May 15, 2025

Kaftimdagi marvarid

3-qism

Sunho yengil moviy libosda yurgan bir ayolni uning ortidan esa ikki xizmatkorni ko‘rdi.

Temi edi.

Temi avval Jae-hyunga qaradi so‘ng pastga qarab sunhoga tikildi.

- bu Sunhomi?

Jae-hyun Sunhoni yelkasidan yengil itardi.

- u bilan ko'rish va uni “opa” deb chaqir

Sunho opasining qanday ko‘rinishga ega ekanini ko‘nglida tasavvur qilgan hattoki uni yashirincha chizgan ham edi.
U ilgari ko‘rgan eng chiroyli ayol — imperator ayoli edi. Sunho o‘zicha o‘ylardi: “Mening opam ham shu qadar oliyjanob va muloyim bo‘lsa kerak.” Ammo temini ko‘rgan zahoti u tushundi — opasi imperator ayoligacha bo‘lgan ayollardan ham go‘zaliroq edi.

Bu go‘zallik u tasavvur qilgan hamma narsadan ustun edi.

Temi uni yoniga tortdi va yuzini siladi.

- ukam ancha o‘sibdi-ku

Sunho temi yelkasigacha bo‘y cho‘zgan edi. U opasiga qarab yuqoriga tikildi.

Teminig ko‘zlari qizargan edi u yana onasini esladi. U qaytganidan so‘ng otasi va ilgari hech ko‘rmagan ukasini ko‘ra oldi ammo onasini hech qachon ko‘rmadi.

U otasi va ukasi oldida onasini yana eslatib ularni bekordan-bekor qayg‘uga solishni istamadi.

Opasining yig‘layotganini ko‘rib Sunhonimg yuragi zirqiradi.
Avvaliga u temi uni yoqtirmaydi begonalashadi deb qo‘rqardi ammo hozir opasining mehrli nigohi va tabassumini ko‘rib Sunho tushundi — temi ukasini chin dildan sevardi.

U Jinseong Minjeon va Fang xonimdan farqli edi. Uning sevgisi yurakdan chiqardi.

Jae-hyun Sunhoni tortib oldi.

- opang zaif uning oldida doim turma bosim tushmasin unga

Temi ukasining sochlarini silab jilmaydi.

- hechqisi yo‘q dada ukamni ko‘rganimdan baxtiyorman

Jae-hyun temidan uyg‘onganda nima yeganini va dori ichgan-ichmaganini so‘radi.
So‘ng Sunhoga gapirdi.

- ertalab maktabga borishdan oldin opangning holidan xabar ol bugun uyga qayt. opang dam olishi kerak

Sunho opasidan ajralishni istamasdi.

- mn bugun shu yerda qolaman

- bo‘lmaydi bunday! tunda bezorilik qilsang opang uxlay olmay qolsa-chi?

Temi jilmayib gapirdi.

- hech narsa bo‘lmaydi xizmatkorlar kuzatib turadi. bisha javoni tashqarisida to‘shak bor Sunho u yerda uxlaydi

Axir Sunho hali ham bolakay edi, opa-ukalar orasida bu yoshda hech qanday muammo yo‘q edi. Ikki bola yaxshi til topishganini ko‘rib Jae-hyun faqat kechasi shovqin qilmaslikni uqtirib uni shu yerda qolishga ruxsat berdi.

Jae-hyun ketgan zahoti Sunho yengidan bir dasta shirinlik chiqardi.

- temi men buni aynan sen uchun olib keldim. saroydagi buvidan iltimos qilib oldim. Xian xonimning saroyidagi bir xola eng zo‘r xurmo pishiriqini tayyorlaydi. bu xurmolar bizning tomondan emas shimoli-g‘arbdagi cho‘l o‘lkasidagi kichik davlatdan olib kelinadi. juda shirador va yopishqoq bo‘ladi

Bu saroy ayolining tashqi dunyo bilan aloqasi ancha murakkab edi. Hugung Siang — Chon qirolining singlisi edi. Sunho esa Chon shahzodasi bilan yaqin do‘st edi. Ular yosh bo‘lishsa-da, juda shirinsuhbat edilar. Xon imperatori ham ularga iliq munosabatda bo‘lib, ularni saroyga tez-tez kirishga ruxsat berardi. Saroyga kirganlarida, odatda Siang xonimning mehmonxonasiga ovqat olib borish uchun yo‘l olishardi.

Ertasi kuni Sunho uyg‘ongan zahoti qilgan birinchi ishi: “temi!” deb baqirish bo‘ldi. Bunga javoban xizmatchi qiz chopib kelib,uni og‘zini yopdi.

- shovqin qilmang,xonim hali uxlayapti

- hozir soat nechchi?

- soat uch bo‘ldi. oshxonada siz uchun nonushta tayyorlab qo‘yishgan. tezroq yeb,maktabga boring

Sunho kiyinib,yuvinib olgach,tashqi xonada nonushta qila boshladi. U ichkaridan eshitilayotgan shovqinlarga quloq tutib turdi. Taom qilayotgan chog‘ida,ichkarida go‘dakni boqayotgan ayol shunday gapirdi.

- xonim uyg‘ondi,suv bilan dori olib keling! sovisin,asal ham tayyor bo‘lsin

Bir nechta xizmatchi qizlar choy,suv va dorilarni olib,parda ortidan o‘tishdi — yugurganlaridan oyoqlari yerga tegmasdi.

Sunho yana bir necha luqma yeb,ichkariga kirdi.

- temi!

Temi esa jilmayib gapirdi.

- ichkariga kiraver

U allaqachon kiyimlarini almashtirib,yuz-qo‘lini yuvib,oynali stol oldida o‘tirgan,xizmatchi esa sochlarini tarayotgan edi.

Temi lotus ildizi rangidagi Heyun shoyi libosda edi,sochlari go‘yo bulut kabi taralgan,tartibsiz emas,yelkalariga muloyim tushgan,shoyi libosning yaltiridan ham chiroyliroq edi. Yuzlari mayda,endigina uyg‘ongan,qonga to‘lmagan,lablari esa oppoq va betobdek edi.

- temi bugun salom berishga borishing shart emas,ular o‘zlari kelishadi. bu ikkita opa aybini biladi,agar ular yomon so‘z aytishsa,katta enaga ayt,saboq bersin. lekin urib o‘ldirib qo‘yma

Xizmatchi qiz sandal daraxtidan yasalgan taroqni qo‘ydi-da,bir nechta nefrit soch taqinchoqlarini temi oldiga olib keldi. Temi bittasini tanlab gapirdi.

- men odamlarni jazolaydigan vahshiy emasman

- enaga biladi nima qilishni. yaxshigina urib qo‘ysin. Temi endi maktabga ketdim. kechqurun qaytsam,sening hovlingda ovqatlanaman

Yana bir xizmatchi dorivor sho‘rva olib keldi. Enaga uni olib,temjni ichirishga chog‘landi. Ammo asalga ko‘zi tushib,yana bir xizmatchiga baqirdi.

- bu lindan asal emas-ku, xurmo asali! nega almashtirmading?!

Xizmatchi shoshilib chiqib ketdi.

Boshqa hovlida esa Jinseong xonim uyg‘ongach nonushta qilayotgan edi. Yonidagi xizmatchi Xinger gapirdi.

- vaqt bo'ldi,lekinxonim hali salom berishga kelmadi. garchi u hurmatli bo‘lsa-da,baribir siz bilan ko‘rishishi kerak. axir siz uy bekasisiz,xonimim

- salomatligi yaxshi emas,erim esa uni erkalatadi. kelmadi,keldi degan gap yo‘q

Xinger tashqariga chiqib,yana surishtirdi. Yarim soatdan keyin qaytib keldi. Jinseong xonim nonushtasini tugatgan edi.

Xinger uning yonida o‘tirib,oyog‘ini uqalab gapirdi.

- u kelmadi. endi biz borib unga salom berishimiz kerakmikan? axir qaysi dunyoda ona qiziga salom beradi? ikki xonim borishdi ammo,hatto yuzini ham ko‘rishmadi! yonidagi enaga ularni haydab yubordi

Jinseong xonim temkni oxirgi marta to‘qqiz yil oldin ko‘rgan edi. O‘sha paytda Jinseong xonim hali faqat xonimchalik edi. Temi esa go‘yoki qor shaklidagi nozik,chiroyli,tinch va odobli qizaloq edi.

Bu yillar ichida unga nima bo‘lganini Jinseong xonim bilmasdi.

- men o‘zim borib ko‘raman. oshxonadagilarga ikki xil chiroyli tamaddi tayyorlashlarini ayt

Xinger labini burib gapirdi.

- nega? eringiz uni erkalatadi,siz ham itoatli bo‘lsangiz,u bizni mensimay qo‘yadi. endi bizni hatto ko‘rishni xam xoxlamay qolishi mumkin

Xinger Jinseong xonimning eng ishonchli xizmatchisi edi. Jinseong xonim qo‘lidagi zumrad ko‘k tosh uzugini silab gapirdi.

- u bilan tortishib nima qilamiz? axir bir oyog‘i go‘rda bo'lsa

Sunho maktabga kirganda ustoz hali kelmagan edi. Yonidagi ikki xizmatkor buyumlarini qo‘yib choy quyib stolga qo‘ydi.

Shahzoda Chenning o‘g‘li Taejo ham erta kelgan edi. Qo‘lida yelpig‘ich bilan Sunhoning yoniga o‘tirib gapirdi — Sunho opangni ko‘rdingmi? opang tashqariga chiqishga rozi bo‘ldimi?

Sunho stolda oyog‘ini uzatib gapirdi.

- opam oxirgi kunlarda dori ichyapti,shamol ham,quyosh ham tegmasligi kerak. otam esa unga yozgi issiqdan qochishi uchun chekka hududda bog‘ barpo ettiryapti. shu havoda uyda ikki chelak muz bilan ham issiq,nima bo‘libdi,gullarni tomosha qilarmidi?

- sen shavqatsizsan

- unda ket,agar men shavqatsiz bo'lsam,keyingi imtihonda yonimda o‘tirma,senga insho yozib bermayman

Taejo esa shoshib gapirdi.

- yo‘q,yo‘q,hazillashdim,meni kechir!

Shahzoda Chen siyosatda neytral edi,na valiahd,na ikkinchi shahzoda tarafida edi. Uning singlisi qiziqchi ayol sifatida saroyga kirgan,ammo bola ko‘rmaslikka majbur qilingan edi. Shuning uchun Taejo otasining yagona o‘g‘li edi,ammo qarindoshlari ko‘p edi.

Sunho bilar edi,Taejo uning opasi haqida ko‘proq o‘z qarindoshlarining foydasi uchun surishtirayotgan edi.

- agar meni do'st deb bilsang,ochiq ayt u mening opam. hatto valiahd yoqtirsa ham,men rozi emasman. kim o‘z opasiga begona erkaklar ko‘z olaytirishini xohlaydi? Taejo nimadir surishtirmoqchi bo‘lsang,mayli. lekin niyating boshqa bo‘lsa,eshit opam sog‘lom emas. kim unga nikohdan tashqari xotin olsa yoki uydan tashqari xotin saqlasa,otam harakat qilishidan oldin,uni o‘zim o‘ldiraman

Taejo jimib qoldi.

- uch-to‘rt xotin olish erkaklar uchun odatiy hol emasmi? ayniqsa bizning qatlamda... axir malikaning kuyovi ham to‘rtta xotin olgan. otangni ham xotini kam emas,endi opang faqat bir odamga tegadimi?

- bizda shunaqa,podshohning qizi turmushga chiqa olmasa ham,bosh vazirning qizi albatta chiqadi

Sunho bilar edi — opasi peri kabi chiroyli bo‘lmasa ham,Jae-hyunning qizi bo‘lsa bas,baribir qator bo‘lib sovchilar keladi.

- sening qarindoshlaring esa — ba’zisi yosh qizlar bilan o‘ynaydi,ba’zisi fohishalar bilan yuradi. senga do'st deb,boshqa sovchilarni sharmanda qilmay,shuncha gap aytyapman.

Taejo buni og‘ir olmadi. Agar Sunho uni do'st deb bilmasa,shunchaki kulib qo‘ya qolardi,bunchalik gap qilmas edi.

Taejo ikkiyoqlama so‘radi.

