𝕆ℕ𝕃𝕐 𝕄𝕀ℕ𝔼
2-𝔼𝕡
Jm: Sen har doim meni qoyil qoldirasan.
Tm: men undan zerikdim. Ke undan ko‘ra sen bilan sinab ko‘ramiz. Qachongacha faqat kitoblar bilan sevishib yurasan? Munday kelishgan yigit turganda kitoblarni nima qilasan Kel sinab ko‘ramiz
Bu gapni eshitishi bilan Jiminning hayoliga ertalab tasodifan uchratgan erkak keldi
Jm: Bu gap to‘g‘ri Kim bilandir buni sinab ko‘rishim kerak.
Tm: Ana endi o‘zingga kelding. Jimin meni sevganing bo‘lasanmi?
Jm: Ko‘p ensamni qotirma. Kim bilandir sinab ko‘raman dedim lekin bu aniq sen emas
Jm: Men tengdoshlarga qiziqmayman. Agar yigit bilan sevishsam ham, menga egalik qila oladigan erkak bo‘lishi kerak. Sen esa menga egalik qila olmaysan
Tm: Oldin meni sinab ko‘r egalik qilish meniyam qo‘limdan keladi
Jm: Yo‘q gap tamom. Bu mavzuni boshqa ochma. Yonimdan yo‘qol. Seni ko‘rgim kelmayapti boshqa joyga borib o'tir
Shundan so‘ng Taemin boshqa joyga o‘tirdi. Bunday urushlar ularning hayotida tez-tez bo‘lardi, shuning uchun bu holat unchalik hayratlanarli emasdi. Jimin esa o‘z o‘rnida o‘tirar lekin boyagi erkak umuman hayolidan ketmasdi
Jm pov: Nahotki, o‘sha odamni sevib qoldim? Qanday bo‘lishi mumkin uni bir martta ko‘rgandim xolos
Jimin shu narsalarni o'ylar ekan boshi og'rib ketdi. U kitobini yopib parta ustiga boshini qo‘yib yotdi. Shu payt qo‘ng‘iroq chalindi va sinfxonaga ustoz kirib keldi
Jimin boshini qo'yib yotgani sabab boshqa bir sinfdoshi o'qituvchi kelgani haqida ogohlantirdi
Jimin boshini ko‘tardi va o'rnidan. Hamma o'quvchilar o‘rnidan turib tazim qilishdi
Ustoz: Marhamat o‘tirishingiz mumkin. Bolalar bugun sinfga yangi o‘quvchi keldi. Qani o‘zingni tanishtir.
Xonaga yangi yigit kirib keldi
Taehyung maktabga bugun kelgani sabab hali formada emasdi
— Salom men Kim Taehyungman avval Daeguda yashardik otamning ishi sabab Seulga ko‘chib keldik. Bu yerlarni yaxshi bilmayman sizlar bilan kelishib ketamiz deb umid qilaman. Daeguda sevgan qizim bor. Menga ortiqcha gapirmagan odamga meniyam zararim tegmaydi. Bo‘ldimi ustoz?
Ustoz: Bo‘ldi bo'sh joyga o'tiraver ana Jiminning yoniga o‘tirishing mumkin
Tm: Yo‘q ustoz Jiminning yonida men o‘tiraman u joy mening joyimku
Ustoz: Unda nega boshqa joyda o‘tiribsan?
Tm: O‘tiraman o‘zimning joyimga
Jm: Yo‘q kelma. Mening yonimda o‘tirishing mumkin Taehyung
Ustoz: Unda boraqol o‘sha yerda o‘tir
Shunday qilib Taehyung Jiminning yoniga o‘tirdi. Taeminni jaxli chiqqan bo‘lsa-da ustoz borligi sabab hech narsa deyolmadi. Dars boshlandi. Jimin darslarda doimo faol ustoz savol beradi u javob beradi. Qo‘ng‘iroq chalindi dars tugadi va ustoz xonadan chiqib ketdi
Taemin Taehyungning yoniga keldi
Tm: Bu mening joyim boshqa joyda o'tir
Tae: Avval shunday edi endi mening joyim bo‘ldi. Joyingda o‘tirishing kerak edi boshqa joyda sakrab yurmasdan
Shu payt Taega qo‘ng‘iroq bo‘ldi bu sevgan qizi edi. U tashqariga chiqib ketdi
Tm: Seni yoningda u men bilan urushmoqchi bo‘lsa ham indamayapsanmi?
Jm: seni gapingga yarasha javob qaytardi
Tm: Shuncha yillik do‘stligimiz qayoqda qoldi? Uni mendan ustun qo‘ymoqchisanmi?
Jm: Sen o‘zing do‘stligimizni buzmoqchisan bemani gaplaring bilan
Tm: Shunday bo‘lsa boshqa senga gapirmayman
Jimin bilan Taemin bir-biriga teskariga qarab o‘tirishdi.
Kunlar shu zaylda o‘tardi. Yoongi ham Jiminni bir ko‘rishda sevib qolgan edi. Uni har doim ko‘rmoqchi bo'lar birinchi uchratgan joyiga borardi lekin o‘sha kundan so'ng qaytib uchratmadi. Yana tong otganda Yoongining uni qaytib ko‘rish umidi so‘nib bo‘lgan edi
Jimin odati bo‘yicha nonushta qilib kiyimlarini kiyib o‘qishga ketmoqchi edi lekin alfa dadasi uni to‘xtatdi
Dadasi: Jimin to‘xta o‘zim seni maktabingga olib borib qo‘yaman
Jm: siz o‘zingiz ketavering. Bugun piyoda borishni xohlayman. Maktabim yaqin bo'lsa ovora bo'lmang. Xayr men ketdim darsdan so‘ng gaplashamiz
Jimin yugurib chiqib ketdi. Uning yagona umidi o‘sha erkakni yana uchratish edi. Shu bir haftadan beri Jimin yo‘q deyishiga qaramay otasi uni maktabga olib borayotganligi sabab uni ko‘rolmadi. Bugun esa umid bilan ketmoqda. Yo‘lda u birinchi bor Yoongini uchratgan joyga yetdi va uni qidira boshladi. Lekin afsus topolmadi. Jiminni kayfiyati tushib maktabiga yo‘l oldi