Technology
February 1, 2019

WINDOWS 10'ning 7 ta yangi imkoniyatlari!

Yangicha dizayn, "Пуск" menyusidagi bir nechta o'zgarishlar va virtual operatsion tizim.

Microsoft kompaniyasi har olti oyda Windows 10 operation tizimi uchun katta yangilanishlarni va'da qilgan edi. Ushbu yangilanishlarning navbatdagisi esa shu yilning aprel oyiga mo'ljallangan. Bugun sizlar bilan ushbu yangilanishdan o'rin olgan bir nechta amallarni ko'rib chiqamiz. Demak boshladik!.

1. Yangi Yorqin ko'rinish

E'tiboringizga faqat dastur oynalairiniga yorqin ko'rinishga keltira oladigan emas balki, «Пуск» menyusini ham tanib bo'lmas darajaga olib kela oladigan yorqin ko'rinish taqdim etiladi. Uning mualliflari esa kompaniyaning o'zi va bu o'zgarish ko'pgina foydalanuvchilar uchun ayni muddao.

2. «Пуск» menyusidagi o'zgarishlar

Ko'p yillar mobaynidagi tajribalardan so'ng «Пуск» menyusi uchun eng yaxshi variant tanlandi. U o'zida eski menyu hamda zamonaviy katakchalarni aks ettiradi. O'ylaymizki, ushbu tanlov kompyuter hamda planshet foydalanuvchilari uchun juda katta qulayliklarni taqdim eta oladi.

3. Fluent Design qo'llanilishi

Fluent Design — bu Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi dizayn bo'lib, bosqichma-bosqich uning barcha dasturlari ushbu dizaynga o'tadi. U o'zida oddiylikni namoyon etib, yarim shaffof va interaktiv elementlardan iborat. U Windows 10 ning yangi talqinida juda ajoyib ko'rinishi va'da qilingan.

4. Tezkor sozlamalar punktida yangi afzalliklar

Tezkor sozlamalar paneli ham bir nechta yangilanishlarni o'zida mujassamlashtirdi. Birinchidan, endi ushbu panedagi uskunalarni sozlash uchun alohida oynani ochishingiz shart emas, barchasini shu yerning o'zida o'zingiz uchun qulay holga keltirishingiz mumkin.

Ikkinchidan esa, yorqinlikni sozlovchi tugmaning qo'shilganligidir.

5. Windows Sandbox

Windows Sandbox - bu yangi virtual operatsion tizim hisoblanib, uni XIAOMI smartfonlaridan foydalanuvchilar "Ikkinchi moslama" deb ham atashlari mumkin. Chunki uning yordamida siz alohida operatsion tizim hosil qilib, unda yangi dasturlar va imkoniyatlarni sinovdan o'tkazib olishingiz mumkin bo'ladi.

6. Yangilanishlar tizimdagi to'g'rilanishlar

Windows 10 operatsion tizimidagi yangilanishlar tizimi o'z foydalnuvchilarning joniga tegib ulgurdi desak adashmagan bo'lamiz. Ushbu holatlarni inobatga olib, tuzuvchilar unga bir nechta yangi amallarni qo'shishdi, Bulardan ma'lum bir vaqt ichida yangilanishlarni to'xtatish hamda hech qanday ogohlantirishlarsiz yangilanishni amalga oshirish imkoniyatlarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

7. Yangi ofis dasturlari

Microsoft operatsion tizim bilan birgalikda o'rnatiluvchi ofis dasturlari to'plamida ham yangiliklarga qo'l urdi. Endi u yanada yorqin va zamonaviy ko'rinishga olib kelndi

@OVOZA - zamonaviy va innovatsion