Lomkadan qutilish yoxud qaramlilikdan ozod bo'lish (1-qism)
Assalom Aleykum!!! Gapni ko'paytirmay birdan dangal ishga o'tishga harakat qilaman!
Bu yerga yozishni boshlashdan oldin eng ko'p O'zimga bergan savol: "Qanday qilib lomkadan qutilish yoxud hayotingizni qimmatli vaqtlarini behuda olayotgan narsalarni foydali narsalarga o'zgartirishni oson usulini o'rgatsam bo'ladi?" shu haqda o'yladim
Birinchi Usul "Xohlash formulasi"
Usulni o'rganishdan oldin Qanday qilib bunaqa "LOMKA (Qaramlilik)" xolatiga tushganimizni tushunishimiz kerak shundagina chiqish oson bo'ladi.
Misol uchun: Maktab o'quvchisini olamiz Ism : So'taqo'zi😂
- Maktabga ertalab turishni xohlamaydi
- Maktabga borishni ham xohlamaydi
- Maktabga borgandan keyin u yerda o'zi yoqtirmagan darsni qilishni ham va yoqtirmagan o'qituvchisidan darsni o'rganishni ham xohlamaydi
- Maktabda o'zi hohlagan vaqtda hohlagan ishini qila olmaydi
- Maktabda o'zi xohlagan kiymini kiya olmaydi
- Maktabda o'zi hoxlaganday o'tira olmaydi ( oyog'ini stulni ustiga chiqarib oyo'gin cho'zib va hokazo...)
- ..................
- Natijada HOXLAMAYDI
O'sha o'quvchi(So'taqo'zi😂) yoqtirgan kompyuter o'yinini olamiz
- Xohlaganda turib o'ynadi
- O'yinni Xohlagan o'rtog'i yoki tanishi bilan o'ynaydi
- Xohlagan vaqtgacha o'ynaydi
- Xohlagan o'yini o'ynaydi
- O'yin ichida xohlaganini qiladi
- Eng qizig'i har doim qanaqa natija bo'lishdan qa'tiy nazar 5baho oladi.
- ......
- Natijada XOHLAYDI
Bundan kelib chiqadiki (Miyya Dofamin va Uni sezuvchi Retseptorlari sababli) XOHLAGAN narsasini qilishlikni ko'paytirib iloji boricha XOHLAMAGAN narsasini qilishni kamaytirishni boshlaydi yoki shunga yo'l izlaydi.
misol: Darsdan qochish, Uyga vazifani qilmaslik, Darsda telefon o'ynash va hokazo...
BIROR BIR NARSAGA LOMKA BO'LISHIMIZ UCHUN o'sha NARSANI O'ZIMIZ
Xohlagan paytda
Xohlaganday
Xohlagan odamimiz bilan
Xohlagancha
qilishni boshlasak va davom ettirganimiz sari o'sha narsaga LOMKA bo'lishimiz oson bo'lib boradi.
Yuqoridagi Rasmdagidek : VAQT O'TGAN SARI AGAR "Xohlagan" ishlarimizni qilgan bo'lsak natijada o'sha narsani xohlaymiz va teskarisiga Vaqt o'tgan sari "Xohlamagan" narsalarimizni qilgan bo'lsak natijada xohlamaymiz.
1-USUL > 3 qadamli TOZALANISH
Bu uch qadamni qilishdan maqsad o'zizga beriladigan savolga javob izlash va o'sha javobni to'g'rirog'i o'sha harakatni bajarish bo'ladi.
Qaysi eng axmoqxona odatim meni kelajagimni barbod qilyapti?
Qaysi eng axmoqxona odatim qo'ygan maqsadimga to'siq bo'lyapti?
Savollar juda oddiy to'g'rimi? Ishonchim komilki Siz be'malol xoziroq javob berishingiz mumkun LEKIN.....
JAVOBNI topganizdan keyin o'sha harakatni to'xtatishni deyarli iloji yo'q shuning uchun
3 qadamli tozalanishni to'g'ri va oxirigacha qilsangiz VAQT, IMKONIYAT, KUCH, IDEYA va qolganlari kelishiga ishonchim komil.....
1-Qadam Miyyadagi Musrxonadan tozalanish.
Buni boshlash uchun o'zingizga kamida 6soat yoki 1kun vaqt ajrating.
Agar 6soat vaqt ajratsangiz faqat 1-qadam uchun yetadi.
Agar 1kun vaqt ajratsangiz bu to'liq 3-qadamga yetarli bo'ladi.
Demak 1-qadam bu uyingizdagi kerak bo'lmagan narsalarni musrga chiqarishdan va tozalashdan boshlanadi.
Kulgili tuyilishi mumkun shugina narsani deb shuncha vaqtim ketdimi deb o'ylab boshlagandirsiz???
Unda ilmiy tasdig'i bilan bir kichik do'stimning hayotidagi voqeni aytib beraman:
Xuddi shu vazifani Kouchlik kursimga kelgan 2ta do'stim 20yoshlik va 28 yoshlik do'stlarimga topshirdim va ulardan biridagi bo'lgan xolat:
Uyidan 22ta qora salafanda musr chiqargan NATIJADA: Ota - onasi uyga qaytishgan keyin
Uyida 3-Jahon urishi boshlangan😂. Musrlarni hali hech kim ob ketmagan bo'lganligi uchun O'g'lini Ota-Onasiga bergan savoli :
Dada, Oyi agar shu sumkalar orasidan 1dona kerak narsa topa olsalariz hamma 22ta so'mkadagi narsalarni o'z joyiga qaytarib qo'yaman
eng qizig'i Dadasi va Oyisi 1dona ham kerak narsa topa olmagan😄. Chunki musr ichida SSSR davridan qolgan musr Jajigalka, yozib bo'maydigan ruchkalar, 6yoshligida o'ynagan qopqoq, oshshiq va boshqa keraksiz narsalar bilan to'la bo'lgan.
ENG ENG QIZIG'I ertasi kundan boshlangan
Dadasi - O'zini 6oy oldin boshlagan va to'xtatib qo'ygan shaxsiy ustaxonasini qurishni davom ettirgan.
Onasi - O'zini rasm chizish qobiliyati bo'lgan lekin 3yildan beri biror marta nafaqat o'zi uchun hatto bollari rasm darsidagi vazifasiga ham yordam bermagan Onasi rasm chizishni yana mashq qilishni boshlagan.
Ukasi esa - Matimatika repititorga borishni boshlagan
Tasodif deb o'ylaysizmi? qo'ysazchi😄
Uyimizdagi har bir narsa miyyamizdagi eng kerak bo'lgan nuqtalaridan joy oladi. Shuning uchun miyyamizdagi eng kerak joylari MUSRXONA bo'lsa miyyamizdan nima ham kutardik🤔🤔🤔
2 - Qadam informatik ma'lumotlardandan tozalanish
Bu qadamda boshlang'ich savollarga to'xtalib o'tamiz:
- Telegram ishlatasizmi?
- Instagram yoki Tik Tok ishlatasizmi?
- Youtube Ko'rasizmi?
- Kompyuter yoki Planshet ishlatasizmi?
Agar yuqoridagi savollardan 1 donasiga bo'lsa ham "HA" deb javob bergan bo'lsangiz bu qadam sizga tegishli bo'ladi.
Telegram
Telegram deyarli har bir O'zbek insonning telefonida o'rnatilgan programma hisoblanadi.
Qulay tomonlari ko'p LEKIN Shaxsan bizning miyyamizga zarar beradigan qismiga to'xtalib o'taman:
1. Gruppa va guruhlar - bu yerda qachonki yangi xat kelsa birdaniga Sizning telefonizga ovoz berib xat kelganligini bildirib fikringizni bo'lishi mumkun.
Odatda bunaqa xolatda eng ko'p ishlatiladigan usul guruhni ovozini o'chirish xisoblanadi:
Bu usul ovozini o'chirganizdan ko'proq zarar beradi desam ishonasizmi?
Sababi pastdagi rasmga o'xshab ko'p to'plangan xat kelgan bo'lsa
Bir ochganizda ichiga kirib qiziq ma'lumotni ko'rib qolsaz oxirigacha o'sha ma'lumotni topishga xarakat qilasiz...
Eng qizig'i : "Bu ma'lumot menga xozir foyda keltiradimi?" degan savolni o'zizga bersaz deyarli 90%i yo'q degan javob bo'ladi
Unda nega yangi ma'lumotga qiziqamiz???
Sababi : Dofamin(Dopomine) moddasini miyyamiz xohlaganligi uchun bizning miyyamiz bizni boshqaradi biz esa miyyamizni quliga aylanamiz....
Ho'p sababni tushundik endi nima qilish kerak???
Yuqoridagi rasmda guruhlarni linklarini bir joyga to'plab chiqilgan chunki hammasi kerak lekin har doim emas FAQAT KERAK BO'LGANDA ICHIGA KIRIB O'QISH UCHUN shu xolatga keltirilgan. Bu holdagi gruppani faqat TELEGRAM PREMIUM borlardagina ochsa bo'ladi. Agar sizda bo'lmasa oddiy guruh ochib xam yoki tlefondagi Snote yoki Note dan foydalanib ham buni qilsa bo'ladi...
NATIJADA : Kerak bo'lmagan ma'lumotlardan qutulasiz...
ISHONAVERING MIYYANGIZ SIZGA RAXMAT AYTADI
Instagram, TIK TOK va Youtube
Uchchovida ham bir xil muammo bor :
Reels(instagramda) Shorts(youtubeda yoki Tik Tok) buni Xitoyning qonunini misol keltirib tushuntirib beraman.
TikTokni Xitoyliklar ishlab chiqqan lekin Xitoyning o'zida maktab yoshidagi bollarga maktabda telefonni ishlatish taqiqlangan. Maktabdan tashqarida 1kunda uzog'i bilan 40minutgacha tiktokni ishlatishga ruhsat berilgan. Eng qizig'i tiktokdagi maktab yoshidagi bollarga ko'rsatiladigan videolar faqat texnologiya oid videolar bo'ladi... Biz tomosha qiladigan videolar ularga deyarli ko'rsatilmaydi... Sababi musr xisoblanandi😄
Tiktok, Instagram, Youtubdagi qisqa videolar uzog'i bilan 1minutlik va Inson miyyasi har safar yangi ma'lumotni shunchalik tez qabul qila olganligi uchun o'shanchalik tezlik bilan bizga rag'batlantiruvchi garmon (Dofaminni beradi)....
Taxminan bir kunda 40minut tiktok youtube video ko'rgan inson deyarli 1yillik ma'lumotni yodlagandek darajada mazza qiladi(dofamin garmoni haqida gap ketmoqda)
Endi savol: 1yil qiynalib o'qigan osonmi yoki 40minut reels tomosha qilganmi?
Albatta javob aniq reels tomosha qilgan oson va 40minut ichida deyarli hamma turdagi emotsiyani xis qilib chiqish mumkun bo'lganligi uchun lomka bo'lish oson...😄
Nima qilish kerak? Usuli juda oddiy
Vaqt belgilab kirish kerak va albatta vaqt tugagandan keyin chiqish shart.
Eng muhimi har biridan keladigan Bildirishnoma🔕(Уведомление🔕)larni o'chirib qo'yish kerak.
Shunday qilsazgina Xohlagan odam xohlaganda hayotingizning qimmatli vaqtini o'g'irlay olmaydi!!!
3 - qadam telefondagi keraksiz programma va galeriya
Bu qadam men uchun eng qiyini hisoblanadi...
Uyimiz toza, Ijtimoiy tarmoq(Telegram instagram...) toza, Endi aynan telefonimiz yoki kompyuterimizni ichini tozalash qismi qoldi...
Tozalashimizdan asosiy sababi telefonimiz ichi tozalangan sari ma'lumotlarni tartibga keltirganimiz sari yangi ma'lumot olish yoki eski ma'lumotni topish osonlashadi
Kerak bo'lmagan rasmlar videolar fayllar programmalar hamma hammasini o'chirib tashlang.... Shundagina miyyamizni shamollatgan bo'lamiz....