Baxt
Shifoxona ichida muzdek sukunat hukm surardi. Reanimatsiya xonasining derazasidan ichkarini ko‘ra olmasdi Jin, ammo yuragi shundoqqina devor ortida bo‘layotgan og‘riqni his qilayotgandek edi.
Eshik ortidan eshitilgan birdaniga cho‘zilgan, sovuq va dahshatli ovoz:
Jinning yuragi bir zarbaga to‘xtaganday bo‘ldi. Ko‘zlari katta ochildi. U devorga suyangancha silkinib yig‘lay boshladi.
— Iltimos... iltimos, singlim... meni yana tark etma… seni hali quchoqlashim kerak... hali aytadigan gaplarim bor… — deb zorlanardi Jin.
Suga esa jim edi, lekin ko‘zlarida yomon yaltirash paydo bo‘lgandi. U boshini egdi, so‘ng Jinning yoniga o‘tirdi. U Jinning titrayotgan yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
— U kuchli. U qaytadi. Bu safar biz uni yolg‘iz tashlab ketmaymiz, Jin, — dedi past ovozda, lekin qat’iyat bilan.
Ichkarida esa shifokorlar kurashishda davom etar edi.
— Tez, yana defibrillyatsiya! Zaryad — 360!
— BOS!
Yunsoning tanasi yana silkinib havoga ko‘tarildi. Bir lahza… va yurak monitoridan yana ohang eshitila boshladi:
U juda zaif edi. Ammo u tirik edi.
Hamshira yugurib chiqdi. Jin darrov o‘rnidan turib, uning oldiga bordi:
— Yashayaptimi?! Yashayaptimi, iltimos!
Hamshira kulimsirab bosh irg‘adi:
— Ha. Endi xavf yo‘q. U yana biz bilan.
Jin qulab tushgudek bo‘lib, joyida turgancha yig‘ladi. Boshini devorga qo‘yib, tinmay shivirlardi:
— Rahmat… Rahmat, Rabbim… seni yo‘qotganimda men ham yo‘q bo‘lardim, Yunso…
Suga esa ichkariga qarab, jimgina turdi. Uning yuragida nimadir zirqiradi. U o‘zidan so‘radi:
"Qanday qilib bu qiz shunchalik kuchli bo‘lishi mumkin? Bu qanchalik og‘riqli bo‘lsa ham, yuragining go‘zalligi undan yengilmas inson qilmoqda."
U sekin derazaga qarab pichirladi:
— Kurashganing uchun rahmat, Yunso. Endi biz sening yoningdamiz. Hech kim seni endi yerga urmaydi.
Oradan uch kun o‘tdi. Shifoxona xonasi jimjit edi. Qorong‘u derazalardan faqatgina tongning ilk nurlari kirib turardi. EKG monitori asta-sekin “bip... bip...” deb urib turardi. Atrofda hech qanday shovqin yo‘q, faqatgina yuragimning tirikligini eslatadigan mayin ovoz bor edi.
Jin esa — uch kundan beri yoningda edi. U kresloga suyanib, boshini karavot chetiga qo‘ygancha uxlab qolgan. Uning qo‘li esa Yunsoni qo‘lidan ushlab turgan edi. Ko‘zlari shishgan, yuzida charchoq, ammo hanuz ham muhabbat aks etib turardi.
Suga esa deraza yonida turar, tong nurlariga qarar, va tinmay Yunso haqingda o‘ylardi. Uning yuragida so‘zga sig‘maydigan bir tuyg‘u uyg‘ongan edi — Yunsoni betakror sokinligi kuchliligi, va hatto kurashganin uni ich-ichidan o‘zgarishga undagandi.
Shu payt sening ko‘zlarim… sekin, og‘riqli harakat bilan ochildi.
Avvalgina shiftni ko‘rding. Nafasim biroz og‘ir edi. So‘ng yonimda kimdir borligini his qildim. Qaradim.
Jin uxlab yotgan edi, ammo qo‘limni qattiq ushlab turgandi.
Men sehrli pichirladim
— ...Aka...
Jin darrov uyg‘ondi. Ko‘zlarini ochdi, ko‘rdi — men uyg‘og‘ongan edim. Ko‘zlari darrov yoshga to‘ldi. U menga qaradi, qo‘limni yuziga bosdi.
— Yunso... sen... sen uyg‘ondingmi? O‘zingmisan?.. — deya xirillagan ovozda gapirdi.
Men zaif bosh irg‘adim. Lablaringda charchagan, ammo iliq tabassum paydo bo‘ldi.
Jin yig‘lab, boshini mening ko‘ksimga qo‘ydi: — Meni yana qo‘rqitding... men sensiz yashay olmayman deb o‘yladim...
Deraza yonida turgan Suga esa sekin yoningga yaqinlashdi. U sening uyg‘onganingni ko‘rib, chuqur nafas oldi. Uning ham ko‘zlari jimjimador edi. Biroz sukutdan so‘ng u sekin gapirdi:
— Xush kelibsan, qahramon qiz...
Memn unga qaradim Nigohlarimiz to‘qnashdi. Bu nigohda minglab so‘z, minglab savol va javoblar bor edi. Yuraklar jimjit aloqa o‘rnatar edi.
Suga ohangdor, lekin samimiy so‘zlar bilan davom etdi:
— Men seni hali to‘liq tanimayman. Lekin bitta narsani aniq bilaman: sen... yuragimda iz qoldirding, Yunso.
Men ko‘zlarimni yumib, ko‘z yoshimni sezilar-sezilmas tomizding. Bu yosh og‘riqdan emas — mehrdan, hayotga qaytgani uchun edi.
Jin har kuni, har soniyada yoningda edi. Ovqatni o‘zi yedirar, sochingni muloyimlik bilan tarar, hatto charchaganingda ko‘zingni yumib uxlaganinggacha ko‘zdan qochirmasdi.
— Endi men seni bir soniya ham yolg‘iz tashlab ketmayman, Yunso. Sen o‘zingni yomon his qilgan har bir daqiqa uchun o‘zimni yillar davomida kechira olmayman, — der edi u har gal senga termulib.
Suga esa boshqa odam edi. U ko‘p gapirmasdi, lekin har bir harakati yurakka kirardi. Har gal xonaga kirganda, u yoningga sekin o‘tirar, qo‘lingdan ushlamasdi, faqat yelkangga qo‘lini qo‘yib:
— Qanday his qilyapsan o‘zingni, jasur qiz? — deb so‘rardi.
Yunsi esa kulimsirab: — Yuragim og‘riyapti, lekin… men hali ham yashayapman, — der edi.
Shifokorlar ham hayratda edi — Yunsoni tiklanishi tez va g‘ayrioddiy bo‘layotgan edi. Go‘yoki atrofingdagi mehr, ayniqsa Jinning doimiy e’tibori va Suganing sokin, ammo samimiy ruhi seni asta-sekin hayotga qaytarmoqda edi.
Bir kuni kechqurun Jin uxlab qolgan, xona jim edi. Suga yoningda turardi. Yunso unga qaradi. U qarshingda tikka o‘tirgan edi, ohangsi nigohlar bilan. Ko‘zlaridagi allaqanday ichki iztirobni sezib:
— Nega ko‘zingizga qarasam yuragim siqiladi? — deb so‘radi Yunso
U asta jilmaydi. Yengil xo‘rsindi.
— Chunki... men o‘zimni yomon his qilaman. Sen og‘riq chekayotganingda men faqat yoningda turdim. Seni himoya qilolmadim.
Yunso boshini yon tomonga egdi. Sezilar-sezilmas qo‘lini ushlab:
— Lekin siz yonimda bo‘ldingiz. Ba’zida hech narsa qilmaslik — eng ko‘p narsa bo‘lishi mumkin. Meni unutmaganing uchun rahmat, Suga.
