November 12

Mine

Sevgi urushga o'xshaydi: boshlash oson, lekin to'xtatish juda qiyin~

Qorong'u hona, faqatgina hona markazidagi ish stolida joylashgan kichik yoritgich yordamida honaning ayrim yerlarini payqash mumkun. Keng, ammo honaning ko'p qismi bo'sh. Hona markazida ish stoli va devor yaqinida, ehtimol qurol saqlanuvchi javon mavjud.
Oyoqlarini ish stoli ustiga ustma - ust qo'ygan holda telefonda gaplashayotgan erkak goh - gohida qo'lidagi tamakini lablariga orasiga olib chuqur tortadi va hona bo'ylab tutunni purkaydi.

- Bernard ortiqcha gaplarni bas qil, men allaqachon ishga kirishib bo'ldim. Endi ortga yo'l yo'q..! - yigit beparvolarcha biroq jiddiy ohangda aytgan so'zlari bo'sh hona boylab yangradi.

Keyingi daqiqada yigit tomonidan qo'ng'iroq yakunlandi va qo'ng'iroq yakulanganligini bildiruvchi signal ovozi yangradi.
Yigit telefonni stol ustiga irg'itar ekan ko'zlarini yumib o'rindiqqa bor og'irligini tashladi.

Bir necha kundirki u tunlari uhlay olmaydi. Ko'zlarini ko'r qilgan bu g'azab uni kechalari orom olishiga to'sqinlik qiladi. Ammo u hozir g'azabini bosishi va aql bilan ish tutish kerakligini biladi.

Yigit o'zini chalg'itib, tinchlanishga harakat qilar ekan telefonining ovozi yana asablarini taranglashtirdi. Qo'lini telefon tomon yo'naltirib qo'liga olar ekan, ekrandagi yozuvdan asabiy ho'rsindi. Bir necha soniya ekrandagi yozuvga tikilgan yigit barmog'ini yashil belgi tomon uzatdi va ekranni surdi. Telefonni qulog'i tomon yaqin olib keldi.

- eshitaman, - yigit yo'g'on ovozda javob berdi

- Frensis...hayirli kech, - telefon ortidan ayol kishining ingichka ovozi yangradi.

- senga ham

- haligi...seni Kareada deb eshitdim...balki erta...

- Soyun agar muhum gaping bo'lsa tezroq ayt o'chirishim kerak, - yigitning aytgan qo'pol gapi qizning so'zlarini kesib tashladi.

- hech qanday muhum gap yo'q, shunchaki bu yerga kelganingni eshitdim va sen bilan bo'g'landim. Agar istasang ertaga tushlik vaqti ko'rishsak degandim. Uchrashmaganimizga ancha bo'ldi, - yigitning betoqatligidan so'zlarini biroz tezlatgan qiz yigitdan ijobiy javob kutardi.

Frensis

- Soyun, afsuski ertaga umuman vaqtim yo'q, yaxshisi kelasi safar. Maylimi.?

- h.ha albatta muammo yo'q - qiz hafa bo'lsada o'zini hammasi joydadek ko'rsatdi.

- yaxshi. Unda ko'rishkuncha. Hayirli kech. - yigit qizning javobini kutmay qo'ng'iroqni yakunladi.

~~~

Yarim tun. Mashinalar birin ketin Jungkookning qo'rg'onu qasri yonida to'xtadi. Barcha mashinadan tushar ekan eng so'nggida qo'rquv aralash qiz tushdi, qiz odamni yuragini orqaga tortadigan uyga qo'rquv aralash ko'z tashlarkan badanida nimadir o'rmalayotgandek bo'lardi.
Bu uy uning uyidan katta farq qilardi. Qizning uyi o'zi uchun mo'ljallangan bo'lib, devorlarini bo'yashda ochiq ranglardan foydalanilgan. Uy atrofida keng bog' bo'lib qizning sevimli gullari yetishtirilardi. Ammo qarshisidagi uy...umuman boshqa atmasfera.

- alanglashni bas qil. Ortimdan yur, - yigit uni kuzatayotganini sezmagan qiz chuqur va bo'g'iq ovozdan cho'chib tushdi.
Yigit qizdan nigohini uzib uy tomon odimladi. Ortidan kichik qadamlar bilan qiz ham ergashdi.

Pov Soolin:

Mashinadan tushar ekanman qarshimdagi uy meni go'yoki o'ziga sehirlab qo'ydi. Juda baland va shu bilan birga juda sovuq ko'rinishga ega. Huddi men kitoblarda o'qigan mahluqlarning qora saroyini zamonaviy ko'rinishi edi. Hatto bu yigit ham uyi ka'bi qora va sovuq ko'rinishga ega, va shu bilan birga mukammal ko'rinishga ega. Yo'q yo'q men nimalar deyapman o'zi. Men hatto uni tanimayman. Asl niyyati nimaligi ham menga qorong'u. Ahmoqona hayollar qurshovida qolar ekanman ortimdagi yigitning ovozi meni meni hayolot olamimdan yerga qaytardi. Uning ortidan yurishimni buyurganida itoatkorlik bilan aytganini qildim va ortidan ergashdim.

Uyning ichi huddi tashqi ko'rinishi ka'bi edi. Honalar juda keng va hashamatli. Uy bezaklari uchun faqat qora va tilla ranglardan foydalanilgan. Asosan qora rangda, hatto jihozlar ham.

Yigit qora rangdagi yumshoq divanga juda toliqqan insonlardek bor og'irligi bilan o'zini tashladi. So'ng unga tikilib turgan qizga yuzlandi.

- O'tir.! - yigit buyruq buyruq ohangda gapirdi.

- kimsiz, nega men bu yerdaman, mendan nima istaysiz? - qiz otirgandan so'ng o'zining yoqimli ovozida yigitga o'zini qiynayotgan savollarni berdi.

Soolin

- Jeon Jungkook.! nega bu yerdaligingni sababini keyin bilib olasan Coralina~

Yigit ohirgi so'zlarini urg'u bilan aytdi. Qiz bunga tushunmagan bo'lsa ham.

- bu yetarli javob emas. Men sizni tanimayman, siz meni qayerdan taniysiz, nega uyimga bostirib keldingiz va meni majburan bu yerga olib keldingiz? Sababini bilishga haqqim bor..! - qiz qat'iy ohangda gapirdi. Ammo yigit deyarli e'tibor bemadi va yuzini boshqa tomon burib kimnidir ismi bilan chaqirdi.

- Harin honim - yigit chaqirgan tomondan yoshi tahminan o'ttizdan o'tgan ammo qomati joyida ayol hizmatchi kiymida shoshilgancha yetib keldi.

- hayirli kech janob Jeon. Eshitaman - ayol yerga qaragancha javob berdi.

- kichik honimga yuqoridan, mening honam yaqinidagi honadan tayyorlang - yigit o'zining yo'g'on ovozida buyruq berdi.
Hizmatchi ayol bosh irg'ab g'oyib bo'ldi.

- men bu yerda qancha vaqt qolaman. Men bu yerdaligimni dadamga aytishim kerak. Ular mendan havotir oladilar. Hech bo'lmasa qo'ng'iroq qilishimga ruhsat bering.

- kichik honim juda ko'p savol berar ekanmi?! havotir olma dadajoning seni bu yerdaligingdan habardor
Qiz dadasi uni bu yerdaligidan habardorligini eshitib biroz hayratlandi. Qiz yana savollar qurshovida qoldi.

- nima? dadam meni....bu nima degani?!
Jungkook qizning tugamas savollaridan asabiy ko'zini yumib ochdi.

- juda ko'p savol beryapsan qizaloq. menga bunday qizlar yoqmaydi.

- sizga yoqishga majbur emasman.!

Soolinning gaplaridan Jungkookning biroz qoshlari chimirildi. Ko'zlar to'qnashuvi va to'satdan yangragan ovoz ikkisining ham nigohini o'ziga qaratdi.

- janob Jeon hona tayyor, - ketganiga hali ko'p bo'lmagan Harin honim atrofda paydo bo'ldi.

- kichik honimni honasiga kuzatib qo'ying - ko'larini qizdan uzmay jiddiy ohangda buyurdi.
Qiz jahil bilan o'rnidan turib Harin honim ishora qilgan tomon odimlab ketdi.
Honaga kirar ekan o'zini katta yotoqqa otdi.

- kichik honim nimadir kerak bo'lsa bemalol menga murojat qilishingiz mumkun.

- hech narsa kerak emas, raxmat honim - qizning yoqimli ovozda aytgan gapidan hizmatchi honim mayin tabassum qildi. Harin honim Soolinga mehir qo'ydi. Sabab, qiz Harin honimga bir ko'rishdayoq o'z qizini eslatdi.

- hayirli kech kichik honim~

- hayirli kech.

Qiz honada yolg'iz qolganini sezgach o'rnidan turdi va atrofni ko'zdan kechirdi.

Bu hona qizning yotoqhonasidan farq qilardi. Qiz biroz atrofni ko'zdan kechirgach yana o'zini yotoqqa tashladi.

- nega bu uyda hamma hona va hamma narsa qora rangda.? - qiz yotoqda yuzini yuqoriga qaratgan holda õziga o'zi savol berdi.

Qizning anchadan buyon uyqusi kelayotgani sabab miyyasida bir qancha savollar bilan uhlab qoldi.

~~~

- uni kimligini aniqlang. Jungkookning barcha dushmanlari, unga qarshi bo'lgan va unda husumati bo'lgan hammani toping va malumot yig'ing. - yigit bu davlatga kelganidan buyon faqat shu ish bilan shug'ullanardi. Aslida bu yerdaligining asil sababi ham shu edi.

~~~

Yigit biroz mast ammo mutlaqo o'zida edi. Tanasini quchib, bo'rtib chiqqan mushaklarini sezdirayotgan qora ko'ylakning yuqori ikki tugmasi yechilgan.
Yo'lak bo'ylab honasi tomon yurar ekan hayoliga kelgan narsadan joyida to'xtadi. Harin honim aytgan hona tomon qaradi va honasi qarshisida joylashgan eshikga nigohini olib o'tdi. Unga yaqinlashar ekan eshik yonida to'xtab qo'lini ochish uchun ko'tardi. Ammo qo'li biroz muddat havoda muallaq qoldi.
So'ng eshik dastagini asta buradi. Uhlab qolgan degan tahmin bilan asta honaga qadam bosdi. Honaga kirar ekan dimog'iga u uchun sevimli bo'lishga ulgurgan yoqimli vanilla ifori urildi.

Hona markazidagi yotoqda malikalar kabi uhlayotgan qizni ko'rib yana o'sha o'ziga mutloq begona hislar yigitni yana qurshab oldi. Sekin yotoqga yaqinlashdi va yaqindan qizning go'zal yuziga termuldi. Bir necha vaqt qizdan ko'zini uzmay tikilayotgan yigit hozir o'ziga nima bo'layotganini bilmasdi, u hozir biladigan yagona narsa u hozir bu qizdan uzoqlashishni istamaydi.
Bugun uchratgan qiz uni o'ziga sehirlab qo'ygan edi. Uzun barmoqlari orqali qizning yuziga tushib turgan bir tola sochni quloqlari oqtiga ehtiyotkorlik bilan o'tkazdi.
Uzun qayrilgan kipriklar, ingichka va uzun qoshlar, yorqin va silliq teri, kichik burun, va nim pushti nam lab...yigitning nigohi ohirgi nuqtada to'xtadi.

Jungkook

- qizaloq... menga nimalar qilyapsan - yigit o'zi eshitilarli ovozda pichirladi.

Qizning uyqusi biroz qattiq edi va bugungi ishlar uni ancha toliqtirgani bois qattiq uyquda edi. Dimog'iga juda yaqindan urilayotgan ifordan o'pkasini toldirib nafas oldi.

Yigit so'nggi bor qizga qarab qoydi va qanday kirgan bo'lsa huddi shunday honani shovqinsiz tark etdi.

~~~

Janob Min qizining honasida hali ham undan ajralganiga ishona olmay ich etini yerdi. Hozir qay ahvolda degan savol aqlini egallab olgandi. Qo'l oyog'i bog'langani va Jungkookga bir o'zi qarshi chiqa olmasligi unga og'ir botayotgan edi... Etiborini jiringlayotgan telefon tortdi va ekranga qaradi. Ekrandagi notanish raqamga qaradi va ikkilanish bilan telefonga javob berdi.

- eshtaman

- salom janob Suho, adashmadim shundaymi.?, - telefondan notanish yigitning ovozi yangradi.

- adashmadimgiz, menman. Siz kimsiz - janob Min javob kutar ekan javob uchun biroz vaqt kutdi.

- bir masala bo'yocha siz bilan gaplashib olishimiz kerak.

- hozir gaplashadigan ahvolda emasman, kotibam bilan bog'lansangiz siz bilan uchrashuv belgilaydi. Hayirli kech. - telefonni o'chirishga shaylanar ekan yigitning so'nggi gaplari uni to'xtatdi.

- bu Jungkook haqida va bevosita u o'g'irlagan qizingiz haqida ham.

- kimsiz..? - janob Min bir necha soat oldin bo'lgan voqea yuzasidan habari bo'lgan bu yigitning kimliga qiziqardi.
Telefon ortidan kelgan keyingi so'zlar janob Suhoni chinakamiga hayratga soldi va ko'z qorachiqlari kattalashishiga sabab bo'ldi.

- Frensis...

#Davomi_bor...