"Olympic day" Navoiy viloyatida harakat boshlandi

Joriy yilning 2-iyul kuni Navoiy shahridagi "Tashabbuslar saylgohi" da "Xalqaro Olimpiya kuni"ga bag'ishlab badiiy gimnastika, stol tennisi,badminton,minifutbol, karate, akrobatika, chiniqtirish mashqlari,sport turlari bo'yicha tadbir tomoshabinlariga ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tishimiz kerakki, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ga 1894 yilning 23 iyun kuni Baron Per de Kuberten tomonidan asos solingan. Butunjahon Olimpiya kunini nishonlash haqidagi qaror - 1948-yilning yanvar oyida Sent-Moric shahri (Shvetsariya)da o'tkazilgan XOQ ning 42-sessiyasida qabul qilingan. Ushbu bayram bilan Olimpiya harakatiga o'z hissasini qo'shayotgan barcha-barchani, jumladan, sport muhlislari, mutahassis va sportchilarni tabriklaymiz. Shu o'rindaButun respublikamiz bo'ylab bo'layotganligi kabi Navoiy viloyatida ham ko'taringki ruhda "Xalqaro Olimpiya kuni" ga bag'ishlangan bir qator sport tabirlari tuman va shaharlarimiz bo'ylab rejalashtirilgan. Barchani sport tadbirlariga taklif etamiz

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy telegram kanal