U birinchi marta qo‘lingni sekin tutdi. Uzoq, chuqur nigohlar oralab o‘tgan jimjitlik yurakni titratdi. So‘ng u pichirladi:
— Bu og‘riqni senga bergan dunyo bilan endi men kurashaman. Sen yolg‘iz emassan, Yunso.
Yunso asta-sekin ko‘zini ochdi. U yonida Jin turardi, yuzida tashvish va mehr aralash ifoda bilan. Suga ham shu yerda edi, ammo biroz orqada turgan, uni ko‘zlari yumshoq, ammo ich-ichidan xavotir so‘rayotgandek edi.
Xonaning eshigi ochildi-da, Taehyung kirib keldi. Uning ko‘zlari darhol Yunsoni qidirdi va uni ko‘rganida yuzida iliq tabassum paydo bo‘ldi.
— Yunso, sen uyg‘onganing uchun juda xursandman, — dedi u sekin.
Jinning ko‘zlari bir zumda Taehyungga qaradi, uning yuzida biroz qorong‘ulik paydo bo‘ldi. Suga esa o‘zini ushlab, jim turardi, ammo uning ko‘zlarida bir oz achchiq hislar paydo bo‘ldi.
Yunso o‘zini qiynab turar, lekin ular uchalasining nigohlari orasida o‘zini juda maxsus his qilar edi. Jin — uni himoya qiluvchi aka, Suga — sokin va mehribon do‘st, Taehyung esa yurakni tezlatgan yangi hislar bilan keldi.
Taehyung ehtiyotkorlik bilan qo‘lini cho‘zib, Yunsoning qo‘lini ushladi. Jin esa bu holatni ko‘rib, ich-ichidan bir oz g‘azablangan edi, lekin hech narsa demadi.
Suga esa ko‘zlarini yumdi va o‘zi bilan kurashayotgandek edi.
Yunso ichidan o‘ylardi: “Bu kimga ishonaman? Kimning mehrini qabul qilaman?”
Shunday kunlar o‘tarkan, Yunso atrofidagi mehrni his qilib, asta-sekin o‘zini yanada kuchliroq his qila boshladi.
Kunlar o‘tib, Yunsoning ahvoli yaxshilandi. Endi u o‘zini mustaqil yurishga va atrofdagi olamni yanada jonliroq qabul qilishga tayyor edi. Suga yonida turib, uni oxirgi marta tekshirdi va jilmayib dedi:
— Tayyorsan, Yunso. Endi uyga ketishing mumkin.
Yunso boshini egib, minnatdorchilik bilan qaradi:
— Rahmat, Suga. Siz bo‘lmasangiz, men bunday kuchli bo‘la olmasdim.
Shifokorlar xonasi ochilib, uni sog‘liqni saqlash bo‘limiga chiqarishdi. Tashqarida yorqin quyosh nur sochardi, toza havo yuziga tegib, yuragini to‘ldirdi.
Suga uning yonida qoldi, mehr bilan qarab:
— Endi hayot yangi sahifa ochildi, Yunso. Biz ham yoningdamiz.
Yunso chuqur nafas olib, hayotning yangi boshlanishiga qadam qoydi
Yunso shifoxonadan chiqqach, Jin uni kutib oldi. Uning ko‘zlarida hayajon va qayg‘u aralash edi, ammo yuzida mehr bilan jilmayardi.
— Yaxshi ko‘ringansan, — dedi Jin yumshoq ovoz bilan. — Endi oldingda yangi hayot, yangi imkoniyatlar bor.
Yunso boshini egib jilmaydi, yuragida iliq bir his paydo bo‘ldi. U bilardi — orqada qolgan barcha og‘riqlar asta-sekin yo‘qolib, oldinda faqat yorqin kunlar kutmoqda.
Suga va Taehyung ham u bilan bog‘lanib, doim yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Yunso endi yolg‘iz emas edi.