July 11, 2023
#elon #объявление#announcement
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bitiruvchilarini TDYUga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbatda beriladigan savollar e’lon qilindi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarori 2-ilovasi 38-bandiga asosan tasdiqlangan savollar ro‘yxati oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtirilishi belgilangan.
Shuni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbatda beriladigan savollar ro‘yxati e’lon qilindi.
Savollar bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin: https://cutt.ly/UwiKybcz
Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram