Mine
Sevgi urushga o'xshaydi: boshlash osson, lekin to'xtatish juda qiyin...
Tun yarmiga qarab odimlar ekan shahar chetida va insonlar kam qatnov yerida joylashgan tashlandiq binodan, oradan bir necha soat o'tdi hamki erkakning og'riqdan azob chekayotgan faryodi tinmas edi. Yoshi chamasi qirqqa borib qolgan ammo o'ttiz yoshlar atrofida yosh ko'rinuvchi erkak, o'zidan ancha yosh bolgan yigitning qo'llarida turli hil qiynoqlar ostida azoblanmoqda.
Yigitning berayotgan og'ir zarbalari va insonni daxshatga soluvchi, cheksiz g'azab ufurib turuvchi nigohlari qo'llarida borgan sari o'lm tomon odimlayotgan erkakdan tashqari atrofni o'rab olgan yigitning odamlarini ham cho'chitar edi.
Yuzi allaqachon yigitning og'ir zarbalaridan tanib bo'lmas holga kelgan, kiyimlari bo'laklarga bo'lingan va barmoqlari uzib tashlangan erkak hozir faqat bir narsani hohlardi.....O'LIMNI! Tanasidagi cheksiz og'riqlardan tezroq qutulishni. Ammo yigit bunga izn bermaydi. Bir necha soniya tin olib o'zini ortga olgan va deyarli hansirab nafas olayotgan yigit, atrofda yig'ilgan chamasi o'ntalar atrofidagi odamlarining biriga ishora qilishi bilan yigit tashqariga chiqib ketgandan so'ng besh daqiqaga qolmay ikki qo'lida ko'rinishidan biroz katta benzin idishlari bilan kirib keldi.
Yigit yerda allaqachon chalajon holatga kelgan erkak tomon yaqinlashdi. Egilib, qo'pollik bilan yoqasidan g'ijimlagan holda erkakning qon bilan bejalgan yuzini o'ziniki bilan yuzlashtirdi.
- qadrdonim Mattiou~ afsuski hayirlashuv oni keldi. Jahannamda ko'rishkuncha~
Chuqur va bosiq ovozda so'zlagan yigit Mattieuning yoqasidan qo'ini qo'pollik bilan olar ekan erkak yana yerga quladi. Yigit qaddini rostlar ekan so'nggi bor yerdagi abgor ahvoldagi erkakka jirkanish yuzi bilan qarab chiqish eshigi tomon odimladi va ortidan uning odamlari ham, faqat ikkitasidan bo'lak. Ular olip kelingan yoqilg'ini atrofga sepishar ekan Mattieu yarim ochiq ko'zlari bilan ko'rayotgan manzarasidan hozir nima sodir bo'lishini anglab og'ir yutundi. U ayni damda hech nima qila olmaydi, hatto yordam so'rab baqirish ham qo'lidan kelmas edi.
Bino tashqarisida uning yonayotganini hech qanday reaksyasiz tomosha qilayotgan yigit qo'lidagi sigarani og'zi tomon olib kelib lablari orasiga joylar ekan chuqur tortdi va atrofga tutunni yoygancha qo'lidagi sigarani duch kelgan yerga uloqtirdi. So'nggi bor manzaraga qisqa nazar tashlab atrofdagi qora rangdagi mashinalarning biriga joylashdi. Ko'p otmay o'ndan ziyod mashinalar bu yerdi tark etdi.
Mashina ichidagi tinchlikni yigitning yordamchisi buzdi:
Minho: Janob Jeon sz aytgan ishlarning barchasini hal qildim. Mattieuning barcha mol mulki sizning nomingizga rasmiylashtirildi. Shuningdek uning noqonuniy qurol va qora dog'ri omborlari ham endi sizki - yigit malumot berar ekan boshlig'i unga ko'z ishorasi orqali javob qaytardi.
Jungkook nigohini mashina oynasi ortidagi qorong'u ko'chalarga ko'chirdi.
Jungkook: bu yerda qiladigan ishimiz qolmadi. Koreaga qaytamiz - pas va bo'g'iq ovozda malum qildi yigit.
Minho: tushunarli janob - yigit rasmiy va qisqa javob berdi.
Quyosh nurlari yuziga tushayotgani sabab shirin uyquda g'inshib yuzini burishtirgan qiz, erkalangancha biroz injiqlanib yuzini burdi va yumshoq o'rindan turishni istamay ko'rpa ichiga kirib oldi. Biroz vaqtdan so'ng xizmatchi ayol eshikni taqillatishni boshladi.
- kiring~ qizning uyqu aralash yoqimli ovozi yangradi.
Xonaga kirgan hizmatchi ayol yotoqda hali to'liq uyg'onmagan qizni uyg'onishga undadi va o'zi bilan borga olib kelgan sharbatni tungi chiroq yonida qoldirib honani tark etdi.
