Qanday holatlar mavjud bo‘lganda, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son qaroriga ko`ra: Qo`ydagi holatlar mavjud bo‘lganda, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:
a) ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezondan oshganda;
b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan ma’lumotlar bo‘yicha Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulk va yer uchastkasi yoki bir va undan ortiq noturar joylari mavjud bo‘lganda.
Ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq olingan ma’lumotlar bo‘yicha ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari foydalanuvida bo‘lgan bir va undan ortiq daromad olib keluvchi noturar joylari mavjud bo‘lganda;
) ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki ushbu Nizomga 3a-ilovadagi shakl bo‘yicha ma’lumotnomaga muvofiq ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari foydalanuvida bo‘lgan yoxud ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda:
ishlab chiqarilgan muddati 12 (oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa 7) yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi;
ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
g) ariza beruvchi va uning oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag‘lari mavjud bo‘lganda;
d) ariza beruvchi va uning oila a’zolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda;
e) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari (eri (xotini) va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;
j) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlanganda;
z) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila a’zosi tomonidan takroriy ariza ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda taqdim etilganda. Bunda takroran taqdim etilgan ariza “Yagona reyestr” ATga kiritilgandan so‘ng ariza ko‘rib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada ko‘rsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabar orqali mobil telefon raqamiga jo‘natiladi;
i) oilada kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
k) oilaning oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marta) rad etilgan hollarda;
l) rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilmagan hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lganda.