Technology
August 31, 2018

GMAIL'da yuborilgan xabarlarni bekor qilish qanday amalga oshiriladi?

Assalomu alaykum, Ovoza kanali obunachilari! Bugun sizlar bilan Google kompaniyasining butun dunyoga mashxur GMAIL elektron pochtasi orqali yuborilgan xabarlarni bekor qilish amalini ko'rib chiqamiz.

Kerakli insonlarimizga pochta orqali xabar yuborayotgan vaqtda anglashilmovchiliklar oqibatida faylni biriktirmaslik, noto'g'ri so'zlarning ishlatilganligi hamda boshqa manzilga yuborilib qolganligini sezgan zahotimiz ushbu xabarni bekor qilish usullarini izlab qolamiz.

Gmail'ning kompyuter uchun mo'ljallangan talqinida "Yuborish" tugmasini bosganimizdan so'ng uni bekor qilish uchun maxsus imkoniyatlar mavjud. Endi ushbu imkoniyatlar Android tizimida ishlovchi smartfonlarda ham paydo bo'ldi.

Xabarni yozib, "Yuborish" tugmasini bosganingizdan so'ng ushbu oynaning quyi qismida "Bekor qilish" tugmasi paydo bo'ldi. U bir necha soniya namoyish etilib, xabarni bekor qilishni istasangiz, vaqtni qo'ldan boy bermang.

Ushbu amaldan foydalanish natijasida siz tomoningizda yuborilgan xabar to'xtatilib, uni qayta tahrirlab yuborishingiz yoki umuman yubormasligingiz ham mumkin.

@OVOZA - zamonaviy va innovatsion