- valiahdni aytding,Sunho,rostini aytsam,valiahd va opangning nikohi haqiqat bo‘lishi mumkin. kecha saroyda edim,yotishdan oldin xolam bilan birga qirolicha oldiga bordik. u aytdiki,valiahd va silla shahzodasi ertaga siznikiga borishadi. Silla shahzodasi valiahdning turmushiga aralashmoqchi,shekilli. agar opang Sharqiy Saroyga kirsa,valiahd ortida silla shahzodasi bo‘lsa,sen uni xotin olmaydi deb o‘ylaysanmi?

- valiahd bilan silla shahzodasi bugun biznikiga keladi?!

Sunho bunday tezlikni kutmagan edi. Uyga qaytib,nima bo‘layotganini ko‘rmoqchi bo‘ldi. Lekin shu payt o‘qituvchi keldi,qo‘lida xassa bilan soqolini silab.

Sunho bor niyatidan voz kechdi.

Valiahd Sejong haqiqatan ham silla shahzodasi Taehyung bilan Im saroyiga bordi.

Sejong eshitgan edi: Jae-hyun qizini uyga qaytargan. Taehyung Kae-hyunni o‘ziga og‘dirish niyatida bo‘lsa kerak,ehtimol qiziga uylantirish orqali.

Sejong bilardi: bu siyosiy nikoh bo‘ladi. Qiz chiroyli bo‘ladimi,yo‘qmi,fe’li qanday — muhim emas. Jse-hyunning qizi bo‘lsa bas,yetarli.

Ammo yo‘l bo‘yi taehyung odatdagidek emasdi — jim edi.

Sejong Taehyungga tikilardi. Taehyung esa sershovqin emas,chuqur o‘yga cho‘mgan,kaftida seladon kosachada vino ushlab o‘tirgan edi.

Sejong oxiri gapirdi.

- amaki...

Taehyung yengil javob berdi.

- ha?

- eshitishimcha,im xonim sog‘lom emas. o‘sha kuni saroy oldida otam meni Im oilasi qiziga uylantirishni aytdi. agar u vafot etsa,Jae-hyun bizdan g'azablanmaydimi?

Taehyung past-baland qarab dedi.

- sen nega Im oilasi qizi Sharqiy Saroyga kirishini xohlaysan?

- axir bu sizning niyatingiz emasmi?

Taehyung sovuq kuldi va javob berdi.

- qachon men bunga roziman deb aytdim?

shaxzoda taehyung (jiddiyroq deb tasavvur qilasizlarda.

- axir kecha Jae-hyun bilan ichdingiz,Sunhoga tasbeh sovg‘a qildingiz... hammaning fikricha siz uni menga olib berishni xohlaysiz

- hech qanday niyatim yo‘q. Im qizi sen bilan hech qanday aloqasi yo‘q. u haqida o‘ylama

Sejong hali temini ko‘rmagan edi. U kasal go‘zallarni yoqtirmas,jozibali, ingichka bellilarni afzal ko‘rar edi. Ammo Taheyungning munosabati noaniq edi.

Sejong birdan hayratda qolib unga qaradi uning ko‘zlari yondi.

- amakim o‘zi Im oilasi qiziga qiziqyaptilarmi?

Taehyung bu savoldan hijolat bo‘ldi. Axir Sejongdan yoshroq qizga bo‘lgan qiziqish — uyatli edi. U yo‘tala boshladi.

- hech qanday niyatim yo‘q

Sejong bu javobdan keyin shubhasini chetga surdi. U baribir sog'lom,jozibali ayollarni yoqtirardi. Taehyungni ham shunday bo‘lsa kerak,deb o‘yladi.

Sejong o'yladi: Taehyung Jae-hyunni qudrat bilan emas,ehtimol noaniq ishoralar bilan o‘ziga og‘dirmoqchi. Ammo bu yolg‘on taassurot uyg‘otmasligi uchun,Sejongni bu nikohdan yiroq tutmoqda.

Shu payt Taehyung kutilmaganda so‘radi.

- qizlar katta yoshli erkaklarni yoqtirishadimi?

- ha? bu...

Taehyung yigirma yoshdan o‘tgan,hali juda qari emas,ammo Im oilasi qizi hali voyaga yetmagan edi.

Sejong ilk marta bunday savol eshitdi,kulimsirab gapirdi.

- bu yoshga bog‘liq. agar Liu Taifu kabi 70-80 yashar bo‘lsa,ko‘rishning o‘zi og‘ir. lekin agar amakimdek kuchli,kelishgan va nufuzli bo‘lsa,hamma yoqtiradi

Jinseong xonim bir guruh xizmatkor qizlar bilan birga temi yashaydigan Jing Shui Xuanga qarab yo‘lga chiqqan edi. Ular yarim yo‘lda ketayotganlarida,bosh boshqaruvchining xotini — Sun xonim yo‘llarini to‘sdi.

- xonim,janob hozirgina suddan qaytdi,va saroydan xabar keldi — valiahd shahzoda va silla shahzodasi Im uyiga kelishadi,imperator ayol saroyidan Lan Xin xola ham kelar ekan. siz u kishini kutib olishga tayyorlaning,u imperator ayol saroyidan keladigan rasmiy mehmon ekan

Boshqalar Jae-hyunga havas bilan qarardi. Avvallari Hyeri xonim bu yerda bo‘lganida,bu yerdagi barcha yuqori martabali ayollar,hatto saroydagilar ham unga hurmat ko‘rsatardi. Jinseong esa past kelib chiqishga ega bo‘lib,faqat yon xotin edi,shu bois u Hyeri kabi munosabat ko‘rmaydi. Bayramlarda bir-ikki marta imperator ayol bilan uchrashgan,lekin bu — ilk marta saroydan bir ayol rasmiy tashrif buyurmoqda.

Jinseong xonim qo‘lida buddaviy tasbeh tutgancha kulib gapirdi.

- men aslida bugun yosh xonimni ko‘rgani borayotgan edim,kecha qaytib kelganini eshitdim,ammo hali uchrashmadik

- yosh xonim yosh,u sizni ko‘rgani o‘zi keladi. siz esa mehmonni kutib olishga shoshiling — bu juda muhim

Jinseong xonim bosh irg‘ab,orqasidagi ikki xizmatkorga gapirdi.

- sizlar yosh xonimnikiga bir oz shirinlik olib boringlar,sog‘ligini surishtiringlar

Ikki xizmatkor qiz bosh egib,oziq-ovqat qutisi bilan jo‘nab ketdi. Jing Shui Xuan hovlisiga yetib borib,darvozani taqillatishdi. Ichkaridan bir kichkina qizcha boshini chiqarib qaradi.

