𝕆ℕ𝕃𝕐 𝕄𝕀ℕ𝔼
1- 𝔼𝕡
Erta tong. Har doimgidek Jimin o‘z yotog‘ida quyosh nurlarini qarshi oldi. Go‘yo quyosh ataylab uning yuziga tushib bezovta qilayotgandek edi.
Shunda xona eshigi ochilib, omega otasi kirib keldi.
( Jiminni 2 ta otasi bor omega otasini- otasi, alfani esa- dadasi db yozb ketaman )
Otasi: Jimin tur o‘g‘lim. Maktabingga kech qolasan. Nonushta tayyor. Senga necha marta aytganman? kechasi bilan kitob o‘qib o‘tirmay, vaqtida uxlashing kerak deb. Yarim kechagacha o‘tirganing uchun ertalab turging kelmaydi. Keyin yana nonushta qilmasdan maktabga ketasan. Tur o‘g‘lim 10 daqiqada pastda bo‘l eshitdingmi?
Jimin o‘rnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Tayyor bo‘lib chiqqach pastga tushdi. Dasturxon atrofida omega otasi va alfa dadasi allaqachon o‘tirishgan edi.
Jimin: Xayrli tong meni suyukli otalarim! Yaxshi dam oldingizmi?
Dadasi: Ha yaxshi. Senga ham xayrli tong o‘g‘lim.
Otasi: Senga ham xayrli tong, bolam
Jimin shunchaki bor silkitib qo'ydi. Jimin ham dasturxon atrofiga o‘tirdi va nonushta qilishni boshladi
Jimin: Ota nonushta juda mazali bo‘libdi Rahmat
Dadasi: Ha aytgancha kartangda pul yetarlimi?
Dadasi: Mayli baribir keyinroq kartangga yana pul tashlab qo‘yaman
Jimin: Yo‘q shart emas pulim yetadi
Dadasi: Bo‘lmaydi. Sen o‘smir yoshdasan hech narsadan kam bo‘lishingni istamayman
Nonushta tugagach, Jimin tepa qavatga chiqib kiyimlarini almashtirdi va maktabga yo‘l oldi.
Maktab uyidan uzoq bo‘lmagani uchun u odatda piyoda borardi.
Bugun ham piyoda ketayotgan edi, lekin bir mashina uni urib yuborishiga sal qoldi.
Mashina to‘xtadi. Ichidan haydovchi va yonida o‘tirgan erkak tushib Jiminni ayblab so‘kib ketishdi.
— Ey bola ko‘zingni ochib yursang bo‘lmaydimi? Seni deb mening qimmat mashinamga zarar yetardi
Bu so‘zdan Jiminni jaxli chiqib ketdi
Jimin: Sizga odamning hayoti emas temir ustunmi? Mashinaga zarar yetsa tuzatish mumkin. Lekin men o‘lib ketganimdachi? Nima bo‘lardi?
— Heeey sen kichkina bo‘lib menga aql o‘rgatyapsanmi?
Erkak Jiminni urmoqchi bo‘lganda birdan kimdir uning qo‘lini ushlab qoldi
Ismni eshitishi bilan erkakning ko‘zlari kattalashib ketdi.
— Ja-janob… meni kechiring Lekin u aybdor edi, men...
Yoongi: Sen ham aybdorsan. Uni yosh bola deb ayblayapsanmi? Uch sekund ichida yo‘qol. Mening ismimni bilgan bo‘lsang kimligimni ham bilasan. Undan uzr so‘ra va ko'zimdan yo'qol
— Uzr so‘rayman
Shundan so‘ng erkak oyog‘ini qo‘liga olib qochib qoldi.
Jimin: Sizga katta rahmat. Men maktabga shoshilayotgandim. Yana bir bor rahmat!
Shunday deb Jimin yugurib ketdi. Yoongi esa bir muddat uning ortidan qarab qoldi.
Odatiy holatda Yoongi bunday ishlarga aralashmaydi. Uning yonida kimnidir o‘ldirib yuborishsa ham ishi bo‘lmaydi. Ammo bugun… Nima uchundir Jiminga yordam berdi.
Yoongi mashinasida svetaforning qizil chirog‘ida turganida Jiminni ko‘rib qoldi. O‘zi ham nega aralashganini tushunmadi.
Jimin esa maktabga ketarkan o‘zicha pichirladi
Jimin: Eh shu maktabga kech qolmayotganimda edi. Nimagadir u erkakni ko‘rib yuragim gupillab ketdi. Nega? Qo‘rqib ketganim uchunmi? Yoki... Bilmadim lekin yoqimli edi. Hatto yana ko‘rgim kelayotgandek. Ey, to‘xta! Men erkaklarga qiziqishim mumkin emas-ku… qiziqmasdimku
Maktab eshigidan tez tez yurib karidorga kirarkan kimgadir urilib kitoblari yerga tushib ketdi.
Jimin: Kechiring Hayolda yurib ko‘rmay qolibman
— Hechqisi yo‘q. O‘qituvchilar xonasi qayerdaligini aytib yubora olasizmi? Topa olmayapman bu yerlarni yaxshi bilmayman
Jimin: Ha albatta. Ikkinchi qavatga chiqasiz o‘ng tomondagi ikkinchi eshik
Jimin: Yordamim tekkan bo‘lsa xursandman
Jimin kitoblarini olib sinfiga yo‘l oldi. Sinfga kirganda hamma joyida edi. Har doimgidek Taemin qiziga xushomat qilish bilan band.
Jimin buni ko‘rib ensasini qotirdi
Taemin: Salom do‘stim. Kayfiyating qalay?
Jimin: Yaxshi. Sendan so‘ramayman ham kayfiyating yaxshiga o'xshaydi. O'sha qizingga xushomat qilishingdan ham bilinib turibdi.
Taemin: To‘g‘ri, lekin undan zerikishni boshladim. Menga meni zeriktirmaydigan odam kerak.
Jimin: Nega darrov zerikding? Bu maktabga kelganingga hali bir hafta bo‘lmadi. Shu vaqt ichida qiz topding, sevishding, endi zerikib bo‘lding. Senga bazan qoyil qolaman nega bunchalar tezsan a?