O'ZBEKISTONDA PSIXOLOGIYANI RIVOJLANTIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI. ESANOVA GAVHAR JALILOVNA YAKKABOG’ TUMANI 48-MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGI. TEL;93 -908-86-17 O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini jahon miqyosidayil sayin barqarorlash
O'ZBEKISTONDA PSIXOLOGIYANI RIVOJLANTIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI. ESANOVA GAVHAR JALILOVNA YAKKABOG’ TUMANI 48-MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGI. TEL;93 -908-86-17 O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini jahon miqyosidayil sayin barqarorlashtirib borar ekan ,uning istiqboli bugungi avlodni tarbiyalaydigan o’qituvchilarga ,ertaga o’rnimizga keladigan kadrlarga bog’liqdir.Kadrlar tayyorlash masalasiga yurtboshimizning katta e’tibor berayotganlarini ,ularning quyidagi fikrlaridan bilib olishimiz mumkin.’’Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik ,qanday muammolarni yechish zarurati tug’ilmasin ,gap oxir –oqibat bari-bir kadrlarga yana kadrlarga taqalaveradi.Mubolag’asiz aytish mumkinki ,bizning kelajagimiz mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacha qilib aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog’liq’’. Hozirgi davrda mamlakatimizda ,shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotga o’zgarishlar o’qituvchilar ,barcha pedagoglar oldiga o’quvchining bilimlarini yuksak darajada o’zlashtirishi;o’quvchilar mustaqil tafakkurini , ular aktivligini rivojlantirish ;ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash;ularning tafakkur ,muloqaqt ,o’qish ,mehnat qilishga bo’lgan qobilyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va ma’suliyatli vazifalarini qo’ymoqda . Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini,har bir o’qituvchi predmetni o’qitish metodikasini, maktab o’quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab o’quvchilari gigenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo’lish lozim. Har bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bo’lishi talab etiladi, chunki ular har biri faqat o’ziga xos bo’lgan ,turli yoshdagi, turli individual xususiyatlarga ega bo’lgan o’quvchilar bilan ish olib boradi. Har bir bola faqat o’ziga xos bilish faoliyati iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlarigaega.Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida mana shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo’lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir psixolog o’zining asosiy vazifasi
, ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Hozirgi kun psixologiga qo’yiladigan asosiy va o’zgarmas talablar bolalarga bo’lgan mehr,psixologik faoliyat , keng fikrlay olish .yuqori darajada shakllangan tafakkurga ,chuqur bilimga ,madaniyat va yaxshi xulqqa ega bo’lishi ,bolalarni tushunish va tarbiyalashning turli usuliaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat.Yuqorida keltirilgan xislatlarning birortasisiz muvaffaqiyat bilan psixologik ish olib borish mumkin emas. Maktab psixologlarinig eng katta muammosi -Psixologik mashg’ulotlarni o’tkazish uchun alohida soatlar ajratilmaganidir.Psixolog bironta trening yoki test o’tkazishi kerak bo’lsa bironta o’qituvchidan iltimos qilib darsini 15 minutini oladi ,45minutga moslangan treningni yoki testni 15 minutga olsa uning natijasi albatta qoniqarli chiqmaydi.O’quvchini ichki holatini o’rganish uchun albatta o’quvchi bilan ko’proq muloqotda bo’lish kerak.Alohida dars ajratilmagan bola 6 soat dars o’tgandan keyin ham jismonan ham ruhan charchagan o’quvchiga psixologik test yoqadimi.Shuning uchun psixologlar uchun dars soatlari ajratil sa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Maktab psixologi –yosh avlodni katta hayotga to’g’ri yo’naltirishda ota-ona va o’qituvchi bilan barobar ahamiyatga ega shaxs.Murakkab davr-o’smirlikka qadam qo’yayotgan bola,shaxs sifatida shakllanayotgan o’smirning o’z olamidagi muammolariga yechim topishi uchun yordam berishda psixologning ahamiyati katta.Shuning uchun har bir psixolog o’z ustida tinimsiz ish olib boris hi zamon bilan hamnafas ish yuritishi kerak. QIMMATLI VAQTINGIZNI AYAMASDAN MAQOLAMNI O’QIB KO’RGANINGIZ UCHUN MINNATDAORMAN.E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT