QIYOFA
2-π½πΈππ 6-π’ππ€π
Jm: Oddiy pitsalarga solinadigan cho'ziladigan sir (ππ)
Yg: meni masxara qilishni bas qil
U shunday deb nihoyat mashinani Yoongini eshigini tagiga kelib to'xtatdi.
Yg: Yuna xola meni bekorga seni oldinga olib bormadi. Demak sen ham maishatxo'rsan
Yoongini o'zi aytgan gapidan jaxli chiqib ketdi.
Jm: ko'z chiqar desam kalla qo'yding. Men maishatxo'r emasman. Borishimning boshqa sababi bor buni bilishing shart emas.
Jimin shu gaplarni aytarkan Yoongi o'ylanib qoldi. Keyin xayoliga kelgan fikrga ishona olmay ko'zlari moshday ochilib Jiminga qaradi
Yg: biznes.... Sen ularga narkotik sotasan
Jm: ko'p narsalarni bilib qo'yding
Yg: bar aslida seniki shundaymi?
Jm: yo'q men shunchaki hamkorman
Yg: nega aynan narkotik savdosi? Dadamga o'xshab qurol savdosi bilan shug'ullanmaysan
Jm: dadang faqat qurol savdosi bilan shug'ullanmagan
Jimin qattiy ohangda gapirib Yoongiga qaradi. Yoongi eshitgan gaplaridan shokda edi.
Yg: yo'q bo'ldi yetadi. Bugun ko'p narsani bilib yubordim olib kelganing uchun raxmat. Yana 5 daqiqa qolsam aniq jinni bo'laman.
Yoongi shunday deb mashinadan tushib ketdi.
Sovuq bo'lishiga qaramasdan bitta kiyimda darvozasi tomon ketarkan ortiga bir aylanib Jiminga qarab qo'yishni unutmadi. Jimin Yoongini uyiga kirib ketgunicha qarab turarkan kirib ketganini ko'rgach yordamchisiga qo'ng'iroq qildi. Qanday qilib bo'lmasin erta tonggacha Yoongini mashinasi uyi yonida bo'lishini tayinlab qo'ng'iroqni yakunladi. So'ngra Yoongini labidan olgan bo'sasini uning butun vujudi titraganini eslab tabassum qildi. Cho'chib tez tez nafas olishlari va shuncha yil deganda ilk bor u bilan shirin suhbat qurganini esladi. Mashinasini yurg'izarkan ancha yil oldin Yoongi bilan bo'lgan ilk tanishuvi yodiga tushdi.
π½ππΈπβπΉπΈβπ β 9 πͺππ ππ§π§ππ β
Jimin o'sha paytda janob Yoonjaeni uyiga ilk bor kelgandi. Biznes borasida unga shogirt tushib mafia olamiga ham endi kirib kelgan paytlari edi. 21 yoshli Jimin ustozi chaqirgani uchun ustozini uyiga kelarkan xizmatchilar mexmonxonaga yo'l boshlab shu yerda kutib turishini aytib chiqib ketishgandi. Jimin ustozining uyiga ilk bora kelgani uchun hayajonda o'tirgan payt mexmonxonaga qo'llarini chalishtirib qora futbolka qora shim kiyib olgan yoqimtoy yigitcha kirib keldi. Ko'rinishidan kayfiyati buzilgan erkatoy tantiq yigitchaga o'xshardi. Yoongi mexmonxonada o'tirgan notanish yigitga hayrat va qiziqish bilan qaradi
Yg: Hih o'sha dadamning og'zidan tushmaydigan Imi sen ekansanda
Yigitcha yosh bo'lishiga qaramay Jiminga o'z tengiday muomila qildi
Ismini to'g'irlab nim tabassum qildi
Yg: nima farqi bor barbr isming
Jm: ismimni kamsitib aytishlarini yoqtirmayman
Jimin uni ismini bilsada o'z og'zidan eshitgisi kelib so'radi.
Jm: chiroyli ism. Manosi porloq nurli jilokor degani
Jm: ko'rinishingdan kichkinaga o'xshaysan. Yoshing 16 dami?
Yg: sizla demoqchi bo'lsang bu fikrni miyyangdan chiqarib tashlashingni maslaxat beraman
Yoongi endi gapirmoqchi edi mexmonxonaga bo'ylari uzun, gavdasi o'rtacha yuzida jidddiylik ko'rinib turgan janob Yoonjae kirib keldi.
Dastlab o'g'li mexmonxonada begona yigit bilan yolg'iz o'tirganini ko'rib jaxli chiqdi. Keyn u yigit oilasiga begona emasligini unga yomonligi teymasligini bilib indamadi. Mexmonxonaga kirarkan Jimin o'rnidan turib ustozi bilan salom alik qilib yana joyiga o'tirdi. Yoongi esa otasi kelayotganini bilgan zaxoti gap eshitishdan qo'rqib qochib qoldi. Jimin o'sha kunda ilk bora Yoongi bilan gaplashib suhbat qurgandi. Yoongi yosh bo'lishiga qaramay Jimin bilan erkin muloqot qilganiga dadil gaplariga hayron qolgandi. Jiminni hech kimga isimagan ko'ngli aynan shu yigitchaga isigandi. O'sha kunda Jimin qalbida Yoongiga nisbatan qandaydir tuyg'uni his qilgandi.
Flashback tugadi.
Hozirgi vaqt.
Yoongi uyiga kirishi bilan yuziga yengil tabassum yugurdi. Eshikni yopib oyoq uchida tepa qavatga yugurib chiqib ketdi. Xonasiga kirarkan labidan kulgu va quvonch arimasdi. Yoongi xursandligidan yotog'i ustiga chiqib yosh boladek sakray boshladi. Ichida g'alati quvonch va hayajon yuragi guppillab urar o'zini huddi yosh boladek his qilardi. Qalbi quvonchga to'lib qo'shiq aytgancha yuvinish xonasiga kirib ketdi. Yuvinish xonasidan chiqarkan ora orada oynaga qarab yuzidagi quvonch va labidagi kulguni qayta qayta ko'rib xursand bo'lardi. Yotog'iga yotarkan shu hayollar bilan uxlab qoldi.
πππ§πππππ π¦πππππ πππππ π’ππππππππ
π
ππππ ππ¦π ππππππ‘ ππ’π‘ππ πππππππ
.
.
.
.
.
π΅π¦ ___ π½πβπ¦πππ π« π