hozir menga so‘zlayotgan Hyunsuk asl yuzing shundaymi? Sen asli shunday ikkiyuzlamachisan. Mendan oilamdan uzoq tur. Ortiq seni atrofimda ko‘rishni istamayman bari tugadi.
~Bunchalar osonlik bilan emas
_Hyunsuk yuzida vaxshiyonalikni aks etirgancha Minsuni yelkasidan ikki qo‘li bilan siqib ushlagancha o‘ziga mahkam tortida qizning yuziga yaqin tutgancha so‘zlay boshladi
~Men dushmanimga yutqazishni yomon ko‘raman. To‘g‘ri boshidan yolg‘on so‘zladim ammo bir haqiqat mavjud seni sevishim! Sen ham meni sevasan shunday emasmi
~Bas qil qo‘yib yubor meni. Ortiq seni tinglashni istamayman. Men yo‘limni tanlab bo‘ldim sen ham o‘z yo‘lingdan ket. Hyunsuk qo‘llarimni og‘ritib yubording bas qil.
~Bas qilmayman. Meni yaxshilab tingla Minsu. Oldingi Hyunsukni o‘ldirdim sen uni rad etgan kuning. Qarshindagisi esa havfli shunday ekan ko‘p asabimni o‘ynama yo‘qsa pushaymon bo‘lasan
_Birdan Hyunsukni yuziga tikilgancha Minsu qattiq kulib yubordi. Hyunsuk nigohini o‘zgartirmagan holatda qizga tikilib turardi.
~Sen avval ham shunday bo‘lgansan o‘zgarmagansan farqi shundaki sen yuzingdagi niqobingni yechding. O‘zi meni atrofimga faqat telbalar yeg‘ilgan. Nafratlanaman barchangizdan daf bo‘lib keting
_Hyunsuk chuqur yutingancha tishlarini asabiy g‘irchilatdida nigohini qarshisidagi qizning qirmizi lablariga qadadi. Buni sezgan Minsu tipirchilagancha hozir ro‘y beradigan hodisadan o‘zini qutqarishga urindi. Ammo befoyda edi Hyunsuk qizni qarshiliklariga qaramay lablarini qizning lablariga bosdi. Vaxshiylik bilan qizdan bo‘sa olar ekan Jeonlar qo‘rg‘onida ekanligini unutib qo‘ygan edi. Minsu qo‘larini musht qilgancha Hyunsukni ko‘ksiga urar ekan bari befoyda kuchi yetmasdi. Birdan Hyunsukni ortidan kelib bo‘ynidan tutgan baquvvat qo‘llar yigitni yarim metrdan ortiq masofaga uloqtirib yubordi.Hyunsuk yerga quladiyu o‘zini o‘nglab ulgurmasidan Jungkook g‘azab bilan so‘kingancha yigitni ustiga chiqdida temir misol mushtlari bilan uni dopposlay ketti.
~Jin ursin sen haromi qanday hadding sig‘di a? Javob ber menga tegishli bo‘lgan qizga jirkancha og‘zing tugul barmog‘ingni uchi tegishiga ham haqqi yo‘q. Seni shu yerni o‘zida yo‘q qilaman.
_Minsu vaziyatdan shok holatida edi.Lablari qontalaj holatda edi. Yuzini ko‘z yoshlari sharshara misol yuvar ekan ko‘z o‘ngida Jungkook Hyunsukni o‘las qilib do‘pposlayotgandi. Minsu Jungkookning qo‘llaridan tutgancha
~O‘tinaman bas qiling uni hozir o‘ldirib qo‘yasiz o‘tinaman bas qiling Jungkook
~Hoziroq qo‘limni qo‘yib yubor. Sen bilan keyin gaplashaman. U bu yerdan tirik chiqmaydi. Mendan nari tur dediiiim
_Jungkook bor ovozi bilan qizga qarab o‘shqirdida qo‘lini tutib turgan qo‘llarni siltab yubordi. Yana bir musht tushirmoqchi edi ammo ortdan kelgan otasining ovozi uni tohtatib qoldi
~Bas qil! Jungkook hoziroq to‘xta. Mening uyimda bunday qilishga qanday haddingiz sig‘di
_Jungkook hansiragancha Hyunsukni ustidan turdida yerda yeg‘lagancha o‘tirgan Minsuning qo‘lidan ushlab turgazdi. Minsu qo‘rquvdan titrar ekan qarshisidagi yigit g‘azab bilan uning qo‘lidan mahkam siqib turardi.
