Chempionimizdan mahorat saboqlari

O'zbek sportchilaridan ikki nafari yani Erkin kurash bo'yicha Xalqaro toifadagi sport ustasi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi" 2018 yil O'smirlar o'rtasida o'tkazilga Olimpiada g'olibi Umidjon Jalolov hamda Xalqaro toifadagi sport ustasi bir necha bor Osiyo Jaxon chempionatlari g'olib va sovrindori 2020 yil Tokio Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan sportchi Xasanboy Raximovlar bugun muhtasham YAKTIBO'SM ning bir guruh erkin kurash bo'yicha shug'ullanib kelayotgan sportchilarg maxorat saboqlarini birgalikda olib borishib ularga maxorat saboqlarida usullarning nozik jaroyonlari va jaxon sportining yangiliklarini yosh sportchilarga ko'rsatib berishdi va maxorat saboqlari yakunidan kiyin sport maktabi raxbariyati tomonidan tashkillashtirilgan "Press konferinsiya" da sport maktabi raxbari O.Jumanazarov so'zga chiqib Xasanboy Raximovga Tokioda o'tadigan Olimpiadada zafar qozonishida omadlar tilab tadbirni ochib berdi va yosh sportchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarini Yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarib kelayotgan sportchilarimizga yo'llashdi. Umidjon va Xasanboylar bilan o'tgan ochiq davra suhbati yoshlar ongida o'chmas iz qoldirishi bilan bir qatorda oldilariga quygan maqsadlariga olg'a xarakat qilishiga undashga xizmat qildi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'tkazilgan tadbir yakunida Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH.Narziyeva so'zga chiqib sportchilarga omad va zafarlar tilab rasman Prezidenti sovg'asi Nexia avtomobili topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati