“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” demokratik partiyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yana rad etildi. Partiya yetakchisining aytishi boʻyicha imzolar soni qariyb 22 mingta boʻlgan
“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” demokratik partiyasi faollari
tomonidan qoʻshimcha topshirilgan imzolar uni roʻyxatdan
oʻtkazish uchun yetarli boʻlmadi
Adliya vazirligiga 2023-yil 14 va 17-iyul kunlari “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” demokratik partiyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi takroriy arizalar va fuqarolarning imzolari kelib tushdi.
Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, partiyani quyidagi asoslar boʻyicha roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
“Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga koʻra, siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 000 fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi.
Biroq, vazirlikka 2023-yil 14-iyulda taqdim etilgan arizaga ilova qilingan roʻyxatda 9 828 ta fuqarolar imzolari mavjud boʻlib, hujjatlarni oʻrganish jarayonida partiyaga birlashish istagini bildirgan fuqarolar roʻyxatiga quyidagilar kiritilganligi maʼlum boʻldi.