May 11, 2019

Muborak tumanida xotira turnirlari davom etmoqda

Kecha "Mashʼal" FK tasarrufidagi mini stadionda Yoshlar Ittifoqining Muborak kengashi, Muborak Jismoniy Tarbiya va Sport boʻlimi tashabbusi bilan Shavkat Mehmonov xotira turniri va "Biz sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida mini futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada 16 dan ortiq jamoalar qatnashdi, havo issiq boʻlishiga qaramay oʻyinlar juda qiziqarli kechdi.

Finalda Muborak Sanoat Kolleji va Muborak Yoshlar Ittifoqi jamoalari oʻzaro bahslashishdi va Muborak Sanoat Kolleji jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa soʻngida marhum Shavkat Mehmonovning padarubuzrukvorlari, doʻstlari, shogirdlari marhumni xotirlashdi.

55 yoshli faxriy futbolchi Komil Yomgʻirovga tashakkurnoma va sovgʻalar ulashildi. Ustoz yoshlardan kam harakat qilganlari yoʻq, hamma bu insonga havas qildi.

Oʻyinlar adolatli va tartibli oʻtkazilganligi uchun hakamlar ham taqdirlanishdi.

3-oʻrinni 99196-harbiy qism jamoasi egallashdi va sovrinlarni qoʻlga kiritishdi.

2-oʻrin Muborak Yoshlar Ittifoqi jamoasi

1-oʻrin Muborak Sanoat Kolleji jamoasi

Eng yaxshi futbolchi, darvozabon, toʻpurarlar ham taqdirlanishdi.

Qatnashchilar esdalik uchun suratga tushishdi.

Sport insonlarni birlashtiradi. Sport bilan muntazam shugʻullangan insonlar sogʻlom boʻladi.

Yurtimizda mana shunaqa sport musobaqalari koʻpaysin.

Shavkat Normoʻminov

@Muborak_Uz telegram kanali uchun maxsus.