November 30

Mine

Sevgi urushga o'xshaydi: boshlash oson, lekin to'xtatish juda qiyin~

- ishoning janob Min, biz birga bo'lsak uni yo'q qilish yanayam osonlashadi va tezlashadi. Menga esa aynan shu narsa kerak. Qanchalik tez bo'lsa shunchalik yaxshi. Men bu yerda ko'p qolishni rejalashtirmaganman, ammo ishim bitmasidan aslo bu yerdan ketolmayman, - hurmatni saqlagan holda o'z maqsadlarini ochiqlar ekan biroz sukut saqladi va nigohlarini yana qarshisida mag'rur holda uni diqqat bilan tinglayotgan janob Minga qaratib davom etdi.

- nazarimda sizga ham aynan shu kerak. Tezroq u sizdan olib qo'ygan "qizingizni" qaytarish. - yigitning kiyingi gaplarida ohangi biroz o'zgardi va shu bilan birga yuzida tushunarsiz tabassum o'ynadi.

Frensis

- siz uni qanchalik yaxshi bilasiz buni bilmadimu, ammo siz unga shunchaki oddiy odam sifatida qaramasligingizni hohlardim. - erkakning gaplaridan Frensisning yuziga kulgu oraladi.

- siz aytayotgan odam juda aqilli va uni biluvchi hech kim buni inkor eta olmaydi. U hech narsani e'tibordan chetda qoldirmaydi shu bilan birga hech qanday hato qilmaydi. U bir so'z bilan aytganda o'z ishining ustasi.

- ha...balki shunday, ammo hech kim mukammal emas. Biz bir bo'lsakgina buning ustidan chiqishimiz mumkun. Sizning tajribanagiz va mening o'z ish uslubim.

- sizningcha buning o'zi yetarlimi, - janob Minning yuziga kulgu yugurdi, - men unga qarshi chiqib natijada esa hozir hatto o'z qabriga ham ega bo'lmagan insonlarni bilaman. U hech qachon unga qarshi chiqganlarni tirik qoldirmaydi. U siz o'ylagandan ham vaxshiy. Uni yo'liga to'g'anoq bo'lgan hech kim tirik qolmagan, ular vahshiylarcha o'ldirilgan.!

Min Suho

Janob Min keyinga gaplarini mutloq jiddiy aytdi.

- va ko'rinib turiptiki sizni ham ancha yuragingizni olib qo'ygan, - Frensis kular ekan qarshisidagi jiddiy qiyofadan biroz o'zini tartibga keltirdi.

- mazur tutasiz janob Min ammo gaplaringizdan rostan ham undan juda qo'rqasiz degan hulosaga kelishga majbur bo'lyapman.

- sizningcha bu qo'rquvmi.?! Men shunchaki kimga qarshi chiqayotganimizni bilishingizni hohlayman. Qolayversa uning qo'lida mening qizim bor.... - janob Minning so'nggi so'zlari biroz og'riqli chiqti.

- janob, biz ikki o'ziga to'q va yetarlicha aqilli erkaklarmiz, shunday ekan havotirga o'rin yo'q. Aqil bilan ish tutamiz va istaganimizga erishamiz - Janob Minning ahvolini biroz chungan holda unga dalda berishni hohladi.

~~~

- bu nimasi, bularni yeb bo'lmaydi axir, - qiz lablarini shishirgancha yosh bola kabi injiqlik qilib erkalandi.

- nima.? bu nima deganing.? Hoy qizaloq men bularni qayerdan buyurtiraman bilasanmi, ular eng oliy navli shokoladlar.! Shoshma o'zi sen qanday qilib buni rad eta ilasan a.? Men hali bularni hech kim bilan bo'lishmagan edim.! - yigit norozi ohangda biroz jahil qilib qarshisidagi shirinliklar turuvchi jovonni yopib qo'ydi.

- yo'q bular juda achchiq, siz qanday qilib bu achchiq narsani yeysiz.? ularni qanday qilib shokolad yoki shirinlik deyish mumkun.?

- shunchaki hammaning o'z didi bor kichik honim, bor gap shu

- yaxshi men buni tatib ko'rmoqchiman, - qiz javonga qo'l uzatgan edi hamki yigit tezlikda qarshilik qildi.

- nima ularni menga beradi deb o'ylaysanmi.?

- hoy siz hozirgina ularni menga bermoqchi edingiz

- sen o'zing ularni bemaza deb rad etganing uchun bermayman

- hoy men bemaza demadim, shunchaki achchiq dedim. Ahir rostan ham qira shokoladlar achchiq bo'ladi. Bunchalar ham ziqna bo'lmasangiz. - bo'yi o'ziga nisbatan juda uzun, hatto unga murojat qilish uchun yuqoriga qarashga majbur bo'ladi, ammo qarshisida huddi yosh bolalar singari sevimli shirinligini qizg'onib ortiga berkitib olgan bahaybat yigitga norozi ohangda g'inshidi.

Soolin

~~~

Tun yarmida tezlikni pasaytirgan holda shaharni aylanayotgan qora rangdagi mashina ichida ikki kishi o'zlariga kerakli narsani topish uchun shirinlik do'konini qidirishar edi.

