Buxoro Davlat Universiteti Agronomiya va Biotexnologiya fakulteti Biologiya(fan yo`nalishi bo`yicha) yo`nalishi 10-1 BIO-22 (qishki)guruhi magistranti Ergasheva Fotimaxonim Asrorovnaning ,, 21-oktabr O`zbek tiliga davlat maqomi berilgan
Joriy yilning 17-oktabr kuni Buxoro Davlat Universiteti “Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya” fakulteti biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) yo’nalishi 10-1 BIO-22(qishki) guruhi magistranti Ne’matova Gulafruz Nasrulloyevnaning Buxoro Innovatsion Ta’lim va Tibbiyot Universiteti bosh binosi 408-xonasida 9D24- guruhi bilan “Hujayralarning ko’payishi. Mitoz. Mitotik sikl” mavzusidagi ochiq darsi bo’lib o’tdi.
Dars talabalar ikki: “Ibn Sino izdoshlari” va “Gippokrat” guruhlariga bo’linib olingan holda olib borildi. Dastlab davomat olindi. Talabalar 100 foiz darsda qatnashishdi. So’ngra o’tilgan mavzular talabalar aktiv ishtirok etgan holda takrorlanib olindi. Talabalar tomonidan o’tilgan mavzuga va yangi mavzuga oid rasmlar ustozga ko’rsatilib, ta’rif berildi. Jamoalarni baholash, hamda o’tgan darsni takrorlab olish maqsadida guruhlarga krossvord, tarqatmalar tarqatildi, “Oltin kuz” didaktik o’yini bilimlar yanada mustahkamlandi. Darsda har bir talabaning alohida va guruh bilan aktiv ishtirok etishi o’qituvchi tomonidan shakllantirildi. Darsda talabalar javobiga qarab tarqatmalar orqali baholandi.
Tadbirda talabalar til haqidagi she'rlar bilan boshlab oldilar va Usmon Nosir haqidagi sahna ko'rinishini ijro etdilar.Tadbir qiziqarli bo'lishi uchun raqslar ham namoyish etildi.Keyinchalik ,,Milliy tilni yo'qotmoq millatning ruhini yo'qotmoq"haqidagi ikkinchi sahna korinishini ijro etdilar.Tadbirda Jabborov B.I va tyutor Jumayeva so'zga chiqdilar.Tadbirda turli raqslar va yigitlar ishtirokida sahnalar namoyish etildi.Tadbir so'ngida Jabborov B.I fikr mulohazlarini bayon etdilar.
Xulosa qilib aytganda, ona tili millatning ruhi, borligimiz va birligimiz, davlat timsoli ekanini e’tiborga olgan holda, uni asrash va rivojlantirish har bir fuqaroning insoniy burchi hisoblanadi. Binobarin, o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida oldimizda katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi.
Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga qaratilgan yangidan-yangi tashabbuslar ilgari surilayotgani juda muhim.