Qiz yuvinish honasida yarim soatda tayyor holda chiqdi va hizmatchi qoldirgan sevimli sharbatni ohirigacha simirib eshik tomon yo'naldi.
Tongni doimgidek boshlagan qiz har kungi sevimli odatini kanda qilmay zinalarni iktasini bitta qilib sakrab tushdi. Yuzida doimgi yoqimli tabassumni aks ettirgan qiz yoqimli hid taralayotgan oshxona tomon shoshdi.
Dasturhonda sevimli shokoladli quymoği va mochilarini ko'rgan qiz, quvonib shosha pisha keng yozilgan dasturxonga o'tirdi. Bugun dadasi kelishini Chxve honimdan eshitgandang so'ng quvonchdan baqirgancha Chxve honimning boyniga osildi.
Chxve honim: Soolin honim dadangiz tushlik vaqtidan so'ng kelishini aytdi va unga qadar siz aqilli qiz bo'lib darslaringizni qilishingizni ham takidladilar - qiz Chxve honimning aytgan so'zlariga itoatkorona bosh chayqab nonushta qilishda davom etdi.
Pov:
Soolinning onasi uni dunyoga keltirgan zahoti vafot etgan. Otasi onasining o'limidan so'ng qattiq stressga tushib qoldi. Ammo Soolin uni yupanchiĝi bo'ldi. Soolin onasining olimida o'zini ayblaydi, shuning uchun ham otasini yuqotishdan juda qo'rqadi va hayotida yagona yaqin insoni otasi bo'lganligi uchun otasining barcha aytganlarini bajaradi. Janob Min ayoli Jiwoo honim o'limidan so'ng Soolinni ko'z qorachig'idek asradi. Hatto dushmanlari u haqida bilmasligi uchun uni hammaning ko'zidan uzoqda saqlamoqda. Ishlari tufayli ohirgi vaqtlar qizining yoniga kelishi ham kamaygan. Ammo zerikmasligi uchun Soolin otasini va dunyo yangiliklarini internet orqali kuzatadi. Ammo bazi cheklovlar mavjud, otasi uni telefondan foydalanishini cheklagan shuning uchun u cheklangan vaqt mobaynida noutbukdan foydalanadi va otasi bilan Chxve honimning telefoni orqali bog'lanadi. O'qituvchilar ham Soolinni uy sharoitida o'qitadi va janob Min Soolinni o'qishiga jiddiy e'tibor qaratadi.
Tushlik payti...
Soolin tushlikdan so'ng darslarini tugatdi va sevimli mashg'uloti bilan shug'ullana boshladi. U rasm chizish uchun bog'ni avfzal ko'rdi va kerakli jihozlarini hizmatchilar uy oldidagi bog'ga ko'chirdilar.
Tabiat suratini chizayotgan qiz deyarli ishini tugatgan edi. Har har zamonda uyning asosiy eshigi tomon qarab qo'yar ekan dadasi hali ham kelmaganini ko'rib biroz hafa bo'lardi va otasi kelsa undan arazlab olishga ahd qildi.
Quyosh asta sekinlik bilan botar ekan qizning umidi so'nib borardi. Otasini kutish mobaynida o'zini har hil mashg'ulotlar bilan chalg'itishga harakat qilar ekan, hech biri ish bermasti. Oynadan uyning asosiy eshigini kuzatar ekan birdan qo'riqchilar eshik yonida yig'ilib kelayotgan qimmatbaho mashina uchun darvozani ochayotganiga guvoh bo'lgan Soolin ichiga sig'masdan baqirib yubordi. O'rnidan sakrab turib o'zini tashqariga urar ekan hovliga qanday chiqib qolganini anglamasdi. Ozini mashinadan endigina tushgan otasinig bag'riga otdi. Otasi qizining ko'rganidan va qizini erka harakatlaridan jilmaydi. Sochlarini silab peshonasidan o'pib qo'ydi va har doimgi gaplarini yana qaytardi. " Katta bo'lganing sari onang kabi go'zallashib bormoqdasan quyoshcham "
Soolin: sizni juda sog'indim dadajon~ - qiz bir zumda otasidan arazlaganini unutib uni hech qachon qoyvorishni istamagan kabi qattiq quchoqlab oldi.
Janob Min: men ham seni juda sog'indim quyoshcham - janob Min qizini qo'llaridan ushlab uy ichi tomon odimladi.
Soolin kunini qanday shoxliklar bilan o'tayotgani va darslari haqida otasiga aytib berar ekan hech ham so'zlashdan to'xtamas edi. Otasi uni jimgina yuzida tabassum bilan kuzatardi.
