October 7

Come back...

Sen seva olding, meni ham o'zinga oshiq qila olding.. ammo biroz kechikding.. baxt uchun..)

โ€” Tong. Ko'zlarimni istab-istamay ochib kunlik tartibim bo'yicha, yuvindim, kiyindim, tarandim, ovqatlandim va universitetimga yo'l ola boshladim. Bugun ham odatiy kunim deya olmayman.. Bugun hammaning hayotida bo'ladigan inson "U"ning tug'ilgan kuni. Bilmayman, u mendan uzoqda bo'lsada, bu kunni birga nishonlay olmasakda, diydorimizga to'ya olmasakda, bugunni juda kutdim. Men ayni damda o'zimni qanday his qilayotganimni tasvirlab bera olmayman. Buni hatto o'zim ham tushuna olmayapman. Yo'lma yo'l musiqa eshitib ketayapman. Noaniq insondek his qilyapman hozirda o'zimni. Bu doimgidek, ammo bugun ancha kuchaygan his. Eshitayotgan qo'shiqlarim faqat sevgisidan ayrilgan qizlar haqida. Spotify'imda doim shunday qo'shiqlar meni kutib turadi. U meni tashlab ketgan. Ammo men sezmagandim. Vaqtlar o'tib u menga uni kutmasligimni aytdi. Ammo men doim umid qilganman. Haligacha umid qilib kelaman. Hozir unda tatil bo'lsa kerak. U o'qiydigan joyda tartib-qoidalar shunday har xolda. Ahmoqman... uni o'ylamaslikni o'zimga vada qilsamda baribir bunga qo'l uryapman... Nega bundayman? Nega? U muhimmi menga? Qiziq emas..

O'zimning chalkash xayollarim bilan tortishib, uyimga yaqin bo'lgan universitetning qarshisiga kelganimni sezmay ham qolibman. Go'yoki ko'zlarim o'z manzilini ko'rsatgan-u, oyoqlarim miyamning emas ko'zlarimning buyrug'i bilan yurgandek. Zebra yo'lidan kesib o'tishim kerak.

To'xta, bu nima? Univerim darvozasi oldidagi "U"mi?! Bu qanday bo'lishi mumkin? Ahmoqliklarim bugunga yetadi shekilli? Ko'p o'ylab yubordim. Shuning uchun ko'zimga ko'rinyapti. Ammo qo'rqinchli tarzda. Ha, bu holat meni qo'rqityapti. U meni ko'zlarimga tikilib turibdi. Shunchaki.. shunchaki tikilib turibdi. Negadir harakatdan to'xtadim. Tosh kabi qotib turar ekanman, yurak urishim juda tez va noaniq edi. Bilmayman, menga nima bo'lyapti o'zi? Ortimga o'girilish uchun ham kuchim yo'q hatto. Bu qo'rqoqligim nazarimda. Bugun omadsizlik kunim shekilli... ko'zlarim endi uni emas, uni to'sish uchun kelgan kabi avtobusni ko'rdi. Ayni o'sha yerda bekat borligi atayindek. Avtobus birozdan so'ng ketdi. Darvoza oldida faqat begonalar bor edi endi, xuddi doimgidek.. O'ylaganimdek, u xayolim maxsuli edi. Biror nimani ko'p o'ylab yuborsam o'sha narsalar ko'z oldimda ko'p o'ralashadi. Hozir ham xuddi shunday.. U shunchaki ko'rindi. O'ylaymanki bu fobiya sabab kechgacha o'lib qolmayman.. Kulyapman. Telbalar kabi. Ha, men deyarli telbaga aylandim. Oddiy qizdan Taehyung ismli kelishgan yigitga jinni bo'lgan qizga. Menimcja yetarlicha qotib turdim. Endi yurishim va univerimga kirishim kerak.

Univer darvozasidan kirib, ancha yurdim. Univerim juda kattaligi sabab, o'z binoyimga qadar ancha joy bor. Yo'lakchada ketar ekanman, bir skameykani ko'rib, biroz o'tirgim keldi. O'tirib olib, ortga suyandim. Hayotim haqida o'ylay boshladim. U ketti, va qaytib kelmasa ham kerak. Kelgan taqdirda ham, biz qaytib uchrashmaymiz. Ota-onam allqachon men san'atni tanlaganim uchun mendan voz kechishgan. Qarindoshlarim bilan boshidan muloqot qilmaganman. Tug'ishganlarim yo'q. Dugonalarim bir dona bo'lsa ham yo'q. Yigitlar..? Ular menga kerak emas, Taehyungdan bo'lak. Ammo u ham meni tashlab ketdi. O'ylab qarasam bir o'zim qolibman. Juda achinarli insonman. Hatto o'zimga o'zim achinyapman. Ayni dam tanamda og'riq kashf etib, miyam va qalbimdagi og'riqlardan qutulish fikri keldi. Sumkamdagi doimo men bilan bo'lgan kichik pichoqchamni titgancha oldim. Unga ancha payt termulib turganimni bilaman, so'ng uni bilagimga yo'naltirdim. Birgina santimetr qolganda, qo'limni qo'lqop kiygan katta kaft tutib qoldi. Aftidan, u kim bo'lsa ham, pichoqni mendek notavondan saqlab qoldi. Qanday ham achinarliman.. U kim bo'lsada, yuziga qaragim kelmayapti. Qo'lqopga termulib turaverdim. Qo'limdan pichoqni tortib oldi. Men jahl bilan unga qarab baqirmoqchi edim. Ammo qarashning o'zi yetib ortdiโ€ฆ

- Sen..? - U qarshimda turibdi. Nahotki qaytdi? Qaytmayman degan inson qaytdi? Endi sevmayman degan inson yana menga muhabbat ko'zlari bilan qarayapti? Endi menga begonasan degan inson meni o'zimni jabrlashimdan himoya qilyapti? Yoki tush ko'ryapmanmi? Ichimdagi vaqt 1 necha soatlarni tashkil etsada, tashqi tomondan soniya ham o'tmagandi. Unga "Sen..?" Deyishim bilan pichoqni mendan oldi va otib yubordi. So'ng esa shunchaki meni quchdi. Nazarimda bu endi tush emas... uni his etyapman. Uni mavjud ekanini his etyapman. Miyamdagi bo'shliq kashf etgan Taehyung emas bu. Bu haqiqiysi. Nogahon men ham uni javoban quchib, hatto yig'lab yubordim. Uni ko'rmayapman. Men hozir faqatgina o'z o'zim bilan suhbatni anglayapman.. Uni sog'inibman... 3 yillik sog'inch hissini birgina quchoq anglata oldi. Miyamdagi notinchliklar tingandek, bemalollashdim. Har bor dardim davosi Udek...

- Meni kechir.. Bilaman aybdorman. Shunchaki so'zlar bilan buni aytish ham ahmoqlik. Lekin men ham kam azob chekmadim. Barcha baxtim quchonchim tabassumim senda ekanini sen bilan ajralganim kuniyoq bildim. Meni kutmasligingni aytganimda katta xato qilgandim. Kel, yana birga bo'lamiz. Oldingidek.. hammasi oldingidek bo'ladi. Juda baxtli bo'lamiz. Turmush quramiz, bolali bo'lamiz. Meni... meni kechirib yana qabul qila olasanmi? โ€ uning ko'zlariga qararkanman, uni pushaymon ekanini so'zlaridananda ko'zlarida angladim. Uni kechiraman!

- Men.. seni sog'indim, - So'zlarimdan so'ng u ham axiyri yig'lab yubordi. Yig'lagancha kulmoqdamiz. Bu baxtni anglatadi...

Yana quchoq bizni birlashtirdi. Uning taftini his etish qanday ham yoqimli... Endi nimani his etayotganim aniq. Sevish va sevilish.. baxt va quvonch..

- Men baxtliman..

_"Aslida baxtni quvib baxtsizlikka yuz tutgandim. Ammo u uchun kurashmay qo'yganimda u o'zi keldi. Hammasi tugadi deya yiqilganimda, u meni turg'azdi. Hayot meni yetarlicha azoblaganidan cheksiz baxtni tuhfa etdi. Oxir-oqibat, talpinilgan narsalar berilmaydi, talpinilmaganlari beriladiโ€ฆ"_