Xatirchi:Futbol bo'yicha OLTIN KUZ RESPUBLIKA OCHIQ TURNIRIga start berildi

2019 yil 4-10 noyabr kunlari Navoiy viloyati Xatirchi tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli Yoshlik o'yingohida sportning Futbol turidan 2006-2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida OLTIN KUZ RESPUBLIKA OCHIQ TURNIRIga start berildi. Musobaqaga yurtimizning 8 nafar Samarqand viloyati, Farg'ona viloyati, Samarqandning Narpay tumani, Navoiy IBUSM, Navoiy 2-BUSM, Buxoro viloyati,Xorazm viloyati hamda mezbon Xatirchi BUSM jamolaridan kelgan 144 nafar yosh futbolchilar ishtirok etishmoqda. O'yinlat tafsiloti xabarlarimiz davomida berib boriladi.

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati