NAVBAHOR TUMANIDA 5 TA TASHABBUS BÕYICHA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA...

NAVBAHOR TUMANIDA 5 TA TASHABBUS BÕYICHA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA...

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bõyicha: "Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish" maqsadida joriy yilning 29 may kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 17-sonli umumta'lim maktabida festival tadbiri bõlib õtdi. Tadbir doirasida tumanimizda sport turlari bilan muntazam shuģullanib kelayotgan yoshlar ishtirokida sportning Shaxmat-shashka, Badiiy gimnastika, Kurash, Õzbek jang san'ati, Voleybol, hamda Futbol turlaridan musobaqalar hamda davra kõrinishlari tashkil etildi.Festival tadbirida 200 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdilar. Tadbir yakunida faol va namunali ishtirok etgan ishtirokchilar tuman hokimligi, tuman Xalq ta'lim bõlimi, Õzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda Jismoniy tarbiya va sport bõlimi tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy telegram kanal