August 22

Alfred Nobelning xotini matematik bilan qochib ketgani uchun Nobel mukofoti matematiklarga berilmaydimi? Bu qanchalik haqiqat?

Nobel mukofoti – ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qo‘shganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri hisoblanadi.

Ushbu mukofotni Shvetsiyalik olim, dinamit ixtirochisi Alfred Nobel ta’sis etgan. A.B.Nobelning vasiyatiga ko‘ra, undan keyin qolgan mablag‘ asosida Nobel jamg‘armasi tashkil etildi. Shu jamg‘armaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng bo‘linib vasiyatiga ko’ra, irqi, millati, jinsi va dinidan qat’i nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar do‘stligi va tinchlikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatilgan faoliyat uchun beriladi. 1969-yildan boshlab Shved bankining tashabbusi bilan iqtisodiyot sohasida bajarilgan yirik tatqiqotlar uchun ham Nobel mukofoti beriladigan bo’ldi.

Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushurilgan oltin medal, mukofot diplom va miqdori Nobel jamg‘armasidagi daromadga bog‘iq bo’lgan pul mukofotidan iborat. Eng birinchi mukofot 1901-yilda topshirilib, uning miqdori 42 ming dollar bo’lsa, 2013-yilda 8 mln shved kronasi (1,2 mln $ atrofida) ga teng bo‘ldi. Mukofot topshirilishidan avval butun jahondagi yirik tashkilotlar tomonidan mukofot uchun nomzodlarni ko’rsatish ishlari amalgam oshiriladi. Oktyabr oyida nomzodlar o‘z mamlakatlarida e’lon qilinadi. Ularning yakuniy tanlovi bilan Shved Qirolligi Fanlar Akademiyasi, Karolina instituting Nobel assambleyasi va Narvegiya Nobel qo‘mitasi shug‘ullanadi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Shvedsiyaning poytaxti Stokgolm va Norvegiyaning poytaxti Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun, ya’ni, 10-dekabrda o‘tkaziladi. Stokgolm shahrida fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot va iqtisodiyot sohalari bo’yicha mukofotlarni Shvetsiya qiroli topshiradi.

Jahonda tinchlikni mustahkamlash ishlari uchun beriladigan. Nobel mukofoti esa Oslo shahrida Norvegiya qiroli topshiradi.

Xo‘sh nima sabadan Nobel mukofoti matematiklarga berilmaydi? Matematiklarda nima ayb?

Eng qizig‘i, matematika faniga oid yangiliklar uchun mukofot berilmaydi. Bunga sababni esa hech kim aniq bilmaydi hamda bu to‘grida turli qarashlar mavjud. Ko‘pchilik haqiqat deb yuradigan bir afsonaga ko‘ra, Nobel o‘sha davrning yetuk matematigi Mittag Leffler uning xotini bilan qochib ketganligi uchun yoki shunchaki xotinini rashk qilib, matematiklarni yomon ko’rib qolgan hamda matematiklarga mukofot berilmasin deb vasiyat qoldirgan. Alfred Nobelning tarjimai holiga oid ilmiy ish olib borgan mutaxasislarning fikricha esa, bu shunchaki afsona va uydirmadan boshqa narsa emas deya ta’kidlashadi. Bu fikrlarni rad etuvchi eng birinchi fakt esa Alfred Nobelning umri mobaynida uylanmaganligi hisoblanadi. Bundan tashqari, Alfred Nobel va Mittag Leffler degan matematik bilan biron marta uchrashmagan yoki biron yaqin munosabat bo‘lmagan.

Garchi Nobel uylanmagan bo‘lsa-da, izlanuvchilar uning kamida 3 muhabbati bo‘lganini qayd etishgan. Birinchi sevgisi Rossiyada Aleksandra ismli qizga nisbatan uyg‘onadi, lekin qiz uning dilizhorini rad etadi. 1876-yili esa o‘zining kotibasi Berta Kinskiga ko’ngil qo‘yadi. Ammo Berta ham ilk muhabbati – baron Artur Gandakkar fon Sattnerga turmushga chiqib ketadi. Biroq qiz Nobel bilan aloqasini uzmaydi. Mukofotga «tinchlik yo‘lidagi xizmatlari uchun» yo’nalishining qo’shilishiga ham aynan Berta sababchi bo‘lgan. Berta fon Sattner «tinchlik yo‘lidagi samimiy xizmatlari» uchun 1905 yili Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi. Alfredning eng uzoq davom etgan muhabbati (18 yil) venalik ismi «gul qiz» ma’nosini anglatuvchi Sofi Hess bo’ladi.

Yuqorida keltirilgan ayollarning hech biri hikoyadagi matematik Mittag Leffler bilan hech qanday munosabatda bo’lmagan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, matematiklarga Nobel mukofoti berilmasligiga sabablardan biri, o‘sha davrda matematiklar uchun oliy mukofotning mavjudligi bo’lgan. Nobel matematiklarni o‘z vasiyatiga kiritmaganmaganing yana bir sababi u mukofot amaliy foyda keltiradigan fan sohalarida berilishi kerak deb hisoblagan. Matematika fani esa Nobel fikricha abstrakt fan deb hisoblagan.