"Xalqaro-oila kuni" Navoiy viloyatida

Navoiy shahri "Ma'rifat bog'i"da 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan aholi va turli tashkilotlar o'rtasida ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Jumladan sportchilarimiz taekvando, dzyudo, o'zbek jang san'ati, shaxmat, shashka va kurash sport turlaridan chiqishlarni ko'rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarga,qatnashchilarga va tomoshabinlarga namoyish etishdi. Oila jamiyatning kichik bo'g'ini. Oilalarimiz mustahkamligi va totuvligi o'z navbatida bugungi kunimiz uchun dolzarb hamda yetarlicha ahamiyat kasb etadigan mavzulardan biri. Har bir oila farovonlikda, osoyishta yurtimizga namunali farzandlarni tarbiyalab yashasin. Yurtimizga ko'z tegmasin

Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy telegram kanal