~U sizni hurmatingiz uchun bugun omon qoldi agar keyingi safar yana qarshimdan chiqsa uni omon qoldirmayman.
_Jungkook Minsuga bir nigoh tashladida uni sudragancha qo‘rg‘ondan olib chiqib mashinasiga joyladi. Eshikni zarb bilan yopgan jungkook mashinasiga joylashdida bor tezlik bilan haydab ketdi.
_Hyunsuk bazor o‘ziga keldida o‘rnidan turib qarshisidagi janob Jeonga yuzlana
~O‘g‘lingizni bu ishini otamga yetkazmayman agar habar topsa o‘g‘lingizni nma kutayotganini bilasiz shundaymi janob. Yaxshisi men aytgan ishni bajaring. Qanday qilasiz bilmayman Minsu meniki.
~Men o‘g‘limni yonidagi qizdan qaytarolmayman bu mening ishim emas. Ammo otang bilan do‘stligimizni yanada mustahkamlash uchun qizim Rorani senga berganim bo‘lsin.
~Biznes yo‘lida qizingizni qurbon qilishdan ham qaytmaysizmi janob
~Bilsang o‘g‘lim bazi holarda sen faqat o‘zingni va rivojlanishingni o‘ylashing lozim. Men bu darajaga o‘zim erishdim va ko‘p qiyinchiliklar bilan. Oilam 2-darajali
_Birdan Hyunsukni telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘la boshladi. Yigit telefonini qo‘lga olgancha qo‘ng‘iroqqa javob berdi
~Alo eshitaman
~Alo Hyunsuk bu men Minaman
~Mina? Tinchlikmi?
~Hozir uyinga kelgan edim. Judda qiyin ahvolda qoldim. Kech bo‘lganda Minsuning uyiga borolmadim. Janob Kim so‘roqlayverib bezor qiladi. Bir kunga senikida tunasam bo‘ladimi?
~Ha albatta 10daqiqaga qolmay boraman o‘sha yerda bo‘la tur
_Qo‘ng‘iroq uzildi. Hyunsukning yuziga ayyorona tabbasum yugurdida hayolida bir nmalarni reja qilgancha Janob Jeonga tazim qilib qo‘rg‘onni tark etdi.
_____
_Qayta qayta Minaga qo‘ng‘iroq qilgan Taehyung bir nechabor Minani uyiga bordi ammo Mina uyida ham yo‘q edi. Go‘yo izsiz g‘oyib bo‘lganday. Taehyung taslim bo‘lgancha uyiga keldiyu stol ustida joylashgan viski idishlarini birma bir bo‘shata boshladi. Ichishni uncha hushlamasada ammo hozirgi vaziyatda ichidagi olovni faqat ichkilik bosar edi. Bo‘kguncha ichgan yigit uhlab qoldi
____
_Mashinani bor tezlikda haydab ketayotgan yigitning ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas edi. Minsu qo‘rquvdan dag‘ dag‘ titrardi.
~Jjj.. Jjungkook iltimos sekinroq haydang. Men judda qo‘rqyapman
~Sen hozirgi vaziyatdan qo‘rqma Minsu sen bugungi o‘tadigan tundan qo‘rq. Nma uchun menga bunday qilding. Senga qarasam avvalgi jirkanch manzara ko‘z oldimda gavdalanmoqda bu esa meni yanada chegaradan chiqishimga sabab bo‘lyapti. Nma uchun u bilan o‘pishding?
~Unga qarshilik qilolmadim. Birdan u..
—(pov) Ortiq so‘zlay olmasdim tomog‘imga turgan achchiq tam bunga yo‘l qo‘ymasdi. Ko‘zlarimdan oqayotgan yoshlar va jim qolishim uning so‘zlarini tasdiqlardi. Nega aynan mening hayotim bunday kechyapti? Kechagina ota onasini bag‘rida yashayotgan mittigina orzulari osmon qiz edim.Hayot bir kunda meni ulg‘aytirdi. Hozirgi vaziyatda nma qilishim kerak?
~Ho‘sh javob ber? Uni o‘pgani senga ham yoqdi shundaymi? Shuni kutgan eding to‘g‘rimi? Bilib qo‘y men tirik ekanman hech qachon sen u bilan birga bo‘lmaysan aslo
_Jungkook yanada tezlikni oshirgandi.Yo‘lda uchqur otdak yelib o‘tayotgan Jungkookning mashinasi to‘siqlarga qarab ham o‘tirmasdi.
~O‘tinaman sekinroq Jungkook. Kechiring! Men ojiz edim. O‘zimni himoya qilolmadim. Huddi sizdan himoya qilolmaganday.-ohirida Minsu kinoyali qilib qo‘shib qo‘ydi
~Mendan himoya qilolmaganday? Sen o‘zinga o‘zing tilab olyapsan seni... Minsu yana qancha isbotlay. Seni o‘zimdan ortiq sevaman.Menga imkon ber dedim baxtli qilaman dedim sen nma qilyapsan? Shunchaki taslim bo‘l. Ertagayoq oddiygina qilib nikoh to‘yi o‘tkazamiz. Seni qonuniy ham o‘zimniki qilishni istayman.
~Men men sizdan qo‘rqaman. Siz tahdid va qo‘rqitish bilan sevasiz. Bu sevgi emas. Men bunday sevgini orzu qilmaganman. O‘tinaman Jungkook sekinroq haydang.
_15daqiqaga qolmay uyiga yetib kelgan Jungkook Minsuni mashinadan tushib ulgirmasidan mashinadan tushdida qizni das ko‘tarib oldi.Jungkookning qo‘lida turgan Minsuning yurak tovushi yaqol sezilib turar edi.
~Meni tushuring o‘zim yura olaman
~Yaxshisi ortiq so‘z aytma yo‘qsa o‘zimga javob berolmayman.
~Jungkook bugun judda charchadim
~Bu bahona bo‘lolmaydi
_Yigit qizni ko‘targancha yotoqxonada joylashgan Dushga olib kirdi. Jungkook Minsuni yerga qo‘ydida dushga suv to‘ldira boshladi. Bu holat Minsuning eski xotiralarini qo‘zg‘atib yubordi.
~Nma qilyapsiz? Men istamayman
_Minsu so‘ngi so‘zlarini aytdida honadan chiqishga uringan on yo‘g‘on qo‘llar uni joyida qolishga majbur qildi. Jungkook Minsuni ustidagi kiyimini yechishga shaylangan edi
~Kerak emas! O‘zim qilaolaman iltimos chiqib turing
~Minsu seni judda qattiq sevaman. Miyyam va butun qalbimga virusdek joylashib olgansan istasamda bundan qutulolmayman. Shunchaki meniki bo‘lishingni istayman. Meni sevishingni
~Judda charchadim dush qabul qilgach uhlamoqchiman
_Jungkookning so‘zlari javobsiz qolgandi. Minsuni o‘ziga qaratgan yigit nigohini qizga qadadi. Jungkook barmoqlari bilan Minsuning qontalaj bo‘lib qolgan lablarini astalik bilan siladi. Minsuni og‘rib turgan jonini o‘zining bo‘sasi bilan battar qilishni istamagan yigit lablarini qizning yuziga bosdi. Chuqur nafas olgancha qizning iforiga to‘ymasdi. Yuzidan so‘ng astalik bilan uning ochiq bo‘yniga hujum qildi. Hirsga berilgan yigit bundan ko‘pini hohlardi. Minsu ko‘zlarini yumgancha birinchi marotaba qarshilik qilishni istamas edi.
—(pov Minsu) ichimdagi hislar qurshovida qolgan edim. Bugungi sodir bo‘lgan ishlardan so‘ng barini unutib qarshimda men uchun harakat qilayotgan yigitga imkon berishni istadim.Ammo xato qilmayapmanmi?
_Jungkook Minsudan asta uzoqlashib qizning ko‘zlariga termulgancha yuzida mayin tabbasum bor edi
~Seni qarshilik qilmayotganing meni qanchalar hursand qilganini bilsang edi. Seni sevaman
_So‘ngi so‘zlar qizning qulog‘i ostida yangradiyu yigitning lablari qiznikiga bosildi.Minsu Jungkookning bo‘salariga javob qaytarar ekan bo‘sa davomida yigit qizni kiyimlaridan halos etdi. Ikki yosh hamohang harakat qilardi. Yotoq ustida kechgan bir necha soatlar avvalgi munosabtlardan o‘zgacha kechgan edi. Jungkook bu safar o‘z hislarini emas unga baxt bag‘shida etgan qiz haqida qayg‘urgandi. Aloqadan so‘ng ko‘rpa ostida bir birini quchgancha yotisharkan Jungkook Minsuni yanada qattiqroq quchib
~Sen o‘zgachasan. Shuning uchun ham seni sevaman.
~Jungkook men hamon qo‘rqaman
~Nmadan? Axir men bormanku
~Birinchi marta men bilan iliq munosabatda bo‘ldingiz. Ammo bir kun kelib meni tark etasiz! Bir kun kelib yana bir qizni ko‘rib qolsangiz keraksizga aylanishdan qo‘rqaman.
_Jungkook birdan qattiq kulib yubordi. Minsu shiddat bilan nigohini Jungkookga qaratib
~Kulgili gap aytimmi? Nega kulasiz?
~Rostan meni yo‘qotishdan qo‘rqyapsanmi? Yoki rashk? Bunday gaplarni sendan eshitish judda yoqimli. Sendan o‘zgasi hayotimda bo‘lmaydi ont ichaman.
~Jungkook kechiring
~Nega? Qo‘rg‘onda bo‘lgan ishni eslab aytayotgan bo‘lsang kerak emas eslashni istamayman yo‘qsa bu safar anniq seni qiynab qo‘yaman qora ko‘zligim
~Hop ortiq gapirmayman.
_Minsu yuziga tushgan yorug‘lik sabab erinibgina asta ko‘zlarini ochdi. Yoniga boqar ekan Jungkook yo‘qligini ko‘rdi.
—(minsu pov) Bir kunda nmalar sodir bo‘ldi anglolmayapman. Kecha tongda o‘zimdan jirkangan holatda yashashni istamayotgan edim. Ammo bu tong o‘zgacha hislar o‘zgacha maqsadalar. Men asta sekin to‘g‘ri qaror qabul qilganimni anglayotgandekman.
_Birdan telefoniga kelgan sms habaridan hayollari to‘zg‘igan qiz qo‘liga telefonini olib ekranda Hyunsukdan habar kelganligini ko‘rdi. Istamasada ochib undan kelgan habarlarni o‘qiy boshladi.
~Mina mening uyimda! Kecha kechqurun narsalarini yeg‘ib menikiga keldi.Nma bo‘lganidan habarim yo‘q. Menikiga kelsang unga dalda bo‘lsang degandim.
_Habarni o‘qidiyu boshi qotgancha hayolini yomon o‘ylar egalab oldi.
#Mw_Minsu
Keyingi epizo chiqishini istasangiz comentariya qoldirib keting