Technology
February 1, 2019

Suhbat oynasi foni 2.0: Telegram uchun shaxsiy fon yaratish

Suhbat vaqtida uning samimiy o'tishi uchun atrof-muhitning ahamiyati juda katta rol o'ynaydi. Huddi shu omilni hisobga olgan holda sizlarning e'tiboringizda navbatdagi yangilanishni taqdim etishga tayyormiz! Bugundan boshlab siz messenjerdagi suhbat oynasi uchun didingizga mos fonlarni izlab topishingiz, maxsus effektlar qo'shishingiz va ularni do'stlaringiz bilan ulashishingiz mumkin

Endi fon rasmlaridan o'z didingizga moslab harakatga keladigan yoki xiralashgan ko'rinishda foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, suhbat foni sifatida nafaqat rasmlar balki oddiy ranglarni ishlatishingiz ham mumkin.

Havola yordamida ulashish

Yuqorida aytib o'tilgan imkoniyatdan istalgan vaqt istalgan moslamangida foydalanishingizni ta'minlash maqsadida ushbu fonlarni havola yordamida boshqalar bilan ulashish amalini ham qo'shib qo'ya qoldik :). Ushbu havola tahminan ushbu ko'rinishda bo'ladi:

Rasmlarni izlash

Agarda siz o'z kreativ g'oyalaringizga ishonmasangiz, hech qanday qiyinchiliklarsiz o'zingizga ma'qul fon rasmini izlab topishingiz mumkin.

Buning uchun esa fon uchun rasmlarni qidirish maydonchasiga murojaat qilsangiz kifoya.

Biz esa keyingi yangilanish ustida ish olib bormoqdamiz. Tayyor turing!.

31 yanvar 2019-yil.

Telegram va Ovoza jamoasi.