October 9

Oʻzbekistonga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqimi.

Muallif: Nursulton Abduxaliqov

09.10.2024

304-guruh Abduxaliqov Nursulton

- Jahon savdo tashkiloti ulkan bozorni ichiga olgan. O'zing qonun qoidalari bo'yicha ish yuritadi. Agar biz Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishni xohlasak Jahon savdo tashkilotining qonun qoidalari va boshqa masalalari bo'yicha moslashimiz kerak bo'ladi. Jahon savdo tashkiloti yaxshi tomonlari: Yevropa va boshqa mintaqalarga mahsulotimiz sotilishi uchun yo'l ochiladi. Bizga ham arzon va sifatli tovar kira boshlaydi. Buni yomon ta'rafi ham bor deb o'ylayman. Misol uchun tadbirkorlarimiz boshqa davlatlar tadbirkorlari bilan raqobat qila olmasligi va raqobatda yutqazib qo'yib bankrot bo'lish extimollari ham mavjud. Bunga sabab bizda sifat tekshiruvida muommolar bor deb o'ylayman (fakt emas). O'ylashimcha, bizning ko'plab mahsulotlarimiz, boshqa ko'pgina davlatlarning mahsulotlaridan ancha arzon. (Poliz ekinlari, sut mahsulotlari va boshqalar). Biz Jahon savdo tashkilotiga kamchilik va boshqa masalalar bo'lsa ham a'zo bo'lishimiz kerak deb hisoblayman.

- Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bu ham bizga keng ko'lamda rivojlanishimiz uchun xissa qo'shadi. Hozirgi kunda tadbirkorlarimiz 34 mln aholiga mahsulotlarini, xizmatlarini sotayotgan bo'lsa, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo'lsak, 300mln aholiga yaqin Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaring bozorlariga kirib boramiz. Bu degani, hozir olayotgan daromadidan yaxshiroq daromad olish imkoniyatlari vujudga keladi. Bozorlarimizga ham yanada sifatli va yaxshiroq narsalar kira boshlaydi. Bu tashkilotning ham o'ziga yarasha talablari bor. Kun.uz saytining iqtisodchisini yozgan ma'lumotlarini o'qiganimda biz Qozog'istonga margarin export qilgan ekanmiz, lekin Qozog'iston respublikasi bojxonadan bu mahsulotni sifatsiz degan ma'noda kirgazdirmagan ekan, bizning mahsulotimiz ularnikidan arzon bo'lgani uchun ham, shunday bo'ldi degan xulosalar ham bor. Agar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirsak bunaqa bojxona muommolari bo'lmaydi.

Xulosa qilib aytganda; biz ikkala tashkilotga a'zo bo'lishimiz kerak deb hisoblayman. Agar ikkalasidan birini tanlash kerak bo'lsa, Jahon savdo tashkiloti ustunroq. Unaqa cheklovlar yo'q bo'lsa, ketma-ketlikda a'zo bo'lish yaxshiroq bo'ladi.