Mine
Sevgi urushga o'xshaydi: boshlash oson, lekin to'xtatish juda qiyin~
Hali tong otishiga to'liq ulgurmagan, ammo yigit allaqchon uyg'ongan edi. Balki umuman uhlamagan...
Jungkook har doimgi kun tartibini unutmagan holda yuvinish honasi tomon yo'l oldi. Yarim soatga qolmay tayyor bo'lgan yigit hissiz va sovuq yuz ifodasini saqlagan holda zinalar bo'ylab pastlar ekan atrofdan faqat yigitning oyoq tovushlari eshitilardi.
Atrofni yigitning sovuq aurasi egalladi. Har doimgidek hizmatkorlar yigitni payqashgan zahoti boshlarini egib tazim qilishar ekan, yigit ularning hech biriga etibor bermadi va nonushta dasturhonidagi o'z o'rnini egalladi. Uzun qilib yasatilgan dasturhonning faqatgina yuqori qismi band edi. Atrofdan faqatgina sanchqi va likopcha bir-biriga tegishining ovozi eshitilar edi. Hizmatchilar yigitning tim qora va shu bilan birga o'limni eslatuvchi ko'zlari bilan to'qnashishdan cho'chib yuzlarini yerga qaratgan holda bir qator bo'lib, sukut saqlagan holda turishardi.
Ko'rganda odamni yuragini orqaga tortuvchi Jungkookning qora saroyi oldida birin ketin qora va zamonaviy mashinalar hozirlandi. Jungkook uydan chiqib mashinalarning biriga qo'riqchi ochib bergan eshik orqali joylashar ekan, mashinalar harakatga kelib birin ketin uyni tark etdi.
- janob Jeon aytganingizdek kecha tunda janob Min Suhoni bizning yigitlarimiz qo'lga oldi va siz aytgan manzilda saqlamoqdalar, - o'rtacha tezlikda harakatlanayotgan mashina ichida Minhoning ovozi yangradi va diqqatini Jungkookga qaratdi. Ammo Jungkookning yuzida hech qanday reaksya o'zgarmadi. Jungkook shunchaki bosiq va bo'g'iq ovozda "yaxshi" dedi holos. Boshlig'ining bunday harakteriga allaqachon moslashgan Minho Jungkookning bugungi jadvali bilan tanishtirdi.
Soolin bugun doimgidan biroz erta uyg'ondi. Bugun darslari kam bo'lgani uchun bo'sh vaqti ko'p bo'ldi. Qiz uyda joylashgan o'zining shahsiy kutubxonasida sevimli kitobini o'qish bilan ajoyib vaqt o'tkazar ekan yoniga kelgan hizmatchini ham payqamadi. Hizmatchi ayol o'zini sezdirish uchun tomoq qirat ekan, qiz kitobdan boshini ko'tarib real hayotga qaytdi va hizmatchi ayolga savol nazari bilan qaradi.
- kichik honim~ bir nacha soatdan buyon shu yerdasiz. Tushlik vaqti bo'ldi. Allaqachon tushlik tayyor, ovqatlanib olishingiz kerak, - hizmatchi ayol muloyimlik bilan qizga gapirgach yuziga yengil tabassum yigurtrdi.
- mening qornim to'q va biroz ishtaham yo'q Jung honim, - qizning yoqimli ovozi yangrar ekan Jung honim biroz yuziga so'lginlik oldi.
- kichik honim~ ovqatlanib olishingiz kerak. Otangiz ovqatlanish ratsioningizga etiborli bo'lishingizni shahsan o'zlari tayinlaganlar, - qiz otasi haqida eshitib darhol itoatkorona bosh chayqadi.
Jung honim Soolin otasining qarorlariga qarshi chiqmasligini bilardi va aynan shuning uchun shu yo'ldan foydalandi.
Aslini olganda Soolin ovqatlanishni kanda qilmaydi. Turli xil tansiq taomlar uning jonu dili. Shirinlik deganda esa u hatto o'zini tomdan uloqtirishga tayyor. Biroq bazida bo'ladigan ruhiy o'zgarishlar ba'zida qizni umuman boshqa insonga aylantiradi. Soolinni ruhiyati o'zgaruvchan. Tez hafa bo'lib tez hursand bo'ladi. Tabiatdan juda tasirchan. Hatto kuz fasli kelganida daraxt barglarining hazomga aylanishi va uning sevimli gullari so'lib qolishi ham Soolinga juda katta ta'sir ko'rsata oladi. U yig'lashi ushun gulining yaprog'i to'kilishining o'zi ham yetarli. Darvoqe, Soolin gullarning shaydosi.
Gullar orasida uning eng sevimlisi bu "Gortenziya"
Gortenziya — toshyorardoshlar oilasining Hydrangea turkumiga mansub bir necha tur xushmanzara oʻsimliklarga berilgan umumiy nom. Bargi oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Oq, pushti, qizil va koʻk rangli gullari toʻpgul hosil qiladi. 76 turi bor. Ulardan bir nechasi gulchilikda ekiladi. Xitoy va Yaponiyadan keltirilgan va Shimoliy Amerikadan keltirilgan daraxtsimon, koʻp yillik xushmanzara oʻsimlik sifatida parklarda oʻstiriladi.
Dadasi janob Min Suho qizi uchun doim shu gullardan keltiradi. Kecha ham otasi o'zi bilan olib kelgan bir qancha sovg'alar va Gortenziya janob Min Suhoning qiziga bo'lgan mehri va e'tiborini tasdiqlaydi.
Soolin dasturxonni ko'zdan kechirar ekan yuziga tabassum yugurdi. Aslida hozir uning qorni juda och. Biroz oldingi rad javobi esa u o'qiyotgan qitobidagi ikki sevishgan qahramonlarning ayrilig'i tufayli qayg'urishi va shu sabab kayfiyati tushib bir zum mahzun tortgani sabab edi.
Chxve honim Soolinni bolaligidan to hozirgi kunga qadar yonida bo'ldi va aynan shu sabab Soolinni nimalarni yoqtirishini u juda yaxshi biladi.
Qiz rohatlanib sevimli taomini tanovvul qilar ekan, biroz oldin taomlanishdan bosh tortganidan afsuslandi va o'jarlik qilib oyoq tirab olmagani uchun o'z-o'ziga raxmat aytdi. Albatta ilgari bu qaysar qiz bir necha marotaba o'jarlik qilib ovqatlanishdan bosh tortgan.
Tun... atrof allaqachon qorong'ulikga cho'kgan.
Ko'rinishidan bir necha yillardan buyon foydalanilmayotganligini payqasa bo'ladigan darajada harobaga aylangan allaqanday ombor. Ichkaridan zah hidi anqimoqda. O'rgamchak to'ri va stolga bog'langan hushsiz erkak tepasida atrofni hira yoritayotgan chiroq qo'rqinchli manzaraga yanada bezak bermoqda.
Ombor oldida bir necha mashina kelib to'xtadi. Kim kelganini taxmin qilgan yigitlar boshliqlarini kutib olish uchun tashqariga chiqdilar va unga peshvoz chiqdilar. Ko'p o'tmay haydovchi tomonidan ochilgan eshik orqali yigit mashinadan shoshilmay tushdi va o'zini namoyon qildi. Baland bo'y va mushakdor tana, bahaybat tanani quchog'iga berkitgan qora rangdagi biroz rasmiy kiyim. O'tkir jag' suyagi va tiniq teri, qora rangdagi o'tkir ko'zlar va biroz chimirilgan qoshlar, va bularning barchasi uyg'unlashib yigitni shunchaki mukammal ko'rsatmoqda.
Yigit atrofni ko'zdan kechirgach, nigohini omborga qaratdi va o'sha sovuq yuz ifodasini saqlagan holda ichkari tomon odimladi.
O'tirgan o'rniga bog'lab qo'yilgan erkak biroz o'ziga kelishni boshladi. Boshida og'riq sezb yuzini burishtirgancha ko'zini ochishga harakat qilar ekan oldin yerga qaragan yuzini biroz ko'tardi va bo'ynida ham ancha vaqt egilib turgani bois biroz og'riqni sezdi. Qo'llarini harakatga keltirishga harakat qilganida qo'llari boylanganini his qildi. Atrofga alanglar ekan miyyasi holatni tahlil qilardi. Hali holatni to'liq o'rganib ulgurmagan erkak, qarshisidan yaqinlashib kelayotgan qadamlarni payqadi. Qorong'u bo'lgani bois yuzini ko'rish muammo tug'dirdi ammo ko'p o'tmay yigit yaqinlashib chiroq ostiga kelganida uning kimligi aniqlandi. Yigitning yuzida iblis tabbasumi o'ynadi. Yigitning kimligini ko'rgan erkak hayratini yashirmadi. Ammo ko'p o'tmay yuzida hayrat so'nib jahil uyg'ondi.
- Jeon...? bu nimasi... bu nima tomosha, - erkak jahl bilan baland ovozda o'shqirdi.
- tomoshani sen qo'yasan Suho, - Jungkook erkakga biroz yaqinlashish barobarida. - men shu vaqtgacha shunchaki tomosha qildim holos, - sokin va bosiq ovozda gapirdi yigit.
- ... , - erkak savol va tushunarsiz nigohda Jungkookga yuzlanidi.
- menga hiyonat qilib nimani o'ylagan eding? shunchaki qutulib ketaman deb o'yladingmi?! - yigitning yana bo'g'iq va biroz jahl aralash ovozi yangradi.
- nimalar deyapsan? nima haqida gapirayotganingni tushunmayapman..?!
- o'zingdan ahmoqni yasama Min!, - yigit sohta kuldi va birdan jiddiylashdi, - mening dushmanim bilan til biriktirib menga hiyonat qilding. Menga tuzoh qo'yib shunchaki o'ldirib yuboraman deb o'yladingmi. Chindan juda ahmoqsizlar, - yigit yuzida yana tabassum o'ynadi va yuzini erkakga yaqin olib keldi.
