09.10.2024 yil
304-guruh talabasi Qurbonov Ozodbek
Jahon savdo tashkiloti inglizchada "World Trade Organization" deyiladi va bu tashkilot 1995 yilda asos solingan. Bu tashkilotning asosiy vazifa si shundan iboratki davlatlar ortasida savdoni liberallashtirish,savdo va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish va 1947 yilda tashkil etilgan GATTning "General Agreement on Tarrifs and Trade" davomchisi hisoblanadi. Bugungi kunda unga 167 ta davlat azodir. Bu tashkilotda qati'y tamoyillarga asoslangan tartib qoidalar mavjud va har 2 yilda bir marta o'tkaziladi. Bu tashkilotda davlatlar orasida "kamsitilishlarga" yo'l qp'yilmaydi va davlatlar bir xil darajada ko'riladi. O'zbekiston ham jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish yo'lida va bu jarayonda Alisher Karimov adliya o'rinbosari shunday xabar beradi- Mahalliy va chet el investor tadbirkollari hamda ular o'rtasida davlat ichida o'zaro kamsitmaslik haqida 2024-yil 15 fevral kuni O'zbekiston Respubliksi qonunchiligida Jahon savdo tashkiloti tamoyillariga muvofiqlashgan tarib qoidalar jamlanmasi bo'lmish "MILLIY REJIM" deb nomlanadi.Bu qonun amalda kuchga kirganidan keyin xorijiy investorlar hamda mahalliy tadbirkorlarni baholashdagi boj miqdori tenglashtirildi.Bu tadbir o'lkamizda yangi xorijiy investorlar ko'payishiga va iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiya ko'lamini kengayishiga xizmat qildi. Hozirgi kunda bu tashkilotning rahbari Nigeriyalik iqtisodchi ayol Ngozi Okonjo-Iveala va bu tarixdagi ilk ayol boshqaruvchi hisoblandi.
Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati -ingilizchada" Euroasia Economy Organization" deyiladi. Bu tashkilot 1995 yilda tashkil etilgan va Bojxona ittifoqining huquqiy vorisi hisoblanadi.Bu tshkilotning asosiy vazifasi shundan iboratki mamlakatlar orasida integratsiyani rivojlantirish hamda iqtisodiy tarif va notarif jarayonlarni amalga oshirishga yordam berishdir.O'zbekiston bu jamiyatga 2006-yil 26 yanvarda a'zo bo'ladi va 2008 yilda malum sabablarga ko'ra chiqadi.
Demak Jahon savdo tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining maqsad vazifalari bir xil bo'lsada lekin O'zbekiston Yevroosiyo hamjamiyatidan chiqishining sababi nimada?
Birinchidan. O'zbekiston YEOIIga a'zo bo'lsa (avtomobilsozlik, oziq-ovqat, farmaseftika va boshqa sanoat yo'nalishlarida 2 mlrd Aqsh dollarida zarar ko'rishi mumkin deydi "Adolat partiyasi mazkur ishchi guruhlari.
Ikkinchidan. YeOII davlatlari tashqi savdo aloqalarini yetarlicha muvofiqlashtirishga ega emas deydi.
Uchunchidan. YeOII hali iqtisodiy ittifoqiy oldindan belhilangan qoidalar orqali boshqariladigan va nizolarni kelishilgan holda hal eta oladigan darajada emasligi tanqidiy baholandi-deydi partiya a'zolari.