Show me happiness
Pov:Inson taqdirini oldindan koʼra olmaydi. Bugun oddiy tinch hayotda yashayotgan bolsa ertaga ummuman kutmagan hayotiga duch keladi.
Pusanning kichik qishlogʼida yashayotgan kichik oila hayoti bilan tanishamiz!
Kichik honadonda ijarada Mina oʼzining singlisi va kasal onasi bilan yashar edi
Otasi jinoyatchilar tomonidan oldirilgan qiz oilaning boshi ham pultopariga aylangan edi.25 yoshni qarshilagan Mina Pusanning kichik politsiya idorasida ishlar edi.Ishi mayda kisavurlarni tutish ish bolmagan payti kompuyterda 100list hisobot yozish bilan oʼtardi.Bunday ish joniga tekkan Mina jiddiyroq ishda ishlashni istar va 3yildan beri Seoul og'ir jinoyat ishi bolimiga qabul qilish toʼgʼrisida ariza yozardi ammo har yilli bir xil rad javobini olardi. Minaning bir oylik maoshi onasining dori darmonlariyu uni davolashga ketar edi. Minaning singlisi Sara maktab bitiruvchisi.Maktabni bitirib u ham huddi opasidek jasur politsiyachi bolishni hohlaydi.
Sara bu yil maktabni tamomlab Seouldagi unversitetda oqishni istaydi.Maktabdan soʼng opasiga yordam tariqasida kichik kafeda ofitsant boʼlib ishlaydi.
Pusan politsiya idorasi
Hyuk:Axx Mina nega doim bunchalik ishlaysan.Yana boshliq seni jazoladimi?
Mina:Bir choʼntak oʼgʼrisini doʼpposlagandim. Ahir men yaxshi ish qildimku boshliq uni urishi kerak edi meni jazolash orniga ashshsh mana koʼrasan Hyuk men albatta Seoul politsiya bolimida ishlayman
Hyuk:Qanday? Ahir 3yildan beri rad etilasanku.Kim ham seni oddiy choʼntak oʼgʼrilarini tutish lavozimidan ogʼir jinoyiy ish boʼlimiga oladi.Undan koʼra sen boy er topishing kerak yoshing ham oʼtib qolyapti
Jahli chiqqan Mina Hyukni boshiga bir tushurdi
Mina:Axmoq.Men erimni puliga qarab qolishni istamayman.
Hyuk:Ay boshim.Buncha qoʼpol bolmasang.Bu turishda bu dunyodan toq oʼtasan.
Mina:Nma deding yaramas qani buyoqqa kelchi
Hyuk orqaga qochgancha Minani qoʼllari bilan toʼsar ekan bilmagan holda Hyukni ogʼzidan otilib chiqqan sozlar Minani biroz gʼamga soldi
Hyuk:Suga ham seni qoʼpoliging uchun ketib yuborgan
Mina gʼamgin tortida ortiga qaytib ish stoliga oʼtirgancha oʼyga toldi
Xato qilganini tushungan Hyuk sekinlik bilan Minani oldiga keldida
Hyuk:Kechir! Bilmagan holda aytib yubordim
Mina:Hechqisi yoq.Agar sendan hafa boʼlsam bu hayotda meni boshqa doʼstim qolmaydiku.Qizlardan koʼra oʼgʼil bola doʼstlar yaxshiroq.
Ikkala doʼst bir biriga qarab jilmayishdi. Mina hisobot yozib boʼlgach soatga qaradi
Mina:Yo hudoyim soat 22:12 boʼlibti.Onam ancha havotirda boʼlsalar kerak.Jin ursin shu hisobotni ham. Dadajon bir marta qoʼllab yuboring bu safar meni Seoulga ishga olishsin.Shundagina sizni qotillaringizni topaman qasosimni olaman.Koop pul topib singlimni oʼqitaman onamni davolatamn.Bu ish bilan oʼylagan niyyatlarim ushalmaydi axir.
Mina shunday deya koʼzlarini yumib dadasiga hayolan nola qilar ekan telefoniga kelgan sms uni hayollarini toʼzgʼitib yubordi
###
Sizni arizangiz qabul qilindi!
Ertaga soat 9da bolib otadigan suxbatga kelishingizni talab qilamiz!
Bu xabarni korgan Mina ovozi boricha qichqirib yubordi.Ish xona divanida uhlayotgan Hyuk qichqiriqdan choʼchib uygʼongancha
Hyuk:Lanati kechasida nega baqirasan! Hisobotni tugatganing uchun hursand boʼlyapsanmi?
Mina yugurib keldida Hyukni bagʼriga bosgancha
Mina:Meni qabul qilishdi Hyuk.Endi men Seoulda ishlayman buni qara.
Mina qoʼllarini jipslashtirgancha osmonga qarab
Mina:Rahmat dadajon.Bu habarni tezroq onam va singlimga aytishim kerak.
Mina shunday deya ortga oʼgirildiyu Hyukni koʼrib birdan kayfiyati tushib ketti.
Mina:Hyuk nega yigʻlayapsan?
Hyuk:Shunchaki bu quvonch koz yoshlari.Endi sen shaharga ketasan meni va bu yerlarni unutib yuborasan
Mina:Tentak kel ozimga.Sen ham ariza yoz birga ishlaymiz.
Ikki doʼst hursand boʼlgancha bir birini bagʼriga bosishardi.
Tungi soat 22:50
Syun honim:Sara qizim allaqachon yarim tun boʼlyapti ammo opangdan darak yoʼq
Sara:Oyijon opamni bilasizku.U hozir eshikdan kirib keladi.