Ular: – xonim bizni yosh xonimni ko‘rgani yubordi. u kishi shu yerdami?

Qizcha dedi: – xonim hozirgina ovqatlanib, bog‘da yurib,hazm qilyapti. xonimga nima aytmoqchi edi?

Xizmatkorlar oziq-ovqat qutisini ko‘rsatib: – xonim ikki xil shirinlik yubordi,yana sog‘-salomatmi,deb so‘rashdi

Qizcha ularni ichkariga olib kirdi,bir likop olib shirinliklardan solib oldi,so‘ng oziq-ovqat qutisini qaytarib berdi.

Bo‘sh qutini olib ketayotgan ikki xizmatkor yo‘l-yo‘lakay gaplashdi: “Biz hali katta xonimni ko‘rganimiz yo‘q,rostdan ham. U hech kimni mensimaydi. Xonim esa bu uyning bekasi,yosh xonim esa uni kamsityapti. Bu holatda turmushga chiqmasdan turib,qanday baxt ko‘rardi?”

Boshqasi dedi: “Eshitishimcha,yosh xonim juda zaif,ehtimol turmushga chiqmasdan oldin o‘lib ketadi.”

Shu vaqtda, burchakdan enaga Chen va temi chiqib qoldi. Bu so‘zlarni eshitib,enaga Chen g‘azab bilan ularga baqirmoqchi bo‘ldi.

Temi esa qoshlarini chimirib,enaga Chenning yengidan ushladi.

- buvi qo‘yaqoling. unday qilmang

U ortga burilib ketdi.

- men endigina Im uyiga qaytdim. bu uy tinch-totuv edi. shunchaki men sabab janjal chiqishi yaxshi emas

Enaga Chen orqasidan ergashdi.

- xonim,siz bu uyning eng yuksak qizisiz,sizga nisbatan xizmatkorlar orqadan shunaqa gaplarni gapirsa,tilini kesib tashlash ham oz. bu gaplarni otaingiz eshitib qolsa,albatta ularni o'ldiradi

- otam sud ishlari bilan band. shunaqa mayda narsalar uchun uni bezovta qilishni istamayman. odamlar orqadan yomon gapirganmi — har kim qilgan. ammo noto‘g‘ri gapirganini anglab,afsus qilish kerak. tilini kesib tashlasak,u qayta o‘smaydi. bu gal o‘tkazib yuboramiz. agar yana g‘iybat qilsalar,ularni uydan quvib chiqaramiz

- siz Wuxin ustoz bilan juda uzoq yashagansiz. ular rohib — har kuni yuragingizda rahm-shafqat uyg‘otishga harakat qilgan. ammo bu narsa poytaxtda ishlamaydi,keyin tushunasiz xonimim

Temi bulguksa monastirida o‘z ishlarini o‘zi qilardi. Ko‘pchilik orasida yurishga hali ham ko‘nikmagan.

Gul zaliga kelib o‘tirgach,u gapirdi.

- hmma qaytaqolsin,men biroz yolg‘iz qolmoqchiman

Atrof tinchib qoldi.

Temk tan oldi: xizmatkorlar aytgan gaplar to‘g‘ri. U aslida tuzalmas dardga chalingan. U turmushga chiqmasdan avval o‘ladi.

U uyqusizlikdan,yengil tushlardan qiynaladi. Yuragi bo‘g‘ilib ketadi,ikki qadam yurib hansiraydi. Buni faqat u o‘zi biladi.Gulzalda o‘tirib,uzoqda tebranuvchi arg'imchoqni ko‘rdi. Ichida uni minib o‘tirgisi keldi.

Temi sekin turib,noqulay yurib,tebranma arg'inchoqqa bordi.

Shahzoda Sejong va Taehyung Bosh vazirning uyiga kelganda,Jae-hyun ularni kulib kutib oldi.

U bilardi — taehyung,ehtimol,Sejongni qizi temi bilan unashtirmoqchi. Jae-hyun esa bu borada oldinroq tushuntirib qo‘ymoqchi edi.

Sejong mamlakatning valiahdi edi,jasoratli,aqlli, poytaxtdagi har qanday qizning orzusidagi yigit. Garchi Jae-hyum saroy bilan yaqin bo‘lmasa-da,shahzodaning yaxshi inson ekanini tan olardi.

Ammo u qizi uchun haddan tashqari kuchli er xohlamas edi. U qizi temi ezilib yashashini istamas edi.

Im oilasi hech qachon qizlarini saroyga kiritmagan. Temi ham bundan mustasno emas edi.

Jae-hyun Linxian binosini ochishni buyurdi. Uchinchi qavatda,ular ichimlik ichib suhbatlashishardi.

Bu bino Im uyidagi eng baland binoydi. Oltita derazasi ochiq edi,kuchli shamol esardi. Jae-hyun va Sejong janubdagi yer islohoti haqida gaplashayotganida,taehyung derazadan qaradi.

U butun Im uyini kuzatdi,va taxminan temi yashayotgan joyni topishga urindi.

Taehyung hali turmush haqida hech narsa demaganidan Jae-hyun xavotirlandi.

- shahzoda,nima uchun yolg‘iz shamol esayotgan tomonda turibsiz? — ohir-oqibat Jae-hyun gapirdi.

- sizlar biroz gaplashib turaveringlar. men pastga tushib,bir oz sayr qilaman

Sejong biroz ajablandi,so‘ng kuldi.

- bosh vazir,endi siz aytgan mulberry maydonlari haqida gapiraylik...

Taehyung pastga tushdi. Orqasidan hech kim yurmasdi. U ichki hovlilarga kirmasligi kerak edi,chunki u yerda ayollar ko‘p.

U temini ko‘rish ehtimoli juda pastligini bilsa-da,yuragida qandaydir umid bor edi.

O‘sha kuni u temini ko‘rgach,kechasi tushida uni ko‘rdi. Kecha ham yana tushida ko‘rdi. Bu uning odatida yo‘q edi. U tushdagi holatlardan bezovta bo‘lib uyg‘ondi. O‘yladi: “Bu ayolni shahzodaga berish mumkin emas!”

U o‘zini ishontirmoqchi edi: temi juda go‘zal,shuning uchun yuragi g‘ash bo‘ldi. Balki u bilan tez-tez ko‘rishsa,u boshqa ayollarga o‘xshashligini anglab yetar edi.

Temi arg'inchoqda charchab,Jing Shui Xuanga qaytmoqchi bo‘ldi. Lekin uy juda katta edi,u adashib qoldi.

temi

U biroz yurdi,charchadi. Devor yonida dam olib,birozdan so‘ng o‘zini yengilroq his qildi.

Ko‘kragidagi og‘riq ketdi. Oyog‘i og‘ir bo‘lmay qoldi.

U hayron edi: kechagi holat yana takrorlanganday bo‘ldi.

Temj devordan uzoqlashdi,oldinda bir ravoq ko‘rindi,u shunga qarab yurdi.

Unga qarshi bir erkak chiqdi.

Bu erkak juda baland bo‘yli,hatto otasidan ham balandroq edi.

Temi besh yoshidan buyon monastirida yashagan,faqat otasini ko‘rgan. Undan tashqari hech bir erkakni yaqin ko‘rmagan.

Shuning uchun bu baland,belida qurol osilgan erkakni ko‘rib,biroz noqulay bo‘ldi.

U bu odamni tanimas edi. Erkak va ayol notanish bo‘lsa,gaplashmaslik kerak edi. Shunday qilib,u jimgina orqasiga qaytdi.

Yodida qolgan yo‘lni topib,qaytmoqchi edi.

Taehyung uni ko'rib o'ylanib qoldi.

“Shaharda qor tomosha qilish,chiroq oldida oyga qarash,qayiqda bulutlar tomosha qilish,oyning ostida go‘zallarni ko‘rish — mana eng go‘zal manzaralar. Men o‘sha kechada oy nuri ostida uni go‘zal deb o‘yladim. Ammo bu safar quyosh ostida undan ham go‘zal ekanini bildim.”

Temi och sariq libosda edi,chiroyli qatlamlar bilan. Yuzini egib yurardi,ammo qoshlari orasidagi qizil nuqta yurakni qamradi.

Nega u menga qaramadi? Mendan qochyaptimi? Uyaladimi? — deb o‘yladi.

Temi orqasiga qaradi,taehyung unga qarab turgan edi.

Uning nigohi trmini bezovta qildi. Bu odam kuchli mavqega ega ekanligi bilinardi. Ehtimol,otasining do‘sti.

Ammo u juda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarardi,ko‘zlari tanani teshib yuborgudek edi.

Temi unga qayta qaraganida,taehyung kulimsiradi: “U avval uyalgandi,endi esa bemalol qaytib qarayapti...”

Temi chayqalib yurdi va yana ketdi. Taehyung esa uning orqasidan uzoq tikilib turdi,toki u butunlay ko‘zdan yo‘qolgunga qadar.

Temining yurishi juda chiroyli edi,beli yengil tebranib turardi,gavdasi esa nafis — xuddi shamolda tebranayotgan nilufar kabi.
Uning beli juda nozik edi,hatto tutib bo‘lmaydigan darajada,juda yumshoq tuyulardi. Taehyung uni quchib ko‘rganida qanday bo‘lishini tasavvur ham qilolmasdi.

Temj avvalgi ayvoniga qaytdi. Bu orada,enaga Chen va boshqalar uni uzoq vaqt izlab topolmay yurishgan edi.

- xonim,qayoqqa ketgandingiz? bosh vazirning qarorgohi juda katta. men boshqa bir kuni sizga yo‘lni ko‘rsatib chiqaman. yo‘lni bilmasangiz,yolg‘iz yurmang.

Temi bosh irg‘adi.

- tushundim buvijon

- quyosh juda qiziyapti. Xiao Hong,xonimga soyabon tut, quyosh urib qolmasin

Pushti libosdagi xizmatkor bir qiz yugurib keldi va temining boshiga soyabon tutdi.

Temi xizmatkor qizni sal chiroyliroq ko‘rib,qiziqib savol berdi.

- isming Xiao Hongmi? yoshing nechchida?

Xizmatkor qiz kulimsirab javob berdi.

- avval ismim Hong Hua edi,boshqalar biroz qo‘pol deb o‘ylashdi,shuning uchun oddiygina Xiao Hong deb chaqirishadi. va hozir o‘n olti yoshdaman

Jing Shui Xuanga qaytgach,temj bir oz kitob o‘qidi. Tushlikdan so‘ng,divanda erinib o‘tirgancha kashta tikdi.

Xizmatkor qizlar ichida Xiao Hong temining e’tiborini tortganini ko‘rgan enaga Chen uni choy quyishga undadi. Chunki Jing Shui Xuanda o‘nlab xizmatchi bo‘lsa-da,faqat ayrimlarigina uyga kirib xizmat qilish huquqiga ega edi.

Xiao Hong aqlli edi. Bu imkoniyatni boy bermaslik uchun yangi choy damlab,uni ikki qo‘llab temiga olib keldi.

- xonim,iltimos choy iching. bu yilgi yangi choy, “Ajdaho guruhi – Qor Guli” deb nomlanadi. saroyga har yili atigi yigirma dona beriladi. faqat to‘rtta yoki undan ortiq mahbubalarga ega bo‘lgan malikalargagina beriladi. bizning uymizga esa o‘nta keldi. ustozimiz uch donasini oldi,yana uchtasi kichik janobga yuborildi. qolgani sizga nasib etdi

Temi choyga qaradi. Uning rangi oppoq edi. “Shengxue” yozuvi choy sathida ko‘rinib turardi.
U bir ho‘plam ichdi va gapirdi.

- seni Xiao Hong deb chaqirish juda oddiy. endi seni Yusha deb ataymiz

Xizmatkor qiz yangi ism olganidan xursand bo‘lib gapirdi.

- rahmat,xonim!

Temi bosh irg‘adi va bir ho‘plam ichgan choyini qo‘ydi.

- endi biroz uxlashim kerak. chiqishlaring mumkin

Xizmatkorlar uzoq turishga jur’at eta olmay,derazalarni yopdilar,muzli havzachani olib kirishdi va pardalarni tortib qo‘yishdi.

Temi kiyimlarini yechmay,divanga cho‘zildi. Ko‘kragi siqilayotganday edi,o‘zini hali ham noxush his qilardi. Ko‘zlari ilinishidan oldin,kechqurun yana o‘sha devor tomon borishni o‘yladi.