- shu yerda ekanligi ishonching komilmi.? Biz shunchaki boshqa do'kondan ham harid qilishimiz mumkun edi. Bitta shirinlik uchun meni shahar chetiga olib kelding. Yana tun yarmida.! - biroz uyqusi bor ammo hali ham bir qiz uchun u hohlagan shirinlikni olish uchun uyqusidan vos kechib uni uzoq masofaga olib keldi. Aslida u uchun uyqusidan kechish hech narsa emas. U uyquni u qadar sevuvchilardan emas. Ammo hech qachon kimningdir uchun bunday qilmagan.!

- odatda men bu yerga dadam bilan kelardim. Bu yerda men sevgan barcha shirinliklar mavjud, - qiz ko'zlari porlagancha gapirdi va tashqadidagi do'konga imo qildi.

Jungkook qizning hursandligini ko'rib charchoqdan holi bo'lgandek bo'ldi.

- hop yaxshi, qani tushaqol

Tun yarimidan o'tganiga qaramay hali ham ochiq bo'lgan shirinlik dokoniga kirishar ekan qizning ko'zlari quvonchdan porladi. Rostan ham bu yer juda go'zal edi. Ayniqsa yosh bolalarni o'ziga tortishi juda oson. Soolin ham aslida yosh bola kabi shuning uchun bu yerdagi turli hil qandolatlar uni allaqachon sehirlab qo'ygandi.

Candy shop

- istagan narsangni tanlab shu yerga olib kel, men shu yerda kutaman. Ko'p qolib ketma ortingdan qorovullab yurishim shart emas shundaymi.? - huddi yosh bolaga gapirayitgan ka'bi tayinlar ekan uning hech bir so'ziga etibor qilmagan qiz so'zlari ohiriga yetmasidan allaqachon do'kon ichiga kirib ketgandi. Yigit uning ortidan qaragancha asabiy ho'rsindi.

~~~

Qiz har bir bo'limni ko'zdan kechirar ekan ikkinchi qatordan uchinchisiga o'tguniga qadar qo'lidagi savat allaqachon to'lishga ulgurgandi. Lekin o'zi sevgan shokolad pastasini olish uchun ohirgi bo'limga borishga ahd qildi.

Ko'zlangan manzilgayetib kelar ekan bir narsani unutganini sezdi. U hohlagan narsa eng tepa qatorda edi va hozir aksiga olib bir dona qolgandi. U doim dadasi bilan kelgani uchun uni janob Min olib berardi. Hozir esa u yo'q.

Yuqoridegi Nutella bitta qolgan deb tasavvur qlila

Qo'lidagi savatni qo'yib oyoq uchida turgancha yetishga qancha urinmasin uning qo'llari hatto shokolad pastasi joylashgan qatorga ham yetmasdi. Jungkookni bu yerga olib kelish kerakligi va aks holda u o'zi hech qachon ololmasligini tushungan qiz yengil uf tortdi va yerdagi savatni yana qo'liga olib qaytishga shaylandi. Shu vaqt undan uncha uzoq bo'lmagan, tahminan 10 metr uzoqlikda harid qilayotgan uzun bo'yli ikki yigitni ko'rgach ko'zlari umiddan porladi.

- kechirasiz janob, sizdan bir yordam so'rasam maylimi.? - mayin va yoqimli ovozdan ortga burilgan notanish yigitlar qarshisidagi mitti g'ozal honimga biroz muddat tikilib qolishdi.

- albatta kichik honim, hosh sizga qanday yordam bera olaman, - yuzida tushunarsiz kulgu paydo bo'lgan yigitning miyyasiga nomaqbul o'ylar kela boshladi. Buni sezgan yonidagi sherigi uning qulog'iga yaqin kelib pichirladi.

- nima qilmoqchisan hoy ahmoq, - dostiga ko'z qisib javob bergan yigit qiz tomon o'girildi.

- anavi yerdagi shokolad pastasi, u juda yuqorida joylashgani uchun ololmayapman. Uni menga olib bera olasizmi. - qiz bir qo'lini ko'tarib shokolad pastasi tugan joyni ko'rsatdi.

- albatta, - yigit jilmayib o'sha tomon bordi va biroz qo'lini cho'zib uni qo'liga oldi.

- raxmat janob, - qiz yuzida tabassum bilan unga uzatilgan pastani olishga qo'l uzatar ekan yigit to'satdan qo'lini yuqoriga ko'tardi. Qiz esa bo'lgan voqeadan yigitga tushunarsiz yuz bilan qaradi.

- ohh jin ursin* bu men sevgan shokolad pastasi, - yuziga sohta afsuslanishni yugurtirdi. - kechir qizaloq men uni senga berolmayman.

- ammo men uni birinchi....

- lekin men oldim.! Mayli agar buni juda hohlasang senga berishim mumkun. - yigit yuzini qizga yaqin olib bordi va chap yuziga barmog'i bilan ishora qildi. - evaziga meni o'pib qo'y.!

Yigitning surbetligidan yetarlicha asabiylashgan qiz hozirning o'ida bu shilqimni dadasiga aytib berib uni dopposlatgisi keldi. Ammo bahtga qarshi hozir dadasi yonida emas.
- tarbiyasiz surbet.! - asabiy qadamlarini tezlashtirib u yerni tark etdi.

- hoy kichkina ahmoq sen hozirgina meni nima deb atading.?! - baqirgancha qizning ortidan tushgan yigitni uning sherigi to'xtatdi.

Kassaning oldida bir muncha vaqtdan buyon qizning chiqishini kutayotgan yigit qo'l soatiga qaradi, endi ortidan kiraman deyayotganida bir muncha vaqt oldin yuzida tabassum va hursandchilikda kirib ketgan qiz hozir qo'lida savat yuzi esa asabiylikdan qizargan holda chiqayotganini ko'rib joyida qoldi.

- nimadir bo'ldimi.? - qo'lidagi shirinliklarni sotuvchiga berayotgan qizga o'zining yo'g'on ovozida qoshlari biroz chimirilgan holda savol berdi.

- hech narsa, shunchaki tezroq ketgim kelyapti. - yigit nimadir bo'lganini sezsa ham shunchaki bosh chayqab to'lov qilda va chiqishdan oldin do'kon ichiga bir ko'z yugurtirdi.

Bir necha soatdan so'ng...

Qorong'u hona, faqatgina tungi chiroqning hira yorug'i va yotoqda uhlayotgan qiz. Uni yotoq yonidagi o'rindiqda diqqat bilan kuzatayotgan yigit. Atrof jim jit, yigit qizning uhlayotgan siymosiga qancha tikilib tursada hech to'ymayotgandek undan ko'zini uzmasdi.

O'rindiqqa bor og'irligi bilan suyanib qolini iyagiga tiragan yigit qilishi kerak bo'lgan yana bir ish borligini esladi va astalik bilan o'rnidan turdi. Qizning ustidagi choyshabni qizning yelkalari bo'ylab yaxshilab yopdi va yuzini qiz tomon yaqinlashtirib ko'zlarini yumarkan sevimli iforidan o'okasini to'ldirdi. So'ng qizdan uziqlashib unga ohirgi bor qaradi va ehtiyotkirlik bilan honani tark etdi.

Jungkook uyi yonidagi omborga yaqinlashar ekan eshik oldida turgan odamlari uni ko'rib bosh egishdi va eshikni ochib berishdi. Jiddiy qiyofa bilan omborga kirar ekan ombor markazida qonga belanib hushsiz yotgan yigitga ko'zi tushib qoshlari chimirildi.

- men sizlarga nima degandim.?! - Jungkook jahil bilan o'shqirdi.

- J.j.janob u.u juda nimjon ekan bir necha zarbadan so'ng hushini yuqotdi - yigitlardan biri duduqlangancha javob berdi.

- uni hoziroq hushiga keltiring.! - Jungkookning qahirli o'shqirig'i yangradi.
Odalmari bir zumda bir chelak suv bilan qaytib kelishdi va hushsiz yigitning ustidan quyib yuborishdi. Sovuq suvning tasirida o'ziga kelgan yigit hovliqqancha atrofga alangladi va unga qo'rqinchli qarab turgan erkakga duch keldi.

- S.s.siz.siz kimsiz.?

- ajaling~

# Davomi_bor...