May 21, 2019

Gimnastika -barcha uchun

Joriy yilning 21 may kuni Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport majmuasida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosarining 2019 yil 23 apreldagi "2019 yilning may oyini "Sport oyligi" deb e'lon qilinishi to'g'risida"gi 14-14/1-771-sonli majlis bayonida belgilangan topshiriqlarning ijrosini bajarish yuzasidan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat miqyosida Maktabgacha ta'lim xodimlari o'rtasida gimnastrada musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 160 nafarga ishtirokchi qatnashishdi va 16 ta jamoaga bo'linishdi. Musobaqaga Navoiy shahri, Karmana tumani, Xatirchi tumani, Qiziltepa tumani va Nurota tumanidan jamoalar ishtirok etishdi. Musobaqa ikkita shartdan iborat bo'lib 5 minutlik reglament asosida shartlarni bajarishdi. "Gimnastika-barcha uchun" shiori ostida o'tgan ushbu musobaqa ham ishtirokchilar ham tomoshabinlarning kayfiyati a'lo darajada o'tkazildi. Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rinni Navoiy shahar 22-MTM jamoasi 2-o'rinni Karmana tumani 18-MTM jamoasi 3-o'rinni Xatirchi tumani 3 MTM jamoalariga nasib etdi. Musobaqa g'oliblariga diplom va estalik sovg'alari Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan topshirildi. Bundan tashqari Maktabgacha ta'lim boshqarmasining maxsus nominatsiyalari bilan jamoalar taqdirlanishdi.

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmai matbuot xizmati

Rasmiy telegram kanal