Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport tizimida Axborot xavfsizligi masalalari

Joriy yilning 30-aprel kuni Navoiy ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internati faollar zalida Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tizimidagi tuman va shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limlari hamda sport ta'lim muassasalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha ma'sullari ishtirokida tizim tashkilotida axborot xavfsizligi masalalariga bag'ishlangan o'quv-semenari bo'li o'tdi. O'quv semenarini Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha bosh mutahassis Gulhayo Nizomova ochib berdi va so'zni Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi Yorqulov Begzodga berdi. Axborot xavfsizligi bo'yicha qanday talablarga rioya qilinishi,axborotning himoyalanishi bugungi kunimiz uchun dolzarb ekanligini o'z so'zlarida ta'kidlab o'tdilar. Semenar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berildi.Bu kabi ma'lumotlardan semenar ishtirokchilari mamnun. Semenarni o'tkazishda Navoiy Davlat Pedagogika Instituti katta o'qituvchisi Yorqulov Begzod ustozga, Navoiy ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatiga va barcha tizim tashkilotlariga minnatdorchilik bildiramiz

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy telegram kanal