Taehyung orqaga qaytgach,Sejong va Jae-hyun o‘rtasidagi suhbat hali tugamagan edi. Sejong gapga usta edi,Jae-hyun esa javob qaytarishga mohir. Har xil mavzularda uzoq gaplashishdi,hali ketishga shoshilmasdi.

- yana besh kun turib ketaman. sillada qilinadigan ishlar ko‘p,vaqt ajrata olmayman

Taehyungning bu so‘zlari Jae-hyunni vaqtincha yengillatdi. U taehyungning imkon qadar tezroq ketishini orzu qilardi. Chunki taehyung bu yerda bo‘lsa,imperatoridan tortib vazirlarigacha hamma bezovta bo‘ladi.

Shahzoda Sejong Taehyungga bir qadah sharob quydi. Taehyung qadahni oldi va beparvo tarzda Jae-hyun tomonga qaradi.

- Im xonim haqidagi gaplarni eshitdim,go‘yoki u muloyim,dono,baxtli va oqilona. qizingizga unashtirilganmi?

Yirik dumli bo‘ri endi niqobini olib tashlayapti,shundaymi?
Sen qirolichaning o‘g‘lini mening qimmatli qizimga uylantirmoqchisan,shundaymi?

Jae-hyun uzoq sukutdan so'ng javob berdi.

- muloyim va dono ekani rost. lekin u ozgina sog‘lig‘i zaif,buning ustiga hali turmushga chiqmagan. unashtirilmagan. o‘z tanlovini o‘zi qilsin deb o‘ylayman

Aslida esa,temining turmushi haqida qarorni hali ham otasi qilar edi. U qulay imkon bo‘lsa,yaxshi naslga ega va chiroyli yigitni tanlab,temjni uchratib qo‘yar,qiziga yoqsa,turmushga berar edi.

Axir,temi boy xonadonda ulg‘aygan edi,odamlar bilan ko‘p uchrashmaydi.

Taehyung bir ho‘plam ichdi-da,kuldi.

- o‘zi tanlaydimi?

Sejong Taehyungga yana sharob quydi,bu payt u shunchaki ularning gapini kuzatardi.

- biz shoshilmayapmiz,qizim ham. axir u hali yosh,yana bir necha yil uyda qolishi kerak.shahzoda janoblari,siz hali ham uylanmagansiz-a? endi yoshlar birin-ketin uylanib ketmoqda,sizning esa hatto kanizakingiz ham yo‘q. men siz uchun ham xavotirdaman. men janubdan ikkita yangi raqqosa olib keldim. ko‘rib chiqasizmi?

Shu payt Jae-hyun qarsak chaldi. Parda ochildi,yarim yalang‘och raqqosalar raqsga tushib chiqishdi.

Jae-hyun har doim yaxshi tanlov qilgan,bu raqqosalar ham chiroyli,ovozlari yoqimli edi.
Lekin Taehyung bu oddiy xalq san’atkorlarini yoqtirmas edi.

- sizning yoshingizga qarab,kelasi yili zaiflik yili bo‘ladi. Lao Lin va Lao Deng’ning qizlari juda munosib. agar shahzoda poytaxtdan kanizak tanlamoqchi bo‘lsa,aynan shular eng mos nomzodlar. men kecha qizim bilan ham gaplashdim. qizim “agar meni himoya qiladigan katta opam bo‘lsa edi. axir men juda yoshman,yolg‘iz yashashim qiyin. agar ikki yosh katta opam bo‘lsa,uni barcha e’tirof etadigan akamga turmushga berishardi” — debdi.

Jae-hyun ayyor tulki edi. Qizining shahzoda bilan aloqada bo‘lishini istamasdi,shuning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmadi,lekin sarkazm bilan fikrini bildirdi. Qizining baxtsiz,kasal,yosh ekanini ta’kidlab,oxirida “qizi hali yosh” deb o‘zini oqladi.

Bu orada raqqosa raqs tushishda davom etdi,musiqachilar esa yonida chalmoqda edi.

Taehyung ko‘zlarini qisdi,musiqachilarga sovuq qarash tashladi.
Musikachilar shaxzodaning qahrli nigohidan cho‘chib,darrov chalayotganini to‘xtatdi.

Taehyung sovuq ovozda buyurdi.

- chiqib ket!

Raqqosalar ham raqsni to‘xtatib,jim turib egilishdi.

Jae-hyun soqolini silab gapirdi.

- bu raqqosalar shaxzodaga yoqmadimi?

- men bularga qiziqmayman!

Taehyung ikkilanmay sovuq ohangda gapirdi.

- shaxzodaning didi nozik ekan. hammangiz chiqinglar!

Taehyung sovuq tabassum bilan gapirdi.

- kech bo‘ldi,ketamiz. bosh vazir Im, qizingiz hali qirolicha bilan ko‘rishgani yo‘qmi? ertaga saroyga kirib,qirolicha bilan salomlashsin,shahzodaning akasi bilan ham tanishib olsin

- ha?

Jae-hyun hayrat bilan unga qaradi.

Taehyungning tabassumi yanada sovuq bo‘ldi,nigohlari qorong‘u edi.

- bu ish hal bo‘ldi. qirolicha odam yuboradi,ertalab qizingizni olib ketishadi

Jae-hyun bosh chayqadi.
U bu gaplarni aniq aytgan edi-ku! Qizi baxtsiz,kasal,yosh — shahzoda uchun mos emas! Nega Taehyung ataylab qizi bilan qirolichani uchrashmoqchi?

U qizini turmushga bermoqchi emas,lekin Taehyung baribir uni kuch bilan uylantirmoqchi bo‘ladimi?

- qizim kasal,ko‘p harakatlana olmaydi

Taehyung uning yolg‘on gapirayotganini sezib,istehzo bilan gspirdi.

- qirolichada saroy tabibi bor-ku,qizingizni ko‘rsin. bosh vazir Im,qirol va qirolichaning hurmatini yerga urmasangiz kerak?

Jae-hyun haqiqatda bu paytda stolni ag‘darib “yo‘q!” deb aytishni istardi.
Ammo Taehyung o‘ch olishga moyil odam edi. Uni ranjitib bo‘lmasdi. Aks holda,taehyung imperatorga murojaat qilib,majburan turmushga berishni buyurishi mumkin edi — ortga yo‘l qolmasdi. Jae-hyun bir oz o‘yladi. Qizining sog‘lig‘ini hisobga olib,shaxzoda baribir unga uylanmoqchi bo‘lmaydi. Shahzoda ham shubhalanib qoladi.
Shunchaki saroy tabibiga ko‘rsatib qo‘yish kifoya — o‘sha bilan qutuladi.

Jae-hyun qizining xulqini yaxshi bilardi. U yillar davomida ibodatxonada tarbiya topgan,odamlarga yaqin emas,ammo muloyim va kamgap. Oddiy holatlarda xatoga yo‘l qo‘ymaydi.

- mayli,ertaga qizim saroyga borib,qirolichaga salom beradi. tabib ham tekshiradi

Taehyungning chehrasi yumshadi,Jae-hyunga yarim kulib qaradi.

- unda men kutaman

Jae-hyun nimadir noto‘g‘ri ketayotganini his qildi.
Taehyungning bu ifodasi xuddi uni tuzoqqa solayotgandek tuyuldi. Ammo hozircha,Jae-hyun bu “noto‘g‘rilik”ni aniqlay olmadi.

Temk uyg‘onganida,u sust edi. Ko‘zlarini yarim ochdi va ohangdor ovozda gapirdi.

- choy.

Tashqaridagi xonadon xizmatchisi bu ovozni eshitdi,va Yusha shoshilib choy bilan keldi.

- xonim

Temi ust-boshi bo‘sh va tartibsiz edi,ma’badidagi sochlari ham sochilib yotardi. U hozirgina uyg‘onganligi sababli hanuz loqayd edi.

- endi Sunho maktabdan qaytadigan payta?

U o‘rnidan turib,ma’badidagi sochlarini taray boshladi. Yusha tashqaridan ovoz eshitib,derazani ochdi va temiga gapirdi.

- xonim,boyagina aytishgandi,onaiz keldilar

Temi o‘rnidan turdi.

- onam keldilarmi?

- bugun ertalab aytingiz ikki xil shirinlik yuborgan edi. ular hazm qilishga qiyin,Li opa siz charchab qolmasin deb bu haqda hozirgacha aytmagan edilar

Temi boshini qimirlatdi.

- tushundim

Ular hali gaplashib turganda,tashqaridan yana bir xizmatkor qiz keldi.

- xonim,onangiz keldilar.

Temi tashqariga chiqdi va qarasa,u yerda qora libos kiygan o‘rta yoshli ayol turardi.

Jinseong xonim hali o'ttiz yoshlarda edi,muloyim qoshlar,oq yuz va yoqimli ko‘rinishga ega edi.

Chen enaga temiga qaradi.

- xonim,bu Jinseong xonimlar

Temk “Xonim” deb murojaat qildi.
Jinseong xonim kulib,temining qo‘lini tutdi.

- yosh xonim meni eslamasligi mumkin. siz ketganingizda atigi besh yoshar edingiz,juda kichkina edingiz. endi qaytdingiz,katta qiz bo‘libsiz. bugun saroydan Lan Xin xola ham sizni ko‘rib,qanchalik o‘sganingizni aytdi,hatto imperator xonim ham sizni ko‘rishni istadi

- xonim,behad tashakkur,marhamat qilib o‘tiring. Yusha,xonimga choy keltir

Yusha “xo‘p” deb javob berdi va ikkita choyni damladi.

Jinseong xonim temiga tikildi.
U avval temini ibodatxonada ulg‘aygan,qo‘pol,savodsiz qiz deb o‘ylagan edi. Ammo hozir ko‘rib turibdiki,temi muloyim,madaniyatli va odobli,haqiqiy sangseowon xonadonining qiziga o‘xshaydi.
Eng muhimi,temining chehrasi va jozibasi juda o‘ziga tortadi.

Temi onasi Hyeri xonim eng go‘zal ayol nomiga ega edi. U faqat go‘zalligi emas,oilaviy maqomi bilan ham Jae-hyunga turmushga chiqqan edi. U o‘sha davrda boshqa barcha qizlar havas qiladigan baxtli ayol edi.

Hozir temjni ko‘rib,Jinseong xonim yana ichidan hasadni his qildi.

Jinseong xonim choydan ho‘plab gapirdi.

- siz qaytganingizga,men yaxshi sovg‘a tayyorlay olmadim. mana bu bir to‘plam zargarlik buyumlari,ertaga saroyga kirganingizda taqib borasiz

Jinseong xonim buni aytar ekan,Xinger zargarlik to‘plamini olib keldi,u quvnoq jilmaydi.

- yosh xonim,bu to‘plam xonimning buyurtmasi bilan maxsus yasatilgan,juda qimmatga tushdi. bu sizga bo‘lgan hurmatlarining belgisi

Temi jilmayib minnatdorchilik bildirdi va xizmatchiga olib qo‘yishni buyurdi.

O‘sha paytda hali yarim soat ham o‘tmagan edi,Sunho maktabdan qaytdi.
Bugun maktabda Sunhoning ko‘ngli tinch emas edi. U silla shahzodasi bilan valiahd shahzoda sovchilikka kelganidan xavotirda edi. Garchi otasi bu ishni hal qila olsa-da,ui hanuz tashvishda edi.
Opasining hali turmushga chiqishini istamasdi. Shahzodaga tegsa,u qiynalardi,axir shahzoda podshoh,ular esa vazirlar. Bu oson emas. Shu sababli,maktabdan chiqishi bilan,hatto Do‘sti Taejo bilan ham ko‘rishmay,kitob sumkasini yigitga tutqazib uyga shoshildi.

U to‘g‘ri temi yashayotgan Jingshui Pavilyoniga yo‘l oldi.

Xizmatchilar “Kichik janob” deb birin-ketin aytishar,ichkaridagilarga kelganini bildirardi.Bugun Sunho qimmatbaho atlas kiyimda,bo‘ynida tilla gardanlik va unga osilgan kirin osmoqi bor edi. Sochlarini tilla toj bilan bog‘lab olgan,ko‘zlari go‘zal,ammo baribir yetti-sakkiz yoshli bolalik ifodasi bor edi.

- Sunho,qaytdingmi? opangni darrov sog‘inib ketdingmi? uni tinch qo‘ymaysana...

Sunho ehtirom bilan ta’zim qildi.

- salom,xonim. qandaysiz?