Syun honim:Nega buncha beparvosan.Axir u opangku
Sara:Opam tegirmonga tushsa bir qop un bilan qaytib chiqadiganlar xilidan Men opamdan emas unga duch kelgan jinoyatchilardan tashvishlanaman
Birdan eshik ochilib qichqirgancha Mina yugurib keldi
Mina:Oyiiii Saraaa
Syun honim:Axx Mina wu paytgacha nma qilding qizim.Nega buncha hursandsan
Mina onasini quchgancha sakrar ekan
Sara:Ha opalarning sultoni nega buncha baxtiyorsiz.Yoki nma erga tegyapsizmi?
Mina:Sen mittiye nmalar deyapsan.Undanda yaxshi habar.Meni Seouldagi ishga qabul qilishdi.Endi Seoulda ishlayman
Sara baxtiyor boʼlgandan qichqirgancha opasini quchib sakrab yubordi.
Sara:Rostmi? Rostanmi aldamayapsiza endi Seoulda yashaymizmi?
Mina:Albatta
Syun honim:Tabriklayman qizalogim.Orzularingiz ushalsa meni boshqa armonim yoq.Modomiki shunday ekan otangizdan qolgan uy bor oʼsha yerga koʼchib oʼtamiz
Sara:Uchrashuv qachon opajonim
Mina:Ertaga soat 9da
Sara:Men hoziroq narsalarimni yigʻishtiraman Aytgancha bemalol sinfdoshlarimga maqtanaveraymi? Keyin ertaga uyalib qolmaymizmi?
Mina:Endi aslo bu yerga qaytmaymiz.Seoulda yashaymiz.
Sara:Rahmat opajonim.Men kettim tayyorlanay
Mina:Onajon siz ham endi dam oling men ham kirib tayyorlanamn.Ertagalikka chipta oldim poyezdga.
Syun honim:Hop qizalogʼim
Erta Tong soat 6:00
Kichik oila tayyor bolib bolishgan edi. Mina oilasi bilan Pusandan Seoulga qarab ketayotgan poyezdga oʼtirishdi.
SEOUL POLITSIYA IDORASI
POV:Idora judda katta edi.Bu yerda mashur boʼlgan boʼlim bu Og'ir jinoyi ishlari boʼlimi edi.Uning mudiri esa Jung Hoseok.
Hoseok:Bolalar qani yigʼilamiz muhim eʼlon
Mia:Qanday eʼlon.
Jimin:Mudirim koʼnglim negadir gʼash.Biror noxushlik bormi?
Hoseok:Jungkook va Hanna men aytgan topshiriq bajarildimi?
Jk:Albatta mudirim
Hanna:Mudirim bizda Janob Kimday boshliq bor ekan biz yengilmaymiz
Mia:Ax Hanna oʼzingmisan.Hech boshqalarni maqtamas eding
Hanna:Bu maqtov emas.Bu ish boyicha kalavani uchini janob Kim kecha topdilar.Menimcha shu ish boʼyicha bir kechikayotgan boʼlsalar kerak.
Tae:Men shu yerdaman
Ogʼir bosiq vazmin ohangda gapirgan yigit kirib keldi hammaga salom aytgancha joyiga otirdi
Hoseok:Tae kelganing yaxshi boldi.Muhim eʼlon bor.
Tae:Albatta marhamat
Hoseok:Jamoangizga yangi qiz kelyapti.Uchrashuv bugun soat 9ga belgilangan
Hanna:Jin ursin.Bizga yangilarni keragi yoq
Tae:Menimcha ham shunday
Hoseok:Bolalar bu qiz 3yildan beri bizga ariza topshiradi.Bu yil ham shunday qilgan ekan rad etolmadim.Buni ustiga bizga bir kishi kam edi.
Jk:Qiz bolsa judda yaxshi.Janob Jung havotir olmang uni iliq kutib olamiz
Mia:Albatta
Ewikdan hayajonlangancha Mina ichkariga kirdida idorani kattaligidan ogʼzini yopolmay qolgan edi.
Mina:Bu yerni katta honasini hajmi meni eski ishlaydigan idoram hajmi bilan teng.Qoyil nihoyat orzuyim ushaldi.
Mina oz boʼlimiga kirdi endi eshikni taqqilatmoqchi boʼlgan payt ularning suxbatiga guvoh boldi
Tae:Yangilar uquvsiz boladi.Buni ustiga u gʼirt bezori koʼcha qizi.Maʼlumotlari bn tanishdim umuman bu ishga malakasi yoʼq Janob Jung
Hoseok:Tae bu jamoa sardorisan unga oʼzing ustoz boʼlasan.
Hanna:Harobadan kelgan irkit qizalloqqa oʼrgatishga bizda voqt yoʼq.Bu bolalar maydonchasi emas.Biz haqiqiy jinoiy ishlar bilan shugʼullanamiz
Mia:Hanna qoʼysangchi. Seon ham yangi kelganda sen va janob Kim shunday negativ boʼlgan edingiz.Ammo u 1yilda qadrdonimiz bolib kettiku.
Hanna:Agar oʻsha lanati avtohalokat boʼlmaganda Seon haliham biz bn boʼlar edi va oʼsha irkit qizaloq uni oʼrniga kelmas edi.Seon yaxshi yigit edi uni judda sogʼindim
Bularni eshitgan Mina oʼzini ushlab turolmadi.Zarb bilan eshikni buzib yuborgiday taqqilatib tomoq qirdi
Hoseok:Keling sizga qanday yordam kerak
Mina:Salom Men Mina shu yerga suxbatga kelishim kerak edi.
Mina(Pov)
Hammasi aynan shu yerdan boshlandi.Mening hayotim oʼzgartirib va tarbiyalagan voqelar.Men baxtiyor edim.Endi aslo taslim boʼlmayman aslo
#SunaKim
@delluna_fanfics