- shu mittigina miyyangiz bilan menga o'yin qildingizlarmi - Jungkook barmog'ini janob Minning boshiga tiradi. - seni o'zimga hamkor qilganimga o'zingni aqlli sanab menga qarshi bordingmi?
Janob Min gap nima haqida ketayotganini biroz angladi.
- demak gap Matthieo haqida ketayabdi degin - erkakning kichik kulgu ovozi yangradi, - men sening noqonuniy ishlaringa aralashmadim. Mening kampaniyam sening kampaniyang bilan hamkorlik olib bordi va bu endi boshqa hamkorliklar taqiqlanadi degani EMAS!
- men sening noqonuniy ishlaring bilan shug'ullanmay qo'yganimga ancha bo'lgan, shuning uchun ham meni shaxsiy adovatlaringga aralashtirma!.. - erkak to'laqonliy jiddiy gapirdi.
- Orqadan ish qilishga kelsak... men bunday pastlash emasman, senga qilingan suyuqasdga ham mening aloqam yoq! noqonuniy ishlar, qurol savdosi bilan ham shugullanishim rost ammo men hech kimning ortidan ish qilmaganman!
Erkakning gapini shunchaki parvo qilmay eshitayotgan yigit yengil tomoq qirdi.
- mening or - nomusli do'stim~ sen hali ham qilgan ishlaringni tan olmayapsan yoki tushunmayapsan. Seni mening dushmanim bilan nima ishing bor meni qiziqtirmaydi! Agar men behabar u bilan o'rtangizda nimaiki bo'lsa bo'lsin, sen men uchun hoinsan! men bilan ishlayapsanmi tamom! Sening har qanday qilgan ishing menga ham bog'liq va aralashay olaman, - yigit erkakka uqtirar ekan o'zinig yo'g'on va sovuq ohangida davom etdi, - seni haligacha Matthieo ni ortidan yubormagan bo'lsam bu mening senga bo'lgan so'nggi marhamatim. Men Jeon Jungkook man! Menga bunday hurmatsizlik qilgan hech kim javobsiz qolmaydi. Buni o'zim kafolatlayman! - yigit yana yuzini erkaknikiga yaqin olib keldi,
- sening joning o'rniga 17 yildan buyon hammadan, hatto o'z oilangdan yashirib kelayotgan odamingni olaman!
- y..y..yoq - janob Min ning og'zidan faqat shu so'z chiqa oldi holos. Jungkook uning to'laqonli kuchli havotir va qo'rquvga tushgan yuz ko'rinishini ko'rib rohatlanardi.
Janob Min ichida faqat "bo'lishi mumkun emas" deya qaytarar edi. Jungkook yuziga keng tabassum olar ekan:
- qiziq~ sen hatto o'lim so'zini eshitganingda ham bu qadar o'zingni yuqotmas eding. U shunchalar kim bo'ldiki sen u haqda o'zingdanda ko'p qayg'uryapsan...?
- J.Jungkook yolvoraman bunday qilma....men senga istaganingni beraman....istasang bor mol mulkimni..ammo unga yaqinlashma yolvoraman.. uning hech qanday aybi yo'q, - janob Min qizi uchun kerakli havfsizlikni yaratish uchun uyni atrofiga yetarlicha odamlar qo'ygan ammo Jungkook qanday kuchga ega ekanligini bilardi, hozir aynan shuning uchun qo'rqmoqda.
- ko'rishguncha Min Suho~
Jungkook ortiq hech bir so'z demay yuzida yovuz tabassum aks ettirgancha erkakdan uzoqlasha boshladi.
Janob Min yolvorib ortidan baqirgancha qolib ketdi...
Jungkook bugungi ishini chala tashlab ertangiga qoldirishni hushlamaydi. Ayniqsa uni qiziqtirayotgan bu ishni u aslo kechiktirishni istamaydi.
Allaqachon Jungkookning buyrug'iga binoan to'plangan, tish tirnog'igacha qurollangan yigitlar hozirlanib Jungkookning buyrug'ini kutishardi. Jungkook sokin holda barmoqlari orasidagi tamakini lablaridan uzoqlashtirib atrofga tutunini purkar ekan, atrofidagi odamlarini ko'zi orqali tekshirdi.
- kelgan malumotlarga ko'ra biz borayotgan uy kuchli qo'riqlanmoqda va albatta biz ulardan son jihatdan ko'pmiz. Hech qanday ko'ngilsizliklarsiz uy ichidagi bizga kerakli bo'lgan odamni olishimiz kerak, biz hali u kim ekanini bilamymiz shuning uchun uy ichidagilarga zarar yetkazmaslik kerak. Uy ichiga men bilan faqat ikki kishi kiradi qolganlar tashqarida qoladi. - atrofda yig'ilgan qiriqga yaqin yigitlar itoatkorlik bilan bosh irg'agach Jungkook "hamma mashinalarga" deya buyruq berdi va o'zi ham mashinalardan biriga joylashgach, mashinalar harakatlana boshladi~