- yaxshi,o‘tir

Sunho temi yoniga o‘tirdi. Temi uning peshonasiga tegdi.

- terlab ketibsan. yugurib keldingmi?

- arava old hovliga qadar bordi,orqaroqqa kira olmadi,shunga majbur bo'ldim

Temi ro‘molchasini olib terini artdi va Yushaga gapirdi.

- yosh janobga sho‘rvadan olib kel,issiqdan qutulsin

Opa-ukalar o‘rtasidagi mehrni ko‘rib, Jinseong xonim uzugini ushlab,jilmaydi.

- kech bo‘lib qoldi,men qaytsam kerak. Sunho, bugun siz uchun maxsus rost go‘sht pishirdirdim. opangiz go‘sht yemaydi,men bilan uyga yuring

- xonimning iltifoti uchun minnatdorman. ammo havo issiq,go‘sht yeyish qiyin. opam bilan sabzavotli taom yeyaman.

Jinseong xonim ketdi,ammo yuzidagi tabassum so‘nib ulgurgan edi.

Shu payt Xinger pichirladi.

- bu bola siz bilan shuncha vaqt yashadi,endi bitta opasi keliboq,sizni unutdi. adr bilmas bola

Jinseong xonim Xingerga qahr bilan tikildi. Xinger darrov og‘zini berkitdi.

Jinseong xonimning ham ko‘ngli g‘ash edi. Sunho hurmat qilgan bo‘lsa-da,undan uzoqlashardi. O‘tgan safar qilgan xatolari sababli bola shubhalanib qolgan.
Sunhk otasi Jae-hyunga o‘xshardi — yoshligidan sinchkov.

Jinseong xonimning farzandi yo‘q,bu uning aybi emas. Jae-hyun unga farzand ko‘rish imkonini bermagan. U hyeri xonimning farzandlarini yaxshi ko‘radi. Agar bu opa-ukalar bo‘lmasa,Jinseong xonim bolasini ham osonlikcha katta qilar edi.

Jinseong xonim budda donasi bilan “Amitabha” deya sekin o‘z uyiga ketdi.

Sunho uni kuzatib,tojini yechdi,kundalik kiyimga o‘tib,opasiga peshonasini bog‘lashni so‘radi.

- u ayol juda ayyor,lekin xatoga yo‘l qo‘ymagan. temi unga ishonma. u menga bir necha marta xiyonat qilgan. u yuborgan narsalarni yemagin,u o‘ynaydigan narsalar bilan o‘ynamagin. nima kerak bo‘lsa,men yoki dadamga ayt

Temi bosh irg‘ab rozi bo‘ldi.

Temining bu yerda boshqa ishi yo‘q edi,Sunho esa kechki ovqatni birga yedi. Biroq temining ovqatlari juda yengil edi,shuning uchun u Jae-hyun huzuriga borib,ko‘proq ovqatlandi.

Taehyung temini tushida ko‘rdi.
U kursida yotar,kiyimlari shamolda hilpirar edi.

Taehyung yaqinlashdi,temi unga boqdi,yuzlari qip-qizil bo‘ldi.

- hazratim menga qarang

Taehyung unga qarab qo‘ydi,temi birdan unga o‘zini tashladi.

- men sizni birinchi ko‘rishda sevib qoldim. meni sillaga olib ketasizmi?

Taehyung qotib qoldi. Bu ilk bor edi — uni bir ayol quchoqlagan.

- menga bunchalik yaqinlashmang. men bunday erksizlikni yoqtirmayman

Temi yig‘lab yubordi.

- agar siz meni yoqtirmasangiz,endi siz bilan bo‘lmayman. endi shahzoda akamni qidiraman!

Shahzoda aka degan so‘zlarni eshitib,taehyung rashkdan yonib ketdi. Uni qo‘lga oldi.

- yo‘q,bunga ruxsat bermayman!

U qo‘pollik bilan uni divanga yotqizdi,temi yig‘lardi,taehyung esa majburan uni “yaxshi akajon” deb aytishga majbur qilardi.
Keyin uni quchoqlab,gapirdi.

- endi ismingni o‘zgartiraman. endi seni kichkina yig‘loqi deb atayman

Taehyung uyg‘onganda,haliyam tun edi.
U o‘zidan nolidi.

Bu qiz haqiqiy sehrgar.
uni faqat ikki marta ko‘rdi-yu allaqachon yuragini egalladi.
Taehyung go‘yoki qizlarga qiziqmaydigan,hokimiyat markazidagi erkak edi. Ko‘plab go‘zal ayollar unga yoqishga uringan,ammo u hech birini qabul qilmagan edi.
Ammo endi temini faqat ikki bor ko‘rgan bo‘lsa ham,allaqachon unga oshiq edi.

.
.
.

Davomi bor...

Salom darlings. Hozir to'g'risi reak ham camment ham juda kam bo'lgani uchun hatto adkalar ff yozishga qiziqmayam qo'yishyabdi. Cruel fanfic hikoya kanalga o'zgarganidan so'ng ko'pchilik ff kanal qayta ochilishini so'rashgandi. Ohir-oqibat ff kanal yana ochildi ammo aktivlik umuman yomon. O'zinglar bilasizlar aktivlik yomon bo'lsa adkalar ham ff yozishni istamay qolishadi sababi biz eng kami 3 list qilib ffni yozamiz ammo bizga kamgina bo'lsada cammentni yozishmayabdi yana bazilar chatgptga ham yozdirib cammentga tashahyabdi ekan bu bo'yichayam ko'p joyda muhokama bo'ldi. Azizlar ffni o'qishni yaxshi ko'rar ekansiz adkalar siz uchun deyarli 3 listdan ko'p qilib tashlayotgan bo'lsa yevropa emas kareyaga aloqador bo'lsa nega yana ffni o'qiganiz haqidagi tushunchani yozib ketish qiyin bo'lyabdi yoki bitta reak bosish ham bo'lmayabdi. Ffni lichkaga tashlang deb ham yozmanglar iltimos agar reak bilan cammentni yetarli qilib qo'ysangiz ff ham o'z vaqtida bo'ladi. Senga muhtojman mening birinchi ffyim edi va shu orqali meni ko'pchilik tanidi o'sha paytlar reak va cammentlar juda yaxshi edi. Umid qilamanki o'shay paytdagidek hozir ham qo'llab quvvatlaysizlar!

Ryuu_Mitsuki