Janob Min: Quyoshcham endi men ketishim kerak, ammo vada beraman tez orada yana kelaman hopmi - Ketish vaqti bo'lganini sezgan janob Min qizi bilan hayirlashishni boshladi.
Soolin: ammo kelganingizga hali ko'p bo'lmadi, qolaversa men siz qolasiz deb o'ylagan edim - lablarini shishirib yuzida hafalikni aks ettirgan qiz dadasini qolishga ko'ndirish uchun kirishdi.
Janob Min: go'zal qizim~ ammo meni tushun muhum ishlarim bor, o'shalarni hal qilishim bilan yana kelaman va birga tabiat qo'yniga chiqamiz, ahir senga gullar va tog'lar juda yoqadi shundaymi - janob Min qiziga jilmayib qarar ekan uni ko'ndirishga harakat qildi.
Ammo Soolin yetarlicha erka va biroz qaysar edi, ko'zida yosh bilan yuqori qavatga yugurar ekan otasiga qarab ham qo'ymadi. Ko'p o'tmay otasi qizini bu ahvolda tashlab keta olmay uning ortidan chiqdi. Xona eshigini taqillatib qizning ismini takrorlar ekan ichkaridan ovoz chiqmagach honaga kirdi. Soolin yostig'iga yuzini ko'mib unsiz yig'lar ekan janob Minning yuragi og'ridi.
Janob Min: o'zimning go'zal qizim~ otasinig yagonasi, iltimos yig'lama, otang seni ko'z yoshlaringga chiday olmaydi bilasanku - janob Min yotoqning bo'sh qismiga o'tirar ekan qizing mayin sochlarini silab erkalay boshladi.
Soolin otasining gaplaridan biroz erigach yig'lashdan to'xtab otasi tomon buruldi.
Soolin: dadajon men sizni juda yaxshi ko'raman, ammo siz meni ko'rgani juda kam kelmoqdasiz va men sizni juda soĝinyapman - qiz allaqachon qizarib ulgurgan burunchasini tortib qo'yib yig'i ovozida gapirar ekan janob Min qizini qaynoq bag'riga bosdi.
Janob Min: otang ham seni juda yaxshi ko'radi malikam~ otangni kechir va yaqin orada otang ayblarini yuvadi, so'z beraman ammo hozir ketishim kerak, maylimi - otasi muloyomlik bilan bag'ridagi qizini sochlaridan silab gapirar ekan qizini asta bag'ridan bo'shatdi.
Soolin otasining mehriga eridi va itoatkorlik bilan bosh silkidi. Otasi mamnun jilmaygancha "aqilli qizim" deya qizining peshonasiga labini bosdi.
Soolin otasini darvoza oldida kuzatib, mashina ko'rinmaydigan masofaga uzoqlashgunga qadar kuzatib turdi va tungi salqin havodan biroz sovuqotib uyga qaytdi.
Qorongʻu xona hamda sukunat.
Bu sukunatni bazida idishga quyilayotgan viski tovushi buzib turardi. Ammo ko'p o'tmay bu tubsizlikni ochilgan eshik tovushi buzdi.Eshik ochilib ichkariga Minho kirib keldi va xona pardalari ochildi shundagina xona ichidagi buyumlar va stolda hotirjam o'tirgan yigit ko'rindi.
Jungkook: Xo'sh~ o'ylaymanki meni tayinli sabab bilan bezovta qilding Minho - jo'ngkookning hotirjam va bo'g'iq ovozi yangradi.
Minho: janob Jeon biz ikki hafta oldin chet elga chiqib ketgan Min Suhoni bugun tush vaqtida Koreaga qaytganidan habar topdik - malum qildi Minho va Jungkookdan buyruq kutdi.
Jungkook qadahdagi viskini hotirjam bo'shatar ekan Minhoga yuzlandi.
Jungkook: demak bizning sotqin va qochoq Suho o'z oyoqlari bilan ajali tomon qaytibdi - Jungkook mutlaqo hotirjam ohangda gapirdi va qadahni yana to'ldirdi.
Minho: janob Jeon yana bir narsa bor... - Minho bir zum to'xtadi va uni diqqat bilan tinglayotgan Jungkookga qarab yana gapida davom etdi.
Minho: yigitlarning aytishicha janob Min Suho qaytishi bilanoq odamlarini qoldirib yolĝiz õzi shahar chetroĝida joylashgan va qattiq qõriqlanayotgan uyga borgan, va uning ortidan qo'yilgan odamlarimizning aytishicha janob Min Suho muntazam ravshda u yerga borib turadi, u yerda bir necha soat davomida bo'lgan va tun yarmida u yerdan ketgan - Minho gapini tugatar ekan Jungkook biroz o'ylanib qoldi.
Jungkook: uning ikkala ayoli ham vafot etgan, oĝli esa bir necha yillardan buyon chet elda, juda qiziq~