May 20, 2019

Navbahorda sport tadbiri

Joriy yilning 17 may kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi "Dul-Dul" mahallasida joylashgan 24-sonli umumta'lim maktabida muhtaram yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bõyicha Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida, sportning shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, kurash, karate, qõl jangi turlaridan tadbirlar bõlib õtdi. Festival tadbirida tumandagi 17, 16, 18, 24, hamda Bolalar õsmirlar sport maktablarining 200 nafarga yaqin õquvchilari badiiy sport kõrinishlarini namoyish qildilar Tadbir yakunida faol va namunali ishtirok etgan ishtirokchilar tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman prokuraturasi hamda tuman hokimligi tomonidan esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy telegram kanal