May 9, 2019

Navoiy viloyatida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" keng nishollandi

Bugun 9-may "Xotira va qadrlash kuni"munosabati bilan Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog'ida bayram keng jamoatchilik bag'rida ötkazildi. Unda sport musobaqalari ham özgacha shukh va tarovat bag'ishlab turdi. Barcha tashkilot va korxona xodimlari talabalar öquvchilar 1941-1945 yillardagi askar formasi,bayram nishoni va lentasi bilan qatnashishganligi bayramga özgacha körinish vaqtlararo bog'lanishni berib turdi. Bayramda arqon tortish,tosh kötarish, armrestling,badiiy kitob mutolaasi kabi musobaqalar Navoiy viloyati hokimligi Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil qilindi. Sport har jabhada kerakligini bugungi bayramda ham yaqqol sezilib turdi. Yurtimizda doim tinchlik hukmronlik qilsin.Mustaqilligimiz abadiy bölsin!!

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy telegram kanal